" Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti Talabalari "
СтатистикаAssalomu Alaykum......🤗 #Norasmiy_kanal #ToshPTI_hayoti... #Tanqidiy_fikrlar.. #Qoʻllanmalar... #Kitoblar... #Kerakli_maʼlumotlar... #Muommolar... #Hazillar.. #Yoqolgan_va_topib_olingan_buyumlar.. 🔜 Savol va takliflar....🤨 👇🏻 T.me/ToshPTIrobot
- Последний пост
- 4 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 40
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Здоровье (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 587
- 1/48двое суток
- 672
- 1/72трое суток
- 725
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
2026/2027-o‘quv yilida: - o‘qishga tiklanmoqchi bo‘lgan magistrlar; - akademik ta'til muddati yakunlanib, sentyabr oyidan o‘qishni davom ettirishi lozim bo‘lgan magistrlar 2026-yil 5-avgust (oxirgi kun)ga qadar transfer.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza topshirishlari shart. Aks holda, ularning o‘qishga tiklanish jarayoni amalga oshirilmaydi. Shuningdek, o‘qishga tiklanmoqchi bo‘lgan hamda akademik ta'til muddati tugagan klinik ordinatorlar ham 5-avgust kuni (oxirgi muddat) klinik ordinatura mas'ullariga ariza bilan murojaat qilishlari shart. ⚠️ Belgilangan muddatdan keyin arizalar qabul qilinmaydi hamda talabalarni HEMIS tizimiga kiritishning imkoni bo‘lmaydi....
❗️1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi.
#Klinik_Ordinatura.... Klinik Ordinatura hujjat topshirish va toʻlovni amalga oshirish.... 1. Ariza topshirish sayti : https://medtoifa.ssv.uz.... 2. Ariza topshirish Muddat: 2026-yil 20-avgust, soat 23:59 gacha.... 3. Kvotalar : https://t.me/Sampilegenda/595... 3. Turdosh yoʻnalishlar: https://t.me/Sampilegenda/596 4. Klinik Ordinatura qabul qarori 232 - son : https://t.me/Sampilegenda/597 5. Payme Ilovosi Orqali To’lov qilish : https://t.me/Sampilegenda/613.... 6. Arizalar soni va oʻtish ballari : https://medtoifa.ssv.uz/.... 7 . 2025 - yil mandat natijalari : http://tmbm.ssv.uz.. 8. Fanlar majmuasi 2026 : https://t.me/Sampilegenda/598... 9. Tasdiqlangan kitoblar va mavzular roʻyxati : http://tmbm.ssv.uz.... 10 . You tube koʻrish uchun : https://youtu.be/Ymh6tUKlAO0?si=Cu0KFnEehy7gM9ks P/S : Video olib bergan inson alohida minnatdorchilik bildirdirib qolamiz....😊
без подписи
❗️2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlandi ✅ Sog‘liqni saqlash vazirining 2026-yil 20-iyuldagi 232-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlanganligini ma’lum qilamiz. ➡️ Hujjatlarni qabul qilish 🗓 Muddat: 2026-yil 20-avgust, soat 23:59 gacha. 🖥 Hujjat topshirish: faqat elektron shaklda medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali. ‼️ Talabgor bir qabul mavsumida 1 ta ta’lim tashkiloti va 1 ta mutaxassislikni tanlashi mumkin. 📝 Kirish test sinovlari ▪️ Sana: 2026-yil 25–30-avgust. 🏢 Test sinovlari Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi. 📌 Qabul natijalari e’lon qilinib, qabul buyruqlari 2026-yil 10-sentyabrga qadar rasmiylashtiriladi. 📂 Elektron tarzda yuklanadigan hujjatlar: 🆔 shaxsni tasdiqlovchi hujjat; 👎oliy tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi; 📑 amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar. 🚑 SSV Matbuot xizmati.
Davlat grantini qayta taqsimlash = ....... ____ Bizga emas ekan , ariza topshirish tugashiga 1 kun qoldi haligacha topshirish imkoniyati yoʻq, muammolar yetarlicha...
Davlat grantini qayta taqsimlash uchun arizalar qabuli boshlandi... Davlat grantini qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etishni istagan talabalar my.hemis.uz tizimi orqali elektron ariza topshirishlari mumkin.... 📝 Ariza topshirish tartibi: ✅my.hemis.uz tizimiga kiring. ✅"Mening grantim" bo‘limiga o‘ting. ✅"Grant arizalari" menyusini tanlang. ✅"Ariza yaratish" tugmasini bosing. ✅O‘zingizga mos grant shaklini tanlang. ✅"Saqlash" tugmasini bosib arizangizni tasdiqlang. 📅 Arizalar qabul qilish muddati: 15.07.2026 — 20.07.2026 ‼️Muhim eslatma: Arizani yuborishdan oldin kiritilgan ma'lumotlarni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoniyati mavjud emas. ___ Qizigʻi grant ariza yuborish ochilganiga 2 kun boʻldi haligacha ijtimoiy faollik ballari tasdiqlanmadi , buni kimdir nazoratga oladimi....
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Kvota #Bakalavr #Kunduzgi #Qabul2026 Bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi. ✅ Jami: 155 852 ta. Shundan: ➖ o‘zbek tili – 130 843 ta; ➖ rus tili – 19 341 ta; ➖ qoraqalpoq tili – 4 888 ta; ➖ qozoq tili – 335 ta; ➖ tojik tili – 315 ta; ➖ qirg‘iz tili – 75 ta; ➖ turkman tili – 55 ta. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Murojaatda keltirilgan magistraturaga qabul jarayonida ingliz guruhida tahsil olgan talabalar uchun xorijiy til sertifikati talabi bekor qilinganligi yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 10 apreldagi Farmoniga muvofiq, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar taʼlimning keyingi bosqichiga (magistratura va doktorantura) hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikatni taqdim etishdan ozod etilishi belgilangan. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov 2026 yil 15 aprel kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida mazkur norma yuzasidan qoʻshimcha tushuntirish berib, hozirgi vaqtda xorijiy til sertifikati talabi faqat chet tili yoʻnalishida hamda taʼlim dasturi rasman xorijiy tilda amalga oshirilgan taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchilari uchun bekor qilinganini, boshqa taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha esa ushbu talab amalda saqlanib qolayotganini maʼlum qilgan. Shuningdek, ijodiy va sport yoʻnalishlari uchun ham mazkur talabni bekor qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqilayotgani, ammo bu borada amaldagi tartibga hozircha oʻzgartish kiritilmagani qayd etilgan. Yuqoridagilarga asoslanib, taʼlim tili rasman oʻzbek yoki rus tili boʻlgan, ammo oliy taʼlim muassasasining ichki tartibi asosida ingliz guruhida tahsil olgan talabalar mazkur imtiyoz doirasiga kirmaydi. Yaʼni, oʻquv mashgʻulotlarining ingliz tilida tashkil etilganligi oʻz-oʻzidan xorijiy tilni bilish toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikatni taqdim etish talabidan ozod etmaydi. Shu munosabat bilan, magistraturaga hujjat topshirishda amaldagi qabul talablariga qatʼiy rioya qilish, shu jumladan, belgilangan tartibda xorijiy tilni bilish toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etiladi. Aks holda, qabul talablari bajarilmaganligi sababli ariza belgilangan tartibda rad etilishi mumkin..... Osmonimiz zato musaffo .....😁
Ijara shartnomasi puli tushdi ....☺️
Nima uchun iyun oyiga ijara shartnomasi puli tushmagani sababini soʻrab qolamiz mutasaddilardan...🤨
#Qabul2026 #Magistratura Qabul boshlandi.... https://my.edu.uz
Shogirdlarimdan biri , oldingi safar oʻqishdan mahallamga qaytganimdan tibbiyot universitetiga kirish uchun 189 ball toʻplaganini aytgan edi , bu safar kelsam IELTS 7 olgani aytdi , bizchi...😂