Turkiston-Press
СтатистикаTezkor video, xabar, muammolar yuzasidan 👉 @turkistondan ga yozing Reklama va PR uchun 👉 @turkistonpr
- Последний пост
- 1 авг. 2025 г.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Аёлларни авратларини беркитиб юришга даъват қилаётган шайхга бир аёл эътироз билдирди: ➖"Шуни ўрнига эркаклар кўзларини тийиб олсалар бўлмайдими?!" ➖Шайх: «Ўйлаб кўринг, бир бети очиқ идишда тўла асалингиз бор, унга келаётган пашшаларни кетказиш учун нима қилган бўлар эдингиз? Хамма пашшаларни кузини епармидингиз?» ➖Аёл: "Идишни бетини ёпиб қўярдим" ➖Шайх: «Ҳудди шундай, тушунганингизга ташаккур» @turkistonpress
FVV qutqaruvchilari tomonidan quduqqa tushib ketgan 7 yoshli bola qutqarildi Bugun, 16-may kuni soat 11:00 da Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani, “Ibn Sino” MFY, Maktab ko‘chasida joylashgan uylarning biri hovlisidagi chuqurligi 40 metr, diametri 90 sm bo‘lgan suvsiz, hozirda foydalanishda bo‘lmagan quduqqa uy egasining 7 yoshli o‘g‘li extiyotsizlik oqibatida tushib ketganligi, uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rab FVBga murojaat qilingan. Aytilgan manzilga zudlik bilan FVB qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar va anjomlar yordamida olib borilgan qutqarish ishlari natijasida bola quduqdan sog‘-salomat chiqarib olingan. Ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxshi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida shifoxonaga olib borilgan. Kanalga obuna bo‘ling: @turkistonpress
"Putin bilan uchrashmagunimizcha hech narsa yuz bermaydi" - Tramp Donald Tramp Putin bilan uchrashmasdan turib, tinchlik muzokaralarida hech qanday rivojlanish bo‘lmasligini ta’kidladi. "Putin bilan uchrashmagunimizcha hech narsa yuz bermaydi," - deydi AQSH prezidenti Dubayda prezident samolyotida jurnalistlarga. Kanalga obuna bo‘ling: @turkistonpress
Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga yetib bordi AQSH Prezidenti Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga yetib borgan. Uni uchrashuvlar va bayramlarda ayollar tomonidan ijro etiladigan an’anaviy soch raqsi ("xaliji") bilan qarshi olishgan. Kanalga obuna bo‘lish uchun: @turkistonpress
Keniya prezidenti nutq so‘zlayotganida unga oyoq kiyim uloqtirishdi Hodisa Uilyam Rutoning yashash minimumi haqidagi nutqi paytida yuz bergan. Politsiya hodisa yuzasidan uch kishini hibsga olgan. @turkistonpress
1 майдан Электр энергияси учун янги тарифлар кучга кирди. @turkistonpress
Ўзбекистон очиқ маълумотлар бўйича халқаро Open Data Inventory (ODIN) рейтингида 2024 йил якунларига кўра 198 та давлат орасида 83 балл билан 12-ўринга кўтарилди ва Марказий Осиёда 1-ўринни сақлаб қолди. Маълумот учун, ODIN рейтинги очиқ маълумотлар сиёсатини ривожлантириш, расмий статистикадаги камчиликларни аниқлаш ҳамда фойдаланувчилар билан миллий статистика идоралари ўртасида мулоқотни яхшилашни мақсад қилади. @turkistonpress
Pensiya jamg‘armasi O‘zbekistonda yuqori miqdorda pensiyaga chiqish uchun nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida tavsiyalar berdi. ▪️Mehnat faoliyatingiz rasmiy shaklda ketayotganligiga, ishlayotgan tashkilotingizda sizga ish staji yozib borilayotganligiga ishonch hosil qiling. ▪️o‘z ish beruvchingizdan ish stajlaringiz to‘g‘risidagi maʼlumotlarini raqamlashtirishni talab qiling. ▪️Tashkilotingiz tomonidan sizga rasmiy shaklda ish haqi to‘lanayotganiga eʼtibor bering. ▪️ Agarda siz norasmiy shaklda faoliyat yuritayotgan bo‘lsangiz, o‘z-o‘zini band qilgan holda ro‘yxatdan o‘tib, Pensiya jamg‘armasiga belgilangan tartibda ijtimoiy soliq to‘lab boring. ▪️Hozirda mehnat faoliyati yuritmayotgan bo‘lsangiz, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlariga mehnat daftarchangizdagi maʼlumotlarini raqamlashtirishni so‘rab murojaat qilishingiz lozim. @turkistonpress
Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyoda Shengen vizasiga o‘xshash tizimni joriy etishni taklif qildi Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Markaziy Osiyo mamlakatlariga o‘zaro vizasiz rejim, boshqa davlatlardan kelgan mehmonlar uchun esa yagona viza joriy etishni taklif etdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqda Tojikiston bilan imzolangan davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomaga izoh chekish davomida shunday fikr bildirgan. “Bugun Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi 101-yil davomida (1924-yildan beri) hal etilmagan chegara masalasi uzil-kesil yechimini topdi. Bu nafaqat ikki mamlakat, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ulkan voqea, chunki endi mintaqaning barcha davlatlari o‘zaro chegara masalalarini to‘liq hal qildi, deyish mumkin. Shu paytdan boshlab Markaziy Osiyoda abadiy tinchlik qaror topdi. Endi Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘zaro vizasiz rejim joriy etish, boshqa davlatlardan kelgan mehmonlar uchun esa Shengen vizasiga o‘xshash, mintaqaning barcha mamlakatlarida erkin harakatlanish imkonini beruvchi yagona viza tizimini yo‘lga qo‘yish jarayonini boshlashlari lozim”, deydi Japarov. Каналга қўшилинг: @turkistonpress
O‘zbekistonda go‘sht narxi MDH davlatlariga nisbatan qimmatligi ma’lum bo‘ldi O‘zbekiston mol go‘shti narxi bo‘yicha dunyoda 127 ta davlat orasida 91-o‘rinni egalladi. Numbeo xalqaro servisi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 7-mart holatida O‘zbekistonda bir kilogramm mol go‘shtining narxi 8,1 AQSH dollarini tashkil etadi. Qo‘shni mamlakatlarda ham narxlar shunga yaqin. Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikistonda mol go‘shti 7 AQSH dollaridan sal oshiqroq turadi. Shveysariya, Islandiya, Janubiy Koreya, Norvegiya va Lyuksemburg mol go‘shti eng qimmat mamlakatlarning top-5 taligidan o‘rin olgan. Ro‘yxatda yetakchilik qilayotgan Shveysariyada bir kilogramm go‘sht narxi 44,3 AQSH dollarini tashkil etadi. Shuningdek, Islandiyada — 38,7, Janubiy Koreyada — 28, Norvegiyada — 26,8, Lyuksemburgda esa — 23,9 AQSH dollarini tashkil etgan. Eng arzon go‘sht Keniya (4,97), Gana (4,78), Nigeriya (4,50), Uganda (12) va Pokistonda (4,04) sotilmoqda. Каналга қўшилинг: @turkistonpress
Trampning maxsus vakili Stiv Vitkoff bo‘lgan samolyot Rossiyaning Vnukovo aeroportiga qo‘ndi Samolyot uchishini Flightradar orqali 27 mingdan ortiq inson kuzatgan. @turkistonpress
🇺🇿🇫🇷 Emmanuel Makron o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida o‘zbek tilida xabar e’lon qildi. “Yashasin O’zbekiston, yashasin Fransiya! Yashasin do‘stlik” @turkistonpress
🇨🇳 Хитойлик олимлар юрак хасталиклари ривожланишининг олдини олувчи нановаксинани ихтиро қилишди. Янги препарат артерияларда ёғ шаклланишига тўсқинлик қилади — айнан шу нарса кўпинча касалликларни келтириб чиқаради, мисол учун: қон қуйқалари, инсульт ва тутқаноқлар. Сичқонлар устида ўтказилган синовлар ҳайратланарли натижа кўрсатди: вакцина атеросклерознинг ривожланишини сезиларли даражада секинлаштирди, бу касаллик бляшка (артерияларда ёғ) пайдо бўлишига олиб келади. Одамларда синовлар шу йилда ўтказилиши мумкин. Каналга қўшилинг: @turkistonpress
Бугундан бошлаб барча қишлоқ хўжалиги ерларини аукционда сотиш бўйича янги енгиллаштирувчи тартиб жорий қилинди. Фармонга асосан янги ўзгаришлар: - такрорий аукционлар хар куни ўтказилади; - аукционда 1 нафар иштирокчи қатнашса хам аукцион ўтказилган ҳисобланади; - такрорий аукционда бошланғич нарх 10%дан камайтириб борилади. Каналга қўшилинг: @turkistonpress
#Тезкор Март ойида кучли магнит бўронлари кузатилади! Мутахассисларнинг таъкидлашича, март ойида бир нечта кучли магнит бўронлари кузатилиши кутилмоқда. Бу табиий ҳодиса метеосезгир одамларда бош оғриғи, қон босими ўзгариши ва холсизлик каби ноқулайликларни келтириб чиқариши мумкин. Магнит бўронларидан ҳимояланиш учун: 🔺 Сув истеъмолини оширинг; 🔺 Дам олишга эътибор беринг; 🔺 Стрессдан қочинг ва кўпроқ ҳавода сайр қилинг; 🔺 Врач тавсиясига кўра витаминлар қабул қилинг. Каналга қўшилинг: @turkistonpress
🎧❗️Келгуси 25 йилда 2,5 млрд нафарга яқин ёшлар эшитиш қобилиятини йўқотиши мумкин — ЖССТ Бунга асосий сабаблардан бири баланд овозда мусиқа эшитиш, дейилади хабарда. ЖССТнинг Россиядаги вакили Б.Бердикличев баёнотига кўра, 2050 йилга бориб, 2,5 млрд нафарга яқин ёшлар маълум даражада эшитиш қобилиятидан азият чекиши мумкин. Шунингдек, яна 700 млн киши реабилитацияга муҳтож бўлиши прогноз қилиняпти. Мутахассислар фикрича, эшитиш қобилияти бузилиши билан боғлиқ касалликларнинг 60 фоиздан ортиғини бирламчи босқичда даволаш мумкин. Энг самарали чора эса – унинг олдини олиш. Каналга қўшилинг: @turkistonpress
без подписи
без подписи
1000 йиллик тарихида биринчи марта Виндзор қалъасидаги очиқ ифторлик тадбири ўтказилди. Якшанба куни 350 дан ортиқ одам Рамазон рўзасини очиш учун Авлиё Жорж залида йиғилди. "Бу ажойиб атмосфера - бу шунчаки ҳақиқий эмас", деди иштирокчилардан бири ББCга. Каналга қўшилинг: @turkistonpress
Мубашшир Аҳмад тахаллуси билан танилган диний блогер Алишер Турсунов қидирувга берилди Маълум қилинишича, Алишер Аҳмадович Турсунов Жиноят кодексининг 244−2-моддаси (Диний экстремистик, сепаратистик, фундаменталистик ёки бошқа тақиқланган ташкилотлар тузиш, уларга раҳбарлик қилиш, уларда иштирок этиш) 1-қисми бўйича қидирувга берилган. Мубашшир Аҳмад бир неча йилдан буён Туркияда истиқомат қилади. У 2023 йил охирида Туркия полицияси томонидан ўзи яшаб турган уйидан олиб кетилган ва ушлаб турилган. Кейинроқ унга қўйилган айбловлар исботини топмаган ва қўйиб юборилган. Каналга қўшилинг: @turkistonpress