tgindex
Uzcosmos

Uzcosmos agentligining rasmiy telegram kanali Официальный Telegram-канал агентства Uzcosmos +998 55 502-50-22 Наш вебсайт: http://uzspace.uz Наш инстаграм: https://www.instagram.com/uzcosmos.uz?igsh=ZGdiYjUzMHZiOTdv Facebook страница: https://www.fac

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
5
Всего постов
28
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 078
+3 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 014
27 постов
Вовлечённость
96,9%
к подписчикам
Постов в день
0,7
всего 28
Упоминаний
42
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
2 490
1/48двое суток
2 853
1/72трое суток
3 077

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Yangi avlod muhandislari uchun kosmik oromgoh Uzcosmos va Teach For Uzbekistan hamkorligida Bo‘stonliq tumanidagi yozgi oromgohda bolalar uchun kosmik texnologiyalarga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ushbu qiziqarli uchrashuvda bolalar o'z qo'llari bilan gidravlik raketa va CubeSat turidagi sun’iy yo‘ldoshi prototipini yasashdi. Bu ular uchun kosmik muhandislik borasidagi ilk tajriba va birinchi qadam bo'ldi. ——— Космический лагерь для нового поколения инженеров В рамках сотрудничества Uzcosmos и Teach For Uzbekistan в летнем лагере Бостанлыкского района для детей прошли практические занятия, посвящённые космическим технологиям. Ребята не просто узнали о космосе — они сами создали свои первые космические проекты: собрали гидравлические ракеты и изготовили прототип спутника формата CubeSat. Для детей это стало первым практическим опытом в области космической инженерии и возможностью попробовать себя в роли настоящих разработчиков. 📱 Instagram 📱 LinkedIn 📱 Telegram 📱 Youtube 📱 Facebook 📱 X (Twitter)

  • 14 авг.45842из Press_Secretary_Uz

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

  • 11 авг.3 01659

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.3 03759

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.2 8082361

    12-avgust - yulduzli osmon ostida vaqt o'tkazish va bir nechta go'zal hodisalarni o'z ko'zingiz bilan ko'rish uchun ajoyib imkoniyat Kuzatishning eng yaxshi usuli qanday? Sayyoralarning paradi uchun: Quyosh chiqishidan 45-60 daqiqa oldin tashqariga chiqing va sharqiy ufq aniq bo'lgan joyni tanlang. Perseidlar uchun: Yarim tundan keyin, shahar chiroqlaridan uzoqrog’da bo’lgan joyga chiqing va meteor yomg’irini kuzating. ——— 12 августа — отличный повод провести время под звездным небом и увидеть сразу несколько красивых явлений своими глазами Как лучше всего наблюдать? Для парада планет: Выйдите на улицу за 45–60 минут до восхода Солнца и выберите место с открытым восточным горизонтом. Для Персеид: Наблюдайте метеоритный дождь после полуночи вдали от городских огней. 📱 Instagram 📱 LinkedIn 📱 Telegram 📱 Youtube 📱 Facebook 📱 X (Twitter)

  • 7 авг.1 19511из shmirziyoyev

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. — Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом. #Mirziyoyev #muloqot #AQSh #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • 7 авг.5 3797092

    Birinchi kosmik tasvir 🛰️ Giperspektral “Samarkand-2028” sun’iy yo‘ldoshi uchirilganidan bir necha soat o‘tib, o‘zining ilk tasvirini muvaffaqiyatli uzatdi. Biz tarixda ilk bor Gretsiyaning Afina shahri — sivilizatsiyalar chorrahasi sifatida tanilgan hudud ustidan olingan birinchi suratni mamnuniyat bilan taqdim etamiz. —— Первый снимок 🛰️ Всего через несколько часов после запуска гиперспектральный спутник Samarkand-2028 достиг первого света. Мы с гордостью представляем первое в истории изображение, полученное над Афинами, Греция, историческим перекрестком цивилизаций.

  • 5 авг.1 8703217

    Biz bu kunni uzoq vaqt eslab yuramiz Uchirish oldidagi hayajon, parvozning ilk soniyalari va so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan his-tuyg‘ular. Bu kunning muhitini biz bilan birga his eting! ——— Этот день мы запомним надолго Волнение перед стартом, обратный отсчёт, первые секунды полёта и эмоции, которые невозможно передать словами. Прочувствуйте атмосферу этого дня вместе с нами! 📱 Instagram 📱 LinkedIn 📱 Telegram 📱 Youtube 📱 Facebook 📱 X (Twitter)

  • 5 авг.1 59118

    видео или голосовое, без подписи

  • 5 авг.1 69518

    видео или голосовое, без подписи

  • 5 авг.1 68118

    видео или голосовое, без подписи

  • 5 авг.1 55718

    видео или голосовое, без подписи

  • 5 авг.1 45219

    видео или голосовое, без подписи

  • 5 авг.1 29718

    видео или голосовое, без подписи

  • 5 авг.1 28418

    видео или голосовое, без подписи

  • +7
    5 авг.1 1643018

    Bugun O‘zbekiston kosmik texnologiyalarni rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadam tashladi Uzcosmos delegatsiyasi Xitoyning Hayyan shahrida bo‘lib, u yerda O‘zbekiston Respublikasi tarixidagi eng yirik xalqaro kosmik missiyalardan birining uchirilishiga guvoh bo‘ldi. Ilk bor Uzcosmos mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt moduli xalqaro sun’iy yo‘ldosh platformasiga integratsiya qilindi. Bu O‘zbekiston zamonaviy kosmik texnologiyalarni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shayotganini tasdiqlovchi muhim qadamdir. Endilikda «Samarkand-2028» sun’iy yo‘ldoshi orbitadan turib qishloq xo‘jaligi, ekologik monitoring, suv resurslarini boshqarish, tabiiy resurslarni kuzatish hamda boshqa ko‘plab strategik yo‘nalishlar uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etadi. ——— Сегодня Узбекистан сделал ещё один важный шаг в развитии космических технологий Делегация Uzcosmos присутствовала в городе Хайян (Китай), где состоялся запуск одной из крупнейших международных космических миссий в истории Республики Узбекистан. Впервые модуль искусственного интеллекта, разработанный специалистами Uzcosmos, был интегрирован в международную спутниковую платформу. Это важный шаг, подтверждающий, что Узбекистан вносит собственный вклад в развитие современных космических технологий. «Samarkand-2028» будет обеспечивать ценными данными сельское хозяйство, экологический мониторинг, управление водными ресурсами, наблюдение за природными ресурсами и многие другие стратегически важные направления. 📱 Instagram 📱 LinkedIn 📱 Telegram 📱 Youtube 📱 Facebook 📱 X (Twitter)

  • 5 авг.4 7932581

    Samarkand-2028 giperspektral sun’iy yo‘ldoshi 5-avgust kuni orbitaga muvaffaqiyatli uchirildi Bugun ijtimoiy tarmoqlarda "Samarkand-2028" missiyasi yuzasidan turli talqindagi fikrlar tarqalmoqda. Xususan, ayrim manbalarda ushbu loyiha "O‘zbekistonning birinchi sun’iy yo‘ldoshi uchirildi" degan mazmunda yoritilmoqda. "Samarkand-2028" O‘zbekistonning milliy sun’iy yo‘ldoshi emas. U Xitoyning STAR.VISION kompaniyasi tomonidan yaratilgan Yerni masofadan zondlashga mo‘ljallangan giperspektral sun’iy yo‘ldosh bo‘lib, loyiha "O‘zbekkosmos" agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Mazkur missiyaning eng muhim va tarixiy jihati shundaki, STAR.VISION kompaniyasining xalqaro loyihalari tarixida ilk bor "O‘zbekkosmos" agentligi muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt moduli sun’iy yo‘ldoshning bort tizimiga integratsiya qilindi. Bu oddiy dasturiy ta’minot emas. Sun’iy intellekt moduli sun’iy yo‘ldosh tomonidan olingan tasvir va ma’lumotlarni Yerga uzatilishidan oldin bevosita orbitaning o‘zida qayta ishlaydi. Natijada uzatiladigan ma’lumotlar hajmi kamayadi, kerakli axborot tezkor olinadi va keyingi tahlil jarayonlari samaradorligi sezilarli darajada oshadi. Shu ma’noda, O‘zbekiston ushbu loyihada ma’lumotlardan foydalanuvchi yoki kuzatuvchi sifatida emas, balki missiyaning muhim texnologik yechimlaridan birini yaratgan hamkor sifatida ishtirok etdi. Bu esa mamlakatimiz muhandislarining salohiyati xalqaro miqyosda e’tirof etilganidan dalolat beradi. Sun’iy yo‘ldoshga "Samarkand-2028" deb nomlanishi ramziy ma’noga ega. 2025-yilda Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro astronavtika kongressida "O‘zbekkosmos" agentligi tashabbusi bilan Samarqand shahri 2028-yilda o‘tkaziladigan 79-Xalqaro astronavtika kongressi (IAC) mezboni etib saylangan edi. Mazkur tarixiy voqea nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo uchun katta yutuq bo‘ldi. Aynan shu sababli sun’iy yo‘ldoshga "Samarkand-2028" nomi berildi. "Samarkand-2028" bu – O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi yirik xalqaro kosmik loyiha bo‘lib, unda o‘zbekistonlik muhandislar ishlab chiqqan sun’iy intellekt moduli ilk bor xalqaro sun’iy yo‘ldosh missiyasida qo‘llanildi. Bu O‘zbekiston kosmik sanoati rivojida muhim bosqichdir. Chunki mamlakatimiz ilk bor xalqaro kosmik loyihada yuqori texnologik yechim yaratuvchisi sifatida ishtirok etdi. Aynan shu tajriba kelgusida milliy sun’iy yo‘ldosh dasturlarini, jumladan, o‘zbekistonlik muhandislar tomonidan ishlab chiqilayotgan "Mirzo Ulug‘bek" ilmiy sun’iy yo‘ldoshi loyihasini amalga oshirish uchun muhim ilmiy va muhandislik poydevorini yaratadi. 📱 Instagram 📱 LinkedIn 📱 Telegram 📱 Youtube 📱 Facebook 📱 X (Twitter)

  • 5 авг.1 380598

    видео или голосовое, без подписи

  • 4 авг.2 9032248

    Brifing: “Samarkand-2028” sun’iy yo‘ldoshi uchirilishi 2026-yil 5-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 07:00–09:00 oralig‘ida Xitoyning Haiyan Sharqiy kosmodromidan "Samarkand-2028" yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshi orbitaga uchiriladi. Sun’iy yo‘ldosh giperspektral kuzatuv texnologiyasi hamda “O‘zbekkosmos” mutaxassislari ishlab chiqqan sun’iy intellekt moduli bilan jihozlangan. Olinadigan ma’lumotlar qishloq xo‘jaligi, suv resurslari, ekologiya, favqulodda vaziyatlar monitoringi, shaharsozlik va boshqa sohalarda qo‘llaniladi. Mazkur missiya O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikning muhim natijasi bo‘lib, mamlakatimiz kosmik salohiyatini yanada mustahkamlaydi. Video: https://youtu.be/dDsR2jXfyv4 Batafsil: https://gov.uz/oz/uzspace/news/view/201978 ——— Брифинг: запуск спутника "Samarkand-2028" 5 августа 2026 года с 07:00 до 09:00 по ташкентскому времени с космодрома Хайян (Восточный космодром), Китай, состоится запуск спутника дистанционного зондирования Земли "Samarkand-2028". Спутник оснащён современной гиперспектральной системой наблюдения и модулем искусственного интеллекта, разработанным специалистами "Узбеккосмос". Получаемые данные будут использоваться в сельском хозяйстве, управлении водными ресурсами, экологии, мониторинге чрезвычайных ситуаций, градостроительстве и других сферах. Миссия "Samarkand-2028" является важным результатом научно-технологического сотрудничества между Узбекистаном и Китаем и укрепляет космический потенциал нашей страны. Видео: https://youtu.be/dDsR2jXfyv4 Подробнее: https://gov.uz/ru/uzspace/news/view/201978

  • 4 авг.1 211229

    Bir vaqtlar Samarqand Buyuk Ipak yo‘li orqali Sharq va G‘arbni bog‘lagan. Bugun uning nomi yana dunyo miqyosida yangramoqda — endi esa koinotda. Xo‘sh, nega sun’iy yo‘ldosh SAMARKAND-2028 deb nomlangan? Va nega aynan 2028? Bu shunchaki raqam emas. U ulkan maqsadlar, xalqaro hamkorlik va O‘zbekiston kosmik sohasi rivojining ramzidir ——— Когда-то Самарканд соединял Восток и Запад, став сердцем Великого шелкового пути. Сегодня его название вновь выходит на мировую арену — теперь уже в космосе. Но почему же SAMARKAND-2028? И что означает 2028? Это не случайная цифра, а символ большой цели, международного сотрудничества и будущего, к которому уже сегодня делает шаг космическая отрасль Узбекистана. 📱 Instagram 📱 LinkedIn 📱 Telegram 📱 Youtube 📱 Facebook 📱 X (Twitter)