tgindex
Minimalizm

Kanalni "minimalizm"ga aloqasi yoʻq Faqat o'rganganlarimni, tushunganlarimni, o'z fikrlarim va g'oyalarimni yozaman. Admin:

Последний пост
6 июл.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
618
−5 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
483
21 постов
Вовлечённость
78,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 22
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 6 июл.32791из uzb_mbti

    2) Nega ba'zi odamlar konspirologiyalarga ishonishadi? Bunga ham bitta sabab keltirib tushuntirib bo'lmaydi, bunga ming ta sabab keltirish mumkin. Ammo ularning ko'pchiligi asosan insonning "pattern recognition" (agar yaxshiroq o'zbekcha tarjimasini bilsangiz kommentda yozib qoldirish) yoki tizimlarni aniqlash mahorati ba'zi insonlarda bir-biriga aloqador bo'lmagan joylarda ham ma'noviy bog'lanishlarni sezishga sabab bo'ladi, ammo bu sezgi har doim ham to'g'ri bo'lib chiqavermaydi. Yana bir sababi insonning aniqlikka bo'lgan ehtiyoji yoki muhtojligi. Ba'zi insonlar uchun oddiy tushuntirishlar juda soddadek va ortida chuqur narsa yashiringandek tuyulishi mumkin. Ular esa o'zlariga mos, o'zlari uchun to'g'ridek tuyulgan g'oyani ishlab chiqishadi yoki internetdan, qayerdandir topib olib o'sha nazaryaga ilakishib yurishadi. Bu ularga rasmiy tashkilotlar bergan xabarlardan ancha to'g'riroq eshitiladi. Shaxsiy fikr: Hamma konspirologiyalar ham avtomatik ishonarsiz, yolgon degani emas yoki hammasi ham osmon va yerni ag'dargudek ertakdek emas. Masalan, men O'zbekistonda ommaviy axborot vositalari barcha yangiliklarni yuzaga chiqarmasligi, yoki o'zgartishiga qisman ishonaman (garchi bu rostan haqiqatga yaqin bo'lsa-da). Masalan kannibal insonlar, yoki shunchaki qiynashni yoqtiradigan manyaklar ham O'zbekistonda bor deb bilaman, va ular ushlanganda ham ularni yangiliklarda chiqarishmaydi deb hisoblayman (ommada vahima uyg'otmaslik uchun). Bu konspirologiyami yo'qmi bilmayman, ammo, bizning O'zbekistonda (umuman deyarli barcha mamlakatlarda) hukumat bizga berayotgan hamma narsa ham to'g'ri emas va ortida biror bir yashirin jarayonlar bor bo'lishi mumkin deb bilaman. Konspirologiyalarga ishonishlarining yana bir sababi bu hukumatga yoki shu kabi yuqori kuchga ega (bu bo'lishi mumkin katta moliyaliy boylikka ega insonlar, tabdirkorlar va hk) insonlarga bo'lgan shubha va ishonchning pastligi. Bu ham ko'pchilik mamlakatlarda bor holat. Ko'pchilik aholi davlatga ishonmaydi, masalan O'zbekistonda ba'zan qonunlar ham bir-biriga zid keladi, amaldorlar arizalarga javob bermaydi, sudda ishlar chappasiga ketadi, yokida korrupsiya bilan ish bitib ketadi, bunaqa holatlar bo'layotgan vaqtda davlat kuchiga bo'lgan ishonch ham kamayadi. Bular bir nechta sabablar edi holos, aslida konspirologiyalarga ishonishlarining sabablari har xil odamda turlicha bo'lishi mumkin.

  • 6 июл.2858из uzb_mbti

    1) Fitna nazaryasi nima? Fitna (Conspiracy) — bu ikki yoki undan ortiq shaxsning ma'lum bir maqsadga erishish uchun yashirin ravishda kelishib, rejalashtirilgan tarzda harakat qilishi. Bu maqsad ko'pincha noqonuniy, zararli yoki aldovga asoslangan bo'ladi. Manba: 🇬🇧: https://www.dictionary.com/browse/conspiracy ; 🇺🇿: https://izoh.uz/word/fitna Fitna nazaryasi – bu zararli yoki fojiali voqea-hodisani rasmiy izohni rad etgan holda, kichik, ammo kuchli bir guruhning yashirin faoliyati natijasi sifatida tushuntirishga urinishdir. Manba: https://www.britannica.com/topic/conspiracy-theory Tarifga ko'ra, fitna nazaryasining asosiy xususiyatidan biri uning rasmiy izohlar va yangilillarni va tushuntirishlarni rad etish va rasmiy tashkilotlar va idoralar rahbarlari (yoki kuchga ega bo'lgan tomon/tomonlar) kabi kichik guruh insonlarini fitnachilikda gumon qilish orqali biror hodisa yoki voqeani nazariy jihatdan tushuntirishdir. Ammo ko'pchilik fitna nazaryalarida dalil juda kuchsiz va nazarya juda taxminiy va spekulativ bo'ladi. Ba'zan fitna nazaryalariga qarshi dalil topish ham qiyin bo'lishi mumkin, bunga sabab esa fitna nazaryachilari (bundan keyin konsperologlar) o'sha qarshi dalilni ham fitna nazariyasi (bundan keyin konsperologiya)ning bir qismiga kirgizib, ularga qarshi nazariy argument qilinadi yoki bo'lmasa konsperologiyaga qarshi argumentning o'zi konsperologiyaning bir qismi sifatida ko'riladi. Shu o'rinda aytib o'tish kerakki, ko'pchilik fitna nazaryalarining oddiy nazaryalar bilan adashtirib yuboradi. Masalan, agar kimdir yerni shar emas tekis desa bu nazaryaning yakka o'zi konsperologiya bo'la olmaydi chunki bunda yashirin jamiyat, guruh yoki hokimyat kuchiga ega fitnachilar haqida hech qanday gap ketmaydi. Ammo, kimdir "yer aslida tekis, NASA, Amerika, barcha hukumatlar bizni aldab kelmoqda yerni dumaloq deb" desa buni konsperologiya deyishimiz mumkin, chunki bu konsperologiya tarifining asosiy xususiyatiga mos keladi. Ya'ni, NASA, Amerika va hukumatlar bu yerda yashirin ravishda fitna uyushtirayotganlar sifatida qaralyapdi. Bularni bilish nimaga kerak o'zi? Buni bilish orqali siz nima aslida konsperologiya va nima shunchaki oddiy bir qarash yoki nazarya ekanligini bilib olasiz va konsperologiyalar olamini o'rganishingiz osonlashadi. Mavzudan tashqari: o'zi juda ko'p urushlar bir-birini noto'g'ri tushunish, tariflarni noto'g'ri tushunishdan kelib chiqadi. Hamma tariflarni har xil o'rganadi, hamma ham yonida oksfordning 10-15 smlik qalin kitobini olib yurib, har bahslashganda bahsda uchragan atamani kitobdan qaramaydi, shunchaki o'zi ko'rgan va tushunganiga asosan gapiradi va bu tushuncha esa boshqa birovning o'sha tarif tushunchasiga mos kelmasligi mumkin va bu janjallaga olib keladi. Masalan kimdir ilohiy/ilohiyot deganda kallasiga darrov islomiy narsalar kelishi mumkin, kimnidir esa faqat xristianlikka oid narsalar, Iso kelishi mumkin, yoki kimdir shunchaki qandaydir buddizm, metafizika haqida o'ylashi mumkin. Bu uchala inson bir joyga yig'ilib ilohiyotgan suhbat boshlasa va bir-birini tushunishni istamay faqat o'zini tarifini to'g'ri deb bilsa, uchalasi aniq bir-birini go'shtini yeydi.

  • 6 июл.24981из uzb_mbti

    Fitna nazaryasi (Conspiracy theory) Bu postda fitna nazaryasi nima ekanligi, nega ba'zi odamlar unga ishonishi va ular ichida to'g'ri bo'lib chiqqan nazaryalar va bir nechta fitna nazaryasiga misollar keltiriladi. Fitna nazaryasi haqida gapirishdan oldin bu atamaning nima ma'no bildirishini va uning lug'aviy ta'rifini keltirib o'tish lozim. Uning tarifini keltirishdan oldin esa "Fitna nazaryasi" so'zidagi "Fitna" so'zini tariflaylik.

  • 25 мая497111из uzb_mbti

    Intellekt (1-qism) Intellekt nima? IQ testlari rostan ham aqlni o'lchaydimi? Bu savolga javob berishdan oldin intellekt o'zi nima degan savolga javob bo'lishi kerak. Ilmiy tarafdan, "intellekt" deb ataladigan aniq bir xususiyat yo'q, balki "problem solving" (muammolarni hal qilish), "environmental adaptation" (vaziyatga yoki muhitga moslashish), "pattern recognition" (tizimlarni tushuna bilish, yoki qoliplar, shakllarni ko'ra bilish), "learning from experience" (xatolardan, yoki o'tmishdagi tajribadan o'rganish) kabi xususiyatlar mavjud. Va intellekt deb ko'pincha shularning umumiy jamlanmasiga aytiladi. Garchi yuqoridagi hislatlar hammada har xil bo'ladi, kimdadir o'tmishdagi xatolaridan yoki tajribalaridan o'rganish yuqori bo'ladi, kimdadir muammolarni hal qilish yuqori bo'ladi. Ularni raqamlab belgilay olmaymiz, chunki bu sizga 1 gram IQ, yoki 2 gram "pattern recognition" degan narsa emas, bu ko'proq siz qancha ko'p va samarali bu xislatlarni ishlatishingizga bog'liq. Masalan, "pattern recognition" kuchli degani, siz har joyda yashirin tizimlarni ko'rasiz degani emas, bazan bu ko'rgan yoki payqagan narsalaringiz xato bo'lishi ham mumkin. Yoki Problem Solving kuchli bo'lsa bu siz har bir muammoga topgan yechimingiz har doim ishlaydi degani emas, bazan xatolar ham chiqib qoladi va xatolar yechimdan ko'ra ko'proq chiqishi mumkin va bu normal holat. Bunday holatda Learning From Experience yordam beradi, ya'ni xatolardan o'rganish. Xullas, Problem Solving (muammolarni hal qilish) va Learning From Experience (Xatolardan yoki o'tmishdagi tajribadan o'rganish) birga ishlasagina yaxshi samarali ish bo'ladi. Bazan sizda hammasi kuchli bo'lsa ham hech kim sizni aqlli deb bilmasligi, yoki teskarisi, sizni axmoq deb ham bilishi mumkin. Chunki insonlar aqlli, va aqlsiz so'zlarni aniq ishlatishmaydi. Umuman, bu kabi "chiroyli" so'zlar (aqlli, axmoq, chaqqon va hk biz ishlatadigan, birovni tariflaydigan so'zlar) biror odamni tariflamaydi, balki boshqalar nazaridan u qanday ko'rinishi haqidagi tasurotni uzatadi.

  • Kitob inglizcha

  • 15 мая57946из miltonbooks

    Agarda butun dunyodagi pessimist odamlarni yig'ib ularni miyalaridagi salbiy xayollarni ijobiylari bilan almashtirishning imkoni bo'lganda, qanday bo'lardi? Ilm fan juda qiziq. Sizni chuqur o'yga ko'madigam g'aroyib savollarga javobni mana bu kitobdan topasiz! Xo'ja Ismoil 🍃 @ miltonbooks

  • 10 мая6261из delta_playlist

    без подписи

  • Liminal space Bu insonda g‘alati hissiyot uyg‘otadigan joylar. Tanish, lekin begona tuyuladi. Go‘yoki bu joyni oldin ko'rgandeksiz, ammo qayerdaligi eslay olmaysiz yoki umuman bo'lmagansiz. Ko‘pincha bunday joylar “o‘tish nuqtalari” bo‘ladi: koridorlar…

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Liminal space Bu insonda g‘alati hissiyot uyg‘otadigan joylar. Tanish, lekin begona tuyuladi. Go‘yoki bu joyni oldin ko'rgandeksiz, ammo qayerdaligi eslay olmaysiz yoki umuman bo'lmagansiz. Ko‘pincha bunday joylar “o‘tish nuqtalari” bo‘ladi: koridorlar…

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи