tgindex
IHMA live | Andijon

IHMA live | Andijon

Статистика
@IHMAliveAndijonузбекский

Sahifa O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot kotibi tomonidan yuritiladi. Murojaat uchun: @IbrohimovUzbekistan

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
47
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
929
−9 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 147
40 постов
Вовлечённость
123,5%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 47
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
196
1/48двое суток
224
1/72трое суток
242

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • “Eʼzoz” loyihasi doirasida keksalarga mehr ulashilmoqda “Vatan mehri” ijtimoiy tashabbuslar tanlovi doirasida amalga oshirilayotgan “Eʼzoz” loyihasi yordamga muhtoj va yolgʻiz keksalarni qoʻllab-quvvatlash, ularga mehr va eʼtibor ulashishga xizmat qilmoqda. Loyiha doirasida Humanae Volunteers jamoasi Andijon viloyati Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazida istiqomat qilayotgan bobojon va buvijonlarimiz uchun tabiat qoʻynida mazmunli dam olish tadbirini tashkil etdi. Tadbir davomida bayramona dasturxon yozilib, volontyorlar keksalar bilan samimiy suhbat qurib, quvonchli lahzalarni birga baham ko‘rdilar. — IHMA_Andijon

  • Katta yoshdagilar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash sho‘basi tomonidan 2026-yil birinchi va ikkinchi chorak holatiga ko‘ra amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha BRIFING. — IHMA_Andijon

  • #Anons Mahalladagi ijtimoiy xodim qiymati 1 milliard so’mlik inklyuziv sport maydonchasi qurdi. — IHMA_Andijon

  • Daromadi kam bo‘lgan oilalar farzandlariga beriladigan nafaqa puli bo‘yicha yo‘llangan murojaatga munosabat Andijon viloyatining Marhamat hududida yashovchi fuqaro tomonidan bolalar nafaqasi bo‘yicha mahalla yettiligiga murojaat qilgani, biroq hozirga vaqtga qadar biron bir amaliy yordam ko‘rsatilmayotgani haqida Telegram tarmog‘I orqali murojaat qilgan. Ushbu holat bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni bildiramiz. Marhamat tumani "Shomat" mahallasida yashovchi fuqaroning qaramog‘ida bugungi kunda 5 nafar voyaga yetmagan farzandlari bor. Oilaning boquvchisi mavsumiy ishchi, uy bekasi ishsiz hisoblanadi. Fuqaro mahalla xodimlari bolalar nafaqasi tayinlab berish bo‘yicha murojaat qilgan. Lekin, nafaqa uchun topshirilishi kerak bo‘lgan ariza shu kunga qadar kiritilmagan. Mahalladagi ijtimoiy xodim bir necha bor xonadonga mazkur masala bo‘yicha borgan. Biroq har gal borganida xonadon egalari uyida bo‘lmagan. Mahalla xodimlari tomonidan fuqaroning bolalar nafaqasi bo‘yicha arizalar kiritishda amaliy yordam berilishi bo‘yicha fuqaro bilan bog‘lanilgan. Ijtimoiy xodim tomonidan ushbu oilaning uyga qayta borib bolalar kerakli arizalarni topshirish bo‘yicha ish belgilangan. — IHMA_Andijon

  • Daromadi kam bo‘lgan oilalar farzandlariga beriladigan nafaqa puli bo‘yicha yo‘llangan murojaatga munosabat Andijon viloyatining Jalaquduq hududida yashovchi ayol fuqaro tomonidan bolalar nafaqasi bo‘yicha kiritayotgan arizasi rad etilayotganligi haqida bildirib murojaat etildi. Ushbu murojaat bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni bildiramiz. Jalaquduq tumani "Qorayantoq" mahallasida yashovchi ayol fuqaro bugungi kunda yolg‘iz ona hisoblanadi. Qaramog‘ida 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari bor. Fuqaro kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga beriladigan nafaqa puliga ariza topshirgan. "Yagona reyestr" axborot dasturining skoring natijasiga ko‘ra fuqaroning nomida avtomashina mavjudligi aniqlangan va bolalar nafaqasi arizasi rad etilgan. fuqaroga mazkur holat bo‘yicha mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan tushunchalar berilgan. Ariza rad etilishda yuzaga kelayotgan holat bo‘yicha mahalla yettiligi kerakli ko‘rsatmalarni fuqaroga bildirgan. — IHMA_Andijon

  • Daromadi kam bo‘lgan oilalar farzandlariga beriladigan nafaqa puli bo‘yicha yo‘llangan murojaatga munosabat Andijon viloyatining Andijon shahar hududida yashovchi ayol fuqaro tomonidan bolalar nafaqasi bo‘yicha kiritayotgan arizasi rad etilayotganligi haqida bildirib murojaat etildi. Ushbu murojaat bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni bildiramiz. Andijon shahar "Mustaqillik" mahallasida yashovchi ayol fuqaro bugungi kunda yolg‘iz ona hisoblanadi. Qaramog‘ida 4 nafar voyaga yetmagan farzandlari bor. Ayol hozirda ishlamaydi. Birinchi turmush o‘rtog‘idan aliment oladi. Joriy 2026-yilning iyul oyida fuqaro kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga beriladigan nafaqa puliga ariza topshirgan. "Yagona reyestr" axborot dasturining skoring natijasiga ko‘ra fuqaroning nomida 2 ta avtomashina mavjudligi aniqlangan va bolalar nafaqasi arizasi rad etilgan. Fuqaroga mazkur holat bo‘yicha mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan tushunchalar berilgan. — IHMA_Andijon

  • 5 авг.542111

    18-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bo‘yicha yo‘llangan murojaatga munosabat   Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida joylashgan 18-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotining xodimlari tomonidan muassasadagi bir qator e’tirozlarga sabab bo‘layotgan ishlar bo‘yicha murojaat qilindi.   Mazkur holat bo‘yicha Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasining tegishli mas’ul xodimlari o‘rganish ishlarini olib boridilar. Murojaatdagi bildirilgan vajlar asosida tashkilot xodimlari bilan umumiy shaklda uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot mobaynida murojaatdagi holatlar asosli emasligi, xodimlar o‘rtasida qurilish ta’mirlash uchun pul yig‘ilishi, bo‘lmaganligi, xodimlarga rag‘batlantirish bo‘yicha mukofot pullarning bir qismini tashkilot direktori tomonidan o‘zlashtirib olinish holatlari umuman ro‘y bermaganligi aniqlandi.   Shuningdek, muassasada 59,1 ta shtat birligi mavjud bo‘lib, jami 75 nafar xodim faoliyat yuritadi. Shundan 68 nafar xodim ish faoliyatida, 7 nafar xodim bola parvarishi ta’tilida, 5 nafar xodim o‘rindoshlik asosida mehnat qiladi. Bo‘sh vakant lavozimlar mavjud emas.   Yakuniy xulosaga ko‘ra murojaatda bildirilgan vajlar hech bir asossiz ekanligi, mazkur ko‘p tarmoqli ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotida bunday holatlar bo‘layotganligi aniqlanmadi. — IHMA_Andijon

  • 5 авг.643112

    Andijon shahrida joylashgan 12-sonli alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabining 15 nafar bolalari boshqa muassasaga o‘tkazilishi bo‘yicha yo‘llangan murojaatga munosabat. Andijon viloyatining Andijon shahar hududida joylashgan 12-sonli alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabi qoshida tashkil etilgan "G‘amxo‘rlik" guruhidagi 15 nafar bolalarini hech qanday sabab va tushuntirishlarsiz boshqa muassasaga o‘tkazilishi bo‘yicha bolalarning ota-onalari tomonidan telegram tarmog‘i orqali e’tirozli murojaat qilindi. 2025-yil yoz faslidan mazkur maktab qoshida tashkil etilgan "G‘amxo‘rlik" guruhida jami 15 nafar alohida ta’lim va parvarishga ehtiyoji bo‘lgan bolalarga xizmat ko‘rsatib kelinadi. Joriy yilning o‘tgan oyi davomida ushbu maktab faoliyatni takomillashtirish choralari asosida 12-sonli alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabining maqomi "2-son ko‘p tarmoqli maktabi"ga o‘zgartilishi belgilandi. Shu sababli maktab qoshida faoliyat yuritayotgan "G‘amxo‘rlik" guruhi yakunlash, bundagi bolalarni esa Andijon shahridagi 26-sonli ixtisoslashtirilgan maktabga o‘tkazilishi ko‘zda tutildi. Mazkur holat bo‘yicha bolalarning ota-onalariga birlamchi xabar berilgan. Hozirda ushbu guruhdagi barcha bolalarning ota-onalar bilan muloqot o‘tkazilib ularga batafsil ma’lumotlar berildi. — IHMA_Andijon

  • 28 июл.9542527

    #Tayinlov Raximov Axadjon Abdullayevich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyat boshqarmasi Moliya va xaridlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.   Axadjon Raximov 1990-yilda Andijon viloyatining Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2016-yilda Andijon mashinasozlik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Andijon viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi davlat muassasasi Mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis, Andijon shahar chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" ATB filiali kassa amaliyotlar bo‘limi kassiri va maktabgacha va maktab ta‘lim tizimlarida hisobchi bo‘lib ishlagan.   Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasining Moliya va xaridlar bo'limi bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritib kelgan. — IHMA_Andijon

  • 24 июл.1 07385

    Ayni daqiqalarda Oltinko‘l tumanida ijtimoiy reyestr ro‘yxatida turuvchi oilalar bilan yaqindan ish olib borish bo‘yicha boshqarma boshlig‘i boshchiligida ish tashkil etilmoqda. Jarayonlarda mazkur hududga boshqarmaning barcha xodimlari jalb qilinib, hududdagi har bir mahallaga ijtimoiy xodim bilan birgalikda ijtimoiy reyestr ro‘yxatida turuvchi va reyestrga kiritishda rad etilgan oilalarni qayta o‘rganish uchun bir nafardan xodimlar biriktirildi. — IHMA_Andijon

  • 24 июл.1 011161

    Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! — IHMA_Andijon

  • 23 июл.2 64213

    без подписи

  • 23 июл.2 73716

    без подписи

  • 23 июл.2 35915

    без подписи

  • 23 июл.2 12113

    без подписи

  • 23 июл.1 860813

    Murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi yo‘nalishida malaka oshirish o‘quv seminari o‘tkazildi. Namangan viloyatida murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi bo‘yicha 3 kunlik seminar tashkil etildi. Bunda, Andijon viloyatidan 16 nafar, Namangan viloyatidan 14 nafar mutaxassis-operatorlar ishtirok etib, o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirdilar. — IHMA_Andijon

  • 22 июл.1 969730

    Davlat xususiy sheriklik asosida "Imkoniyatlar olami"da "Erta aralashuv" xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yildi Xususiy tadbirkor bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Erta aralashuv" xizmati rivojlanishida kechikish kuzatilayotgan, nogironligi bo‘lgan yoki nogironlik xavfi mavjud bo‘lgan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni erta aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bola hayotining 0–3 yosh davri eng muhim bosqich hisoblanadi. Aynan shu davrda bolaning jismoniy, aqliy, nutqiy va ijtimoiy rivojlanishi jadal shakllanadi. "Erta aralashuv" xizmati doirasida quyidagi bepul ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi: maxsus pedagog yordami; LFK instruktori tomonidan reabilitatsiya va reabilitatsiya mashg‘ulotlari; bolaning rivojlanishini kuzatish va monitoring qilish; ota-onalarni emotsional qo‘llab-quvvatlash hamda psixologik maslahatlar berish. Mazkur xizmatning asosiy maqsadi bolalarning sog‘lom va barkamol ulg‘ayishini qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyatlarini kengaytirish hamda oilalarga amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat. — IHMA_Andijon