tgindex
PSIXODIAGNOSTIKA

PSIXODIAGNOSTIKA

Статистика

PSIXOLOGIYANI BIZ BILAN O'RGANING YAGONA ILMIY PSIXOLOGIK KANAL Sayt: psixodiagnostika.com Psixologik testlar: @PsixologiyaBaza www.youtube.com/@psixodiagnostika Donate: https://tirikchilik.uz/azuz Admin: Psixolog Azamat Baxriddinov @az_uz

Последний пост
7 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Видео
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
3 698
−4 за 6 дн.
Сутки
+1
+0,03%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 473
24 постов
Вовлечённость
66,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 24
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 230
1/48двое суток
1 409
1/72трое суток
1 520

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 7 авг.655351

    Hammasi ham emas, lekin ba’zi banklarga borsangiz, bank xodimi sizni unchalik yoqtirmayotganini sezib turasiz. Do‘konga kirsangiz, sotuvchining gapirgisi kelmaydi. Poliklinikaga borsangiz, shifokor yoki hamshira sizga juda befarq munosabatda bo‘ladi. Sudga borsangiz, sudya sizni eshitib ham o‘tirmaydi. Direktor qabuliga kirmoqchi bo‘lsangiz, assistent sizni odam o‘rnida ko‘rmaydigandek muomala qiladi. Nega odamlar (mijoz, bemor, xaridor) bilan ishlaydigan yoki xizmat ko‘rsatadigan xodim odamlarni yoqtirmaydi? Yaqin kunlarda shu muammo ya’ni, odamlarga allergiyasi bor xodimlar haqida gaplashamiz. ©️ Psixologiya

  • 5 авг.1 1081414

    🟢Rahimov School Farg’ona filialimiz uchun ishini sevadigan psixologni qidiryapmiz. Agar siz bizga psixolog nomzodni tavsiya qilsangiz va u ishga qabul qilinsa, siz uchun 500.000 so’m bonus ajratiladi! Do‘stlaringiz, tanishlaringiz orasida munosib nomzod bo‘lsa, albatta ulashing! 🟢 Ish vaqti: 5/2 , ish vaqti 08:30–17.00, shanba qisqa ish kuni(09:00-15:00) Oylik maosh: 7.000.000-9.500.000 so’m 🟢Biz sizga nimalarni taklif qilamiz: Rasmiy faoliyat: Mehnat kodeksiga muvofiq to‘liq shartnoma va kafolatlangan ta’til. Barqarorlik: Oyda 2 marta maosh olish (avans va oylik). O'sish: Har o'quv yili oshirib boriladigan ish haqi. Ijtimoiy himoya: O'zingiz va farzandingiz uchun oylik saqlanadigan kasallik ta'tillari. Work-life balance: Ish vaqtidan so‘ng ma’muriyat tomonidan bezovta qilinmaslik kafolati. Aniq bonuslar: Farzandingiz maktabimizda o‘qishi uchun 2 100 000 so'mgacha chegirma. Mazali tushlik: Maktab hududida maktab hisobidan 50% qoplanadigan mazali tushliklar. Rivojlanish: Muntazam maktab asoschisi Aziz Rahimov tomonidan trening va kurslar. 🟢Sizdan kutiladi: Nutq madaniyati: O‘zbek tilini mukammal va erkin muloqot darajasida bilish (rus yoki ingliz tillarini bilish afzallik beradi); Kommunikatsiya: Bolalar, ota-onalar va o‘qituvchilar bilan samarali muloqot o‘rnata olish, murakkab vaziyatlarda xushmuomalalikni saqlash; Empatiya va xolislik: O‘quvchilarning ichki dunyosini tushunish, ularga individual yondashish va professional etikani saqlash; Shaxsiy xislatlar: Mas'uliyat, tartiblilik va bolalar bilan ishlashda yuqori sabr-toqat. 🟢 Nomzodlarga qo'yiladigan talablar va ustunliklar: Ma’lumot: Psixologiya sohasida oliy ma’lumot; Tajriba: Kamida 3 yillik ish tajribasi (ta’lim muassasalarida ishlaganlik afzallik beradi); Yutuqlar: Shaxsiy kasbiy sertifikatlar, psixologik metodikalarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasi. 🟢 Asosiy vazifalar: Psixodiagnostika: O‘quvchilarning psixologik holatini aniqlash bo‘yicha tizimli tashxis ishlarini olib borish; Individual yordam: Muammoli vaziyatga tushib qolgan o‘quvchilar bilan individual konsultativ ishlarni tashkil etish; Adaptatsiya: Yangi o‘quvchilarni qabul qilishda ishtirok etish va ularning maktab muhitiga moslashuv jarayonini psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash; Metodik faoliyat: Majlislar va pedagogik kengashlarda ishtirok etish, o‘qituvchi hamda ota-onalar uchun trening va ma’ruzalar tashkil qilish. 🟢Ishga kirish uchun: Quyidagi havola orqali Farg'ona filialini tanlab arizangizni qoldiring: havola 🔥 Qaynoq ish oʻrinlari → 📍 "Mustaqillik" filiali → "Psixolog" vakansiyasi Manzil: Farg’ona shahri, Mustaqillik shoh ko’chasi 🟢 Qo‘shimcha savollar uchun telefon: +998 88 078 00 05

  • 4 авг.971106из Psixodiagnostika

    O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi tizimidagi barcha ofitser-psixologlarni bugungi kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etamiz! Ma'lumot uchun: 4-avgust, O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi tashkil topgan kun. ® Psixologiya

  • 30 июл.1 469124

    Ma’lumot uchun 2026-yil iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 81 ta oliy ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) tashkilotida psixologiya (amaliy psixologiya, sport psixologiyasi, pedagogik-psixologiya, harbiy psixologiya, tariyaviy-psixologik) yo‘nalishidagi bakalavr ta’limi mavjud. O‘rtacha hisobda yiliga 3000 nafarga yaqin psixologiya yo’nalishi mutaxassislari ishlab chiqariladi. ©️ Psixologiya

  • 29 июл.1 4171219

    без подписи

  • 27 июл.1 357136

    без подписи

  • 24 июл.1 6442122

    без подписи

  • 23 июл.1 6133611

    без подписи

  • 19 июл.2 12810

    без подписи

  • 18 июл.2 275125из jinoyat_psixologiyasi

    без подписи

  • 11 июл.2 6663212

    Yana noto‘g‘ri diagnoz haqida ➡️ Bir mijozim ijtimoiy tarmoqlarda taniqli va o‘zini psixolog, psixoterapevt, psixiatr, nevrolog, nevropatolog, gipnolog, gipnoterapevt, “ginekolog, oftalmolog, astrolog, numerolog, geolog” deb biladigan mutaxassisga shikoyatlari bilan murojaat qilgan. Uning shikoyati — sochlarini o‘z qo‘llari bilan yulish va undan zavqlanish edi. O‘sha taniqli birbalolog, bemorga hech ikkilanmasdan obsessiv-kompulsiv buzilish (OKB | ОКР | OCD) deb tashxis qo‘ygan. Hozirgi odamlar ham ahmoq emas-ku, mijoz mutaxassisning tashxisidan ikkilanib, birdaniga o‘z shikoyatlari bilan ChatGPT ya’ni, sun’iy intellektga murojaat qilgan. ChatGPT ham, o‘z navbatida, bemorning shikoyatlaridan kelib chiqib, umuman boshqa tashxislar haqida ma’lumot bergan. ➡️ Mening e’tiborimni tortgan narsa esa yana o‘sha ko‘p bora fikr bildirgan mavzuyim — noto‘g‘ri tashxislash. Bizdagi ijtimoiy tarmoqlarda nomi ulug‘, lekin bilimsiz bo‘lgan ba’zi mutaxassislar mijoz va bemorlarga birinchi ko‘ringan yuzaki belgi bilan tashxis qo‘yib yuborishadi. Bu esa bemorning muammosini yanada og‘irlashtiradi. O‘sha mijozdagi tashxis esa (mening talqinim bo'yicha) trixotillomaniya (ICD-11 kodi: 6B25.0 — Trichotillomania (hair-pulling disorder)). Trixotillomaniya tana bilan bog‘liq takroriy xatti-harakatlar guruhiga, kengroq tasnifda esa obsessiv-kompulsiv va unga aloqador buzilishlarga kiradi. Lekin bu OKBning alohida turi emas, balki mustaqil buzilishdir. Bizning qahramonimiz esa birgina ko‘zga ko‘ringan tashqi belgi bilan o‘z mijoziga OKB deb tashxis qo‘yib yuborgan. ➡️ Savol: Nega o‘sha mutaxassis bunday xatoga yo‘l qo‘ydi? Javob: Keng ma’noda javob berganda — bu bilimsizlik. Tor ma’noda esa ushbu tashxisni OKB bilan adashtirish keng tarqalgan holat. Ya’ni OKBning asosiy mantig‘ini (bezovta fikrlar, ya’ni obsessiyalar natijasidagi tinchlantiruvchi harakatlar, ya’ni kompulsiyalar ketma-ketligi) trixotillomaniyaga tatbiq qilish. Bunda mutaxassis trixotillomaniyadagi soch yulish va undan o‘zini tinchlangandek his qilish holatini OKBdagi kompulsiya natijasidagi tinchlanish bilan adashtirib yuboradi va natijada noto‘g‘ri tashxis kelib chiqadi. ➡️ Aslida professional mutaxassis bunaqa xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun nima qiladi? 1. Mijozning shikoyatlarini eshitadi. 2. Kerak bo‘lsa, mijozga diagnostik vositalarni qo‘llaydi va birlamchi tashxis qo‘yadi. 3. Differensial diagnostikani amalga oshiradi (bunda trixofagiya, tik buzilishlari, tana dismorfik buzilishida soch yulish, psixotik buzilishlarda vasvasa yoki gallyutsinatsiya ta’sirida soch yulish, stereotipik harakatlar buzilishida takroriy soch yulish, nonsuitsidal o‘ziga shikast yetkazish doirasida soch yulish, faktitsial buzilishdagi sun’iy alopetsiya, bosh terisi qichishishi yoki yallig‘lanishi bilan bog‘liq ikkilamchi soch yulish kabilar bilan bog'liqligini tekshiradi). 4. Ikkilamchi diagnostikani qo‘llaydi. Ya’ni qayta tekshiradi. 5. Yakuniy tashxisni qo‘yadi. 6. Terapiyani boshlaydi. ➡️ Shu o‘rinda menda savol tug‘iladi. Nega bizning oliy ta’limda psixologlarga differensial diagnostika u yoqda tursin, oddiy psixodiagnostika fani chuqur o‘rgatilmaydi? Men ham shu fanni o‘qiganman, lekin faqat psixologik testlar, metodikalar, anketalar haqida gap ketgan. 50 yildan beri eski SSSR sistemasiga asoslangan psixologiya hali ham aylanib yotibdi. So‘nggi 5 yilda respublikamizda OTMlar soni 200 tadan oshdi. Xorijiy OTM filiallarida ham psixologiya yo‘nalishlari mavjud. Ularda ham, afsuski, differensial diagnostika o‘rgatilmaydi. Natijada yuqoridagi kabi mutaxassislar ko‘payib ketmoqda. Bunday mutaxassislar birlamchi simptomni ko‘radi va darhol yakuniy tashxisni qo‘yadi. Soch yulsa — OKB. Kayfiyati tushsa — depressiya. Ko‘p gapirsa — gipomaniya. O‘zini yaxshi ko‘rsa — narsiss. Jahli chiqsa — bipolyar buzilish. Bu klinik diagnostika emas, aksincha, murakkab psixologik va psixiatrik holatlarni ijtimoiy tarmoqlardagi qisqa ta’riflarga moslashtirishdir. ✔️ Xullas, tashxis qo‘yishga shoshilmang, tekshiring, qayta tekshiring va yana bir marta tekshirib, keyin yakuniy tashxis qo‘ying.   ©️ Psixologiya

  • 8 июл.1 933167из jinoyat_psixologiyasi

    Korrupsion xulq-atvor diagnostikasi: uch omilli model Tasavvur qiling, insonning oldida muammoni hal qilishning ikki yo'li turibdi. Birinchisi qonuniy yo'l: ariza, navbat, byurokratik bosqichlar, uzoq kutish va ko'pincha natijasiz umid. Ikkinchisi noqonuniy yo'l: tez, aniq, kafolatli. Birinchi yo'lda inson vaqtini yo'qotadi, ikkinchisida pulini. Iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda, moddiy imkoniyati bor odam ko'pincha vaqtni pulga almashtirishni afzal ko'radi. Aynan shu tanlov vaziyati korrupsiya uchun qulay muhit yaratadi. ➡️ Endi vaziyatga korrupsioner (jinoyatchi) tomonidan qaraylik. U talabgorning muammosini haqiqatan ham hal qiladi, xizmat ko'rsatadi, faqat buning evaziga noqonuniy haq (pora) oladi. Yuzaki qaraganda u yordam berayotgandek tuyuladi. Xo'sh, uning aybi nimada? Aybi axloqiy tanlovida. U qonun bilan o'z manfaati o'rtasida turib, ongli ravishda jinoyatni tanlaydi. Bu tanlov ortida esa aniq psixologik mexanizmlar yotadi. ➡️ Pora oluvchi shaxs har safar obro'si, kareyerasi, oilaviy farovonligi va shaxsiy ozodligini garovga qo'yadi. U fosh bo'lish ehtimolini biladi, lekin baribir xavfli o'yinni davom ettiradi. Psixologiyada bu xususiyat riskka moyillik deb ataladi. Yuqori tavakkalchilikka ega shaxs xavfning salbiy oqibatlarini kam baholaydi, mumkin bo'lgan foydani esa bo'rttirib ko'radi. ➖ Demak birinchi omil: tavakkalchilik ➡️ Davlat xizmatchisi korrupsiyaning oqibatlari haqida muntazam ogohlantiriladi. Ish joyidagi plakatlar, o'quv seminarlari, qamoqxonaga tashriflar, ichki nazorat tizimlari unga "pora olish jinoyat" degan signalni qayta-qayta yetkazadi. Shunga qaramay u kasbiy burchiga, xizmat qoidalariga va jamiyat oldidagi majburiyatlariga befarq qoladi. Shaxsda "Katta beshlik" modelidagi vijdonlilik (conscientiousness) omili past bo'lganda, ichki nazorat zaiflashadi va tashqi taqiqlar o'z kuchini yo'qotadi. ➖ Demak ikkinchi omil: mas'uliyatning pastligi (vijdonlilik omili) ➡️ Eng qizig'i shundaki, korrupsioner o'zini jinoyatchi deb hisoblamaydi. Nega? Chunki unda aybdorlik, pushaymonlik va empatiya hissi kuchsiz rivojlangan. U odamlarni maqsadga erishish vositasi sifatida ko'radi, axloqiy me'yorlarni esa chetlab o’tadi. Psixologiya fanida bu xususiyat makiavellizm deb ataladi va u "Qora uchlik" (Dark Triad) shaxs xususiyatlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. ➖ Demak uchinchi omil: makiavellizm   ➡️ Metodikaning mohiyati Biz ishlab chiqqan metodika shaxsni ana shu uch omil bo'yicha psixologik diagnostika qilish imkonini beradi. Gipotezamizga ko'ra, ushbu uch omil o'rtasida musbat korrelyatsiya mavjud: tavakkalchilik yuqori, vijdonlilik past va makiavellizm darajasi baland bo'lgan shaxsda korrupsion xulq-atvorga moyillik statistik jihatdan sezilarli darajada oshadi. ✔️ Muhim jihat shundaki, metodika natijasi hukm emas. Bu ilmiy asoslangan ehtimollik ko'rsatkichi. Diagnostika shaxsni ayblash uchun emas, balki korrupsion xatarlarni oldindan aniqlash va profilaktika choralarini to'g'ri yo'naltirish uchun xizmat qiladi. Shu sababli metodikani davlat xizmatiga kadrlar tanlashda, ichki xavfsizlik tekshiruvlarida va korrupsiyaga qarshi profilaktika dasturlarida qo'llash tavsiya etiladi. Metodika muallifi: psixolog Azamat Baxriddinov. Metodika 2025-yilda modifikatsiya qilingan va 2026-yilda standartlashtirilgan. ©️ @jinoyat_psixologiyasi

  • 29 июн.2 5313717

    Sun’iy intellektmi, sun’iy idrokmi yoki sun’iy ong? Qaysi biri to‘g‘ri? ➡️ Oxirgi paytlarda media materiallarida bir holatga tez-tez duch kelyapman. Biz odatda AI, “sun’iy intellekt” deb ataydigan texnologiyani ayrim kontent egalari “sun’iy idrok” yoki “sun’iy ong” deb nomlashga urinmoqda. Bu iboralar eshitishga chiroyli, hatto ilmiydek tuyulishi mumkin. Lekin psixologik nuqtayi nazardan qaraganda, intellekt, idrok va ong bir xil tushuncha emas. Ularning har biri alohida mazmunga ega.   Avvalo shu uch tushunchani ajratib olaylik.   ➡️ Intellekt — bu muammo yoki masalaga yechim topish qobiliyatidir. Ya’ni inson oldida turgan vazifani tahlil qiladi, qonuniyatni topadi, solishtiradi va xulosa chiqaradi. Masalan, shaxmat o‘ynash, matematik misol yechish, rebusdagi yashirin qonuniyatni topish — bular intellekt faoliyatiga kiradi. Muhim jihati shundaki, intellekt ishlashi uchun hissiyot shart emas. Mantiq, hisob-kitob va tahlil yetarli bo‘lishi mumkin. ➡️ Idrok esa umuman boshqa jarayon. Idrok — sezgilar orqali kelgan ma’lumotni ongimizda ma’noli obrazga aylantirishdir. Masalan, ko‘zimiz bir narsani ko‘radi va biz uni shunchaki rang yoki shakl sifatida emas, balki “olma” deb taniymiz. Qulog‘imiz tovush eshitadi va biz uni oddiy ovoz emas, “onamning ovozi” deb ajratamiz. Demak, idrokda dunyoni qabul qilayotgan tirik subyekt, ya’ni inson bor. ➡️ Ong idrokdan ham murakkabroq tushuncha. Ong — bilish jarayonlari, xotira, tajriba, hissiyot, o‘zini anglash va ichki kechinmalarning birgalikdagi faoliyatidir. Ongli inson nafaqat fikrlaydi, balki his qiladi, xafa bo‘ladi, quvonadi, empatiya bildiradi, aybdorlikni sezadi va o‘z “men”ini anglaydi. ➡️ Endi asosiy savolga qaytamiz: AI uchun qaysi atama to‘g‘riroq — sun’iy intellekt, sun’iy idrok yoki sun’iy ong? ChatGPT va unga o‘xshash modellar nima qiladi? Ular juda katta hajmdagi matnlar asosida qonuniyatlarni topadi va keyingi so‘z yoki javobni ehtimollik asosida shakllantiradi. Bu — hisoblash, taqqoslash, tahlil qilish va yechim ishlab chiqish jarayoni. Ya’ni bu yerda ko‘proq intellektual faoliyatga o‘xshash jarayon bor. Lekin AI inson kabi idrok qilmaydi. U “olma” so‘zini ishlatishi mumkin, lekin olmani ko‘rmagan, hidlamagan, ushlab ko‘rmagan, ta’mini his qilmagan. U faqat “olma” so‘zi qaysi so‘zlar bilan birga kelishini, qanday kontekstlarda ishlatilishini hisoblaydi. Inson idrokida esa so‘z ortida real tajriba, sezgi va obraz turadi. Ong masalasida esa yanada ehtiyot bo‘lishimiz kerak. AIda “men” degan ichki kechinma yo‘q. U o‘zini anglamaydi, xafa ham bo‘lmaydi, xursand ham bo‘lmaydi. Masalan, “sizga yordam berganimdan xursandman” deb yozishi mumkin, lekin bu jumla ortida haqiqiy xursandchilik hissi mavjud emas. Bu shunchaki vaziyatga mos tanlangan ifoda. Shuning uchun, hozirgi AI texnologiyalarni “sun’iy ong” deb atash ilmiy jihatdan to‘g‘ri emas. “Sun’iy idrok” atamasi ham ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak, chunki idrok tirik subyekt, sezgi va real tajriba bilan bog‘liq jarayondir. Eng maqbul va to‘g‘ri atama — sun’iy intellekt. ➡️ Xulosa qilib aytganda, AI qanchalik aqlli ko‘rinmasin, u ong ham emas, insoniy idrok ham emas. U murakkab ma’lumotlarni qayta ishlaydigan, qonuniyat topadigan va javob shakllantiradigan texnologiyadir. Shuning uchun uni sun’iy intellekt deb atash mantiqan ham, ilmiy jihatdan ham to‘g‘riroq. ©️ Psixologiya

  • 28 июн.2 222136

    Sal kam 4 oy davomida kanalga post joylamadim, sababi bir nechta ilmiy loyihalar bilan band edim.   Bugun yana bir loyihamni siz bilan bo‘lishmoqchiman. Nomi — Vizual Poligraf. Bu kontaktsiz psixofiziologik tahlil tizimi. Oddiy poligraf (yolg‘on detektor)lardan…

  • 28 июн.2 5773522

    Sal kam 4 oy davomida kanalga post joylamadim, sababi bir nechta ilmiy loyihalar bilan band edim.   Bugun yana bir loyihamni siz bilan bo‘lishmoqchiman. Nomi — Vizual Poligraf. Bu kontaktsiz psixofiziologik tahlil tizimi. Oddiy poligraf (yolg‘on detektor)lardan asosiy farqi, bu tizim hech qanday datchik, sim yoki tanaga ulanishini talab qilmaydi. Inson shunchaki kamera oldida o‘tiradi, gaplashadi va dastur uning holatini real vaqtda tahlil qiladi. Tizim insonning yuz mimikasi, mikroharakatlari va ovozidagi o‘zgarishlarni kuzatadi. Bular odam ataylab nazorat qila olmaydigan, ya’ni ongsiz ravishda yuzaga keladigan signallardir. Aynan shu signallar orqali tizim suhbat davomidagi stress, ziddiyat yoki yashirin emotsional reaksiyalarni aniqlashga harakat qiladi. Ya’ni vizual tarzda sinaluvchining suhbat davomida samimiylik darajasini tekshiradi.   Bu g‘oya menda ancha oldin, 2020-yilda paydo bo‘lgan edi. Avval oddiy bir prototip edi, keyin asta-sekin to‘liq dasturga aylandi. Hozir uning birinchi versiyasi tayyor. Ushbu loyiha xarajatining umumiy hajmi 200K $ ni tashkil qiladi. Dasturning hozirgi bozordagi narxi esa 550K $ ga baholanmoqda.   Albatta, bir narsani ochiq aytishim kerak. Hech bir poligraf, jumladan ushbu tizim ham, yolg‘onni yuz foiz aniqlikda topa olmaydi. Bu dunyodagi barcha poligraflarga tegishli cheklov. Vizual Poligraf yolg‘onni "fosh qiluvchi" emas, balki suhbat davomidagi psixofiziologik signallarni qayd etib, mutaxassisga qo‘shimcha ma’lumot beruvchi yordamchi vosita sifatida tushunilishi kerak.   Sayt va demoni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, havola pastda.   visualpolygraph.uz ©️ Psixologiya

  • 7 мар.6 0194126

    Psixopatologiyami yoki Patopsixologiyami? Qaysi biri to‘g‘ri? Ikkalasi bir xil narsami yoki farq qiladimi? Ba’zida ushbu ikki atamani adashtirib yuborishadi. Siz ham adashtirmasligingiz uchun sodda qilib tushuntirishga harakat qilaman. ➡️ Psixopatologiya — bu psixiatriya sohasiga tegishli bo‘lib, ruhiy buzilishlarning simptomlarini va sindromlarini o‘rganadi. Masalan, gallyutsinatsiya, deluziya, depressiv sindrom, maniakal sindrom kabi holatlarning namoyon bo‘lishi, kechishi va klassifikatsiyasi bilan shug‘ullanadi. ➡️ Patopsixologiya — bu klinik psixologiya doirasidagi yo‘nalish. U kasallik yoki buzilish ta’sirida psixik jarayonlarning qanday o‘zgarishini tadqiq qiladi. Boshqacha qilib aytganda, odam kasal bo‘lganda uning tafakkuri, xotirasi, diqqati, idroki, hissiy-irodaviy sohasi qanchalik o‘zgaradi kabi savollarga javob qidiradi. Umumiy tomonlari bormi? Qisman bor. Ikkalasi ham ruhiy buzilishlar bilan bog‘liq. Lekin psixopatologiya ko‘proq psixiatriyada uchraydigan klinik belgilar va simptomlar haqida gapiradi. Patopsixologiya esa psixologik funksiyalar buzilishiga va ularni psixodiagnostika usullari orqali aniqlashga e’tibor qaratadi. Xullas, adashtirmang! ©️ Psixologiya

  • 2 мар.5 3761619

    Menga eng ko‘p beriladigan savollardan: “kechagi holatim bugungidan keskin farq qilyapti, kecha boshqacha edim rejalarim bor edi, bugun esa umuman boshqachaman. Kecha qilaman degan ishlarimni bugun negadir qilolmayapman, xohish o‘ldi. Kecha motivatsiyam yuqori edi, bugun esa motivatsiyasamdan asar yam yo‘q. Shunda, men jinnimanmi?” Sizda ham shunaqa holat kuzatiladimi? Xavotir olmang siz “jinni” emassiz va bu patologiya ham emas, aksincha bu sizning psixikangizning tabiiy xususiyati. Bizning psixikamiz statik holatda ishlamaydi, u doimiy ravishda, biologik, kognitiv va ijtimoiy omillar ta’sirida o‘zgarib turadi. Ana endi sabablarini tushuntiraman. Ya’ni nega o‘zgarib ketamiz, buning asosiy 3 ta sababi bor. ➡️ Birinchisi, bu organizmdagi biologik ritmlar. Uyqu sifati, gormonal fon, qonda shakar darajasi, charchoq yoki jismoniy zo‘riqish kayfiyatga bevosita ta’sir qiladi. Masalan, bir kun yaxshi uxlamaslikning o‘zi ham ertangi kun emotsional fonini pasaytirishi mumkin. Miya faoliyatida serotonin, dofamin va kortizol kabi neyromediatorlarning o‘zgarishi kayfiyat o‘zgarishlariga olib keladi. Shu sababli kecha o‘zingizni faol va optimistik his qilgan bo‘lsangiz, bugun esa sustlik yoki bezovtalik sezishingiz tabiiy jarayon hisoblanadi. ➡️ Ikkinchi sabab, vaziyatlarni kognitiv baholash mexanizmi, ya’ni bir vaziyatni turli kunlarda turlicha qabul qilinishi. Kecha bir muammo sizga yengil tuyulgan bo‘lsa, bugun u xavotirli yoki yechimsizdek ko‘rinishi mumkin. Bu esa muammoning ta’siridan ko‘ra, uni ichki talqin va fikrlash uslubiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Kognitiv-behavioral yondashuvga ko‘ra, odamning hissiy holati muammoning o‘zidan emas, balki u haqdagi fikridan kelib chiqadi. ➡️ Uchinchi sabab, ijtimoiy muhit ta’siri. Oddiy suhbat, ijtimoiy tarmoqdagi noxush xabar hattoki ishdagi kichik muvaffaqiyatsizlik kayfiyat fonini o‘zgartirishi mumkin. Ba’zan bu o‘zgarish sezilmas darajada bo‘ladi, lekin umumiy psixologik holatni o‘zgartiradi. Esdan chiqarmang, kayfiyatning kunlik tebranishi normal jarayon hisoblanadi. Agar o‘zgarishlar keskin, uzoq davom etuvchi yoki funksional faoliyatga jiddiy xalal berayotgan bo‘lsa, bu psixolog qabuliga borishingiz kerak degani. ✔️ Xullas, kun tartibi, ovqatlanish, jismoniy mehnat va uyquga jiddiy qarang. Zararli illatlar, “gazirovka”, energetiklar iste’mol qilmang va eng asosiylaridan biri, ijtimoiy tarmoqlardan o‘zingizni cheklang, shunda bugungi motivatsiyamiz ancha barqarorlashadi. ©️ Psixologiya

  • 22 февр.3 8402412

    ➡️ Bundan bir necha kun oldin, gipnoz haqida post qilgan edim. Ba’zilar ushbu postimga e’tiroz bildirib shaxsiyimga yozishga ham ulgurishdi. Ularning fikricha gipnoz ilohiy kuchga ega emish. Haqiqatdan ham ba’zi odamlar gipnozni o‘ta sirli va mistik hodisa sifatida tasavvur qiladi. Keling bugun gipnoz haqidagi stereotip va “haqiqatlar”ni sindiramiz, shuningdek sizga gipnoz haqidagi, siz o‘ylab yurgan 6 ta mifni, mif ekanligini ekanligini isbotlab beraman. 1-mif: Gipnoz bu xavfli qurol Yo‘q, bekorlarni beshtasini aytibsizlar! Gipnoz bu diqqatning torayishi va chuqur relaksatsiya holati bo‘lib, zamonaviy psixologiya va nevrologiya gipnozni uyqu yoki uyqudan oldingi holat sifatida ta’riflaydi. Unda inson hushsiz bo‘lmaydi, balki e’tiborini ma’lum stimullarga kuchliroq jamlaydi. 2-mif: Odamni gipnozga tushirib, boshqarish mumkin Yo‘q, bo‘lmagan gap! Gipnoz odamni robotga aylantirmaydi. Shaxs o‘z qadriyatlari va axloqiy me’yorlariga zid harakatni qilmaydi. Ilmiy tadqiqotlar ko‘p bora isbotlangan holat shuki, gipnoz ostidagi odam ichki nazoratni saqlab qoladi. 3-mif: Gipnozdan chiqmay qolish mumkin G‘irt safsata! Amaliyotda bunday holat qayd etilmagan. Eng ko‘pi bilan inson chuqur relaksatsiya holatida qolishi yoki uxlab qolishi mumkin. Bir necha daqiqada tabiiy ravishda uyg‘onadi. 4-mif: Kuchsiz yoki irodasiz odamlar gipnozga tushadi Aksincha, yaxshi tasavvur qobiliyatiga va diqqatni jamlay olish qobiliyatiga ega odamlar gipnozga tezroq kiradi. Bu irodaning zaifligi emas, balki psixologik moslashuvchanlik bilan bog‘liq. 5-mif: Gipnoz bilan bolalikdagi xotiralarni ochish mumkin Bu eng xavfli yolg‘onlardan biri. Gipnoz yoki chala uyqu vaqtida sugestiya kuchayadi, shuning uchun noto‘g‘ri yo‘naltirilgan savollar soxta xotiralarni yuzaga keltirishi mumkin. Natijada odam oldin boshdan kechirmagan xotiralarni o‘ziga qabul qiladi. Shu sababli ham ko‘plab davlatlarda tergov jarayonlarida gipnoz qo‘llash mumkin emas. 6-mif: Gipnoz hamma kasallikni davolaydi Gipnoz universal yoki asosiy terapiya usuli emas. Gipnoz ayrim holatlarda masalan, og‘riqni boshqarish, stressni kamaytirish, fobiyalar bilan ishlashda yordamchi metod (qaytaraman yordamchi metod) bo‘lishi mumkin. Gipnoz hech qachon mustaqil holatda tibbiy davolash o‘rnini bosa olmaydi. ➡️ Eslatma: agar kimdir sizga, gipnozni o‘ta xavfli, maxfiy quroldek tanishtirsa va u orqali har qanday odamni boshqarish mumkin desa, demak o‘sha odam gipnozni hali chuqur o‘rganmagan, xuddi bilimsiz odam kabi gipnoz atrofida aylanib yurgan soxta mutaxassis bo‘lishi mumkin. ➡️Eslatma_2: yana bir holatda, o‘zini “gipnolog” deb tanishtirgan ayrim shaxslar odamlarning qiziqishini oshirish uchun gipnozni mo‘jizaviy yoki xavfli vosita sifatida taqdim etadi. Bu esa ilmiy yondashuvdan ko‘ra qora marketing usulining o’zginasi, maqsad esa oddiy, odamlarga kurs sotish. ➡️ Eslatma_3: men gipnozni rad etmayapman, bo‘lmagan narsa demayapman, aksincha uni atrofidagi yolg‘onlar, miflarni inkor qilyapman va sizni ham yolg‘onlarga ishonmang deb ogohlantiryapman. ©️ Psixologiya

  • 17 февр.3 7173513

    Bugun shu desangiz, kursdoshlar gruppasida bir kursdoshim “Bizda gipnoz mumkinmi, taqiqlangan deb eshitgandim” degan mazmunda savol berdi. Aslini olganda ayni savolni ko‘pchilikdan eshitganman va ushbu savolga post ko‘rinishida javob bermoqchiman. ➡️ Demak, savol: bizda (O‘zbekistonda) gipnoz ishlatish mumkinmi yoki taqiqlanganmi? ➡️ Qisqa javob: taqiqlanmagan. ➡️ Uzun javob: O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida “gipnoz taqiqlanadi” degan umumiy norma mavjud emas. Qonunlarda gipnoz alohida usul sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlanmagan. Lekin bu degani, uni har kim istagancha qo‘llashi mumkin degani emas. ➖ Birinchidan, agar gipnoz psixologik yordam sifatida qo‘llanilsa: 2024-yil 5-noyabrdagi “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, psixologik yordam ko‘rsatish uchun mutaxassis, birinchi navbatda, psixologiya yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, xususiy tartibda ishlasa, tegishli malaka sertifikatiga ega bo‘lishi, mijozning roziligi asosida faoliyat yuritishi kerak. Demak, agar gipnoz psixologik amaliyot (masalan, relaksatsiya, terapiya elementi) sifatida qo‘llansa, u psixologik xizmat ko‘rsatish talablari doirasida amalga oshirilishi kerak. ➖ Ikkinchidan, agar gipnozni “davolash” yoki “tashxis qo‘yish” vositasi sifatida talqin qilinsa: “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, tashxis qo‘yish va davolash faoliyati litsenziyalangan tibbiy faoliyat hisoblanadi. Shuning uchun kimdir “gipnoz bilan kasallikni davolayman” deb da’vo qilsa, bu tibbiy faoliyat sifatida baholanib, litsenziya talablari bilan bog‘liq masala yuzaga kelishi mumkin. ➖ Uchinchidan, gipnozni reklama qilish masalasi: Ijtimoiy taqmoqlarda ayniqsa Instagramda gipnoz, gipnoterapiya, oliy toifali gipoterapevt, 500 yillik tajribaga ega gipnolog singari yolg‘on-yashiq, safsatatologlarning reklamalariga ko‘zimiz tushadi. “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunda ruxsat etilmagan usullar orqali tashxis qo‘yish yoki davolashni reklama qilish mumkin emas deb belgilab qo‘yilgan. Ya’ni, gipnozni “mo‘jizaviy davolash usuli” sifatida targ‘ib qilish qonunan mumkin emas. Xullas, gipnolog bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, mening “GIPNOZ SIRLARI-PRO MAX” deb nomlangan mualliflik kursimda o‘qishni tavsiya qilaman. Ushbu kurs orqali siz, bir vaqtning o‘zida 1000 dan oshiq odamlarni gipnoz qilishni o‘rganasiz. Har qanday odamni bir deganda gipnozga tushirib uni o‘z maqsadlaringiz yo‘lida boshqarishni o‘rganasiz. Gipnoz orqali odamni xotiralarni o‘chirib tashlashni va ushbu postga biriktirilgan, yuqoridagi rasmdagi kabi odamni gipnoz orqali havoda muallaq ushlab turishni (levitatsiyani) o‘rganasiz! ©️ Psixologiya

  • 10 февр.3 9324343

    TEZ KUNDA! psixodiagnostika.com