TASKIN - Psixologik markazi
СтатистикаҲар қандай психологик муаммоларингизга биз орқали «Таскин» топинг!☺️ Консультацияга ёзилиш учун: @azimov_admin ✅ Асосий гурухимиз: @naimjon_azimov 🟢
- Последний пост
- 8 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Психология
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 914
- 1/48двое суток
- 1 047
- 1/72трое суток
- 1 129
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bugun oilaviy maslahatlar bo’yicha expert Shavkat Hasan akamizning Nikoh loyihalarini yopiq perezentatsiyasida mehmondamiz.
видео или голосовое, без подписи
O’zbekiston psixologlari ilmiy-amaliy jamiyati a’zosi bo’ldim. A’zo bo’lmoqchi bo’lgan psixologlar shu faylni ichida telefon raqam va ma’lumotlar bor, bog’lanishingiz mumkin. ▶️ @taskin_markaz
Yaqinda bir harakatimga diqqat qaratib qoldim. Ahamiyat qilsam, otam qaysi xonada bo’lsalar garchi men boshqa xonada bo’lsam ham, otam bor xona tomonga oyoq qaratib yotmas ekanman. Qandaydir o’zimni noqulay his qilaveraman. Boshqa tarafga oyoq uzataman. Yaxshilab tahlil qilsam bu odatim yoshligimdan shakllangan ekan (otam kirib kelsalarku yotgan joyimdan turib olaman). “Qiblagohim otam” iborasini amalda isbotini his qildim shu onda! P.s. farzandlaringizga yoshligidan tarbiya qilayapman deb hadeb urishavermasdan shu kabi oddiy ko’ringan detallarni o’rgatib boring. ▶️ @taskin_markaz
Depressiya bilan havotirni farqlari👆🏻 ▶️ @taskin_markaz
#оят_ибратлар «Юсуф ва унинг оға-инилари (ҳақидаги қисса)да сўровчилар учун оят ибратлар бордир» (Юсуф сураси, 7-оят). – Отанинг муҳаббати зоҳиран яхши нарса, лекин бу Юсуф алайҳиссаломнинг қудуққа ташланишига сабаб бўлди. – Қудуққа тушиб қолишлари зоҳиран ёмон нарса, лекин бу вазирнинг хонадонига киришларига сабаб бўлди. – Вазирнинг қасри зоҳиран яхши маскан, лекин бу зиндонга тушишларига сабаб бўлди. – Зиндонга тушишлари зоҳиран ёмон ҳолат, лекин бу Мисрнинг вазири бўлишларига сабаб бўлди. Демак, ҳар бир бало-офатнинг ортида совға ва туҳфа бор экан. «Роббим Ўзи хоҳлаган нарсани сездирмай амалга оширгувчи Зотдир» (Юсуф сураси, 100-оят). ♻️ Манба : @muxlisuz ▶️ @taskin_markaz
Salkam 3 yillik tanaffusdan so’ng Tv kanallarida ko’rinish bergan psixologingiz 👇😉 https://youtu.be/vG9igI3tmSM?si=rXBpfYaIc0Jh_kXW
Kaminani Tv ko’rsatuvlarida chiqishini sog’inganlar Diqqatiga! Ertaga soat 8:00 da Nurafshon telekanalida jonli efirda ko’rishguncha☝🏻😉 ▶️ @taskin_markaz
Eslatma! 🔹Xato qilish - bu normal holat 🔹Yordam so’rash - bu norma 🔹Kichkina qadamlar - bu allaqachon progress 🔹Biroz tanaffus olish - bu ham norma. Sen o’ylaganingdan ham kuchliroqsan! Ba’zan o’zimizga talablarni yuqori qo’yib yuboramiz, shuning uchun ham go’yoki o’zimizdan qoniqmay qo’ygandek tuyiladi. ▶️ @taskin_markaz
Pul tiksang sendan tortib olib bo’lmaydigan narsaga pul tik. Bu ilm bilan sog’liqqa qilingan sarmoyadir. ▶️ @taskin_markaz
видео или голосовое, без подписи
Darsdan insayt: “Ko’pincha ruhiy travmasi bor insonni o’zi emas, uni atrofidagilar qiynalishadi” Ya’ni abyuzerlar, nartssislar, psixopatlar bu haqiqiy travmatik insonlardir. Bu toifadagi insonlarni o’zidan ko’ra ular bilan munosabatga kirishganlar aziyat chekishadi.
Topmoq uchun avval yo’qotmoq kerak! O’zlikni topmoq uchun - avval o’z Menini yo’qotganini kishi anglamog’i zarur. ▶️ @taskin_markaz
Tasavvur qiling: Agar hozir siz yashagan hayot bilan yashayotgan, siz his qilgan hissiyotlarni his qilayotgan odamni ko’rganingizda unga nima degan bo’lardingiz? Javobingizni izohlarda yozib qoldiring✍🏻 ▶️ @taskin_markaz
Shu podkastni ko’rishni barchangizga tavsiya qilaman: https://youtu.be/UxLg986aOeA?si=d5q2Cr16K5g2CYWW ▶️ @taskin_markaz
видео или голосовое, без подписи
Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda «душевный целитель», «энергокоуч» «родолог» lar ko’paygan. Ularning asosiy yo’nalishi insonni “qalbini tozalash” , “Yaratgan bilan aloqani tiklash” va hokazolarga qaratilgan… Bizning yurtdoshlarimiz orasida ham rus, ingliz va hokazo millatlarning “expertlari”ni Instagram, Youtube orqali kuzatadiganlar, ularni “aqlli” gaplaridan xulosa qiladiganlar bor. Ko’rinishidan buni yomon joyi yo’qdek ko’rinadi. Hatto, bu ahir zo’rku deb ham o’ylab qolasiz. Yomon gap gapirmayaptiku? Lekin, tanganing 2-tomoni ham bor. Yaratgan bilan munosabatni, qalb ilmini har kim o’z dinidan kelib chiqib talqin qiladi. Shunday ekan bu muhim mavzuni boshqa din vakillaridan o’rganish bu katta xato! Dunyoviy har qanday ilmni istalgan insondan o’rganavering, lekin qalb, nafs, din masalalarida o’zimizning ahli ilmlarga murojaat qilishimiz kerak! Haq - adashganlardan o’rganilmaydi! ▶️ @taskin_markaz
🌙 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin, azizlar! Alloh taolo qilgan qurbonliklaringizni, duolaringizni va ezgu niyatlaringizni qabul aylasin. Xonadoningizga tinchlik, qalbingizga xotirjamlik, hayotingizga baraka va fayz ato etsin. Yaqinlaringiz bilan mehr-oqibatda, quvonch va baxt ichida yashang. Dard ko‘rmang, rizqingiz ziyoda, qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin. ✨ Qurbon hayiti barchamizga yaxshilik, poklanish va yangi umidlar olib kelsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🌙🐑 ▶️ @taskin_markaz
Аллоҳ сизни хурсанд қилганичалик , сиз ўзингизни ўзингиз хурсанд қила олмайсиз. Ҳасанхон Яҳё Абдулмажид
Muhabbat izhori 💗 Insonlar "men seni yaxshi ko'raman" degan gapni turlicha aytishadi. Ba'zilar "o'zingni ehtiyot qil" degan shaklda... Boshqalar "havo sovuq, yaxshi kiyinib olgin" tarzida... Boshqa birovlar "ovqat yedingmi?", tarzida... Yana boshqalar "bugun ko'p charchading, endi dam ol" ko'rinishida... Boshqalar "uyga kelsang menga xabar ber" tarzida aytishadi. Kimlardir buni tushunadi. Ammo ba'zilar buni oddiy gap deb o'ylab unga mos javob qaytarib qo'ya qolishadi! 🌷 Nega menga sevishingizni aytmaysiz deydiganilarga yuborib qo'yvurasiz 🫶 #Abdulqodir Polvonov Manba: @alamiy_uz ▶️ @taskin_markaz