Maqsad💪
СтатистикаMaqsad💪 Intizom va harakat Kanal egasi👉 @Akbarali_Tursunboyev1
- Последний пост
- 27 мар.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Маркетинг (по похожим)
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
3 yildan beri shu kitobni o'qishga qiziqar edim. Ana sotib olaman mana sotib olaman deb hech nasib qilmagan edi Hudoga shukur 3 yillik qiziqshga bugun erishdim. Kitobdagi tasurotlarni shu kanalimga post qilb joylayman. Ha aytkande keyngi kitobni tanlashga…
3 yildan beri shu kitobni o'qishga qiziqar edim. Ana sotib olaman mana sotib olaman deb hech nasib qilmagan edi Hudoga shukur 3 yillik qiziqshga bugun erishdim. Kitobdagi tasurotlarni shu kanalimga post qilb joylayman. Ha aytkande keyngi kitobni tanlashga yordam berilar qaysi kitobni o'qishni tavsiya qilasizlar?
Hudbinlar olami...! His qilish va shunchaki fikrlash boshqa boshqa narsalar. Qani endi sizdagi muammolar menda bo'lsaydi qabilida comentler o'qidim. Siz rostan ham shunday o'ylaysizmi ? Siz rostan ham pul hayotda ko'p narsani hal qiladi deb o'ylaysizmi ? Aslida siz haqsiz. Rosdan ham pul ko'p narsani hal qiladi.Sizni pulingiz uchun yaxshi ko'rishadi. Sizni pulingiz bo'lmasa ham yaxshi ko'rishlarini aytishadi. Sizdan faqat o'zlarini manfatlari yo'lida foydalanishadi. Siz ularga faqat yordamingiz tegib turgani uchungina siz bilan aloqa qilishadi. Eng yomoni esa siz buni his qilib turasiz. Onangizdan boshqa hech kim sizni yaxshi ko'rmasligini his qilish bu qanchalik og'ir. Eng yomoni bilasizmi nima ? Ular sizga aslida befarq emasdek tutishadi. Falshiviy yuzlarini shunchalik surbetlarcha ko'rsatishadigi, sizga etiborli va mehribondek tutkanlarini orqasida faqat o'zlarini manfatlari berkingan bo'ladi. Hudbinlar olamida yashamoq....! ✍Aziz Halikov kanalidan olingan manoli post
без подписи
O'zingizni qanday ôqishga undashingiz kerak: – Har bir element uchun alohida papka yarating. - O'qish uchun alohida rejalashtiruvchi daftarlar oling va u yerda hamma narsani yozing: uy vazifasi, muddatlar, qaysi testlar asosiy va boshqalar. Uyga qaytishingiz bilan uy vazifasini bajaring. - Ish joyingizni tartibga soling. - O'qish paytida tanaffus qiling. - O'qish uchun foydali ilovalardan foydalaning. - Qo'shimcha testlardan o'ting. @Akbarali_Tursunboyev1
Kambag'allikda bermagan, boylikda ham bermaydi... 🎙Abdukarim Mirzayev @Akbarali_Tursunboyev1
Uyg'onishga qiynalyapman... Bunday muammo Sizda ham bormi? Nega biz uyg'onishga qiynalamiz? Ha, bunga ko'p faktorlar ta'sir etadi: To'g'ri ovqatlanish, Jismoniy mashg'ulot ... Lekin, yana bir muhim faktor bor! Ongingizda "uyg'onib nima qilaman?" degan savolga qat'iy javob bo'lmas ekan uyg'onish jarayoni qiyin kechaveradi va kun bo'yi yotog'ingiz sizni chaqiraveradi. Eslab ko'ring imtixon kuni yoki safarga borishingiz kerakligida uyg'onish muammo bo'lganmi? Yo'q! Nega? Chunki, nima uchun uyg'onishingiz kerakligini bilgansiz! O'zingizga uyg'onish uchun - "qilsangiz rohatlantiruvchi" yoki - "qilmasangiz azoblovchi" SABAB toping. Ruhlantiruvchi MAQSAD qo'ying! @Akbarali_Tursunboyev1
Ilmga muhabbat uyg‘otish — asta-sekinlik bilan shakllanadigan jarayon. U insonning qiziqishi, hayrat hissi va bilimga bo‘lgan ehtiyojidan oziqlanadi. Quyidagi usullar yordam berishi mumkin: 1. Savol berishga rag‘batlantirish O‘zimiz ham ko‘p savol berib, javobini birgalikda izlash. "Nega?", "Qanday qilib?" degan savollarni qadrlash, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javobdan ko‘ra izlanishning o‘zi muhim ekanini ko‘rsatish. 2. Ilmni hayot bilan bog‘lash Ilmiy tushunchalarni kundalik hayotdan misollar bilan tushuntirish (masalan, fizika qonunlarini sport, texnologiya yoki tabiatdan misollar orqali ko‘rsatish). Faqat kitobda emas, atrofimizdagi dunyoda ham ilm yashashini his qildirish. 3. Qiziqarli tajribalar va amaliy mashg‘ulotlar Oddiy tajribalarni ko‘rsatish (suv va yog‘ aralashmasi, magnitlar, kichik mexanik qurilmalar). Amaliy ish orqali bilim qanchalik hayajonli bo‘lishini ko‘rsatish. 4. Rol modellari va ilhom Buyuk olimlarning hayotidan qisqa, ilhomlantiruvchi hikoyalar aytib berish. Yaqin atrofdagi ilmiy muvaffaqiyatlarga erishgan insonlarni tanishtirish. 5. Qiziqishni rag‘batlantirish O‘zi qiziqqan mavzudan boshlash (masalan, kimdir yulduzlarga qiziqsa astronomiyadan, kimdir texnikaga qiziqsa robototexnikadan kirib borish). Kitoblar, videolar, interaktiv dasturlar va muzeylarga tashriflar orqali imkoniyatlarni kengaytirish. 6. Kichik yutuqlarni qadrlash Har bir yangi bilim, yechilgan masala yoki bajarilgan tajribani e’tirof etish. Bu ishonchni oshiradi va ilm bilan shug‘ullanish zavqini mustahkamlaydi. 👉 Muhimi — ilmni majburiyat sifatida emas, balki sarguzasht va kashfiyot sifatida his qilishni o‘rgatishdir. @Akbarali_Tursunboyev1
Maqsad💪 pinned «Sizlarga kanaldi zo'rini topdim.😉 https://t.me/Akbarali_Tursunboyev1 https://t.me/Akbarali_Tursunboyev1 https://t.me/Akbarali_Tursunboyev1»
Senga ishonmaydigon 100 ta odam bilan harakat qilgandan ko'ra, bitta o'zing harakat qil, ishonganlar keladi. @Akbarali_Tursunboyev1
Sizlarga kanaldi zo'rini topdim.😉 https://t.me/Akbarali_Tursunboyev1 https://t.me/Akbarali_Tursunboyev1 https://t.me/Akbarali_Tursunboyev1
Maqsad qancha katta bo'lsa shuncha xarakat ko'p talab qilanadi. Xarakat qancha ko'p bo'lsa Natija shuncha ko'p bo'ladi. Demak , ko'p yotavermay, ko'p o'tiravermay, ko'p Yozavermay - shartta turib kunlik qilmoqchi bo'lgan ishlarni tez tez xarakat qilib bajar...! @Akbarali_Tursunboyev1
Katta maqsadlari bor inson tunlari tinch uxlay olmaydi. @Akbarali_Tursunboyev1
Maqsad qo'ymoqchi bo'lsangiz katta maqsad qo'ying! BMW sotib olishni emas- BMW zavodni sotib olishni o'ylang. @Akbarali_Tursunboyev1
Qanchalik farovon yashayotganingni televizor emas muzlatgich ko'rsatib beradi. @Akbarali_Tursunboyev1
Qiyin kunlar seni sindirish uchun emas, balki kuchliroq qilish uchun keladi. @Akbarali_Tursunboyev1
Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko‘rasan. Agar uyquni o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzularingni hayotda ko‘rasan. @Akbarali_Tursunboyev1
Yangi daftar sindromi Odam yangi daftarga chiroyli yozgisi keladi. Xatolarsiz, birinchi varaqdayoq mukammal bo‘lishini xohlaydi. Qog‘ozga tushadigan birinchi so‘zning bosimi eng kuchlisi bo‘ladi. Shuning uchun ko‘pchilik daftarning ikkinchi varag‘idan boshlaydi. Birinchi sahifani buzib qo‘yishdan qo‘rqib, umuman yozmay qolganlar bo'lsa qancha? Chiroyli yozishga emas, yozishga o‘rganish kerak. Chunki shunchaki yozilgan o‘nlab sahifalar orasidan haqiqiy g‘oya tug‘iladi. Varaqlar soni cheklangan. Har bir bo‘sh sahifani chiroyli yozishni kutib o‘tkazsangiz, daftar oxirigacha to‘lmaydi. Oxirigacha yozilgan daftarni esa, hech qachon birinchi varaq bilan eslashmaydi. @Akbarali_Tursunboyev1
– Muvaffaqiyat sirini ayta olasizmi, deb mendan so'rashsa, men: ha, bu juda oddiy, buning uchun siz xatolaringiz sonini ikki marotaba oshirishingiz lozim, deyman. Qanday qilib va nima sababdan deysizmi? Siz xato qilishni muvaffaqiyatsizlikdan deb bilasiz, aslida esa unday emas! Siz qilgan xatolaringiz orqali katta motivatsiya hamda qaysidir ishni qilish to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligi tog'risida dars olasiz! Shunday ekan, marhamat xato qilavering! ©Tomas Jon Uotson
Hammasiga ulgurmaysiz Hayotda har narsa muvozanatda bo‘lishi kerak, deyishadi. Lekin bu gapni har safar eshitganimda, nimagadir ichimda qarshilik tug‘iladi. Ham yaxshi ota bo‘laman, ham yaxshi do‘st, ham zo‘r mutaxassis, ham sog‘lig‘imni yaxshi saqlayman, ham shaxsiy o‘sishga vaqt topaman, ham jismoniy forma, ham ruhiy tinchlik, ham vaqtida uxlash, ham doimiy o‘qish... Yaxshi, qanday qilib? Bu yerda muammo illyuziya. Go‘yo bariga ulgurish mumkin. Aslida esa siz har doim bir narsani tanlayapsiz va boshqa narsalarni vaqtincha qurbon qilayapsiz. Hayot bu doimiy muvozanat emas. Hayot bu diqqatni taqsimlash. Kasbingizda chuqur ildiz otmoqchimisiz? Unda vaqtincha do‘stlar bilan ko‘rishish kamayadi. Farzandlaringizga ko‘proq vaqt bermoqchimisiz? Demak ishdagi yutuqlaringiz sekinlashadi. Sog‘lig‘ingizni tiklamoqchimisiz? Qaysidir loyihalardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Bu yomon emas. Bu real hayot. Har bir ish ortida, ko‘rinmas tanlovlar yotadi. Qurbonlik bu yo‘qotish emas, yo‘l tanlash. Va bu tanlovlar doimiy bo‘lmaydi. Hayotning turli bosqichlarida e’tibor markazi o‘zgaradi. Siz ham o‘zgarasiz. Bu haqda biz Maqsad Club'idagi “Kechiktirilgan mukofot” darsida gaplashgan edik: “Hayotda hechkim hammasiga ulgurmaydi, lekin har kim o‘z maqsadiga diqqatni vaqtincha to‘plab, kerakli qurbonlikni qila oladi.” Bugun o‘zingizga bitta savol bering: "Men hozir nima evaziga nima olyapman? Bu tanlov men xohlagan kelajak sari olib boryaptimi?" Chunki tanlovlar vaqtinchalik, lekin ularning natijasi doimiy.