Dr.Himmatulloh Rahmatov | Blog
Статистика🏥Ibn Sino klinikasi Va “Farg’ona Shahar Bolalar Shifoxonasi” Mo’ljal: Beeline ko’chasida Konsultatsiya uchun: +998954019400 +998732440073 👨⚕️Med Teacher, Shifokor, 🩺Isbotlangan tibbiyot!
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 212
- 1/48двое суток
- 242
- 1/72трое суток
- 262
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Onnline “PEDIATRIYA” kursiga qabul boshlandi! (videoda batafsil) 1-Bo’lim : Bolalar Gastroenterologiyasi 2-Bo’lim Bolalar Pulmonologiyasi 3-Bo’lim: Bolalar Nefrologiyasi 4-Bo’lim : Bolalar Kardiorevmotologiyasi 5-Bo’lim : Toshmalar, infeksion kasalliklar differensatsiyasi 6-Bo’lim : Suyak mushak kasalliklari 7-Bo’lim: Bolalarda vaksinatsiya. Emlov kalendari. Emlov standartlari. Emlov haqidagi MIFlar. Qarshi ko’rsatmalar. 👨⚕️Darslar Rahmatov Himmatulloh / Farg’ona Shahar Bolalar Shifoxonasi / Ibn Sino klinikasi pediatr shifokori tomonidan o’tiladi. Roʻyxatdan oʻtish uchun👇 https://forms.amocrm.ru/rzvxxwm
Uzoq tanaffusdan keyin yana ishga qaytdik! Bolajonlarimiz doimo sog’ bo’lishsin! Bolajonlardagi muammolar bo’yicha bemalol murojaat qilsangiz bo’ladi. ❗️Dalillarga asoslangan tibbiyot bo’yicha davolayman. 🏥Manzil: Farg’ona Shahar, Ibn Sino klinikasi Mo’ljal: Beeline ofis ko’chasida. ⏰Ish vaqti : 09:00-14:00 Dushanba-Shanba 📍Lokatsiya https://t.me/Pediatr_Himmatulloh/13183
Tez kunda yangilik….😊
Haqiqiy xiyonat bu oxirgi nafaslaringni olayotgan vaqtingda tilingni senga bo’ysunmasligidir… Hayotimiz davomida xohlagan so’zlarimizni xohlagan makon va zamonda ayta olamiz. Biroq oxirgi umr lahzalarida bu besuyak organni qimirlatib tovushlar chiqarishda ojiz qolishimizdan ko’ra yomonrog’i bo’lmasa kerak. Og’zaki nutq bu murakkab refleks hisoblanadi. Ham hissiyotga javobgar miyaning qismlari ham og’zaki nutqdan oldingi o’y va tafakkurda ishtirok etadi. Odam farzandi hayoti davomida nimani ko’p o’ylasa, nimani ko’p zikr qilsa ayni o’shalar shartli refleks ko’rinishda birinchi bo’lib namoyon bo’ladi. Bundan kelib chiqadiki, biz yaxshi narsalarni o’ylasak, yaxshi ishlar ustida sobit tursak va zikrda bo’lsak ayni o’shalar hisobiga zora oxirgi nafaslarimizda Alloh tilimiz va qalbimizni bizga bo’ysindirib qo’ysa, zora najot topsaydik… Telegram | Facebook | Twitter | Instagram
без подписи
"It kiyikdan so‘radi: “Nega har doim meni ortda qoldirasan?”. Kiyik javob qildi: “Chunki men o‘zim uchun yuguraman, sen bo‘lsa xo‘jayining uchun yugurasan”. Xulosa: Haq uchun kiyik bo‘lish qo‘lingdan kelmasa, botil uchun it bo‘lma." Telegram | Facebook | Twitter | Instagram
Dalillarga asoslangan tibbiyot haqida nimalarni bilasiz? Telegram | Facebook | Twitter | Instagram
Biz buyuklar edik •1313-1321-yillar Fransiyada Qirol Filipp davrida moxov kasaliga chalinganlarni jamiyatdan ajratishni va ayrimlarni yoqishni buyurdi. Chunki Yevropada kasallikka osmonning la’nati deya e’tiqod qilishardi. •707-yilda esa musulmonlar davolanish uchun shifoxonaga borishardi... Biz buyuklar edik! •Bu o’rinda qaysidir e’tiqod vakillarini afzal ko’rishni bir chetga surib turishimiz kerak. Hozirda musulmon qatlamdagi davlatlarni ilmsizga chiqarish holatlari ko’p kuzatiladi. Aslida holat bunday bo’lmasa ham, 3-dunyo sifatida nazar solishadi. Balkim chindan ham ayrim jihatlarda orqada qolgandirmiz. Nega bunday bo’ldi? Bizni kim bu ahvolga soldi? Bunday savollardan keyin turli xil rakursdan turlicha javob olish mumkin. Siyosiy, diniy, ijtimoiy, iqtisodiy rakurslardan qarasak har biridan asosli argumentlar topishimiz mumkin. Mayli, men bu qismlarni tahlil qilmoqchi emasman, sababi bu tahlillar chuqur bo’lishi kerak. Yuzaki yozolmayman. Men sizlarga aytmoqchi bo’lgan murodim shuki: biz o’zimizni ulug’ ajodlarimizga solishtirganimizda ilmdan ancha uzoqda turganimizni anglab yetishimiz kerak. Biz ular bilan faqat maqtanamiz xolos, ularga munosib bo’lishga intilmaymiz. Yana ilm buloqlari bizdan chiqishiga harakat qilishimiz kerak. Ilm qayerda bo’lsa kuch ham boshqaruv ham o’sha joyda bo’ladi. Ilmsiz odamlari bor mamlakat kuchsiz bo’ladi. Oddiy bemorlar ham boshqa davlatlarda davolanib yurishibdi. Bu biz uchun uyatli bo’lishi kerak…. Telegram | Facebook | Twitter | Instagram
Natija muhimmi yoki jarayon? Hayotda har bir inson o‘z oldiga maqsad qo‘yadi va unga erishishga intiladi. Shu sababli ko‘pchilik uchun natija eng muhim omil bo‘lib ko‘rinadi. Biroq, natijaga olib boradigan jarayon ham kam ahamiyatga ega emas. Menimcha, natija va jarayon bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa-da, uzoq muddatli muvaffaqiyat uchun jarayon muhimroqdir. •Birinchidan, jarayon insonni rivojlantiradi. Maqsad sari harakat qilish davomida yangi bilimlar o‘rganiladi, tajriba orttiriladi va turli qiyinchiliklarni yengish ko‘nikmalari shakllanadi. Masalan, talaba imtihonda yuqori baho olishni maqsad qilishi mumkin. Ammo uning haqiqiy yutug‘i faqat baho emas, balki tayyorgarlik davomida egallagan bilimlaridir. •Ikkinchidan, natija har doim ham insonning qo‘lida bo‘lavermaydi. Ba’zan barcha sa’y-harakatlarga qaramay, kutilgan natijaga erishilmasligi mumkin. Lekin jarayon davomida olingan tajriba va saboqlar keyingi muvaffaqiyatlarga zamin yaratadi. Shuning uchun inson faqat natijaga bog‘lanib qolmasdan, o‘z harakatlarini qadrlashi kerak. •Uchinchidan, natija qisqa muddat ichidan esdan chiqadi, ozroq “baxt gormonlari” bilan to’yinib olish mumkin xolos. Jarayonda esa buni ko’proq his qilish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga, natijaning ham o‘z o‘rni bor. Natija inson mehnatining samarasini ko‘rsatadi va yangi maqsadlar sari ilhomlantiradi. Agar natija bo‘lmasa, bajarilgan ishlarning samaradorligini baholash qiyinlashadi. Natija vaqtinchalik bo‘lishi mumkin, ammo jarayonda orttirilgan ko‘nikmalar inson bilan umr bo‘yi qoladi. Telegram | Facebook | Twitter | Instagram