Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalari kanali | Канал студентов Ташкентского педиатрического медицинского института
Статистика- Последний пост
- 24 февр.
- Последнее чтение
- 00:19
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- Категория
- Медицина
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
💻Tibbiyotdagi dastur ham patentlanishi mumkinmi? - Ha. Agar tibbiy dastur real muammoni yechsa — u intellektual mulk hisoblanadi. 📁 AQShda ro‘yxatdan o‘tgan US20170286678A1 patenti tibbiy tasvirlarni tahlil qilib kasalliklarni aniqlashga yordam beruvchi dasturiy tizimni himoya qiladi. 📅 Bugun ko‘plab: - radiologiya AI dasturlari; - klinik qaror qabul qilish tizimlari; - telemeditsina platformalari patent bilan himoyalangan. 🪩Tibbiy dasturlar odatda DGU guvohnomasi bilan himoyalanadi. Bu — dastur muallifligini intellektual mulk agentligi tomonidan tasdiqlovchi rasmiy hujjat. ⁉️Agar siz yoki tanishingiz tibbiy dastur yaratgan bo‘lsa, kommentariyada yoki kanal orqali xabar qoldiring — qaysi turdagi himoya mos kelishi bo'yicha xabar beramiz.
💉Tibbiyotdagi oddiy qurilma qanday qilib millionlab daromad manbaiga aylandi? ©️Masalan, AQShda ro‘yxatdan o‘tgan US8556865B2 patenti dorini yuborish ruchkasi mexanizmini himoya qiladi. Bu turdagi patentlar insulin qurilmalarini ishlab chiqarishda asosiy texnologik baza hisoblanadi. 👤Patent — bu shunchaki hujjat emas. Bu ishlab chiqarish va sotuv ustidan huquq. 💸Ilmiy natija patent yoki mualliflik huquqi bilan mustahkamlanmasa, uni tijoratlashtirish qiyinlashadi. 🔄Keyingi postda: - Talaba va o‘qituvchi nomiga patent olish tartibi - Qaysi ishlar patentga mos keladi - Qaysi biri mualliflik huquqi bilan himoyalanadi Ilm — faqat himoya qilinganda haqiqiy qiymatga ega bo‘ladi.
🧪 “Bu oddiy kurs ishi edi…” 3-kurs talabasi laboratoriyada kichik muammoni sezdi. Qurilma mexanizmini biroz o‘zgartirdi. O‘qituvchi: — “Qiziq yechim ekan.” Shu yerda 2 yo‘l bor edi: - Ish topshiriladi — baho olinadi — unutiladi. - Ish rasmiylashtiriladi — patent olinadi. Farq oddiy: Biri kurs ishi. Biri intellektual mulk. Universitetdagi ko‘plab ishlanmalar: – yangi usul – qurilma modeli – diagnostika algoritmi – tibbiy ilova himoyalanishi mumkin. Himoyalangan g‘oya esa grant, startap va daromadga yo‘l ochadi. Keyingi postda real tibbiy patent misoli.
Har yili kasb bayrami munosabati bilan davlat tibbiyot muassasalarining barcha xodimlariga pul mukofoti beriladi, ularning ish haftasi besh kunlikka o‘tkaziladi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Oilaning barcha yoshdagi a’zolariga malakali tibbiy xizmat ko‘rsata oladigan oilaviy shifokorlik institutini rivojlantirishimiz zarur". Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Barcha tibbiyot muassasalarida rahbar va bosh shifokor lavozimlari bir-biridan ajratiladi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezidentimiz viloyat, tuman tibbiyot rahbarlari va bosh shifokorlar, poliklinika mudirlariga murojaat qildi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident: "Olti yuz mingdan ziyod jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasini e’tirof etib, har qancha rahmat aytsak, arziydi". Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyotchilar bayramini Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni sifatida nishonlashni taklif qildi. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025-йил ҳолатига кўра, бутун дунёда шифокорларнинг ўртача ойлик маоши мамлакатлар бўйича сезиларли фарқ қилади. Қуйида дунёнинг айрим давлатларидаги шифокорлар ойлик маоши ва Ўзбекистондаги ҳолатга оид маълумотлар келтирилган: 🌍 Бутун дунёда шифокорлар ойлик маоши • Швейтсария: Шифокорлар йилига ўртача $388,600 даромад олади, бу дунёдаги энг юқори кўрсаткичлардан биридир. • АҚШ: Шифокорларнинг ўртача йиллик маоши $316,000 атрофида. • Канада: Шифокорлар йилига ўртача $200,000 дан камроқ даромад олади. • Франсия, Италия, Испания, Полша: Бу мамлакатларда шифокорлар йилига $60,000 дан $100,000 гача даромад олади. • Нидерландия: Шифокорлар ўртача ойига €9,000 (тахминан $9,700) даромад олади. • Австралия: Ёш шифокорлар йилига $120,000–$150,000 даромад олади, тажрибали мутахассислар эса $300,000 дан $1 миллионгача даромадга эга бўлиши мумкин. 🇺🇿 Ўзбекистонда шифокорлар ойлик маоши • Ўртача ойлик маош: 2025-йилда Ўзбекистонда шифокорларнинг ўртача ойлик маоши тахминан 3,210,091 сўмни ташкил этади. Йиллик даромад эса 38,521,100 сўм атрофида. • Маош диапазони: Шифокорларнинг йиллик даромади 18,840,100 сўмдан 59,999,100 сўмгача ўзгаради, бу ойига 1,570,008 сўмдан 4,999,925 сўмгача дегани. • Соҳа бўйича фарқлар: Соғлиқни сақлаш соҳаси Ўзбекистонда энг паст маош олувчи соҳалардан бири ҳисобланади. 📝 @DOCTOR_AZIZOV – Фарзандингиз саломатлиги учун ишончли манба!
Nimaga brendlarda ® belgisi ishlatiladi? — Bilasizmi, ® belgisi roʻyxatdan oʻtgan tovar belgisining tipografik belgisi boʻlib, u birinchi marta 1946-yilda AQShning savdo belgisi toʻgʻrisidagi qonunida paydo boʻlgan. Belgi inglizcha “registered” soʻzidan olingan boʻlib, “roʻyxatdan oʻtgan” degan maʼnoni anglatadi. Yaʼni ushbu belgini ishlatayotgan brendlar intellektual mulk obyektlariga muhofaza hujjati beruvchi patent idoralaridan roʻyxatdan oʻtgan. — Ushbu belgini "R" harfi shaklida yoki "savdo belgisi" soʻzlari shaklida ham uchratish mumkin. 🧐 Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi. 📘"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi. ⏱ Buyurtma berish uchun: ❤@DGU_buyurtma 📞+998912047057 📞+998331237770 🔗Xabarni ulashing: @patentelmax
🔖Oʼzbekiston Respublikasining «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʼgʼrisida»gi qonuniga koʼra patentning amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda patent egasining iltimosnomasiga binoan Аgentlik tomonidan uzaytirilishi mumkin. ✅Bunda ixtiro patentining amal qilishini uzaytirish tartibi Аgentlik tomonidan belgilanadi. 💢Belgilangan miqdorda patent boji toʼlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmaganida iltimosnomani koʼrib chiqishga doir yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi. 👉Patentning amal qilishini uzaytirish bilan bogʼliq hujjatlar taqdim etilgandan soʼng Аgentlik tomonidan – 🔸sanoat namunasi patentining muddati besh yilga, 🔹foydali model patentining amal qilish muddati uch yilga, 🔺ixtiro patentining amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda besh yildan koʼp boʼlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. 👉🏻Telegram: @DGU_buyurtma 📞Tell: +998331237770 📞Tell: +998912047057 https://t.me/patentelmax
Боймурадов Ш.А. 1969 йилда туғилган, маълумоти олий, 1994 йилда биринчи Тошкент Давлат тиббиёт институти стоматология факультетини тамомлаган, 1995 йили иккинчи Тошкент Давлат тиббиёт институти 2 клиникаси юз-жағ жарроҳлик бўлимида юз-жағ жарроҳлиги мутахассислиги бўйича интернатурани ўтган. 1995 йилдан буён илмий педагогик фаолият билан шуғулланади. Инглиз ва рус тилларида эркин илмий музокараларга кириша оладиган иқтидорли шифокор Россия, Австрия давлатларида ўз касбий малакасини ошириб қайтган.
Бизни янги ректоримиз Шуҳрат Абдужалилович Боймурадов Тошкент давлат тиббиёт университети ректори лавозимига тайинланди.
Бизни янги ректоримиз Шуҳрат Абдужалилович Боймурадов Тошкент давлат тиббиёт университети ректори лавозимига тайинланди.
Илтимос абитурентлар ўтган йили баллар нечи бўлган бу йил нечи бўлади деган савол ёзмайлар личкага хар куни камида 3 та савол шу бўйича ман институтда ишламийман домла(ўқитувчи) эмасман Азиз онажонлар кегин бу Сампи клиникани канали эмас қон анализ неч пул бўлади кимга борайлик деган саволлар хам бу талабалар канали Тўғриси зерикдим бу гаплар ўйлаб топилмади асабни асрайлик 😁
без подписи
Ҳали олдимизда синовли кунлар кутаяпти😱 3 та штат қисқаради бази бир бўлимлар йўқ бўлиб бирлашиб кетади кафедралар хам ва номи хам ўзгарди кўп эхтимол билан кераксиз фанлар хам ишқилиб сарсонгарчилик бўлмасин бу чекадан бу чекага қатнайвериб; Хамма учун таьсир қилади бу, янги ном янги жой битирувчилар ординатура ва магистратурадагилар сизларга сабр; Маҳаллада хотинлар этишди бизни ректор бўларкан 😁(хазил).
➖ Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikalari etib qayta nomlanadi; ➖ Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallari Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib qayta nomlanadi. 👉 @xushnudbek 👈
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalari kanali | Канал студентов Ташкентского педиатрического медицинского института pinned «❗️Prezident qaroriga ko’ra: ➖ Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi; ➖ Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali…»