KOINOT SIRLARI
Статистика🏛 Bu sahifa O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti ilmiy hodimlari tomonidan yuritilMayapti🏛 Sahifa maʼmuriyati: 👤
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 09:20
- Постов за неделю
- 12
- Всего постов
- 34
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 531
- 1/48двое суток
- 608
- 1/72трое суток
- 656
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Maidanak observatoriyasiga o'rnatilgan AllSkyCamera tasvirlari Maidanak osmoni (kecha tungi holati) AZT-22 teleskopi tunda ishlayotgani tasvirlarda ko'rinadi. Meteor yomg'iri ham ko'ringan Asl video 2.2 GB edi, men imkon qadar fayl hajmini kamaytirdim
Kechagi Quyosh tutulish hodisasi lavhasi Huddiki ufqda Qora tuynuk ko'rina boshlagandek😌 @astronomiya
Kecha juda ajoyib astronomik hodisalalar sodir bo'ldi. Lekin internetda tarqalayotgan videolar SI yordamida yaratilgani sezilyapti
Meteor yomgʻirini shunchaki rasmga olish biroz qiyin, fotokamerani uzunroq va ketma-ket ekspozitsiya holatiga moslab, tasvirga olib, birlashtirish orqali holatni tasavvur qilish mumkin. Biroq bu hodisalarni bevosita koʻz bilan kuzatmoq (ayniqsa Maydanak observatoriyasida) insonga oʻzgacha zavq bagʻishlaydi. Bu holat huddi qarmoqqa baliq ilinishini poylab oʻtirgan baliqchining baliq tutgandagi holatiga qiyoslash mumkin.
Makka va Sharm el Sheyx rosa qimmat bolsa kerak keyingi yil yozga😝
Ex xe yana 34-yil. Shuncha kop kutishni hohlmasangiz keyingi yil 2-avgustda Misr yoki Makkaga boring. U yerdan albatta korinadi keyingi yil
To'liq Quyosh tutilishi joriy yil 12-avgustda sodir bo'ladi. To'liq Quyosh tutilishi Greenlaniya, Islandiya, Portugaliya va Shimoliy Isplaniyadan ko'rinadi. 2027-yil 2-avgustda esa Misr, Makka va boshqa davlatlardan ko'rinadi. Agar 2027-yil 2-avgustda Makkada…
12-avgustdagi To'liq Quyosh tutilishi O'zbekistondan ko'rinmaydi Rasm SI yordamida tayyorlandi
Yuqoridagi rasmning asli "Somon yo'li galaktikasi markazi" nomli rasm
Somon yo'li galaktikasining markazi Rasm haqida: Muallif: Asfandiyarov Ildar Joy: Maidanak observatoriyasi, Qashqadaryo viloyati, O'zbeksiton. Izoh: Rasmda Sharqiy 60 sm diametr ko'zguli Zeiss-600 teleskopi joylashgan astronomik gumbaz. Orqa fonda esa bizning galaktika yaqqol ko'rinadi
MARKAZIY OSIYO GEOGRAFIYASI - KOINOTDA Markaziy Osiyo geografik nomlarining Asteroidlarga berilganlarini ko'rib chiqamiz. 1. O'zbekistondan 3 ta: (1351) Uzbekistania, (210271) Samarkand, (22948) Maidanak; 2. Qozog'istondan 2 ta: (2178) Kazakhstania, (2700) Baikonur; 3. Tojikistondan 2 ta: (2469) Tadjikistan, (2746) Hissao; 4. Qirg'izistondan 1 ta: (2566) Kirghizia; 5. Turkmanistonda 1 ta: (2584) Turkmenia; Ushbu 9 ta asteroidning 7 tasi (Uzbekistania, Kazakhstania, Baikonur, Tadjikistan, Hissao, Kirghizia, Turkmenia) Qrimdagi observatoriyalarda turli yillarda kashf qilingan. Qolgan 2 tasi: (22948) Maidanak - AQSHda, (210271) Samarkand esa - O'zbekistondagi Maidanak observatoriyasida kashf qilingan. 🔭 @Astronom_Kamoliddin_Ergashev
12-avgust Perseid meteor yomg'iri
Chaqnash... Bugun Maidanak observatoriyasida tong otishi bilan rasmdagi galaktikada chaqnash aniqlanganligi haqida xabarnoma chiqdi, Hozir estafeda bo'yicha Yerdagi teleskoplar kuzatib yotibdi bu obektni, bugun ob havo yaxshi bo'lsinda. Rasmdagi maydon o'lchami taqriban 1 yoy minut kvadrat. Obektning qizilga siljishi z = 0.089. Nega bu haqida yozyapman. Iyul oyida 10 taga yaqin gamma chaqnash qayd etildi, ularning deyarli hammasi janubiy yarim shardan ko'rinadi holos. Men esa yangi chaqnashi hammadan birinchi kuzatish uchun tuni bilan xabarlarni kutib o'tirsam, mana shunaqa ishlar bo'lyapti.
https://youtu.be/tqUka1oHYAU?si=pvmk9XgMadnxQ4kP
Ertaga to'lin Oyni kuzatmoqchi bo'lganlar bormi?
Andromeda galaktikasi qachon ko'rinadi? Andromeda galaktikasini bugun tunda ham ko'rish mumkin. Albatta nisbatan kattaroq teleskop bilan shahardan tashqari yorug'lik nurlari halal bermaydigan joydan turib kuzatish tavsiya etiladi. Andromeda galaktikasi Persey yulduz turkumi bilan yonma-yon. Shu sababli 13-avgust sanasida Adromenda galaktikasini ham osmondan qidirib ko'rish uchun yetarli vaqt topish mumkin. P.S. Hulkar yulduz to'dasini (Pleiades yoki "yetti opa singil") oddiy ko'z bilan ham oson topish mumkin (Toshkent markazidan ham ko'rinadi).
Avgust oyida ro'y beradigan astronimk hodisalar 2-avgust: Merkuriyning g'aribiy elongatsiyasi Ertalab Quyosh chiqishidan avval osmonning sharqiy qismida Merkuriy yaxshi ko'rinadi. O'zbeksitondan ko'rish mumkin, yorqin yulduz bo'lib ko'rinadi. 12-avgust: To'liq Quyosh tutilishi Rossiyaning shimoliy hududlari, Greenlandiya, Islandiya, Ispaniya hududlaridan ko'rniadi. Alyaska, Kanada, Afrikaning g'arbiy hududlari va AQShning shimoliy hududlaridan qism tutilish ko'rinadi. O'zbeksiton hududidan ko'rinmaydi. 12-13-avgust: Perseid meteor yomg'iri. Bir soat ichida 60 ta gacha meteorning atmosferaga kirib yonoshini ko'rish mumkin. 1862-yil kashf etilgan Swift-Tuttle kometasining qoldiqlari Yer atmosferasiga kirib, xalq tilida "yulduz uchishi" ni hosli qiladi. Bus jismlar atmosferaning yuqori qisminida yonib tugaydi, yergacha yetib kelmaydi. Hodisa aslida 17-iyuldan 24-avgustgacha davom etib, 12-13-avgust sanasida eng ko'p meteor yomg'iri kuzatiladi. 15-avgust: Veneraning sharqiy elongatsiyasi Venera sayyorasini Quyosh botgach osmonning g'arbiy hududida juda yorqin yulduz sifatida topish mumkin. Venerani kuzatish uchun juda yaxshi imkoniyat. 28-avgust: Qisman Oy tutilishi Oy Yerning soyasiga kirib o'tadi. Bu hodisani Afrika, Yevropa hududlari va Amerika qit'asidan ko'rish mumkin. Avgust oyida sayyoralarni osmonda quyidagi vaqtlarda ko'rish mumkin. Kechki payt (shom payti) - Venera, tunda -Saturn va Neptun, tunning ikkinchi yarmida -Mars va Uran, ertalabga yaqin esa Yupiter va Merkuriy sayyoralarini ko'rish mumkin.
без подписи
без подписи
Bugun Oyni kuzatdik Bugun Astronomiya instituti yaqinidagi bog' hududida Astronomiya institutiga qarashli Celestron teleskopida Oyni kraterlari va Veneraning fazasi (ya'ni Oy kabi uning ham fazalari bor) bog'ga tashrif buyuruvchilarga ko'rsatildi. Oyning teleskop orqali tasvirini o'z ko'zi bilan bilan ko'rgan bolalar ham, turli yoshdagi qiziquvchilarning ham hayrati cheksiz bo'ldi. Hammani rasmga olmadim lekin🙂 Kuzatuvlarga yaqindan yordam bergan Baxtiyorov Javohir va Azimjon Azimovga tashakkur Aslida bu ush bu teleskopni test qilish ham bo'ldi men uchun. Shu sabab sizlarni taklif qilmagan edim. Lekin keyingi safar avvaldan e'lon qilib, taklif qilaman