Kariymulloh
Статистика- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 162
- 1/48двое суток
- 185
- 1/72трое суток
- 200
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Men haqimda gapirishibdi. https://youtu.be/DCcPH9c5BuM?t=1368&si=KO2xJJ-Qcjx59qdw
100$ lik reja yoxud rivojlanish uchun faqatgina 100$ pulim qolsa shularni qilar edim. Shu postni o’qiy oladigan barchada oyiga 100$ topish muammo emas. Kuryerlik qilib yoki kunlik ishlarga chiqib ham topish mumkin. Mana shu pul bilan esa ko’p ishlarni qilsa bo’ladi. Bahonalarga o’rin yo’q. Shunchaki xohish va bajarish lozim. Quyidagi maqolada mana shunday ishlardan ayrimlarini sanadim. Sizda yana qo’shimchalar bo’lsa izohlarda yozing. Substackda menga obuna bo’lsangiz doim nimadir yozib turishga mativatsiya bo’ladi.
Qobiliyatlimisiz? Qobiliyat nima? Qabul qila olish. Nimani qabul qilish? Hamma narsani boricha qabul qilish. Oxirgi paytlarda ko‘pchilik kasbidan, ahvolidan, ishxonasidan xato turmush o‘rtog‘idan noliganini eshityapman. Bir suhbatda do‘stlarimiz bilan shu haqda gaplashib bir xulosaga kelgandik. Shuni Substackda katta bir maqola qilib yozib qo‘yibman. Bir o‘qib baho bersangiz xursand bo‘laman. Substackda meng obuna bo‘lsangiz doim nimadir yozib turishga motivatsiya bo‘ladi. Rahmat!)
видео или голосовое, без подписи
Aql-farosat bilan instagram lenta uzunligi teskari proporsional. Buni baland ovozda reels ko'radiganlar oldida yaqqol his qilasiz. Bu postni ana shunday baland ovozda reels ko'radiganlarga yuborib qo'ying. Menimcha tushunishmasa ham kerak. @kariymulloh
Hayitlik olishni emas berishni boshlasangiz — katta bo'libsiz. Olishdan ko'ra berish yoqimli. Chunki inson fitratida kibr, ego emas menini yo'qotib, Qurbon bo'lish yozilgan. Qurbonlik — o'zligini boshqa shaxs, g'oya, maqsad yo'lida yo'q qilish ya'ni, qullik. Kibrning aksi. Qurbonlik — har kimning ham qurbidan kelavermaydi. Qurbon bo'lgan, bo'layotgan, bo'ladiganlarga ayyom muborak. @kariymulloh
Yozmay qo'ydim. Chunki yangi fikrlar kelmayapti. Nega yangi fikrlar kelmayapti? Chunki yangi ma'lumotlar kirmay qo'ydi. Nega yangi ma'lumot kirmayapti? Chunki yangi kitoblar, tanishuvlar, bilimlar bo'lmay qo'ydi. Yangilik, o'zgarish yo'qmi demak eski holatda qotib qoldim. Bu hayotda esa qotib turib bo'lmaydi. Yoki oldinga yoki orqaga. Jim turibsizmi demak orqaga ketyapsiz. Ortga ketmaslik uchun ham harakat kerak. Yashashda davom etish uchun yozishda davom etamiz. @kariymulloh
Yoshligim tepasida o'tgan o'rik meva bermay qo'yibdi. Kichikligimda haybat ramzi bo'lgan chinorlar munkayib qolibdi. Umrimning ramzi kabi shoxlari ham kam qolgan. Yoshlikda meni ko'madigan ariqlarda to'pig'imgacha ham suv yo'q. Ufqqa tutashgan dalalar o'rnida uylar. Umr o'tmoqda... @kariymulloh
Shaxsiy chatlar to'ladigan, Tanimaydigan qarindoshlarni ham uyiga boriladigan, Tushlikda ro'zami yo'qmi bir o'ylab keyin yeyiladigan, Hayitlik berishmaganidan katta bo'lganimizni anglaydigan, Birorta xafa inson topilmaydigan kun — hayit ayyomi muborak bo'lsin. P/s: baribir shuni aytmasam bo'lmasdi. 9860 3501 .....😂 @kariymulloh
Romantizatsiya Bir hikoya bor edi: juda ham taqvoli xalq bo'lgan, shayton yo'ldan urolmagan(!?) Ularning eng taqvolilari vafot etgan, qishloq markaziga ko'mishgan, qabrini bezashgan Yangi avlodlar qabrni ko'rib yo'qlashni boshlagan Undan ham yangi avlod esa o'lgan qabr egalariga sig'inishni boshlashgan Shayton yo'ldan urishiga bir necha yil emas, bir necha yuz yillar ketdi... Sayohat qilish, avtomobil olish, erta/kech turmush, shaxsiy erkinlik... Menga yoqadigan ishni insonlar qilmas ekan, men bu ishni "baxt" ekanligini ko'rsataman Biringiz menga ergashasiz, biz ko'payamiz, ko'pchilikka esa "hamma narsa mumkin". Savol: qachongacha orzularni boshqalarning nafsidan olamiz? @bekhmirzayev_blog
Daxshatli go'zallik 2
Daxshatli go'zallik. Haqiqiy qudrat egasidan qudrat namoyishi. P/s: AI emas bu @kariymulloh
Ey, shirintoy bolalar! Qoʻshiling "DAVRA"mizga! @kariymulloh
2026-yildagi barcha yaxshi niyatlaringiz agar menga halaqit bermasa amalga oshsin!
Haqiqiy sportda bilagi belimdek keladiganlar bo‘lmaydi. Chunki sport - qomat emas, chidamlilik. Linkedinda eriga yoqimli ayol bo‘lishni o‘rgatadiganlar yo‘q. Chunki u - haqiqiy professionallar joyi. Soxtakorlik qilib bo‘lmaydi. Taniydigan katta tadbirkorlarim iPhone emas oddiy Samsung yoki Redmi ishlatishadi. Chunki haqiqiy boylar davrasida xodimlar soni yoki zavodlari, berayotgan qiymati status beradi. Shaklga emas mohiyatga e’tibor bering. Uzun yo‘llarni tanlang! Sog‘liq uchun zalga chiqish - yolg‘on. Storisda kiyimsiz, presslarni ko‘rsatish uchunligi - rost. Rasmga yuzi emas bilaklari, presslari bilan tushadi. Ozmuncha harakat qildimi? Kuchli mo‘min bo‘lishni iddao qilib 5 km ham yugura olmaydi. Kuchni bilakda deb o‘ylab Ibn Mas’ud (r.a)ni unutishadi. Ozg‘in va boshqalar zaif deb bilgan zotning oyoqlari oxiratda Uxud tog‘idan og‘irroq bo‘ladi. Chunki ishlar shakliga emas mohiyatiga ko‘ra bo‘ladi. @kariymulloh
Miyaga kislorod yetib bormasa, charchoq his qilib homuza tortamiz. Burundan kam havo olgandan, og‘iz orqali ko‘p havoni bittada olishni buyuradi. Lekin Islomda esnash yomon hisoblanib, og‘izni to‘sish buyurilgan (shu chiroyli ham) Chunki burun orqali havo filtrlanib, kerakli yo‘llar orqali kerakli joyga boradi. Og‘iz orqali esa ko‘p miqdorda, filtrsiz noto‘g‘ri joylarga borib zaharlaydi. Filtrsiz havo miyaga borib turli buzuqliklar qildiradi. Esnash shaytondan deyilishi shungadir. Marketing tilida aytsam auditoriyani keng olsangiz lidlar sifati tushib ketadi. Bu sotuv bo‘limini kuchsizlantiradi. Shuning uchun qiyin va uzoq yo‘l afzal. Dinga rivoyat emas, hayot qonunidek qarasak ko‘p narsa ko‘ramiz. @kariymulloh
XIX asrda ko‘pchilik hijrat qilgan. O‘zimizda ziyoli, boy bo‘lganlar borgan joyida ham shunaqa bo‘lishgan. Kalkulyator matematiklarni o‘rnini egallashi kerak edi lekin avvaldan matematikani biladiganlargina ishlatgan. AI dasturchilarni ishsiz qoldiradi deyishgandi lekin uni faqat dasturlashni oz bo‘lsa-da biladiganlargina ishlatmoqda Pul bo‘lsa zo‘r biznes qilmoqchi bo‘lganlar g‘oyaga ham pul berilayotgan startap lar paytida ham boshlagani yo‘q. Lekin 15 yildan beri shu sohada yurganlar million dollarlik bizneslar qilishmoqda. Avvaldan qiladiganlar keyin ham qiladi. Avval qilmaganlar chaynab bersangiz ham yutolmaydi. @kariymulloh
#ukamga Tishingni yuvib yur. Hazillashmayapman. Tish og‘rib tursa na ilm, na ish, na uyqu keladi. Pastada emas Misvok bilan yuv. 1 yil misvok ishlatmaganim uchun hozirdan doimiy milk qonashiga duch kelib doktorga qatnayapman. Ham sunnat, ham misvokchalik foydali pastani odamzod yarata olmasa kerak. Ftor — emalni mustahkamlab kariyesdan himoya qiladi. Ko‘p bo‘lsa tishni yemiradi. Misvokda u oltin nisbatda. Milkni mustahkamlash va gigiyenik jihatdan misvokka yetadigani yo‘q. Habibim "Ummatimga mashaqqat bo‘lmaganida har namozdan avval misvokka buyurardim" deganlar. "Misvok og‘izni poklaydi va Robbni rozi qiladi". Habibim misvok bilan uyg‘onishlari va tun o‘rtasida turib ham misvok qilishlari, tongdan tungacha tez-tez misvok ishlatganlari aytiladi. 10 ming so‘mga beradi. Yoningizda yursa istalgan payt olib ishqab olaverasiz. Layfhack: gorizontal — o‘ngdan chapga emas, tepadan pastga ishqaladi. Bugundan boshla va do‘stlaringga ham buni ulashib qoʻy. @kariymulloh
Xullas sovg‘ali #tanlov Ibrat farzandlaridan ingliz va rus tili uchun 3 ta gold karta berishgan. Bittasini o‘zim ishlatyapman. Juda zo‘r ekan. Bunday deb o‘ylamagandim. O‘zim ko‘p foyda olganim uchun sizlarga ham ulashmoqchiman 2 tasi qolgan shuni beraman. Ketsa mendan ketibdi bittasini sotib olib beraman. 3 kishiga 3 ta gold karta beramiz Sharti - kanaldagi ixtiyoriy postga xulosangiz, fikringiz, olgan foydangiz va hokazolarni kanalingizda qayta yozing. Yozganingizni pastdagi chap tugma orqali menga yuboring. Muddat noyabr oxirgacha. G‘oliblar 11-dekabrgacha mukofotlanadi. @kariymulloh postda mana shu kanal linki bo‘lishi kerak. Samimiy tavsiya bo‘lsa xursand bo‘laman.
Yoshligimda "kelin" degan hind seriali bo'lardi. Oilaviy o'tirganda bir sahnasiga ko'zim tushgandi. Esimda qolgan ekan. Yomon qahramon bosh qahramonni sirini aytish bilan qo'rqitadi. Bosh qahramon esa undan oldin o'zi borib sirini hammaga aytadi. Qo'rqayotgan ishini qiladi. Nozik joyi qolmaydi. Kamfortdan chiqish, doimiy mativatsiyada bo'lish uchun, Har doim energiya bilan, charchamay olg'a borish uchun, Qo'rqqan ishingizni qiling! Ishsiz qolishdan qo'rqsangiz oyliksiz arzonga yashab ko'ring. Kun ora yetkazib berishda ishlab ham tirikchilik qilishni bilsa Bitta ishda qotib qolmaydi Tavakkal boshlab tajriba olsa, o'xshamasa-chi degan qo'rquv bo'lmaydi. Qoʻrquvlarimiz bizni komfortga tiqadi. Harakatsiz qiladi. 15-noyabr kuni Alisher Sa'dullayev bilan uchrashdim. Nonushtada yuqoridagi maslahatni oʻrgatdilar. Stanford kundaligi g'oliblariga o'z imzolari bilan yangi kitob berdilar. Kitob haqida hali ko'p yozaman. Lekin faqat shu bilan tugamadi. To'liq ekskursiya, "kattalar" bilan tanishuv va ko'p sovg'alar berishdi. Quruq maqtanmaslik uchun ayrim sovg'alarni sizlarga ham bermoqchiman. Shu yergacha o'qiganingizga qoyil. Yana biroz kutsangiz sovg'ani qanday olishni aytaman. @kariymulloh