KUN FOYDALARI
Статистика- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 105
- 1/48двое суток
- 120
- 1/72трое суток
- 129
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
۞ Rasululloh ﷺ dedilar: «Musulmon – musulmonlar uning tili va qoʻlidan omon qolganlardir». 📚 «Buxoriy» (10) «Muslim» (41). @kunfoydalari
۞ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitganman: «Qancha qoʻshnilar boʻladiki, qiyomat kuni qoʻshnisini mahkam tutib: «Ey Robbim! Bu odam yuzimga eshigini yopib olgan, yaxshiligini mendan qizgʻangan» deydi» 📚 «Sahihul-adabil-mufrad» (81). @kunfoydalari
۞ Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Farishtalar sizlarni tunda va kunduzi almashib (kuzatib) boradilar». 📚 «Buxoriy»(555), «Muslim» (632). @kunfoydalari
۞ Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Insonlardagi jami aʼzolar uchun quyosh chiqadigan har bir kunda sadaqa mavjud: Ikki kishi oʻrtasida adolat qilishing - sadaqa. Birovning ulovga minishiga yordam berib, uni chiqarib qoʻyishing yoki narsasini olib berishing - sadaqa. Yaxshi soʻz - sadaqa. Yoʻldan aziyatli narsani olib tashlashing ham sadaqadir». 📚 «Buxoriy va Muslim rivoyatlari». @kunfoydalari
۞ Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Yaxshilik bu husni xulqdir. Gunoh esa koʻngling xotirjam boʻlmagan va odamlar bilib qolishini istamaydigan ishingdir». 📚 «Muslim rivoyati». @kunfoydalari
۞ Abu Najih Irboz ibn Soriya roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizga mavʼiza qildilar. Bundan qalblar qoʻrquvga tushdi, koʻzlar yoshga toʻldi. - Yo Rasululloh! Bu bamisoli vidolashayotgan kishining mavʼizasidek boʻldi, - dedik biz. - Endi nasihat qiling! - Sizlarga Alloh azza va jalladan qoʻrqishni vasiyat qilaman. Agar bir qul ustingizga amir boʻlsa ham, unga quloq tuting, itoat eting. Hali sizlardan (uzoqroq) yashaganlaringiz koʻp ixtiloflarni koʻradi. Bas, mening sunnatimga va hidoyat qilingan, toʻgʻri yoʻldagi xalifalar sunnatiga ergashingiz! Uni aql tishlaringiz bilan (mahkam) tishlab olinglar. Yangi paydo boʻlgan ishlardan ehtiyot boʻlinglar. Zero, har bir bidʼat zalolatdir. 📚«Abu Dovud va Termiziy rivoyati» @kunfoydalari
۞ Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: • Kim bir moʻminning bitta dunyoviy tashvishini aritsa, Alloh taolo uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi. • Kim qiynalgan kishiga yengillik keltirsa, Alloh taolo unga dunyoyu Oxiratda yengillik beradi. • Modomiki, banda birodarining yordamida ekan, Alloh taolo uning yordamida boʻladi. • Kim ilm talabida yoʻl yursa, Alloh taolo unga jannat yoʻlini oson qilib qoʻyadi. • Odamlar Allohning uylaridan biriga yigʻilib, Allohning kitobini tilovat qilib, uni oʻzaro dars qilib oʻrgansalar, ular ustiga osudalik tushadi, ularni rahmat qoplaydi va farishtalar oʻrab oladi. Alloh taolo oʻz huzuridagilarga ularni zikr qiladi. • Amali sekinlashtirgan kimsani nasl-nasabi tezlashtira olmaydi». 📚 «Muslim rivoyati» @kunfoydalari
۞ Tolq ibn Habib rahimahulloh dedi: «Taqvo – Allohning toatini Alloh tomonidan boʻlgan nur asosida Allohning savobini umid qilgan holda qilishing. Hamda Allohga maʼsiyat qilishni Alloh tomonidan boʻlgan nur asosida Allohning jazosidan qoʻrqqan holda tark etishingdir» 📚 Ibn Rajab «Jomeʼul Uʼlum val Hikam» (18-hadis, (296-297). @kunfoydalari
«Va ayrimlaringiz ayrimlarni gʻiybat qilmasin! Sizlardan biron kishi oʻzining oʻlgan birodarining goʻshtini yeyishni yaxshi koʻrurmi?! Ana yomon koʻrdingizmi?! (Bas, gunohi bundan-da ortiq boʻlgan gʻiybatni ham yomon koʻringiz)!» 📖 Hujurot: 12. @kunfoydalari
۞ Ibn Taymiya rahimahulloh dedi: «Ayol kishi uchun Alloh va Uning Rasulini haqqidan keyin, erini haqqidan koʻra vojibrogʻi yoʻq» 📚 «Majmuʼ al-fatovo» (175/32). @kunfoydalari
۞ Hijob shartlari: 1. Istisno qilingan oʻrinlardan tashqari badanning barchasini yopishi; 2. Bezalgan boʻlmasligi; 3. Ichi koʻrinmaydigan darajada qalin boʻlishi; 4. Tormas, keng boʻlishi; 5. Atirlangan, xushboʻy boʻlmasligi; 6. Er kishi libosiga oʻxshamasligi; 7. Kofirlar libosiga oʻxshamasligi; 8. Shuhrat libosi boʻlmasligi. ✍️ Muhammad Nosiruddin Alboniy 📚 «Kitob va Sunnatdagi muslima ayolning hijobi» @kunfoydalari
«Odamlar orasida Allohga bir chetda (yaʼni sidqidildan emas, balki til uchida) ibodat qiladigan kimsalar ham bordir. Bas, agar unga (dindor boʻlgani sharofatidan) yaxshilik yetsa, oʻsha sababli xotirjam boʻlur, agar biron fitna-baxtsizlik yetsa (dindan) yuz oʻgirib ketur. U dunyoyu oxiratda ziyon koʻrur. Bu esa ochiq-aniq ziyondir». 📖 Haj: 11. @kunfoydalari
۞ Rasululloh ﷺ dedilar: «Moʻmin kishi moʻmina ayoldan nafratlanmasin. Agar uning bir xulqini yomon koʻrsa, boshqasidan rozi boʻladi». 📚 «Muslim» (1469). @kunfoydalari
۞ Rasululloh ﷺ dedilar: «Oʻzinga foydali boʻlgan narsaga haris boʻl. Allohdan yordam soʻra. Ojizlik qilma. Agar senga biror narsa-(zarar) yetsa: agar bunday qilganimda shunday-shunday boʻlardi, deb aytma. Balki: Allohning taqdir (oʻlchov)i va U (Oʻzi) xohlagan ishni qiladi, deb ayt. Albatta, «Agar»shayton amalini ochib beradi». 📚 «Muslim» (4/2052). @kunfoydalari
۞ Molik ibn Dinor rahimahulloh dedi: «Sen undan foyda olmaydigan har qanday suhbatdoshdan uzoqlash». 📚 «Hilyatul avliya» (2/372). @kunfoydalari
۞ Shayx Muhammad ibn Solih al-Usaymin rahimahulloh dedi: «Gʻam qattiqlashgani sari Alloh azza va jallaga bogʻlanishing kuchaysa senga yordam beriladi. Tashvish kuchayganda qayerga borsam ekan, falonchiga (murojaat qilsammikin) deb fikrlasang, darhaqiqat, unga topshirilding. Ammo Allohga yolborsang, bas, yordam yaqin ekanini bilgin». 📚 «Sahih Muslim»ga qisqa izoh (1/510). @kunfoydalari
۞ Hanafiy mazhabi ulamolaridan Ibn Obidiyn rahimahulloh dedi: «Soqolni qisqartirgan kimsa xunasa kabidir, uni qirish esa majusiy, yahudiy va nasorolarning amalidir». 📚 «Hoshiya» 🎙️ Ustoz Dilmurod Abu Muhammad hafizahulloh @kunfoydalari
۞ Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam: «Koʻchalarda oʻtirmanglar» dedilar. Sahobalar: «Yo Rasululloh, baʼzan gaplashib oʻtirishga majbur boʻlib qolamiz» deyishdi. Rasululloh ﷺ : «Agar oʻtirishga majbur boʻlib qolsangiz, yoʻlning haqqini oʻtab qoʻyinglar» dedilar. «Yoʻlning haqqi nima, yo Rasululloh?» deyishdi. «(Oʻtgan-ketganga) koʻzni tikmaslik, ozor bermaslik, salom berganga alik olish va maʼruf-yaxshi ishlarga buyurib, munkar-yomon ishlardan qaytarish», dedilar. 📚 «Muttafaqun alayh». @kunfoydalari