Girgitton
СтатистикаAsosan fikrlarimni yozaman, bilgan narsalarim bilan boʻlishishga harakat qilaman, bilmaganlarimni esa o’rganishga
- Последний пост
- 22 мая 2025 г.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
O‘zbekistonda chet el universitetlari reytinglari atrofida qandaydir kult shakllanayotganini sezaman. Bu sohadan oz-moz xabardor inson sifatida aytishim kerakki, istalgan reytingda birinchi o‘rindagi universitet professorlari bilan yuzinchi o‘rindagi universitet professorlari o‘rtasidagi tafovut ko‘pchilik tasavvur qilganidek katta emas. Aksariyat holatlarda o‘rtacha professorlar orasida deyarli farq bo‘lmaydi. Professorlar mehnat bozori biroz g‘alati ishlagani uchun bu tashqaridan unchalik bilinmasligi mumkin. Jahonning 200–300 ta universitetida yuqori darajada sifatli ta’lim olish mumkin; ular o‘rtasida katta tafovut yo‘q. Shuning uchun talaba bo‘lsangiz yoki bolangiz uchun universitet tanlayotgan ota-ona bo‘lsangiz, farzandingiz dunyodagi 75-o‘rindagi universitetga kirsin, 5-o‘rindagisiga kirsin — ikkala holatda ham u katta muvaffaqiyatga erishishi va yuqori sifatli ta’lim olishi mumkin. Balki jamiyatda biroz prestij farqi ko‘rinishi mumkin, biroq ilm olish nuqtayi nazaridan qaysi universitet yaxshiroq degan savolga aniq javob yo‘q. Hatto kimdir aytishi mumkin: nomdor universitetlarda domlalar anchayin band bo‘lib, iqtidorli talabalarga ham kamroq vaqt ajratishlari mumkin. Yoki u yerda ajralib turish ham qiyinroqdir. Xullas, universitet reytinglariga biroz tuz qo‘shib qarashni xohlardim. To‘g‘risini aytganda, bakalavr paytlarimda men ham buni yaxshi tushunmagan edim; hozir esa sohaga anchadan beri yaqin bo‘lganim uchun shu fikrlarni yozayapman. Universitet tanlashda uning hayot tarzingizga mosligi, shaharning manzur kelishi, iqlimi va umumiy muhiti kabi omillar talabaning muvaffaqiyatiga ko‘proq ta’sir qiladi nazarimda. Bir muddat oldin Stanford universitetining sobiq prezidenti bilan Markaziy Osiyoliklar guruhida suhbatda bo‘ldik. O‘shanda markaziy osiyoliklardan biri: «Bolalarimizni Stanfordga kiritish uchun yana nimalar qilishimiz mumkin?» — degan savol berdi. Sobiq prezident esa shunday javob qildi: AQShda yuzlab universitetlar bor, ularning ko‘pi sifati jihatidan Stanforddan aslo yomon emas; o‘zingizdan so‘rang, nega aynan Stanfordni xohlayapsiz? "Haqiqatdan ham ta'lim sifati haqida qayg'ursangiz - yuzlab alternativa bor" dedi. Stanfordga kirish kerak deb bolalarni qiynamaslikni va fokusni qiziqishlariga yo'naltirishni tavsiya qildi. Suhbat anchagina davom etdi, boshqa gaplar ham bo'ldi, lekin uning fikri menga to‘g‘ri tuyuldi. Lekin auditoriya baribir unga ishonmagandek tingladi shekilli. Nazarimda, mintaqamizda ham reytinglarga nisbatan nosog‘lom bir obsessiya bor. Sababini bilmasligim mumkin, lekin oqibatlari uncha yaxshi emas.
видео или голосовое, без подписи
Do’stlar bitta qiziq narsa topib oldim. Ingliz tilini o’rgangan va o’rganayotyan istalgan odam borki undagi aksentlarga qiziqib ko’rgan. Britaniyada o’qish davomida ham mahalliy shevalardan tortib hammamizga ma’lum Hind, Xitoy, Rus, Fransuz aksentlarini eshitib kelmoqdaman. O’zimni ingliz tilida aksentsiz gapiraman deb o’ylardim, chunki yuqoridagi kategoriyalardan ma’lum biriga to’g’ri kelmasdi. Keyin bir vebsaytni ko’rib qoldim. Unda bir ikkita kichik matnni o’qishingiz orqali sizning ingliz tilidagi aksentingizni aniqlab berar ekan. Men ingliz tilini Turkcha aksentda gapirar ekanman😁. Avval bunaqasi borligini bilmaganim uchun qiziq tuyuldi. Siz ham sinab ko’rib kommentda natijalar bilan ulashing. Link: https://start.boldvoice.com/accent-oracle https://t.me/unaccented
EYUF bo’yicha kerakli ma’lumotlar berilgan darslarning birinchi soni. Ko’ring, o’rganing, ulashing!
🎓 El-Yurt Umidi jamgʻarmasi haqida 1-YouTube darslarimiz tayyor! 🔘 Endi YouTube sahifamizdan El-Yurt Umidi fondi granti haqida darslarimizni ham topishingiz mumkin. 🎓 Ushbu darslarda El-Yurt Umidi jamgʻarmasi va uni qanday yutish haqida batafsil gaplashamiz. Darslarimiz El-Yurt Umidi stipendiyanti Azizbek Xudayberdiyev tomonidan olib boriladi va hujjat topshirish uchun kerak boʻladigan barcha ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. 🔔 Darslarimizni oʻtkazib yubormaslik va koʻplab ma’lumotlarga ega boʻlish uchun bizga obuna boʻlishni unutmang! 🌍 Go global with Top 100 Uni! Telegram | Instagram | YouTube
Chet elda o’qish qiyinmi? Ko’pchilik menga shu savolni bergani uchun post shaklida to’liq javob berishga qaror qildim. Bu avvalambor o’qiyotgan davlatingiz, darajangiz, universitetingiz va asosiysi individual holatingizga qarab farq qilsada, umumiy javobim - xa, chet davlatda o’qish davomida ham akademik ham kundalik turmushda bir qancha qiyin kunlarni va muommolarni boshingizdan o’tkazasiz. Til Baland IELTS balingiz sizni xotirjam qilishi mumkin, shunday bo’lsa ham til bog’liq tushunmovchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Sababi siz sertifikat olish uchun o’rgangan ingliz tilingiz va real akademik hayotda ishlatilinadigan ingliz tilini o’rtasida katta farq bor. Bungacha bo’lgan asosiy ta’limni ingliz tilidan boshqa tilda olgan bo’lsangiz uzun matn va leksiyalarni tushunish biroz qiyinroq bo’ladi boshida. Buning sababi sizning ahmoqligingizda yoki tilni yetarlicha bilmasligingizda emas, balki ikkinchi til bilan bog’liq to’siq (second language barrier) tabiiy va hamma bilan sodir bo’ladigan jaroyonligida. Muhimi, professor-o’qituvchilar buni to’g’ri tushunishadi va doim qo’llab quvvatlashadi. Shu sababli ham mavzularni to’liq tushunish uchun native speakerdan ko’ra kamida ikki marta ko’proq vaqt sarflashingiz kerak. Davomiy tilni qo’llash va o’z ustingizda ishlash vaqt o’tishi bilan darajangizni anchagina oshiradi. Ta’lim tizimi Bizdagidan farqli o’laroq ta’lim tizimida bir qancha sezilarli farqlar mavjud. Ayniqsa bizdagi kabi asosan yodlash ustiga qurilgan ta’lim tizimidan chiqqan talaba uchun bu yaqqol bilinadi. Negaki chet el top universitetlarida ikkiga ikkini ko’paytirsa to’rt bo’lishini emas, nega ikkiga ikkini ko’paytirsa to’rt bo’lishini o’rgatishadi. Tushunarli qilib aytdadigan bo’lsam, sizdan ma’lumotni shunchaki yodlash o’rniga uni mag’zini chaqish va amaliyotda qo’llay olishni bilish talab qilinadi. What? emas Why? How? savollari prioritetga aylanadi. Ya’ni tanqidiy fikrlash va ma’lumotni analiz qilish muhimroq. Va eng asosiysi Independent Study, leksiyalar o’tilsada ko’p ma’lumotni o’zingiz mustaqil izlashingizga, research qilishingizga to’g’ri keladi. Seminarlarda esa o’qituvchi leksiyalarda berilgan narsadan ko’ra ko’prog’ini sizdan kutadi. Mustaqil o’rganish top universitet ta’liming asosiy ustunlaridan biri. Post qiziq bo’lgan bo’lsa 🐳 kitcha qoldirib keting, tez orada 2-qismini ham chiqaraman. https://t.me/unaccented
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Tumanli albionda kuz🍂
Angliyada yurgan paytim ko’pchilik Qayerdansan? deb savol bersa O’zbekistondanman desam tahminan ham qayerda joylashganini bilishmasdi. Afg’onistonni bilgan, Pokistonni bilgan bu odamlar nega bizni davlatni bilmasligi bir tarafdan hayratimni oshirardi. Musulmonlar (ayniqsa arablar) bilan bu boshqacha bo’lardi. Ularni Qayerdansan? degan savoliga O’zbekistondanman deyish o’rniga Imom Buxoriy yurtidanman deb javob berardim. Chunki shunda ular qayerdanligimni aniq topishardi. Imom Buxoriydek zotlarga beshik bo’lgan yurtim, 33 yoshing muborak!🇺🇿❤️🔥
Exclusive EYUF Interview Workshop As the final stage of the EYUF scholarship approaches in just two days, the Unicraft team is excited to bring you a must-attend workshop designed to give you an advantage in your application process. In response to recent updates in the interview stage, we have assembled a panel of four recent scholarship winners who will share their experiences and insights: - Sevara - University of Sydney - Azizbek - University of York - Sevinch - University of Bristol - Bunyod - University of Sydney Tomorrow, we will reveal the workshop’s time and agenda, featuring a mix of valuable tips for EYUF applicants and engaging challenges for current stipend recipients. Do not miss out on this opportunity to learn from the best and stay tuned for further updates! @unicrafters | unicraft.uz
Rostanam sal izlanilsa manabunaqa savollar bo’lmasdi
Eshmat va Toshmat hikoyasi Kunlardan bir kuni Eshmat ismli yigit dunyoning nufuzli universitetlaridan biriga oʻqishga qabul qilinibdi. Lekin bu universitet grantga oʻqishga qabul qilmas ekan. Keyin Eshmat “El-Yurt Umidi (EYUF)” degan jamgʻarma haqida eshitib qolibdi va unga topshirmoqchi boʻlibdi. Internetdan rosa qidirib jamgʻarmaning web-saytini topibdi. Saytni qidirib oʻqib chiqishga eringan Eshmat jamgʻarma stipendiantlarining biridan soʻrashni afzal koʻribdi va unga telegramdan yozibdi. “Assalom alaykum” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Yaxshimisiz?” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Uzr bezovta qildim shekilli-a?!” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Siz EYUF yutganiz-a?” deb yozibdi. Javob olmabdi. “Aka, EYUF haqida savolim bor edi” deb yozibdi. Javob olmabdi. Oxiri savol soʻragan insonni jahli chiqib “Nima savolingiz bor edi?” deb yozibdi. “Aka, shu EYUF uchun hujjat qilayotgan edim, shunga yordam bera olasizmi debdi?” Haligi inson oxiri jahli chiqib Eshmatni bloklab qoʻyibdi. Natijada Eshmat savollariga javob topa olmasdan EYUF tanlovi tugash muddatini oʻtkazib yuboribdi. Eshmat bilan bir vaqt EYUF haqida qidirishni boshlagan Toshmat sal boshqacharoq yoʻl tutibdi. Birinchi jamgʻarmaning saytiga kirib hamma maʼlumotlarni oʻrganib oʻqib chiqibdi. Keyin javob topa olmagan savollarni bitta xabar qilib stipendiantlarning biriga yozibdi. “Assalom alaykum, yaxshimisiz? Men shu yili EYUF tanloviga topshirayotgan edim. Baʼzi savollarga internetda javob topa olmadim. Shunga vaqtingiz boʻlganda javob yozib qoʻya olasizmi? Jamgʻarma ijrochi direktoriga yozilishi kerak boʻlgan arizaning bu joyini tushunmadim. Maktabni tugatmagan boʻlsam qanday hujjat topshirsam boʻladi?” Toshmat bermoqchi boʻlgan savollarni tushunarli va aniq qilib yozibdi. Bir soat oʻtar-oʻtmas javob olibdi. Har safar savol soʻramoqchi boʻlgan xuddi shu usuldan foydalanibdi. Natijada, tanlovni yutib Amerikaga oʻqishga ketibdi. Hozir esa eng yaxshi universitetda aʼlo baholarga oʻqib yurgan emish. University of Arizona talabasi Behruz Ernazarov @uzbekistonlikuz
Istanbulga kelib shahar markazida metrodan chiqasan va Abu Saxiy seni kutib oladi)
видео или голосовое, без подписи
Bugun tarixiy kun🇺🇿 Universitetlarning reytingini e’lon qilish bilan shug’ullanib boruvchi nufuzli QS tashkiloti 2025-yil uchun universitetlarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Quvonarlisi tarixda ilk bora o’zbek universitetlari jahonning eng nufuzli TOP 1000 talik ro’yhatiga kiritildi. TIQXMMI yoxud xalq tilida „Irrigatsiya“ instituti 547-o’rinda, O’zbekiston Millliy Universiteti 781-o’rinda qayd etilgan. Bu oliy ta’limimiz uchun katta yutuq. Keyingi yillardan qolgan oliygohlarimiz ham bu safga qo’shilishiga umid qilib qolamiz. Ps: Irrigatsiya va Milliyda o’qiydiganlar endi kimdir kelib Yuridicheskiy yo Diplomatiyada o’qishini aytib maqtansa nima deyishni bilasiz😉 @unaccented