tgindex
"Узбекча"dan oʻzbekchaga

"Узбекча"dan oʻzbekchaga

Статистика
@JIDU_tilузбекский

✅JIDU Talabalar Kengashiga tegishli oʻzbek tilining obroʻ-e’tiborini oshirishga qaratilgan interaktiv oʻquv kanal. ✅Til millatning ruhi va yuksak madaniyat koʻzgusidir.

Последний пост
25 окт. 2024 г.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
132
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
598
22 постов
Вовлечённость
453,0%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 22
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • Avval oxirigacha koʻring, keyin xulosa qiling! 1989 - yildan so‘ng 35 yil o‘tdi. O‘zingnikilar orasida hali ham arosatda qolayotgan o‘zbek tili, kechir..! Rolik mualliflariga rahmat! @JIDU_TIL

  • Tarjimonlarga tavsiya Rus tilidagi shtab-kvartira soʻzining oʻzbek tilida keng ishlatiladigan va toʻgʻri shakli bor — bosh qarorgoh. Biror tashkilotning boshqaruv kuchlari joylashgan asosiy joy rus tilida штаб-квартира deyiladi. Ingliz tilida — headquarters. Qarorgoh, kvartira va quarters soʻzlaridagi tovushlar bir-biriga yaqinga oʻxshayaptimi? Balki, uchalasi ham arab tilidagi qaror soʻzidan, yoki boʻlmasa lotin tilidagi quartarius soʻzidan hosil boʻlgandir. Nima deb oʻylaysiz? BMT shtab-kvartirasi ❌ BMT bosh qarorgohi ✅ @JIDU_TIL

  • Bilib qoʻygan yaxshi Bir sonidan katta barcha sonlar bilan birikkan otga koʻplik yasovchi -lar qoʻshimchasi qoʻshilmaydi. Toʻrtta talabalar ❌ Toʻrtta talaba ✅ 12 ta kitoblar ❌ 12 ta kitob ✅ 3 bogʻ koʻkatlar ❌ 3 bogʻ koʻkat ✅ Lekin: Yuzlab insonlar ✅ Minglab obunachilar ✅ @JIDU_TIL

  • 26 сент. 2024 г.53831из jidu_5tashabbus

    📌E’LON! O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligiga 35 yil to‘lishi munosabati bilan JIDUda o‘zbek tili oyligi e’lon qilinadi. Tadbirlar doirasida quyidagi tanlovlar o‘tkaziladi: 1. "Globalizatsiya va milliy tillar (Ona tilim taqdiri o‘z qo‘limda)” mavzusida esselar tanlovi; (Muddati 19-oktabrga qadar) 2. Universitetning iqtidorli talaba-yoshlari o‘rtasida “Ona tilim - sen ruhimning qanoti“ dasturi asosida videoroliklar tanlovi; (Muddati 18-oktabrga qadar) 3. Universitet xodimlari o‘rtasida “Eng savodxon xodim“ ommaviy diktant tanlovi; (18-oktabrda Eco-library binosida soat 15.00da o‘tkaziladi) 4. Joriy yilning 21-oktabrida “Ona tili millat g‘ururi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tadi. Tilimizning qadri, uning mavqeyiga befarq bo‘lmagan barcha professor-o'qituvchilar, xodimlar, talabalarni ushbu oylikda faol ishtirok etishga taklif etamiz. 📍O'tkazilish joyi: O‘zbek va rus tillari kafedrasi, D-bino 418-xona Bizning sahifamiz:👇 @jidu_5tashabbus

  • TOShKENT yoki TOSHKENT? Baʼzi sabablarga koʻra soʻzlarni bosh harflarda yozishga toʻgʻri kelib qolishi mumkin, masalan, soʻzga urgʻu berish, uni matndagi boshqa soʻzlardan ajratish uchun. Sarlavhalar ham koʻpincha bosh harflarda yoziladi. Shunday holatlarda sh va ch harflarini qanday yozish kerak, degan savol koʻpchilikni qiynaydi. Alifboda bu harflarning katta shakli quyidagicha berilgan: Sh va Ch. Shunga koʻra, koʻpchilik TOShKENT soʻzini aynan shu koʻrinishda yozadi. Lekin bir narsani inobatga olish kerak: alifboda berilgan bosh harflar soʻzning toʻliq bosh harflarda yozilishini nazarda tutmaydi. Shahar soʻzini SHahar koʻrinishida yozib boʻlmaydi, lekin soʻz toʻliq bosh harflarda yozilsa, Sh va Ch harflari ham SH va CH shaklda yoziladi. Demak: ShOSh ❌ SHOSH ✅ TOShKENT ❌ TOSHKENT ✅ AQSh ❌ AQSH ✅ ShHT ❌ SHHT ✅ (Shanxay Hamkorlik Tashkiloti) ChIRChIQ ❌ CHIRCHIQ ✅ Asos: Kadastr qoʻmitasining “Oʻzbekiston Respublikasi geografik obyektlari nomlarining oʻzbek tilida yozilishi yoʻriqnomasini tasdiqlash haqida”gi Qarori. @JIDU_TIL

  • Ortiqcha nuqta Gap oxirida nuqta qoʻyilishini hammamiz bilamiz. Lekin biror matnning sarlavhasi soʻngida nuqta qoʻyilmaydi, xuddi ushbu matn sarlavhasida qoʻyilmagani kabi. @JIDU_TIL

  • Rossiyada «Главред» degan onlayn dastur bor — unga istalgan rus tilidagi matnni joylasangiz, uning tozaligini, xatolarini, grammatikasini tekshirib beradi. Bu dastur koʻpchilikning ogʻirini yengil qiladi. Lekin bizda oʻzbek tili uchun shunday sayt bormi? Bizda ham allaqachon bunday instrument bor ekan: tahrirchi.uz sayti imloni, grammatikani, matn strukturasini tekshirib, matningizga 0 dan 100 gacha baho ham qoʻyib beradi. Dasturning bepul va premium versiyalari bor, premiumda nafaqat imlo, balki grammatika ham avtomatik tekshiriladi. Ulashib qoʻyish esdan chiqmasin!⚡️ @JIDU_TIL

  • Muhim tarixiy sanalar va bayram nomlarining faqatgina birinchi soʻzi bosh harf bilan boshlanadi. Xotira va Qadrlash kuni ❌ Xotira va qadrlash kuni ✅ Ramazon Hayiti ❌ Ramazon hayiti ✅  @JIDU_TIL

  • без подписи

  • 3) Mebelni sifatiga ham shubha qila boshladim)) 4) Menimcha eshikni oynasida yoriq bor)) Yana kim biladi deysiz)) ©xatoreklama @JIDU_TIL

  • без подписи

  • 1) Mazzami)) 2) Qaysidir soʻzni xato yozish boʻlib turadigan holat Ammo ham toʻgʻri, ham xato yozish uchun kamida daho boʻlish kerak))

  • Xil yoki hil? Xar hil ❌ Har xil ✅ Turli hil ❌ Turli xil ✅ Hilma-hil ❌ Xilma-xil ✅ Lekin! Xil-xil ❌ (pishmoq) Hil-hil ✅ (pishmoq) Xilol ❌ Hilol ✅ @JIDU_TIL

  • Pul birliklari imlosi Koʻpchilikka maʼlum boʻlgan pul birliklarining belgili shaklini moliya va iqtisod sohasiga oid, shuningdek, moliyaviy hisob-kitoblarni oʻz ichiga olgan maxsus adabiyotlarda qoʻllagan maʼqul. Misol uchun: soliq summasi 1280 $, umumiy qiymati 500 €, saldo 53 200 ₽. $ — dollar € — yevro ₽ — rubl Xalqaro amaliyotda bu belgilarning sondan avval qoʻyilishi keng tarqalgan, bizda esa oʻqilishi oson va tartibi toʻgʻri boʻlishi uchun sondan keyin qoʻyilishi maqsadga muvofiq boʻlsa kerak. $1280 ❓ 1280 $ ✅ 1280 AQSH dollari ✅ €500 ❓ 500 € ✅ 500 yevro ✅ ₽53 200 ❓ 53 200 ₽ ✅ 53 200 rubl ✅ @JIDU_TIL

  • Rim raqamlari va chiziqcha Lotin alifbosida tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qoʻshimchasini ifodalash uchun chiziqcha qoʻyilardi, esingizdami? Agar tartib son rim raqamlari bilan yozilsa, chiziqcha qoʻyilmaydi: XXI-asr ❌ XXI asr ✅ III-Xalqaro tanlov ❌ III Xalqaro tanlov ✅ XII-Qishki Olimpiada oʻyinlari ❌ XII Qishki Olimpiada oʻyinlari ✅ @JIDU_TIL

  • без подписи

  • без подписи

  • ​​​Rim raqamlari Koʻpchilikka rim raqamlari qachon va qayerda ishlatilishi nomaʼlum. Bugun shu haqda gaplashamiz. Rim raqamlari quyidagi holatlarda ishlatiladi: 1. Asrlarni ifodalashda: XXI asr, miloddan avvalgi IV asr. 2. Kengash, qurultoy, syezd, majlis va hokazolar raqamlarini ifodalash uchun: Davlat bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida tasdiqlangan. 3. Davomiy musobaqalar va tanlovlar raqamlarida: XXII Qishki Olimpiada oʻyinlari. 4. Qirol, podshoh, imperatorlar nomlaridagi raqamlar: Doro I, Napoleon III, Yelizaveta II. 5. Asar yoki qonun boblari, boʻlimlarini ifodalashda: IV bob, XIII boʻlim. 6. Kvartal (chorak — yilning toʻrtdan bir qismi)ni ifodalash uchun: 2020-yilning III choragi. 7. Soatlarda rim raqamlarini ishlatish holati keng tarqalgan — qoʻl soatlarida ham, devoriy soatlarda ham. @JIDU_TIL