tgindex
MAQSUD MUXTOR
@Maqsud_Muxtorузбекский

Iqtiboslar, taqrizlar, tahliliy maqolalar, hikoyalar, shaxsiy fikrlar. Shifokor Pedagog Muharrir Yozuvchi Bloger Zakovatchi ©Maqsud Muxtor

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
87
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
223
20 постов
Вовлечённость
256,3%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 21
Упоминаний
7
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
9
1/48двое суток
10
1/72трое суток
11

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • Anton Chexov - 6-palata Kanalimiz👉 @Maqsud_Muxtor

  • Shoir Najmiddin Turondan ajoyib satrlar. Har safar eshitganda etim jimirlab ketadi! Turkiy elning shiddati so‘nganga o‘xshayotir... Saroyingga qarg'alar qo'nga o'xshayotir... O'z farzanding o'zingni sotganga o'xshayotir... Yo'l ko'rsatar mayog'ing o'chganga o'xshayotir... Qoshiq butun, qiliching singanga o'xshayotir... Umid ko'z yosh sho'ridan so'lganga o'xshayotir... Olloh bu xalq shu holga ko'nganga o'xshayotir... Kanalimiz👉 @Maqsud_Muxtor

  • Taqdir ​— Yigitlar, bu koinotdagi birinchi Ehtimollik stabilizatori, — dedi doktor Alisher xonadagi ikkita yosh tadqiqotchiga stol ustida turgan jajji, kumushrang sferani ko‘rsatib. — Bu qurilma kelajakda sodir bo‘lishi aniq bo‘lgan hodisalar ketma-ketligini ushlab turadi. Oddiyroq aytganda esa u insonning hayotiga xavf soluvchi har qanday tasodifni yo‘qqa chiqarib, uning o‘lim sanasini kafolatlaydi. ​Alisher cho‘ntagidan kichik to‘pponcha chiqardi. Ikki hamkasbi cho‘chib ortga tisarildi. ​— Qo'rqmang, — dedi Alisher tabassum qilib. — Men bu qurilmaga o‘zimning biologik ma’lumotlarimni kiritganman. Qurilma hisob-kitobiga ko‘ra, men roppa-rosa sakson ikki yoshimda, o‘z to‘shagimda yurak xurujidan vafot etaman. Hozir esa yoshim ellikda. ​U to'pponchani o‘z chakkasiga tiradi va tepkini bosdi. ​Chaqnash eshitilmadi. Quruq "tepki" ovozi chiqdi. Qurol pand bergan edi. Alisher yana uch marta tepkini bosdi — baribir bironta ham o‘q otilmadi. ​— Ko‘rdingizmi? — dedi u to‘pponchani stolga qo‘yib. — Koinot mantig'i mening hozir o‘lishimga yo‘l qo‘ymaydi. Sababi — kelajak allaqachon belgilab qo‘yilgan. ​— Mukammal... — dedi birinchi hamkasbi og'zi ochilib. — Demak, ushbu apparat yoningizda ekan, sizga hech kim hech narsa qilolmaydi. ​— Mutlaqo! — jilmaydi Alisher. ​— Juda qiziq, — dedi ikkinchi hamkasbi ko‘zoynagini to‘g‘rilab. — Doktor, agar ushbu stabilizator sizning sakson ikki yoshda o‘lishingizni kafolatlasa... Lekin men hozir sizni emas, xuddi shu qurilmaning o‘zini bolg‘a bilan urib chilparchin qilsam-chi? U holda sizning "sakson ikki yoshdagi kafolatlangan o‘limingiz" nima bo‘ladi? ​— Keling, sinab ko‘ramiz, — dedi Alisher kulimsirab. — Qurilma taqdir zanjirini buzishga yo‘l qo‘yadimi-yo‘qmi, ko‘ramiz. ​Hamkasbi stol ustidagi og‘ir metall pressni oldi va bor kuchi bilan sferaga tushirdi. Qurilma bir zumda pachoqlanib, tutab ketdi. ​Taqdir zanjiri buzilmadi. Alisher o‘lmadi. ​Lekin Alisherning yoshi bir soniya ichida ellikdan sakson ikkiga o‘tdi va u ko‘z o'ngida to‘satdan xuruj qilib qolgan yuragini changallaganicha polga quladi... Maqsud Muxtor. Buxoro. 03.08.2026 @Maqsud_Muxtor

  • Amir Temurning mashhur bog‘lari haqida bilasizmi? ​Sohibqiron Amir Temur Samarqand va uning atroflarida bir-biridan go‘zal, muhtasham bog‘lar barpo ettirgan. Ushbu bog‘lar nafaqat dam olish maskani, balki elchilar qabul qilinadigan va davlat yumushlari hal etiladigan muhim koshonalar bo‘lgan. ​Amir Temur bog'laridan eng mashhurlari: ​🔹 Bog‘i Baland Samarqandning shimolidagi Choʻponota maqbarasi yaqinida nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Bogʻ oʻrtasida Tabriz oq marmaridan qurilgan hashamatli qasr boʻlib, uning atrofidagi uzumzor, anjirzor va olmazorlar boqqa goʻzal bir tarovat baxsh etib turgan. ​🔹 Bog‘i Behisht ​"Jannat bog‘i" deb atalgan ushbu koshona Temurbekning eng sevimli xotini Tuman og'o(Xayrunniso) sharafiga barpo etilgan(1378). Unda mardakor va usta hunarmandlar tomonidan nihoyatda go‘zal qasr va favoralar qurilgan. ​🔹 Bog‘i Davlatobod ​Hindiston yurishidan so‘ng, zafarli g‘alabalar sharafiga barpo etilgan. 4 hovuz va saroy bo'lgan. Bog‘ atrofida chuqur xandaqlar qazilib, qal'a ko‘rinishida mudofaa tizimiga ega qilib qurilgan. Unga osma ko'priklar orqali kirilgan. ​🔹 Bog‘i Dilkusho ​"Ko‘ngilni ochuvchi bog‘" Amir Temur xotinlaridan biri – Toʻqalxonim sharafiga qurdirgan (1397). Samarqanddan 5 km sharqda, Panjakent yoʻlining oʻng tomonida joylashgan. Markazida hashamatli uch qavatli saroy boʻlgan, har qavatida favvora otilib turgan. Saroy devorlariga Amir Temur olib borgan urushlardan lavhalar chizib qoʻyilgan. Amir Temur Ispaniya elchisi Klavixoni ana shu bogʻda qabul qilgan. ​🔹 Bog‘i Jahonnamo ​"Jahon ko'zgusi‘". Amir Temur Samarqanddan 7 farsax (42 km) narida, Zarafshon togʻi etagida qurdirgan (1398). Unda saroy va qalʼa boʻlgan. „Zafarnoma“da  yozilishicha, bu bogʻning hududi benihoyat katta boʻlib, yoʻqolib qolgan ot 6 oydan soʻng topilgan ekan. ​🔹 Bog‘i Maydon ​Cho‘ponota tepaligi etagida joylashgan. Bog‘ markazidagi mermardan yasatilgan ulkan taxt va Oqsaroy tipidagi muhtasham koshona bilan ajralib turgan. ​🔹 Bog‘i Nav ​"Yangi bog‘". Amir Temur tomonidan umrining oxirgi yillarida barpo qilingan (1404). Unda ham to‘rt burchakli baland va hashamatli qasr hamda atroflarida xushmanzara daraxtzorlar bo‘lgan. ​🔹 Bog‘i Chinor ​Samarqandning sharqida (Konigilning janubi-gʻarb tarafida, hozirgi „Qoʻsh tamgalik“ tepaligi oʻrnida) barpo qilingan (1404). Unda chinorlar koʻp boʻlgan. Markazida xochsimon tarxli saroy joylashgan. ​🔹 Bog‘i Shamol ​Amir Temurning nevarasi (Mironshohning qizi) tug‘ilishi munosabati bilan barpo qilingan. Undagi saroy toʻrtburchak shaklda boʻlib, har tomoni 1500 qadamni tashkil qilgan. Devorlariga marmar qoplanib, sahni qora yogʻoch va fil suyagidan ishlangan. Samarqand atrofida bulardan tashqari yana bir qancha bogʻlar bo'lgan: Bogʻi Boʻldu, Bogʻi Zogʻon, Bogʻi Naqshi Jahon, Bogʻi Amirzoda Shohrux, Bogʻcha, Bogʻi Dilafroʻz, Bogʻi Sheron, Gulbogʻ, Lolazor, Bedana qoʻrugʻi, Chumchuqlik, Gʻozxona. @Maqsud_Muxtor

  • Bugun iste'dodli shoir va yozuvchi do'stimiz Xurshid Abdurashidning tavallud topgan kunlari. Umringiz uzoq va sermazmun bo'lishini tilaymiz. "Dardisar" romani va "Faqat u qoldi" kabi she'riy to'plamlarni kitobxonlar uchun tez-tez chiqarishingizni tilab qolamiz. TURKIY QO‘SHIQ Turkiy yuragim bor, turkiy shuurim, Hatto ruhim turkiy, o‘zga shonim yo‘q. Musht bo‘lib tugilgan qo‘llarim turkiy, Vodarig‘, birgina Turkistonim yo‘q. Lahjamda turkiylar nafasi bordir, Shu g‘urur vujudim taxtiga ega. Oshiq bo‘lsa netay, qul o‘lsa netay, Qalbim qadim turkning turkulariga. Bas... Umrim yo‘liga tavallo ne naf, Qismat bitigi shul... Sachragan qonman! Turkistonim manim, ming yillik shonim, Istagingda o‘lmish turkiy isyonman! @Maqsud_Muxtor

  • 5 daqiqaning yangi soni mashhur ingliz mutafakkiri Tomas Morning "Utopiya" asari haqida ekan. Asarda tasvirlangan ideal jamiyat, adolat, boylik, xususiy mulk, qanoat va inson tabiati haqidagi g'oyalarni bugungi kun nuqtai nazaridan tahlil qilingan. https://youtu.be/24G9bCptfhA?si=WBdLItn6KZb853_j @Maqsud_Muxtor

  • Hordiq nima? Hordiq — bu koʻpchiligimiz oʻylaganimizdek dam olish, tinim olish, orom olish degan maʼnolarni anglatmaydi. Aksincha, bu charchoq degani. Dam olish maʼnosini esa hordiq chiqarish (yaʼni charchoqni tanadan chiqarib tashlash) jumlasi hosil qiladi. @Maqsud_Muxtor

  • SARQIT Etimologiyasi Bu soʻz qadimgi turkiy tildagi 'tomchila—' maʼnosini anglatgan sarq- feʼlidan (Devon, III, 427) eski oʻzbek tilida —(ï)t qoʻshimchasi bilan yasalgan, keyinchalik a unlisi ä unlisiga almashgan, ï unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: sarq— + ït = sarqït > särqit. Maʼnosi 1. Birovdan qolgan taom, qolgan ovqat. ◆ Oʻzi toʻymaganning sarqiti qorin ogʻritadi. Maqol. ◆ Farzandim bor edi, deb bir marta yoʻqlamadi. Bittayu bitta bolasi odamlarning sarqiti bilan yashayotganligiga nomus qilmadi. S. Ahmad, „Oydin kechalar“. ◆ Zokir qoʻlidagi qadahni taq etkazib stolga qoʻydi. Qadah tarelkaga urilib, chil-chil sindi, shisha siniqlari ovqat sarqitlariga aralashib ketdi, dasturxon hoʻl boʻldi. P. Qodirov, „Uch ildiz“. 2. koʻchma Oʻtmishdan meros boʻlib kela-yotgan, baʼzan zamona ruhiga toʻgʻri kelmay-digan odat, rasm-rusum, tartib. ◆ Eskilik sarqitlari. Shahar fuqarosi hayotidagi eskilik sarqitlarini tugatish, dilsiyoxlik, asabbuzarlikni olib tashlash — bu oson ish emas. X. Toʻxtaboyev, „Shirin qo-vunlar mamlakati“. ◆ Hayotning qanchalar izdan chiqib ketishiga sabab boʻladigan sarqit odat — giyohvandlikka laʼnatlar oʻqiylik! Gazetadan. @Maqsud_Muxtor

  • O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa... O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa, Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir. Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa, Qora sochning malla bo‘lgani shudir.   O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa, Dod demoqqa palla bo‘lgani shudir. Ma’rifatdan ayru o‘ynasa, kulsa, Aza chog‘i yalla bo‘lgani shudir.   O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa, Aldangani, alla bo‘lgani shudir. Yulg‘ich aziz bo‘lib, bilgich xor bo‘lsa, Paytavaning salla bo‘lgani shudir.   El komil bo‘lmasa, yurt emas ulug‘, Beqadr mahalla bo‘lgani shudir. Qalb to‘la nur xalqning rizqi ham to‘lug‘, Ombor to‘la g‘alla bo‘lgani shudir.   O‘zbek o‘zligini anglasa bekam, Uning “Barakalla” bo‘lgani shudir. Olamga Navoiy nasliman degan Ovozi baralla bo‘lgani shudir. Erkin VOHIDOV @Maqsud_Muxtor

  • Abduqayum Yo'ldoshevning Puankare hikoyasidan olingan xulosalar 1) Odamzod umr yo'ldoshi tanlashda adashmasligi kerak. Ayniqsa olim insonlarning karyerasiga nuqta qo'yilishi mumkin. 2) Inson do'st tanlashda adashmasligi kerak. Chunki soxta do'st istalgan paytda tashlab ketishi mumkin. 3) Shogirdlar ustoz tanlashda adashmasligi kerak. Ustoz qorung'u yo'lni yorituvchi mash'alaga o'xshaydi. 4) Bugun ishni ertaga qoldirmaslik lozim. Bo'ladigan ishni o'z vaqtida bo'lgani yaxshi, shundagina "so'nggi pushaymon, o'zingga dushman" kabi maqollarga o'rin qolmaydi. 5) Haqiqiy baxt moddiylikda emas.​Asar qahramoni boylik, dabdaba yoki katta mansablar ortidan quvmaydi. U oʻzi yaxshi koʻrgan ish bilan band. Bu bizga baxt pulda emas, balki ko'ngil xotirjamligi va sevimli mashgʻulotda ekanini eslatadi. 6) Daholik va yolgʻizlik doimiy egizaklardir. ​Afsuski, oʻz sohasining eng zoʻri boʻlish koʻpincha insonni yolgʻizlikka mahkum etadi. Atrofingizda odam koʻp boʻlishi mumkin, lekin sizni chin dildan tushunadigan odamni topish aslida eng qiyin jumboq. @Maqsud_Muxtor

  • Abduqayum Yo'ldoshev - Puankare Shaxsiy baho 7/10 Bu hikoyani yaqinda o'qib tugatdim-u, Bahodir Isoning bir to'rtligi esimga tushdi. O'sha to'rtlikni asar uchun epigraf qilib ishlatsa ham bo'ladi. Asar bir matematik olimning hayoti haqida so'zlaydi. Matematiklar orasida mashhur o'z yechimini topmagan bir qancha gipotezalar mavjud. Ulardan biri o'tgan asr boshida Anri Puankare tomonidan taklif qilingan "Puankare" gipotezasidir. Asar qahramonining yuragidan "Puankare" gipotezasi joy oladi va uni isbotlashga ahd qiladi. Ilmiy rahbaridan nomzodlik dissertatsiya uchun shu mavzuni so'raydi. Ustozi esa bu mavzu ancha qiyinligi aytib, tishining kovagida asrab yurgan mavzuni beradi. Bo'lajak olim endi ilm ummoniga sho'ng'iyman turgan paytda uning oldidan uylanish degan muammo chiqadi. Avvaliga u uylansam hammasi yaxshi bo'ladi deb o'ylaydi. Lekin afsuski, xotini imlo xatolar bilan yozilgan daftar varog'idagi ro'yxatni qo'liga tutqazganida chuchvarani xom sanaganini tushunib yetadi. Qahramon dastlab qarz botqog'iga botadi. Orada qilgan tirorati ham o'xshamaydi. Xotin tanlashda adashganini har kun uyiga qaytganida his qiladi. O'sha xotin har kuni o'z uylari yo'qligidan nolirdi. Qahramon har 3 joyda ishlab, oila boqadi, qarz to'laydi. Shunday qilib oradan 30 yil o'tganini sezmay qoladi. Tarix takrorlanadi degan gap rost shekilli. 30 yildan so'ng gipotezani yechishga qodir shogirdni uchratadi, shogirdida o'zining taqdiri takrorlanganini ko'radi. Gipotezani esa Grigoriy Perelman degan rus olimi isbotlab beradi. Buni eshitgan asar qahramoni esa ruhiy kasalliklar shifoxonasida bitta gapni qayta-qayta takrorlardi. "Ey xudo meni 30 yil orqaga qaytar"... @Maqsud_Muxtor

  • Xurshid Abdurashidning dardi sari, Musofir Jin bilan yo'l oldim! Xurshid Abdurashid qalamiga mansub "Dardisar" romani fantasmagoriya, satira, yumor, romantika, shafqatsiz realizm elementlari qorishib ketgan, ushbu asarda xolis bir kuzatuvchi bizga chetdan nazar tashlaydi, o‘zimiz sezmay qo‘ygan, odat tusiga kirgan illatlarga oyna tutadi. Ajabtovur qahramonlar va qora yumor yordamida jamiyatdagi muammolar mohirlik bilan yoritilgan. Asarda inson o'zini yoki jamiyatdagi kimnidir ko'rishi ehtimoldan holi emas. Kitob haqidagi adabiyotshunos fikrlarini bu yerda o'qishingiz mumkin. Kitobni eng arzon narxda bu yerdan topishingiz mumkin. Kitobni o'qib maza qilyapman. Sizlarga ham tavsiya qilaman! @Maqsud_Muxtor

  • 1 июл.66из SanjarNazar

    ​​Adib Xolidning “Oʻzbekiston tavalludi” kitobi qayta nashrdan chiqmoqda. Kitobning 1-nashri tez sotilmadi, ammo sotilib tugagach, unga juda katta talab paydo boʻldi. Afsuski, turli sabablarga koʻra, tezda qayta nashr qilishning imkonini topolmagandik. Asar zamonaviy Oʻzbekistonning shakllanish tarixi haqidagi eng nufuzli ilmiy tadqiqotlardan biri hisoblanadi. Taniqli olim unda XX asrning birinchi yarmida kechgan siyosiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni keng arxiv materiallari hamda zamonaviy tarixshunoslik metodologiyasi asosida tahlil qilib, Oʻzbekiston milliy davlatining vujudga kelish omillarini xolisona yoritadi. Asar sovet modernizatsiyasi, millat qurilishi va milliy oʻzlikning shakllanishiga doir ilmiy bahslarda muhim oʻrin tutadi hamda xalqaro akademik muhitda eng koʻp keng iqtibos keltiriladigan manbalardan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston tarixi, millatchilik va davlatchilik masalalarini chuqurroq anglashni istagan tadqiqotchilar, talabalar va keng kitobxonlar uchun mazkur kitob muhim ilmiy manba boʻlib xizmat qiladi. Sotuvdagi narxi 150 000 soʻm boʻladi. Ammo 5-iyulgacha oldindan buyurtma qilib, 20% chegirma bilan 120 000 soʻmga xarid qilishingiz mumkin. Buyurtma berish: t.me/akademsavdo

  • Qizil dengiz qayerda-yu, Qora dengiz qayerda?   “Yosh kitobxon” tanlovining hakam­laridan biriman. Yaqinda Namangan viloyati bosqichida 1980-yili nashr etilgan kitobdagi shu kunga dovur tuzatilmasdan kelayotgan bir xato zukko bir kitobxon o‘quvchini 1-o‘rindan mahrum etishiga sal qoldi.   Tezkor savol-javob shartida o‘sha yosh kitobxonga shunday savol tushdi:   Mark Tvenning “Tom Soyyerning yangi sarguzashtlari” asarida keltiri­lishicha, fir’avn isroilliklarni quvlab qaysi dengiz ostida qolib ketgan edi?   O‘quvchi ikkilanmasdan “Qizil dengiz” deb javob berdi. Savollarni o‘qi­yotgan tanlov eksperti “Noto‘g‘ri” dedi. Chunki uning qo‘lidagi javob Qora dengiz edi...   Chunki 1980-yili “Yosh gvardiya” nashriyotida chop etilgan “Tom Soyyer­ning yangi sarguzashtlari” kitobi 93-betida shunday yozilgan. Qissani o‘ris tilidan Abduvoris Abdumajidov tarjima qilgan. Aftidan, tarjimon o‘rischa variantdagi Чермное мореni Чeрное море deb o‘ylagan va Qora dengiz deya o‘girgan. Aslida esa Чермное море – Qizil dengizning rus sinodal Injilida qo‘llangan nomi.   Agar kitob muharriri geografiyadan yaxshi xabardor bo‘lganida, xayolidan “Misr qayerda-yu, Qora dengiz qayerda?” degan fikr o‘tar edi. Agar kitob muharriri tarixdan yaxshi xabardor bo‘lganida, Qur’oni karimni o‘qigan bo‘lganida, Muso alayhissalom va fir’avn o‘rtasidagi ziddiyatlardan xabardor bo‘lganida, bu voqea Qizil dengizda ro‘y berganini bilar edi.   Agar kitob muharriri o‘ris tilidan yaxshi xabardor bo‘lganida asarning o‘rischa matnini qidirib topib, “Черное море” emas, “Чермное море” deb yozilganini bilar va tarjimonning xatosini to‘g‘rilar edi...   © Husan Karvonli @Maqsud_Muxtor

  • 9 июн.2 62818

    ​Farzandingiz sizdan oxirgi marta qachon sovg'a so'radi? ​Rejissyor Shohruh Norqulovning "Sovg'a" deb nomlangan videoroligi har bir ota-onani chuqur o'ylantiradigan ajoyib ekran asari bo'libdi. Keling videorolikni biroz tahlil qilamiz. ​Rejissor bizga nima demoqchi? ▪️Zamonaviy dunyoda bolalarimizni qimmatbaho gadjetlar, o'yinchoqlar yoki shirinliklar bilan xursand qilishga o'rganib qoldik. Ammo ular kutayotgan haqiqiy sovg'a — biz bilan o'tkazadigan vaqt va ma'naviy yaqinlikdir. ▪️Qizchaning otasiga bergan jumboqlari ortida "Menga vaqt ajrating, men bilan gaplashing" degan yashirin ma'no bor. ​▪️Ertak kitob shunchaki sovg'a emas, u ota va farzandni kechalari bir nuqtaga jamlaydigan, ularni suhbatlashtiradigan va rishtalarni mustahkamlaydigan vositadir. ❗️Ish, charchoq va vaqtimiz yo'qligi bu bizning bahonalarimiz. Keling, bugun kechasi uylarimizga shunchaki non yoki yegulik emas, ular kutgan "yangi ertak kitob"ni va eng muhimi — o'zimizni ham birga olib boraylik. @Maqsud_Muxtor

  • Inson biror vazifada mahoratga erishgani sari, miyaning o‘sha ish uchun sarflaydigan energiyasi kamayib boradi. Yangi ishni boshlaganimizda tez charchaymiz-u, lekin birozdan keyin, o‘sha ishning ustasiga aylanganimizdan so‘ng soatlab ishlasak ham toliqmaymiz. Buning sababi — miyamizning “minimal kuch sarflash qonuni” asosida ishlashidadir. Yuqori intellektli insonlar murakkab masalani yechishda boshqalarga qaraganda kamroq “kuch” sarflashadi. Buni hatto ko‘z qorachig‘ining kengayishidan ham bilish mumkin: vazifa qanchalik oson tuyulsa yoki mahorat qanchalik yuqori bo‘lsa, ko‘z qorachig‘i shunchalik kam kengayadi. Agar bir maqsadga erishishning bir necha yo‘li bo‘lsa, biz ongsiz ravishda eng oson va kam energiya talab qiladigan variantni tanlaymiz. Aslida, miyamiz tabiatan “dangasa”. Ammo, bu salbiy xususiyat emas, balki biologik omon qolish strategiyasidir. Miya tanadagi energiyaning qariyb 20 foizini sarflaydigan “qimmatbaho” organ hisoblanadi. Shu sabab u doimo tejashga intiladi. Shuning uchun, agar yangi sohani o‘rganayotganda boshida juda qattiq charchayotgan bo‘lsangiz — to‘xtamang. Bu miyangiz hali “qimmat” rejimda ishlayotganini anglatadi. Mahoratingiz oshgani sari, miya bu jarayonni “arzon” va oson bajariladigan bosqichga o‘tkazadi. Inson tabiatida dangasalik bor. Ammo mahorat — bu dangasalikni yengish emas, balki miyani “avtopilot” rejimiga o‘tkazish san’atidir. “Tez va sekin fikrlash” Daniel Kahneman @Maqsud_Muxtor

  • Gerb haqida so'z Oxirgi paytlarda gerb o'zgarishi kerakmi va u qanday bo'lishi kerak degan savollar ijtimoiy tarmoqlarda ko'p muhokama qilinyapti. Mening tasavvurimdagi gerb yuqoridagi rasmdagiday va uni sun'iy intelekt orqali yaratdim. Undagi ba'zi ramzlarni izohlashga harakat qilaman: Kulrang bo'ri: Biz turkiylarda bo'ri — erkinlik, mustaqillik, jasorat, kuch va o'z ahliga sadoqat ramzi hisoblanadi. ​Shamshir: Chap tomondan o'rab turgan shamshir — mamlakatning mudofaa qudrati, adolatni himoya qilishga bo'lgan shayligi, erk va nomus ramzidir. Tarixda bizdan buyuk sarkardalar chiqqanini ham ifodalaydi. ​Oltin pat: O'ng tomondan o'rin olgan patli qalam — ilm-fan, ma'rifat, yuksak madaniyat va adabiyotga bo'lgan ehtiromni anglatadi. Oltin pat bizdan buyuk olimlar(1-renassans) va Navoiy o'xshagan adabiyot darg'alari chiqqanini ham ifodalaydi. Shamshir va oltin patning yonma-yon kelishi ham jismoniy quvvat, ham intellektual salohiyat bu xalqda uyg'un ekanligini ko'rsatadi. @Maqsud_Muxtor

  • Fransuz adibi Sharl Loranning mazkur asari o‘quvchini XIX asrning boshlari – Napoleon Fransiyasi davriga sayr ettirib, buyuk sarkarda Napoleon Bonapart, josus Karl Shulmeyter va sohibjamol Berta hamda ular qaramog‘iga olgan, tomirida qirollar qoni oqayotgan asrandi bola Gans kabi qahramonlarning taqdiri va ichki kechinmalari orqali  urushning suronli onlariga olib kiradi. @Maqsud_Muxtor

  • Mazkur monografiya Farg‘ona vodiysiga ko‘chib kelib o‘rnashib, mahalliy aholi bilan uzoq yillar mobaynida ahil yashab kelayotgan uyg‘ur xalqining an’anaviy va zamonaviy turmushi hamda madaniyati tarixiy-etnografik materiallar asosida tadqiqi va tahliliga bag‘ishlangan. Asarda uyg‘urlarning Farg‘ona vodiysiga migratsiyasi, uning sabablari, bosqichlari va mazkur etnosning vodiy bo‘ylab joylashuv geografiyasi, bu mintaqada kechgan etnik va etnoslararo jarayonlarga ishtiroki ko‘rsatib berilgan. @Maqsud_Muxtor