"INNOVATOR" jurnali
СтатистикаInnovatsion rivojlanish agentligiga qarashli o‘quvchi-yoshlarga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy ommabop nashr 🎓Ma’lumotlarni ushbu kanalga havola bergan holda olishingiz mumkin. 📞Murojaat uchun: +998 88 007 55 92 @innovator_jurnali
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 75
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 130
- 1/48двое суток
- 148
- 1/72трое суток
- 160
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
🚀Plastik chiqindilaridan tayyorlanayotgan “Eko asfalt” loyihasining tadqiqot jarayonlari haqida qahramonimiz Muqaddam Mirjamolova video lavhalar bilan bo‘lishdi. Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
Fazoda boshqariladigan «sichqoncha» Bu jumla quloqqa biroz g‘ayrioddiy eshitilishi mumkin. Ammo «Kelajak muhandislari» respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichida aynan shunday noodatiy va qiziqarli ishlanma Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar Universiteti talabasi Polojanov Davron tomonidan taqdim etildi. Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
🚀ASOCIO tomonidan Sino AIʼning sunʼiy intellekt va raqamli tibbiyot sohasidagi ilgʻor yechimi eʼtirof etildi Asian-Oceanian Computing Industry Organization (ASOCIO) tomonidan tashkil etilgan ASOCIO Digital & AI Awards 2026 xalqaro mukofotida Sino AI “AI in Healthcare Award” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi. Bu yutuq biz uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki “Innovator” jurnalining tibbiyot sohasidagi innovatsiyalarga bagʻishlangan maxsus sonida Sino AI loyihasi asoschisi Alisher Akmaljonov haqida maqola tayyorlangan. Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
"INNOVATOR" jurnali pinned a photo
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ Xabaringiz bor, yaqinda “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichida “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishida ishtirok etayotgan yoshlarning loyihalari bilan tanishish maqsadida bordik. Navoiy davlat universiteti Tibbiyot fakulteti pediatriya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Zulfizar Mutalimova bizga “Ko‘p funksiyali innovatsion shtativ (AI Nurse)” loyihasini tanishtirdi. Yosh talaba tomonidan ishlab chiqilgan ushbu innovatsion qurilma tibbiyot xodimlarining ishini yengillashtirish, bemorlarni parvarishlash jarayonini yanada qulay va samarali tashkil etishga qaratilgan. Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
Ba’zi g‘oyalar muvaffaqiyat uchun emas, inson hayoti uchun tug‘iladi... Onkologiya markazida amaliyot o‘tayotgan yosh shifokor bir bemor qiz bilan suhbatlashadi. Qizning og‘riqlari bor edi. U bu haqda yaqinlariga aytgan, ammo uning shikoyatlariga yetarlicha e’tibor berilmagan... Shu uchrashuvdan keyin Urganch davlat tibbiyot institutining 6-bosqich talabasi Dilrabo Komilova oldida bir savol paydo bo‘ladi: «Qizlarimiz o‘zlarini qiynayotgan nozik savollarni kimga va qanday qilib aytishlari mumkin?» Javob esa oddiy, ammo juda muhim g‘oyaga aylanadi — “Health-M”. “Health-M” — yosh qizlar va ayollarga salomatlik haqida ishonchli ma’lumot olish, nozik masalalar bo‘yicha shifokor bilan muloqot qilish imkonini beruvchi raqamli platforma. ✍️ “Innovator” jurnalining 2026-yilda xotin-qizlar faoliyatiga bag‘ishlangan 2-sonida ushbu loyiha, uning yaratilish tarixi va yosh shifokor Dilrabo Komilovaning innovatsion g‘oyasi haqida batafsil o‘qishingiz mumkin. Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
Shirinlik ham, davo ham! Bolalar tomog‘i og‘riganda shifokorlar shirinlik iste’mol qilishni tavsiya etmaydi. Endi esa bu muammoga innovatsion yechim topildi! 💡 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabasi Mohinur Sattarova tomonidan yaratilgan "Healthy Pops" loyihasi — tabiiy o‘simlik xomashyosi asosida ishlab chiqilgan, shakarsiz va shifobaxsh so‘rg‘ichli konfet hisoblanadi. 🚀 "Healthy Pops" loyihasi, uning yaratilish tarixi hamda yosh tadqiqotchining ilmiy izlanishlari haqida "Innovator" jurnalining 2026-yil 4-soni — "Tibbiyot sohasidagi innovatsiyalar" maxsus sonida batafsil o‘qishingiz mumkin. Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ “Olima ayollar” tanlovi gʻolibi, filologiya fanlari doktori, professor Nilufar Abdurahmonova ham “Innovator” jurnali qahramonlaridan biridir. U “Innovator” jurnalining o‘zi haqidagi maqola chop etilgan sonini olish uchun tahririyatimizga tashrif buyurdi. Fursatdan foydalanib, innovatorrning jurnal haqidagi fikrlari bilan ham qiziqdik. Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
🧠 President AI Award 2026: arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi! Sun’iy intellekt asosida innovatsion mahsulot yaratayotgan jamoalar uchun tanlovda ishtirok etishga yana bir imkoniyat. ℹ️ President AI Award — umumiy mukofot jamg‘armasi $1,000,000 bo‘lgan, mamlakatdagi eng istiqbolli AI loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan milliy tanlov. Ishtirok etish uchun: 🔸 3–8 kishidan iborat jamoa; 🔸 ishlayotgan MVP; 🔸 loyihani tushuntiruvchi 3 daqiqalik video pitch; 🔸 GitHub repositoriysiga havola; 🔸 PDF formatdagi Pitch Deck va loyiha logotipi talab etiladi. ❗️Barcha materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lishi kerak. 🗓 Arizalar qabuli: 15-avgustgacha Loyihangiz bor bo‘lsa, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. 👉 Awards.gov.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting va President AI Award 2026 ishtirokchisiga aylaning! Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
Endi yo‘tal orqali ham organizmda kechayotgan jarayonlar haqida ma’lumot olish mumkin! Tahririyatimizga yana bir qiziqarli innovatsion loyiha kelib tushdi. Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi Behruz Axunjonov tomonidan yo‘lga qo‘yilayotgan “CoughAI” loyihasi sun’iy intellekt yordamida insonning yo‘tal va nafas olish tovushlarini tahlil qilib, nafas yo‘llari kasalliklari haqida dastlabki ma’lumot berishga qaratilgan. 🤔Oddiy yo‘tal ortida qanday jarayon kechayotganini texnologiya yordamida aniqlash mumkinmi? 🚀Sizda ham qiziqarli va muvaffaqiyat sari qadam tashlayotgan innovatsion loyiha bormi? Unda bizga murojaat qiling — balki navbatdagi “Innovator” qahramoni aynan sizdirsiz! Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
🚀8 yil ichida startaplar olamida nimalar o‘zgardi? Startaplar ekotizimi qanday rivojlandi? Bugun startaplarni qo‘llab-quvvatlash va ularning o‘sishiga hissa qo‘shishda venchur fondlar qanday o‘rin tutmoqda? Investorlar startap tanlashda nimalarga e’tibor qaratadi? Bu kabi savollarga javob olish, startaplar dunyosi va ularni rivojlantirish jarayoni haqida kengroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Innovator” podkastining navbatdagi sonini tomosha qilishni tavsiya etamiz. 🎙 Podkast mehmoni — CEO & Investor Azizbek Qurbonov. To‘liq suhbatni “Innovator” podkastida tomosha qiling! Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
14 yoshida robotik qoʻl yaratgan ixtirochi Easton LaChappelle robotik qoʻlni uyida LEGO va oddiy elektron qismlardan yaratishni boshlagan. Ammo bir qizaloq bilan uchrashuvi uning ixtirosini insonlarga yordam beradigan bionik protezga aylantirdi. 🚀 Bugun u — zamonaviy protezlar yaratayotgan kompaniya asoschisi. Uning 14 yoshdagi gʻoyasi qanday qilib katta startapga aylandi? 🔠 Batafsil — “Innovator” saytida. Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ ❗️“Innovator” jurnalining Qishloq xo‘jaligi va agroinnovatsiyalar mavzusiga bag‘ishlangan 2026-yil 3-soni qo‘limizda! Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
📣 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ jurnali sizdan fikr so‘raydi! Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi qoshidagi “Innovator” jurnali innovatsiyalar, ilg‘or texnologiyalar, startaplar va zamonaviy g‘oyalarni yorituvchi ilmiy-ommabop nashrdir. ❗️Jurnalimizni yanada qiziqarli, mazmunli va zamon talablariga mos ravishda takomillashtirishda Sizning fikr va takliflaringiz biz uchun juda muhim. ⚡️So‘rovnomada ishtirok etib, jurnal rivojiga o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz. ✍️So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola:👉https://forms.gle/jxiavizpP4VZkQBf9 Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ Xorijdagi o‘zbek farzandlariga zamonaviy ta’lim eshigini ochayotgan “Darstop” “Innovator” jurnali nafaqat O‘zbekistonda yaratilayotgan innovatsion g‘oya va loyihalarni, balki xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz tomonidan yo‘lga qo‘yilayotgan istiqbolli startaplarni ham keng yoritib boradi. Shunday loyihalardan biri — “Innovator” jurnali qahramoni, “Darstop” loyihasi asoschisi Shuhrat Fayziyev tomonidan yo‘lga qo‘yilgan raqamli ta’lim platformasidir. “Darstop”ning asosiy maqsadi — dunyoning turli burchaklarida yashayotgan o‘zbek diasporasi farzandlarining zamonaviy ta’limga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va global miqyosda foydalanish mumkin bo‘lgan sifatli raqamli ta’lim infratuzilmasini yaratish. 🔠Batafsil Facebook 📱 | Telegram 📱| Instagram 📱 YouTube📱WEB
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи