KOINOT TILSIMI ℹ️
Статистика🤫 Olam sirlarini birgalikda o‘rganamiz 🚀 Koinot sirlaridan ⚛️ Kvant dunyosigacha 🕵♂️ Muallif: @ClCADA3301 Reklama: https://t.me/+danMe-AnmMA3NGEy Instagram: https://instagram.com/koinot_tilsimi
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 9
- Всего постов
- 559
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 003
- 1/48двое суток
- 1 149
- 1/72трое суток
- 1 239
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#meteorit Meteorit yomgʻiri 💠 @koinottilsimi
Quyosh haqida faktlar. Quyoshda oltin mavjud 0.000000000006qismi atomli oltindan iborat albatta bu siz uchun juda ham kichik son bo'lishi tabiiy,ammo bunday katta jismdagi oltin 1.2 milliard kg oltinni tashkil etadi. Quyoshni chiroq singari o‘chirib qo‘yish imkoni bo‘lsa va bu imkoniyatdan foydalanilsa, bir hafta ichida Yerdagi harorat -18 darajaga, bir yil ichida esa -75 darajaga tushadi va jon saqlash mumkin bo‘lmay qoladi; · Quyosh massasining 72 foizi vodorod va 26 foizi geliydan iborat. Qolgani arzimas miqdordagi boshqa elementlardir. Har soniyada 700 million (!) tonna vodorod yonib, geliyga aylanadi; Hisob-kitoblarga ko‘ra, Quyosh o‘zining o‘rta yoshini yashamoqda. Astronomlar ma'lumotlariga qaraganda bu yulduz paydo bo‘lganiga 4,5 milliard yil bo‘lgan va yana taxminan 5 milliard yildan keyin u yonib bitib, avval qizil gigantga, keyin oq karlik yulduzga aylanadi; 💠 @koinottilsimi
⚡️ "Top Prep" loyihasida qatnashib 5ta siz tanigan ustozlardan IELTS hamda SAT dan jonli darslar va qiymati $2000’lik sovg'alarni oling! — 15+ jonli dars — 25+ recorded dars — 40+ CDI imtixon materiallari — IELTS va SAT uchun 5ta ustozdan BEPUL kurs, barchaga! ✅ 3 nafar do‘stingizni taklif qiling va loyihaga qatnashing. 🎁 SIZ ham qatnashing va asosiy sovg'alarimiz: 📱Planshet, kitoblar, Telegram Premium va Stars’larga ega bo'ling. Loyihaga eng ko'p do'stlarni taklif qilgan planshet sohibi bo'ladi. Barcha darslar IELTS 9 va SAT 1500+ sohiblaridan Bunday imkoniyatni boy bermang 👇 https://t.me/TopPrep_bot?start=47f2cc76
#quyosh Quyosh tutilishidan lavha 💠 @koinottilsimi
#qiziq 🌀 Nazariy fizikada golografik prinsipga nazar Tasavvur qiling, siz bir xonada o‘tiribsiz va bu xonada sodir bo‘layotgan barcha hodisalar — jismlarning harakati, tovushlar, harorat va hatto sizning fazodagi joylashuvingiz — xonaning devorlariga yozib borilmoqda. Bu shunchaki ularning qisqacha mazmuni emas, balki barcha ma’lumotlarning to‘liq va aniq ko‘rinishi. Golografik prinsip shuni ta’kidlaydi: Fazoning ma’lum bir hududida sodir bo‘ladigan barcha narsalar haqidagi to‘liq ma’lumotni o‘sha hududning chegarasi, ya’ni uni o‘rab turgan sirtida saqlash mumkin. Ammo bu g‘oya nima sababdan paydo bo‘lgan? Gap qora tuynuklarni o‘rganishdan boshlangan. Fiziklar qora tuynuklarning entropiyaga ega ekanligini aniqladilar. Ammo kutilganidan farqli ravishda, bu entropiya qora tuynukning hajmiga emas, balki uning hodisalar gorizonti yuzasining maydoniga proporsional edi. Bu juda g‘alati holat edi. Chunki odatda tizimdagi mumkin bo‘lgan holatlar soni uning hajmi bilan ortadi, deb hisoblaymiz, yuza maydoni bilan emas. Shunda bir g‘oya paydo bo‘ldi: > Balki butun tabiatda ma’lum bir hajm ichidagi mavjud axborot aslida o‘sha hajmni o‘rab turgan sirtga kodlangan bo‘lishi mumkin. Qisqacha aytganda: Agar fazoning ma’lum bir hududini ko‘rib chiqsak, undagi fizik axborotning umumiy miqdori hech qachon shu hudud chegarasining sirtida saqlash mumkin bo‘lgan axborot miqdoridan oshmaydi. Bundan ham muhimi, o‘sha hajm ichidagi butun fizikani sirtidagi axborotdan qayta tiklash mumkin. Ya’ni biz tajribada uch o‘lchamli deb qabul qiladigan fazo (va vaqtni ham hisobga olsak, hatto to‘rt o‘lchamli fazo-vaqt) fazo chegarasidagi ikki o‘lchamli ma’lumotlarning uch o‘lchamli tasviriga o‘xshash bo‘lishi mumkin — xuddi gologrammadagi kabi. AdS/CFT va golografik prinsip Yigirma yildan ortiq vaqt davomida fiziklar torlar nazariyasi doirasida ushbu g‘oyaning aniq matematik modelini ishlab chiqishdi. 1997-yilda Juan Maldacena tortishish kuchiga ega bo‘lgan besh o‘lchamli olam bilan uning chegarasida joylashgan, tortishish kuchiga ega bo‘lmagan to‘rt o‘lchamli olam o‘rtasida aniq ekvivalentlik mavjudligini ko‘rsatdi. Bu munosabat AdS/CFT dualiteti deb ataladi. Ya’ni tortishish kuchiga ega fazoda sodir bo‘layotgan jarayonlar chegaradagi, tortishish kuchi mavjud bo‘lmagan nazariya orqali to‘liq va aynan ekvivalent tarzda ifodalanishi mumkin. 🌌 Bizning olamimiz gologramma bo‘lishi mumkinmi? Maldacena taklif qilgan model anti-de-Sitter (AdS) deb ataladigan fazoning o‘ziga xos turida qurilgan. Holbuki, bizning Koinotimiz kuzatuvlarga ko‘ra de-Sitter (dS) fazosiga yaqinroq — ya’ni unda koinotning tezlashib borayotgan kengayishi mavjud. Shunga qaramay, ko‘plab fiziklar golografik prinsip kvant gravitatsiyasini hamda fazo va vaqtning asl mohiyatini tushunish uchun muhim kalitlardan biri bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi. Agar bu prinsip haqiqatan ham tabiatning fundamental xususiyati bo‘lsa, unda biz uch o‘lchamli deb boshdan kechirayotgan reallik aslida Koinot chegarasidagi ikki o‘lchamli ma’lumotlardan vujudga kelgan bo‘lishi mumkin. Muhim eslatma: bu “biz yashayotgan Koinot oddiygina kompyuter ekranidagi 2D tasvirdir” degani emas. Golografik prinsip — kvant gravitatsiyasi va kvant nazariyalaridagi chuqur matematik dualitet haqidagi ilmiy g‘oya; bizning real koinotimiz aynan gologramma ekanligi hozircha isbotlangan fakt emas. 💠 @koinottilsimi
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🪐✨Bugun, 12 avgust — yilning eng “sehrli” astronomik kunlaridan biri: (Toshkent vaqti bilan) — 04:00–05:00 — 6 ta sayyora “paradi” (Yupiter, Merkuriy, Mars, Saturn, Uran va Neptun); — 22:37 — Hilol oy. Yangi Oy fazasi boshlanadi. — 22:47 — to‘liq Quyosh tutiladi. O‘zbekistondan ko‘rinmaydi — jonli efir. — 12 avgustdan 13 avgustga o‘tar kechasi — Shahar chiroqlaridan uzoqda Perseid meteorit yomg‘irini tomosha qilsa bo‘ladi. 💠 @koinottilsimi
🇺🇸 Pentagon NUJlar bilan to‘qnashuvlarning yangi tasvirlarini e’lon qilmoqda. 💠 @koinottilsimi
#hujjatli_film #dunyo_boylab #kashfiyot #mega_dunyo Bermud uchburchagi? 💠 @koinottilsimi
#hujjatli_film #dunyo_boylab #kashfiyot #mega_dunyo Voqelik oʻzi nima ? 💠 @koinottilsimi
#hujjatli_film #dunyo_boylab Yulduz haqida 💠 @koinottilsimi
Tarixiy kun O'zbekistonning birinchi sun'iy yo'ldoshi orbitaga muvaffaqiyatli uchirildi 💠 @koinottilsimi
#hujjatli_film Koinot: makon va zamon — Bilim qo'rquvni yenganda 4k 💠 @koinottilsimi
⚡️Yangi kosmik poyga o‘z “meva”sini bermoqda. The New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Yerga har hafta bir tonnadan ortiq orbital chiqindilarning parchalari qulamoqda va vaziyat faqat yomonlashib bormoqda. Agar 10 yil oldin AQSh Kosmik kuchlari yiliga atigi 110 ta kosmik apparatning qulashi haqida ogohlantirgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 820 taga yetgan. To’g’ri, qulayotgan qismlarning juda katta qismi atmosfera qatlamlarida yonib ketadi. Biroq aerokosmik muhandislar yonilg‘i baklari va dvigatel qismlarini yaratishda tobora ko‘proq olovga chidamli qotishmalardan (titan, inkonel) foydalanishmoqda. Bu detallar haddan tashqari qizishga juda yaxshi bardosh beradi va ulkan tezlikda Yerga kelib uriladi. Yaxshiyamki, ularning aksariyati Tinch okeanida cho‘kib ketadi, lekin borgan sari ularning parchalari fermalar va aholi yashash joylaridan ko‘proq topilmoqda. 💠 @koinottilsimi
#hujjatli_film Koinot: makon va zamon ("Molekulaning ba’zi vazifalari") Oʻzbekcha subtitrda 4K 💠 @koinottilsimi
#qiziq Asteroid Oy bilan to'qnashib uni Yer tomon «itarib» yuborishi mumkinmi? Umuman olganda, asteroidning Oy bilan to'qnashishi ehtimoli Yerga qaraganda ancha past. Gap shundaki, bizning sayyoramiz massiv ,,nishon" bo'lib, uning tortishish kuchi Oyga qaraganda ancha kuchli.Shuning uchun Yer, asteroid yoki kometani o'ziga tortib oladi. Bunda ob'yektning o'lchami ham muhimdir. NASA maʼlumotlariga koʻra, asteroid Yerga xavf tugʻdiruvchi deb hisoblanishi uchun uning diametri kamida 140 m boʻlishi kerak. Oy orbitasiga taʼsir qilish darajasidagi asteroid esa Oyning o'zidan katta bo'lishi lozim. Ma'lumki, Quyosh tizimidagi aniqlangan asteroidlarning hech biri Oy hajmidan katta emas. Eng yirik asteroidlardan biri Vesta Oy massasidan taxminan 70 marta kichikdir. U bizdan taxminan 180 million km uzoqlikdagi asosiy asteroid kamarida Mars va Yupiter o'rtasida aylanadi. 💠 @koinottilsimi
⚡️ #qiziq ✔️ Kometa - kattaligi 100 metrdan 20 km gacha bo'lgan, iflos muzdan (muz + chang) iborat bo'lgan, Quyosh atrofida cho'zilgan orbita bo'ylab aylanadigan, odatda Yerdan uzoqda joylashgan jism. ✔️ Asteroid - kattaligi 3 metrdan 1000 km gacha bo'lgan tosh va metall jism bo'lib, odatda Quyosh atrofida aylana orbitalarida aylanadi. ✔️ Meteoroid - o'lchami 1 sm dan 3 metrgacha bo'lgan asteroid. ✔️ Meteorit - sayyora atmosferasi bo'ylab uchib o'tadigan va uning yuzasiga tosh shaklida tushadigan asteroid yoki meteoroid. 💠 @koinottilsimi
#qiziq #kvantmexanikasi Siz hayotingizda hech qachon hech narsaga tegmagansiz. Biror kishi biror- bir jismga tegsa, u jismni emas, balki jismni tashkil qiluvchi elektronlarining elektromagnit kuchlarini his qiladi.Materiya tashkil topgan atomlar hech qachon bir - biriga urilmaydi. Qanchalik bir-biriga yaqin kelsa, ulardagi komponentlar zaryadlari shuncha itariladi. Bu xuddi ikkita kuchli magnitning bir xil zaryadli uchlarini birlashtirishga urinishga oʻxshaydi. Masalan, siz stulda oʻtirganingizda - siz unga “tegmaysiz”. Atomlardagi itarilish kuchi hisobiga stuldan maʼlum uzoqlikda turasiz. P.s: Hozir ham telefoningiz sensoriga barmog'ingizni tekkizyapman deb o'ylayapsiz, aslida barmog'iz unga umuman tegmaydi.Tushundingiz-a 💠 @koinottilsimi