MARKAZDA YOSHLAR
СтатистикаMurojaat yoki taklifingiz bormi? Botga yozing, tezda javob beramiz: 👉 @TezkorQabulBot 👉 @Markazda_yoshhamkor Yoshlar! Sizni qiynayotgan masalalarga yechim topish, axborot olish, yangi g‘oyalar sari ilhomlanish uchun hoziroq safimizga qo'shiling.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 39
- Всего постов
- 325
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 176
- 1/48двое суток
- 201
- 1/72трое суток
- 217
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
📌O‘zbekistonda ayrim shaxslarga 1️⃣-oktyabrdan shaharlararo transportda yurish uchun imtiyozli chiptalar beriladi 2026-yil 1-oktyabrdan urush nogironlari va ishtirokchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan fuqarolarga havo, temir yo‘l va shaharlararo avtobus transportida bepul yoki 50 foiz chegirma asosida chipta beriladi. Imtiyozli chiptalar Uzbekistan Airways va boshqa rezident aviakompaniyalar, “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning vakolatli bo‘linmalari hamda avtovokzal va avtostansiyalar tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi ma’lumotlar asosida rasmiylashtiriladi. Bunda fuqarolardan faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat — ID-karta yoki biometrik pasport talab etiladi. Aviatransportda ekonom tarifdagi, temir yo‘lda esa ekonom, platskart yoki kupe joylari uchun chipta taqdim etiladi. 2027-yil 1-yanvardan fuqarolarga ushbu chiptalarni “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi — Baraka orqali ham bepul yoki imtiyozli shartlarda xarid qilish imkoniyati yaratiladi. Imtiyozli transport xizmatlari xarajatlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab boriladi. Bunda Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Pensiya jamg‘armasi imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlarni Raqamli hukumat orqali agentlikka doimiy ravishda taqdim etadi. Ma’lumot uchun, 2025-yilda transport xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan qariyb 50 ming nafar shaxsga jami 4,3 milliard so‘mlik imtiyozli yo‘l chiptalari taqdim etilgan. 🔴Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishgandi. Unda imtiyozli transport xizmatlaridan foydalanish tartibini soddalashtirish va to‘liq raqamlashtirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
🔴1-SENTYABRDAN ISH BOSHLAGAN PEDAGOGLAR QANCHA MAOSH OLADILAR? Xabaringiz bor, Prezident farmoniga ko'ra, 1-sentyabrdan ish haqlari miqdori 7 foizga oshishi belgilangan edi. Unga ko'ra, sentyabr oyidan pedagoglar 1 stavka dars uchun toifalar bo'yicha quyidagicha oylik oladilar: 👉 Oliy toifa– 5 501 997 soʻm Qo'lga tegishi: 4 841 757 soʻm - 407.2$ 👉 Birinchi toifa – 4 978 872 soʻm Qo'lga tegishi: 4 381 407 soʻm - 368.5$ 👉 Ikkinchi toifa – 4 468 142 soʻm Qo'lga tegishi: 3 931 965 soʻm - 330.7$ 👉 Mutaxassis – 3 990 000 soʻm Qo'lga tegishi: 3 511 200 soʻm - 295.3$ ☝️ Agar sizda kasaba uyushmasiga a'zolik bo'lsa, qo'lga tegish summasidan 1.12 foiz kasaba uyushmasi badalini ayirib tashlash orqali hisoblanadi. Undan tashqari ushbu summaga turli ustamalar, sinf raxbarlik, daftar tekshirish va boshqa qo'shimcha to'lovlar qo'shilmagan. ✅1 stavka boshlang'ich sinflarda - 18 soat, yuqori sinflarda - 20 soat 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
⚠️Afg‘onistonda ayollar oyiga bir yoki ikki marta uydan tashqariga chiqadi — BMT Ta’lim va ishdan mahrum afg‘on ayollarining aksariyati erkak hamrohsiz ko‘chaga chiqishni xavfli deb hisoblamoqda. Bu holat mamlakatda og‘ir ruhiy inqirozni keltirib chiqarmoqda. 💠BATAFSIL 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
🔴O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin Yangi qaror loyihasiga ko‘ra, o‘quv yili yakunlari bo‘yicha bitiruvchilarning ishga joylashish ko‘rsatkichlari 50 foizdan kam bo‘lgan taqdirda, ta’lim tashkilotining kelgusi o‘quv yili uchun yangi ta’lim dasturlarini joriy etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Batafsil 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
🧳 O‘zbekistonda turoperatorlar soni 3,4 mingtadan oshdi 📊Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning 1 iyul holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan turoperatorlar, turagentlar va boshqa turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari soni 3 455 tani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 676 taga yoki 24,3 foizga oshgan. 🔻Ularning soni yillar kesimida quyidagicha (1 iyul holatiga): 2022 yil – 1 918 ta; 2023 yil – 2 071 ta; 2024 yil – 2 585 ta; 2025 yil – 2 779 ta; 2026 yil – 3 455 ta. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
📌O‘zbekiston qonunchiligidan “diniy ekstremizm” tushunchasi olib tashlanadi Senatda ma’qullangan qonunga ko‘ra, ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish holati birinchi marta sodir etilganda to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lmaydi. ⏩BATAFSIL O‘QING 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
❓Intizomiy jazo olgan xodimga bayram puli beriladimi? O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 300- moddasida xodimni intizomiy javobgarlikka tortishning umumiy va maxsus turlari keltirilgan. Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Aygerim Aripbayeva bu borada quyidagicha tushuncha berdi: 🔴– Umumiy intizomiy javobgarlik Mehnat kodeksi va ichki mehnat tartibi qoidalari bilan tartibga solinadigan javobgarlik bo‘lib, u xodimga nisbatan ushbu Kodeksning 312-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan birini qo‘llashdan iborat va barcha xodimlarga nisbatan tatbiq etiladi. Bundan o‘zi uchun maxsus intizomiy javobgarlik belgilangan shaxslar mustasno. Maxsus intizomiy javobgarlik xodimlarning faqat alohida toifalari uchun qonunda, shuningdek, intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlarda nazarda tutilgan hamda xodimga nisbatan tegishli qonunda, intizom haqidagi ustavda va nizomda nazarda tutilgan intizomiy choralarni qo‘llashdan iborat javobgarlikdir. Shuningdek, Mehnat kodeksida intizomiy jazo choralari keltirib o‘tilgan bo‘lib, unga ko‘ra: hayfsan, o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima, ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima solinishi hollari nazarda tutilishi mumkin va mehnat shartnomasini bekor qilish kabilar kiradi. Xodimning ish haqidan jarimani ushlab qolish ish beruvchi tomonidan ushbu Kodeksning 269 va 270-moddalari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. 313-moddaga binoan xodimga nisbatan faqat bitta ijtimoiy qilmish uchun bitta intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi keltirib o‘tilgan. Mehnat kodeksining 299-moddasida Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi. ⏩Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, bayram pullari rag‘batlantirish hisoblanadi va intizomiy jazo olgan xodimga nisbatan bular berilmaydi. Agar jarima tarzidagi intizomiy jazo qo‘llanilsa, oylik ish haqining ma’lum qismi ushlab qolinishi mumkin. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
#yoshlar_oshxonasi 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
📌Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi Ular investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratish orqali aholi farovonligini oshirish yo‘lida alohida jonbozlik ko‘rsatayotgani, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun mukofotlandi. 🔥BATAFSIL O‘QING 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
📌Pedagoglar uchun 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi Agar siz maktabgacha yoki umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida ishlashni istasangiz, Pedagog platformasi orqali e’lon qilinayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. ✅ Ayni paytda platformada 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni e’lon qilingan. Siz o‘zingizga mos hudud, tuman yoki ta’lim muassasasini tanlab, bo‘sh ish o‘rinlariga onlayn ariza yuborishingiz mumkin. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
🚍 1-sentyabrdan yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘l haqini to‘lashi shart bo‘ladi Bunday tartib brutto-shartnoma asosida ishlayotgan barcha shahar avtobuslarida joriy etiladi. Yo‘l haqini transport yoki ijtimoiy kartani validatorga tekkizish, bank kartasi, smartfon yoki boshqa kontaktsiz to‘lov vositalari orqali to‘lash mumkin. 📎Avtobusga chiqishda yo‘l haqi to‘lanmasa yoki imtiyoz tasdiqlanmasa, yo‘lovchi chiptasiz harakatlanayotgan hisoblanadi va jarimaga sabab bo‘lishi mumkin. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
💠O‘zbekistonliklarning qariyb uchdan ikki qismi ortiqcha vaznga ega — statistika Bu ko‘rsatkich mamlakatda sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik masalasi tobora dolzarb bo‘lib borayotganini ko‘rsatadi. 🔥BATAFSIL 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
📌Xivadagi “Qovun sayli” festivali Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi Xiva shahrida 7–9-avgust kunlari o‘tkazilgan “Qovun sayli” festivalida 259 kishi bir vaqtda 10 dan ortiq qovun navini tatib ko‘rib, jahon rekordini o‘rnatdi. Festival “Ichan qal’a” tarixiy majmuasi hamda “Arda Xiva” sayyohlik markazida tashkil etildi. Unda 150 ming mahalliy va 36 ming xorijiy sayyoh qatnashdi. Festivalning asosiy voqealaridan biri “Eng katta qovun degustatsiyasi” bo‘yicha jahon rekordining o‘rnatilishi bo‘ldi. Ginnes rekordlar kitobi rasmiy sertifikatiga ko‘ra, rekord 9-avgust kuni qayd etilgan. Jarayonda Ginnesning Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha rasmiy hakami Sheyda Subashi Gemiji ishtirok etdi. Tadbir kunlari san’atkorlar chiqishlari, mahorat darslari, ko‘rgazma va tanlovlar tashkil etildi. Festivalning yopilish marosimida rossiyalik xonanda MakSim ham sahnaga chiqdi. Festivalda Xorazm viloyati tumanlari, fermer xo‘jaliklari va boshqa ishtirokchilar qovunning o‘nlab navlari, mahalliy mahsulotlar, texnologiyalar va qishloq xo‘jaligidagi yutuqlarini namoyish etdi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, bosh sovrin Xiva shahar hokimligiga, birinchi o‘rin Yangiariq tumani hokimligiga, ikkinchi o‘rin Xorazm viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga berildi. Uchinchi o‘ringa esa Urganch davlat universiteti, UzAuto’ning Xorazm filiali va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi munosib ko‘rildi. 💠May oyida Namangandagi 2026-yilgi gullar festivali Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgani haqida xabar berilgandi. Namangan “Jamoa bo‘lib bir oy davomida eng ko‘p ekilgan gullar” yo‘nalishida Ginnes rekordini o‘rnatgan. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🔥Yevropada XXI asrda birinchi marta Quyosh to‘liq tutildi (foto) Grenlandiya, Islandiya, Portugaliya va Ispaniya aholisi Oy tomonidan to‘liq to‘silgan Quyoshni kuzatish imkoniga ega bo‘ldi. Keyingi to‘liq tutilish 2027-yil 2-avgustda sodir bo‘ladi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
📚💸O‘zbekistonliklar 6 oyda ta’lim xizmatlariga 23 trln so‘mdan ziyod mablag‘ sarflagan 📊 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 23,8 trln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 22,7 foizga oshgan. Ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim sohasidagi xizmatlar eng yuqori ulushga ega bo‘lib, jami ta’lim xizmatlarining 42,4 foizini tashkil etdi. 📍Hududlar kesimida ta’lim xizmatlari hajmi: Toshkent shahri — 12,7 trln so‘m; Samarqand viloyati — 1,5 trln so‘m; Farg‘ona viloyati — 1,5 trln so‘m; Andijon viloyati — 1,2 trln so‘m; Toshkent viloyati — 1,1 trln so‘m; Namangan viloyati — 1,1 trln so‘m; Buxoro viloyati — 1 trln so‘m; Qashqadaryo viloyati — 877,7 mlrd so‘m; Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 691,3 mlrd so‘m; Xorazm viloyati — 602,5 mlrd so‘m; Surxondaryo viloyati — 577,8 mlrd so‘m; Navoiy viloyati — 373,6 mlrd so‘m; Jizzax viloyati — 323,9 mlrd so‘m; Sirdaryo viloyati — 243,6 mlrd so‘m. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube