Sardor Raximboyev
СтатистикаTa'limga oid yangiliklar, xabarlar va savol-javoblar. https://www.instagram.com/sardor.raximboyev Natijalar: @pedagoginfo_bot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 39
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 156
- 1/48двое суток
- 178
- 1/72трое суток
- 192
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Bugun ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak? Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda zamon talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori. Xo‘sh, bugun oliygoh va texnikumlar bitiruvchilari bu talablarga qay darajada javob beradi? 27-iyuldan boshlab Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi. Mazkur so‘rovnoma orqali ish beruvchilarning: ➖bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi; ➖amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari; ➖mehnat bozori talablariga mosligi haqidagi fikrlari o‘rganiladi. Hurmatli ish beruvchilar! So‘rovnomani o‘tkazish davomida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining intervyuyerlari (volontyorlari) Siz bilan telefon orqali bog‘lanishadi. Sizdan so‘rovnomada ishtirok etish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni ayamasligingizni so‘raymiz. Ertangi kadrlar sifati – bugun sizning fikringizdan boshlanadi! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
#Hafta_raqami Oʻzbekistondagi har 10 nafar talabaning 7 nafari ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishda tahsil oladi Oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingi tahlillariga koʻra, mamlakatdagi jami talabalarning 70,6 foizi yoki 1,1 milliondan ortigʻi ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishdagi taʼlim dasturlarida tahsil olmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishdagi taʼlim dasturlarini amalga oshirayotgan oliy taʼlim tashkilotlarida professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamasi ham eng yuqori. Iltimoiy-gumanitar toifaga kiruvchi oliygohlarda bir nafar professor-oʻqituvchiga oʻrtacha 44,3 nafar talaba toʻgʻri keladi. Bu respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan 14 nafarga koʻp. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
без подписи
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi huzurida nufuzli xalqaro ekspertlardan iborat Xalqaro boshqaruv kengashi tuzildi Kuni kecha Xalqaro boshqaruv kengashining ilk yig‘ilishini o‘tkazildi. Kengash Milliy agentlikning oliy xalqaro strategik maslahat organi bo‘lib, uning asosiy vazifasi O‘zbekistonda ta’lim sifatini ta’minlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Kengash tarkibiga ta’lim sifati, akkreditatsiya, oliy va kasbiy ta’lim, ta’lim siyosati hamda boshqaruvi yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan 15 nafar xalqaro ekspert va nufuzli tashkilotlar rahbarlari kiritilgan. Yig‘ilish davomida: ➖ta’lim sifatini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish; ➖xalqaro standart va ilg‘or amaliyotlarni joriy etish; ➖sifatni ta’minlash hamda akkreditatsiya tizimlarini rivojlantirish; ➖xalqaro hamkorlikni kengaytirish; ➖O‘zbekiston ta’lim tizimining xalqaro raqobatbardoshligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Kengash a’zolari Milliy agentlikning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Mazkur strategiya xalqaro standartlarni izchil joriy etish, institutsional salohiyatni mustahkamlash hamda O‘zbekiston ta’lim sifatini ta’minlash tizimining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Har uchinchi 9-sinf bitiruvchisi o‘qishni texnikumda davom ettirishni tanlamoqda Kasbiy ta’lim tashkilotlari milliy reytingi doirasida texnikumlarda qabul natijalari va yoshlarning kasb tanlash tendensiyalari tahlil qilindi. Bunga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilida texnikumlarga 249 ming nafardan ortiq yosh qabul qilingan. Shundan 161 ming nafardan ziyodi 9-sinf bitiruvchilari bo‘lib, ularning kasbiy ta’lim bilan qamrovi 32,2 foizga yetgan. Shu bilan birga, yoshlar orasida eng ommabop kasb va mutaxassisliklar quyidagilar: ➖ avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish – 20%; ➖ tikuvchilik – 7%; ➖ hamshiralik – 6%; ➖ traktorchi-mashinistlik – 5%; ➖ davolash ishi – 4%; ➖ kompyuter grafikasi va qayta ishlash ustasi – 4%; ➖ raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi – 3%. Shuningdek, 41 ming nafardan ziyod o‘quvchi dual ta’lim shakliga qabul qilingan. Bunda har 6 nafar o‘quvchidan biri o‘qish bilan birga amaliy tajriba ham orttirmoqda. Yana bir muhim jihat: kontrakt asosida qabul qilinganlarning qariyb 65 foizi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot bilim sohasiga to‘g‘ri kelmoqda. Kasbiy ta’lim tashkilotlari milliy reytingining mazkur indikatori bo‘yicha eng yuqori natija qayd etgan TOP-10 texnikum: 1. Shofirkon tuman 1-son texnikumi; 2. G'ijduvon tuman 2-son texnikumi; 3. Yangiyo'l tuman 3-son texnikumi; 4. Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi; 5. Qo'rg'ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi; 6. Pastdarg'om Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi; 7. Qo’qon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi; 8. Jondor tuman 2-son texnikumi; 9. Denov tuman1-son texnikumi; 10. Paxtaobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi. Ma’lumot uchun, milliy reytingda eng yuqori natija qayd etgan TOP-50 ta texnikum bazaviy hisoblash miqdorining 3 000 baravari, ya’ni 1 mlrd 320 mln so‘m miqdorida rag‘batlantiriladi. Batafsil tahlil bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. #MilliyReyting2026 #ReytingIndikatori #Bitiruvchi English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Oliy ta’lim tashkilotlari milliy reytingining muhim indikatorlaridan biri professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi shakllantirildi Natijalarga ko‘ra, davlat oliygohlarida bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 19,1 nafar talaba to‘g‘ri kelsa, xorijiy oliygohlar filiallarida bu ko‘rsatkich 32,9 nafarni, nodavlat oliygohlarda esa 55,3 nafarni tashkil etadi. Oliygohlar toifalari kesimida eng yaxshi nisbat ijod (sport) fanlari oliygohlarida qayd etilgan bo‘lib, ularda bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 8,4 nafar talaba to‘g‘ri keladi. Tibbiyot fanlari oliygohlarida ushbu ko‘rsatkich 13,6 nafarni, amaliy fanlar oliygohlarida 26,8 nafarni, ijtimoiy-gumanitar fanlari oliygohlarida esa 44,3 nafarni tashkil etadi. Ayrim oliygohlarda professor-o‘qituvchi va talabalar nisbati keskin yuqori ko‘rsatkichni, ba’zi hollarda 200 nafardan ham ortiqni tashkil etgan: ➖IT Park universiteti – 244 nafar; ➖Singapur menejmentni rivojlantirish instituti – 140,1 nafar; ➖International School of Finance and Technology – 133,8 nafar; ➖“Millat umidi” universiteti – 127,3 nafar talabani tashkil etadi. Nisbatning yuqori bo‘lishi talabalar bilan individual ishlash, amaliy mashg‘ulotlar va ilmiy faoliyat imkoniyatlarini cheklaydi. Mazkur indikator ko‘rsatkichlari va ular bo‘yicha batafsil tahlil bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. Ma'lumot o'rnida: bugungi kunda mamlakat oliygohlarida 1,6 milliondan ortiq talabaga 61 mingdan ziyod professor-o‘qituvchi dars bermoqda. #MilliyReyting2026 #ReytingIndikatori #TalabaProfessorNisbati English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
INTERHOUSE akademik litseyining 2 ta ta’lim dasturi davlat akkreditatsiyasidan o‘tdi "INTERNATIONAL HOUSE LYCEUM" akademik litseyining 2 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim dasturlari: ➖ Aniq fanlar (matematika, xorijiy til); ➖ Ijtimoiy-gumanitar fanlar (tarix, xorijiy til). Maxsus davlat akkreditatsiyasida ta’lim dasturining mazmuni, pedagogik salohiyat, o‘quv-metodik ta’minot, moddiy-texnik baza hamda ta’lim sifatini ta’minlash tizimi belgilangan mezonlar asosida baholandi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
Ta’lim sifati sizning fikringiz bilan yanada yaxshiroq bo'lishi mumkin Aziz talabalar! Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi yuksak salohiyatli, tashabbuskor hamda mas’uliyatli talabalarni haq to'lanadigan ekspert sifatida davlat akkreditatsiyasi jarayonlarida ishtirok etishga taklif qiladi. Agar siz ta’lim sifatini oshirishga befarq bo‘lmasangiz bu imkoniyatidan foydalaning. Nomzodlarga qo'yiladigan talablar: ➖bakalavriat yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan bo'lish; ➖ta'lim jarayonlari va talabalar manfaatlariga befarq bo'lmaslik; ➖tahliliy fikrlash, muloqot va jamoada ishlash ko'nikmalariga ega bo'lish. Talaba-ekspert sifatida ishtirok etish sizga talabalar manfaatlarini ifodalash bilan birga o'zingizdagi liderlik ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi. Ekspertlar tarkibiga kirish uchun: O'zingiz haqingizda motivatsion xat (200 ta so'zgacha) hamda “Ta’lim tizimida qanday o‘zgarishlar kiritish muhim deb hisoblaysiz?” degan savolga taklifingizni yozib, quyidagi elektron pochta manziliga yuborishingizni so'raymiz: experts@nqaae.uz Ta’lim sifatini ta’minlashga befarq bo'lmang! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
без подписи
без подписи
#Hafta_raqami 41 ta oliygoh kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilmoqda Shundan: ➖23 ta oliygohning arizalari rasmiylashtirish jarayonida; ➖10 ta oliygoh ichki baholash jarayonida; ➖8 ta oliygoh tashqi baholash, jumladan ekspert komissiyalari tomonidan o‘rganish bosqichida. Kompleks davlat akkreditatsiyasi — ta’lim tashkilotlarini tashqi baholash natijalariga asoslangan jarayon hisoblanadi. Amaldagi tartibga muvofiq, ta’lim tashkilotlari har 5 yilda kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook