Al-kimyogar
СтатистикаTibbiyot (asosan, kardiologiya) izlanuvchisi, doimiy talaba 🥸 *Blogdagi tibbiyot bo'yicha postlar tibbiy konsultatsiya o'rnini bosa olmaydi. Aloqa: @StudentMedikBot
- Последний пост
- 28 мая
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
https://youtu.be/gj4sgRzb8w8?is=yi4budgXOXINWbHg
https://www.nejm.org/doi/full/10.1056/NEJMoa2513525
🔸 H- – Bu universitetlar Germaniyada oliy ta’lim muassasasi sifatida tan olinmaydi. Sabablari ikki xil bo‘lishi mumkin: Universitet o‘z mamlakatida yetarlicha akkreditatsiyaga ega emas, yoki U umuman oliy ta’lim muassasasi hisoblanmaydi (masalan, kollej, kasb-hunar maktabi va hokazo). Bunday holatda diplom Germaniyada tan olinmaydi, Approbation jarayoni deyarli imkonsiz bo‘ladi. ⚖️ H+/- – Bu aralash maqom. Ya’ni, Anabin bu universitetni to‘liq H+ yoki H- deb baholay olmaydi. Bunday holatlarda ayrim fakultetlar, dasturlar tan olingan bo‘lishi mumkin, boshqalari esa yo‘q. Bu holatda har bir talabgorning hujjatlari alohida ko‘rib chiqiladi, ko‘pincha ZABdan “Statement of Comparability” olish talab qilinadi. Bu esa vaqt va pul talab qiladi.
Status: Institutionstyp -> Staatliche Hochschule Status -> H+ 🔹 H+ – Bu degani: siz o‘qigan universitet o‘z mamlakatida rasmiy tarzda oliy ta’lim muassasasi sifatida tan olingan (ya’ni akkreditatsiyadan o‘tgan, litsenziyaga ega va boshqalar). Shu asosda Germaniyada ham bu universitet “Hochschule” (ya’ni oliy ta’lim muassasasi) sifatida qabul qilinadi. Bu juda muhim: H+ sizning diplomingiz Germaniya diplomiga avtomatik teng degani emas. Bu shunchaki siz hujjatlaringizni tenglashtirish (ya’ni Approbation uchun baholatish) imkoniga egasiz degani. Bu jarayonda hali sizning diplomingiz to‘liq tahlil qilinadi, kerak bo‘lsa imtihonlar ham bo‘ladi.
Diplomingiz Germaniyada tan olinadimi? Anabin nima va u nega muhim? So‘nggi yillarda Germaniyada o‘qish yoki ishlashni rejalashtirayotganlar soni sezilarli darajada ortdi. Ammo ko‘pchilik eng muhim qadamlardan biri — Anabin bazasini tekshirishni unutib qo'yishmoqda, menimcha. Anabin nima? Anabin — bu Germaniyaning rasmiy ma’lumotlar bazasi bo‘lib, xorijdagi universitetlar va diplomlarning Germaniyada tan olinishi haqidagi ma’lumotlarni beradi. Ushbu bazani ZAB (Zentralstelle für ausländisches Bildungswesen) boshqaradi. Bu baza yordamida quyidagilarni aniqlash mumkin: - Siz o‘qigan universitet "ruxsat etilgan/tan olingan" (H+) oliy ta’lim muassasasi hisoblanadimi? - Umuman, diplomingiz Germaniyada tan olinadimi yoki yo‘qmi? H+, H+/-, H- degani nima? Bu "ranking" universitetning Anabin bazasidagi maqomini bildiradi: - H+ — Universitet Germaniyada tan olingan. Diplom odatda muammosiz qabul qilinadi. ✅ - H+/- — Qisman tan olingan. Har bir holat alohida baholanadi, ZABdan "Statement of Comparability" olish talab qilinadi. ⚠️ - H- — Tan olinmagan. ❌ Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti (SamDTU) misolida: Aytaylik, siz Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetida o‘qigansiz va Germaniyada ishlashga hujjat topshirmoqchisiz. Birinchi qadam — Anabin orqali universitet maqomini tekshirish. 🔗 Tekshirish uchun havola: https://anabin.kmk.org/anabin.html Qanday tekshiriladi? 1. Saytga kiring: https://anabin.kmk.org/anabin.html 2. Menyudan Institutionen > Suchen bo‘limiga o‘ting 3. “Länder” sifatida Usbekistanni tanlang 4. “Orte” oynasiga Samarkand deb yozing Natijada siz Samarkand State Medical University (oldingi nomi: Samarkand State Medical Institute) chiqadi ✅ U H+ maqomiga ega — demak, ushbu universitet diplomlari Germaniyada ruxsat etilgan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. *Agar H+/- yoki H- bo‘lsa, sizga ZAB hujjati (Statement of Comparability) kerak bo‘ladi. Bu esa qo‘shimcha vaqt va xarajat talab qiladi. H+ — bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash huquqi emas! Ko‘pchilik Anabin’da H+ maqomi bor ekan, “demak men Germaniyada vrach sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlay olaman” deb o‘ylaydi. Bu noto‘g‘ri tushuncha. ✅ H+ faqat sizning universitetingiz Germaniya tomonidan tan olinganligini bildiradi. ❌ Ammo bu Approbation (vrachlik litsenziyasi) avtomatik beriladi degani emas.
https://t.me/muhrim2022/4670 Shu xabarga qo'shimcha. So'nggi bir necha yil ichida, ayniqsa qizlar orasida kuchli ariza (application) topshirayotganlar soni ko'paya boshlaganini payqadim. Ularning IELTS ballari odatda yuqori, universitetdagi baholari ham yaxshi, o'qishdan tashqari faoliyatlari (extracurriculars) esa ko'p va e’tiborni tortadigan darajada qiziqarli bo‘ladi. Shunday holatda, hay’at (admissions committee) aynan kuchli nomzodni tanlaydi — bu tabiiy. Afsuski, ko‘plab yigitlar esa Instagram, ijtimoiy tarmoqlar bilan haddan tashqari band. Bundan tashqari, ularning rejalari juda kamtarona tuzilayotganini sezdim. Bugun esa, ijtimoiy tarmoqlarda MFA (Medizinische Fachangestellte) kasbi faol "reklama" qilinmoqda. Ba'zilar hatto ordinaturani to‘liq tugatib, Germaniyaga kelib MFA o‘qimoqchi bo‘layapti. Bu esa haqiqatda achinarli holat. Agar siz xorijda (masalan, O'zbekistonda joylashgan, Anabin H+ universitetida) tibbiyot fakultetini yoki ordinaturaning bir qismini yoki to‘liq kursini tamomlagan bo‘lsangiz, MFA — bu siz uchun emas. Sizda ancha yuqori malaka bor, va vaqtinchalik tilni yaxshilab, keyin Approbation (vrachlik litsenziyasi) olishga harakat qilganingiz ma’qul. Agar ilmiy faoliyatga qiziqishingiz bo‘lsa, PhD dasturlariga hujjat topshirishingiz mumkin. Yoki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shifokor sifatida ishlash uchun kerakli til sertifikatlarini to‘plab, Berufserlaubnis bilan vaqtinchalik ishlay boshlashingiz mumkin. Men hech kimning holatini yomonlash niyatida emasman. Har kimning o‘z yo‘li bor. Biroq, shuni unutmaslik kerak: to‘g‘ri maqsad qo‘yish va unga qarab harakat qilish — eng muhim qadam. Pastroq pozitsiyalardan emas, balki o‘z bilim darajangizga mos va munosib yo‘llardan boshlang. Bu nafaqat vaqt, balki obro’-e’tiboringizni ham asraydi. MFA — bu Germaniyada shifokorga yordam beruvchi tibbiy kotiba yoki yordamchi. Har kuni nima qiladi? – Bemorlarni qabul qiladi – Qon oladi, EKG qiladi – Hujjat yuritadi – Vaqt belgilaydi – Shifokorga yordam beradi UPD. Agar sizda tibbiyot universiteti diplomi yoki vrachlik tajribasi bo‘lsa, Germaniyada MFA o‘qish siz uchun to‘g‘ri yo‘l emas. Bu sizning malakangizdan juda past, shifokor bo‘lishga yordam bermaydi, Approbation olish (vrach sifatida ishlash uchun ruxsatnoma) jarayonini tezlashtirmaydi va o‘rnini bosa olmaydi.
Янги мавсумимизни биринчи мехмони Европанинг энг илғор ва катта тиббиёт университетларидан бири Шарите клиникаси докторанти, олим - Муинжонов Бахром. Бу подкастимизда асосан мехмонимизни мутахассислиги буйича илмий ишлари, тадқиқотлари ва замонавий даволаш турлари хақида гаплашамиз. Сухбатимиз, якшанба куни, тошкент вакти билан: 📆19.01.2025 ⏱ 21:00 да HiDoc Podcast да куришамиз.
Do'stlar, agar dam olish kunlari uyni tozalash yoki boshqa biror ish bilan band bo‘lsangiz, podkastimizni yoqib tinglab ko‘ring. Bu safar onko-gematolog do‘stim bilan CAR-T terapiyasini muhokama qildik: terapiyaning qanday ishlashi, tarixi va klinik sinovlar haqida gaplashdik. Shuningdek, ilmiy maqolalarni qanday tushunish kerakligi haqida ham foydali ma’lumotlar berdik. 🔗 Tinglash uchun: https://youtu.be/bC8u17FpCSE?si=afNyT7VWyM8lT-5s
Semizlik tushunchasini qayta ko‘rib chiqish vaqti keldimi? BMI yetarli emasmi? Yaqinda The Lancet semizlikni aniqlash bo‘yicha yangi diagnostik mezonlarni taklif qildi. BMI (Body Mass Index) hali ham semizlikni tashxislashda keng qo‘llaniladi, ammo uning cheklovlari bor: u organizmdagi yog‘ miqdorini bevosita o‘lchamaydi va yog‘ning organizmdagi taqsimlanishini ko‘rsatmaydi. Bu esa ortiqcha tana yog‘ining sog‘liq uchun qanchalik xavfli ekanligini tushunishda murakkablik tug‘diradi. Masalan, BMI 25–29,9 bo‘lgan odamlar (ortiqcha vazn deb qaraladigan) metabolik jihatdan sog‘lom bo‘lishi mumkin, BMI 30 dan yuqori bo‘lgan (semizlik deb tasniflanadigan) odamlar esa hech qanday salbiy sog‘liq belgilari ko‘rsatmasligi mumkin. Bundan tashqari, sportchilar yoki mushak massasiga boy insonlar BMI bo‘yicha noto‘g‘ri tashxis olishi mumkin, shu bilan birga, BMI 30 dan past bo‘lgan, ammo organizmida yog‘ miqdori yuqori va sog‘liq xavfi mavjud bo‘lgan odamlar aniqlanmay qoladi. Bu misollar BMIni semizlikni aniqlash uchun yetarli emasligini ko‘rsatadi. Demak, semizlikni aniq tashxislash uchun kengroq yondashuv talab qilinadi. Bu yondashuv yog‘ miqdori, yog‘ning taqsimlanishi, metabolik salomatlik va boshqa omillarni inobatga olishi kerak. BMIning cheklovlarini hisobga olib, yangi diagnostik mezonlarni joriy qilish, semizlikni sog‘liq bilan bog‘liq xavflar doirasida yaxshiroq baholashga yordam beradi. Kanal: @studentmedik_upd
Insoniyat tarixida ochlik paytida jismoniy faollik hayotiy zaruratga ega bo‘lgan — oziq-ovqat topish uchun harakat qilish shart edi va hozirgacha shunday bo‘lib kelmoqda. Bugungi ilm-fan esa ochlik sharoitiga mushaklar qanday moslashishini chuqurroq o‘rganmoqda. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot bir haftalik ochlikning mushak kuchi va jismoniy chidamlilikka ta’sirini o‘rganib, qiziqarli natijalarni kashf etdi. Tadqiqotning asosiy xulosalari: Mushak kuchi saqlanib qoldi: Ochlik davomida ishtirokchilar 4,6 kg mushak massasini yo‘qotganiga qaramay, ularning maksimal kuchi o‘zgarishsiz qolgan. Metabolik moslashuvlar: Mushaklarda pyruvate dehydrogenase kinase 4 (PDK4) fermenti darajasi 13 barobar oshgan, bu esa mushaklarning uglevodlarni "yoqishini" cheklashga olib kelgan. Undan tashqari, maksimal kislorod iste’moli va yuqori intensivlikdagi chidamlilik qobiliyati 15% ga kamaygan. Bu glikogen zaxiralari 50% ga qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ochlik paytida mushaklar kuchini saqlab qolish insoniyat tarixida omon qolish uchun zarur bo‘lgan element bo‘lishi mumkin. Ammo yuqori intensivlikdagi aerobik ish qobiliyatining pasayishi uzoq davom etgan ochlik paytida umumiy jismoniy samaradorlikni cheklashi mumkin.
FT596: CAR-T terapiyasiga yangi alternativa? Yaqinda chop etilgan maqola gen-modifikatsiyalangan, induksiyalangan plyuripotent o'zak hujayralaridan (iPSC)"olingan" tabiiy killer (NK) hujayralar yordamida saratonni davolashning yangi usulini taqdim etdi. FT596 nomli ushbu terapiya uchta asosiy antitumor elementlariga ega: saraton hujayralarini yo‘q qiluvchi maxsus retseptor (CD19 CAR), immun javobini "kuchaytiruvchi elementlar" (CD16 reseptor), va immun tizimini qo‘llab-quvvatlovchi molekulalar (interleykin-15). Bu nima degani? FT596 shunchaki "bir martalik davolash" emas, balki saratonga qarshi ishlaydigan mukammal texnologiyaga aylanib ketish potensialiga ega. Tadqiqot davomida FT596 monoterapiya sifatida ham, saraton davolashda keng qo‘llaniladigan rituximab bilan birgalikda ham sinovdan o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, u chuqur va uzoq muddatli javoblarni ta’minlaydi, ya’ni saraton hujayralarini samarali ravishda yo‘q qiladi. Shu bilan birga, FT596 CAR-T terapiyasining muhim muammolarini hal qilishga qaratilgan: bu ishlab chiqarish vaqtini qisqartirish, narxni pasaytirish va bemorlar uchun kengroq imkoniyatlar yaratishni o‘z ichiga oladi. Agar siz hali bizning CAR-T terapiyalari haqida Farhod bilan birga tayyorlagan video-podkastimizni ko‘rmagan bo‘lsangiz, bugun uni albatta tomosha qiling! Ushbu yangi ma’lumotlar sizga mavzuni yaxshiroq tushunishda yordam beradi. Postni ulashing va fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing 📢💡
Al-kimyogar pinned «Ushbu epizodda CAR-T hujayra terapiyasini batafsil muhokama qildik — terapiyaning qanday ishlashi, uning tarixi va hozirgi rivojlanish bosqichlari haqida so‘z yuritdik. Shuningdek, klinik sinovlar qanday o‘tkazilishi, dalillarga asoslangan tibbiyot nima ekanligi…»
Ushbu epizodda CAR-T hujayra terapiyasini batafsil muhokama qildik — terapiyaning qanday ishlashi, uning tarixi va hozirgi rivojlanish bosqichlari haqida so‘z yuritdik. Shuningdek, klinik sinovlar qanday o‘tkazilishi, dalillarga asoslangan tibbiyot nima ekanligi va ilmiy maqolalarni qanday o‘qish kerakligi haqida gaplashdik. Shu bilan birga, muqobil tibbiyot mavzusiga ham to‘xtalib o‘tdik. Tibbiyotni yaxshiroq tushunishni istaganlar uchun foydali va qiziqarli suhbat bo‘ldi. https://youtu.be/bC8u17FpCSE?si=afNyT7VWyM8lT-5s
Sovuq harorat va yurak yetishmovchiligi - yangi tadqiqot natijalari Yurak yetishmovchiligi (YY) dunyo bo‘ylab sog‘liqni saqlash tizimlari uchun jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Yaqinda chop etilgan tadqiqot Tayvanda 2012–2019 yillar orasida sovuq haroratning yangi paydo bo‘lgan YY bilan bog‘liqligini tahlil qildi. Tadqiqotning asosiy xulosalari: Sovuq va YY xavfi: Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, haroratning pasayishi bilan YY xavfi ortadi. Ayniqsa, qishki harorat (17°C) yozgi haroratga (29°C) nisbatan YY xavfini 1,45–1,58 barobargacha oshirgan. Xavf guruhlari: 1-guruh: Hech qanday hamroh kasalliklarsiz shaxslar (eng past xavf). 2-guruh: 60–69 yoshdagilar va 2–3 hamroh kasallikka ega yoki 70+ yoshdagilar 1–2 kasallik bilan (eng zaif guruh). 3-guruh: 70+ yoshdagilar va 4 yoki undan ortiq kasallikka ega (yuqori xavf). O‘zbekistonda yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha o‘lim darajasi yuqori. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, yurak ishemik kasalligi mamlakatdagi o‘lim sabablarining 43 foizini tashkil etadi. Sovuq qish fasli va energetikadagi masalalar ushbu xavfni yanada kuchaytirishi mumkin. Bu faqat texnik muammo emas, balki sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi omildir (agar tadqiqot natijalariga tayanilsa). Metodologik savollar/Diskleymer: Tadqiqotchilar murakkab statistik usullarni qo‘llagan. Ammo sovuq haroratning salbiy ta’sirini boshqa omillardan ajratish har doim ham oson emas. Tayvandagi sog‘liqni saqlash tizimi va iqlim O‘zbekistonnikidan farq qiladi, bu natijalarning umumiyligini cheklashi mumkin.
Vaqt borida youtube’ni titkilashni yaxshi ko‘raman. Shu videoni ko‘rib 50 minut qanday o‘tib ketganini bilmay qoldim. https://youtu.be/lrBRV3WK2x4?si=Plle4IvHFPI0Ksr_
To‘rt yillik mojaro yakuni: "Hydroxychloroquine" bo‘yicha mashhur tadqiqot maqolasi rasmiy ravishda nashrdan olib tashlandi COVID-19 pandemiyasining avj pallasida dunyo bo‘ylab shov-shuvga sabab bo‘lgan maqola nihoyat qaytarib olindi. Ushbu maqola 2020-yilda chop etilgach, murakkab bahs-munozaralarga sabab bo‘lib, hydroxychloroquine (HCQ) preparatini COVID-19ni davolashda samarali vosita sifatida taqdim qilgan edi. Tadqiqotning haqqoniyligi va ilmiy me’yorlarga mosligi bo‘yicha jiddiy savollar tug‘ilgach, to‘rt yildan so‘ng maqola ilmiy jurnaldan rasmiy ravishda olib tashlandi. Tadqiqot nima uchun bahsli edi? Etik masalalar: Tadqiqot ishtirokchilari uchun zarur bo‘lgan axborotlangan rozilikni olish jarayoni shubha ostida edi. Qanday qilib barcha ishtirokchilar tadqiqotga qo‘shilib, qisqa muddat ichida ma’lumotlar tahlil qilinib, maqola chop etilganligi hanuzgacha noma’lum. Shubhali metodologiya: Tadqiqotchilar HCQ va antibiotikni birgalikda qo‘llashni sinovdan o‘tkazgan, ammo tadqiqot guruhlari orasida ilmiy mutanosiblik (ya’ni, equipoise) ta’minlanmagan. Mualliflarning chekinishi: Uch nafar muallif tadqiqot metodologiyasi va natijalari bo‘yicha e’tiroz bildirgan va o‘z ismlarini maqoladan olib tashlashni so‘ragan. Mazkur maqola pandemiya boshida HCQga katta ishonch uyg‘otgan edi. AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu dori haqida "o‘yin o‘zgartiruvchi" (game-changer) deb e’lon qilgan. Ammo keyinchalik o‘tkazilgan keng ko‘lamli tadqiqotlar HCQning COVID-19ni davolashda hech qanday samarasi yo‘qligini isbotladi. Qiziqarli fakt Ushbu maqola retraksiya (paper retraction) qilinishidan oldin, 3400 marta iqtibos qilingan edi. Bu COVID-19 bo‘yicha eng ko‘p iqtibos qilingan maqola hisoblanadi.
Kecha qiziq maqolaga ko‘zim tushgandi. Muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar uchun tirik qolish va sog‘lom rivojlanish hali ham eng katta muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Qon aylanishi va o‘pka kabi muhim tizimlarning yetarlicha rivojlanmaganligi bu muammoni yanada murakkablashtiradi. Yaqinda tadqiqotchilar qo‘y homilasida sinovdan o‘tkazilgan, bachadon muhitini sun’iy ravishda takrorlaydigan qurilmani ishlab chiqdilar. Bu qurilma neonatologiya sohasida haqiqiy inqilobga aylanishi mumkin. Tizimning ishlash prinsipi Yangi qurilma nasossiz ishlaydigan qon aylanish tizimidan foydalanadi. Bu tizim homilaning yuragi yordamida boshqarilib, uni kislorod bilan ta’minlaydi. Homila yopiq “amniotik suyuqlik” muhitida saqlanadi — bu tabiiy bachadon sharoitiga juda yaqin. Asosiy afzalliklar: - Qon aylanishi barqaror, qon gazlari va kislorod miqdori normal saqlanadi. - Homilaning o‘sishi, o‘pka yetilishi va miya rivojlanishi tabiiy davom etadi. - Suyuqlik muhitida o‘pka rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va infeksiyalardan himoya qilish imkoniyati mavjud. Tadqiqotchilar ushbu tizimni 23–25 haftalik muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llashni rejalashtirishmoqda. Bu tizim neonatal intensiv terapiyaning yangi yondashuvini taklif qilib, muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarning rivojlanish imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. Ammo, bu yerda falsafiy savollar ham mavjud: - “Tabiiy rivojlanish” tushunchasi endi qanday o‘zgaradi? - Bunday texnologiyalar axloqiy chegaralardan qachon va qay tarzda o‘tib ketishi mumkin? - Psixologik jihat: ota-onalar uchun “homila sumkada” degan tasavvur noqulaylik tug‘dirishi mumkin. https://www.youtube.com/watch?v=z7OsEGT9d3o&ab_channel=TheChildren%27sHospitalofPhiladelphia
Кеча Твиттерда “Интернетда кўрган, эшитган, ўқиган бирор контентингиз ҳаётингизга таъсир қилган, уни ўзгартирганми?” деган савол қолдиргандим. Кўп яхши, қизиқ жавоблар қолдиришди. Ўзим сал аввалроқ 1000КИТОБ подкастида меҳмонимиз Иззат Собитовдан шу мавзуда унинг ўзи билан боғлиқ қизиқ ҳикоя эшитгандим. Биттагина 4-5 дақиқалик тақдимот видеоси инсоннинг ҳаёт йўлини қанчалик ўзгартириб юбориши мумкинлигини кўриб, ҳайрон қоласан киши. Подкастни тўлиқ кўришни тавсия қиламан: https://youtu.be/atdM1foQgxo
SPACEMED - kosmosda odam salomatligi va fiziologiyasini o'rganish uchun maxsus magistratura dasturi 2 yil davomida talabalar 3ta davlatda o'qib magistr unvonini olishadi. Talablar: - tibbiyot, tabiiy fanlar, psixologiya yoki kinesiologiya bitiruvchilari - ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish - qo'shimcha talablarni ushbu link orqali o'rganib chiqsangiz bo'ladi: https://space-med.eu/apply-to-spacemed/admission-criteria Stipendiya juda katta ekan - 1400 yevro oyiga Hammaga omad
Bekzod-aka Ulliev bilan gaplashgan edik - Germaniyada tibbiyot yo´nalishida PhD https://www.youtube.com/watch?v=lyL6mo8M-JQ&t=56s