O‘zbekiston standartlar instituti
Статистика@standartbilantaminlash
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 58
- Всего постов
- 102
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 220
- 1/48двое суток
- 252
- 1/72трое суток
- 271
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-yoshlari-xalqaro-standartlar-olimpiadasida-oltin-medalni-qolga-kiritdi_895118
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
#Oʻzbekiston_Respublikasi_Mustaqilligining_35_yilligiga_ Xalqaro standartlar olimpiadasi: O‘zbekiston yoshlari — oltin medal sohiblari! Joriy yilning 12–14-avgust kunlari Janubiy Koreya Respublikasining Seul shahrida 21-Xalqaro standartlar olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 20 dan ortiq mamlakatining eng iqtidorli yosh vakillari ishtirok etdi. Xalqaro standartlar olimpiadasi — bu ko‘p bosqichli, murakkab va yuqori intellektual tayyorgarlik talab qiladigan bellashuv bo‘lib, unda nafaqat bilim, balki tahliliy fikrlash, mantiqiy yechim topish, jamoaviy ishlash va vaqtni boshqarish ko‘nikmalari ham sinovdan o‘tkaziladi. Olimpiadaning maqsadi o‘quvchilarning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularga xalqaro tajriba almashish imkonini yaratishdan iborat. Shuningdek, u global talablarga mos keluvchi malakali mutaxassislarni tayyorlash va ushbu sohalarning jamiyatdagi ahamiyatini oshirishga qaratilgan. Mazkur olimpiadada mamlakatimiz yoshlari O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda O‘zbekiston standartlar instituti mas’ullari bilan birgalikda munosib ishtirok etdilar. Bu yilgi yirik xalqaro intellektual bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari yuqori natija ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdilar. G‘oliblarimiz bilan tanishing: 🏅 Baxronov Asadbek A’lam o‘g‘li — Buxoro shahridagi Prezident maktabi 🏅 Luqmonova Feruza Faxriddin qizi — Buxoro shahridagi Prezident maktabi 🏅 Jahonnaliev Saidakbar Davron o‘g‘li — Jizzax shahridagi Prezident maktabi Ma’lumot uchun, Xalqaro standartlar olimpiadasi butun dunyo bo‘ylab o‘rta maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Turnir 2014-yilda sinov tariqasida xalqaro miqyosda o‘tkazilgan bo‘lib, 2015-yildan boshlab rasman xalqaro olimpiada sifatida tan olingan. O‘zbekiston standartlar instituti matbuot xizmati 🌐 uzsti.uz|Facebook|Telegram|Instagram|Youtube
❗️Президент Шавкат Мирзиёев “Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси тўғрисида”ги Қонунни имзолади. Каналга қўшилиш 👈 Veb-sayt | Facebook | Instagram | Медиабанк
без подписи
без подписи
🏆 G‘ALABA!!! 🥇Janubiy Koreya Respublikasida bo’lib o’tgan XXI Xalqaro standartlar olimpiadasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan o‘quvchilarimiz oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston standartlar instituti matbuot xizmati 🌐 uzsti.uz|Facebook|Telegram|Instagram|Youtube
Шавкат Мирзиёевга тадбиркорлар билан очиқ мулоқотга тайёргарлик юзасидан ахборот берилди Олтинчи очиқ мулоқотга тайёргарлик кўриш мақсадида 15 майдан бошлаб 50 дан ортиқ вазирлик ва идора вакилларидан иборат республика штаби ташкил этилган. Штаб 24/7 режимда узлуксиз фаолият юритмоқда. Каналга қўшилиш 👈 Veb-sayt | Facebook | Instagram | Медиабанк
без подписи
без подписи
Eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy o‘rganishlar olib borilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-iyuldagi videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda eksport faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar faoliyati yaqindan o‘rganilmoqda. Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston standartlar institutining mas’ul rahbar xodimlaridan iborat ishchi guruh Xorazm viloyatidagi korxonalarda bo‘lib, ularning ishlab chiqarish jarayonlarini joyiga chiqqan holda chuqur tahlil qilmoqdalar. Korxonalarga uyushtirilgan tashriflar chog‘ida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning salohiyati, mahsulotlarning sifat hamda xavfsizlik ko‘rsatkichlari, xalqaro standartlar va texnik reglamentlar talablariga qat’iy rioya etilishi ko‘zdan kechirilmoqda. Shu bilan birga, eksport faoliyatini endigina boshlayotgan yoki hali tashqi bozorga chiqmagan korxonalarga xalqaro sertifikatlarni joriy etish, mahsulot tannarxi va raqobatbardoshligini oshirish hamda yangi xorijiy bozorlarni zabt etish bo‘yicha zarur amaliy tavsiyalar berilmoqda. Hududlarda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan bu kabi o‘rganish va targ‘ibot ishlari belgilangan jadval asosida izchil davom ettirilmoqda. O‘zbekiston standartlar instituti matbuot xizmati 🌐 uzsti.uz|Facebook|Telegram|Instagram|Youtube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#XXI Xalqaro standartlar olimpiadasi_ Janubiy Koreya Respublikasida bo’lib o’tayotgan XXI Xalqaro standartlar olimpiadasi tantanali tanishuv va ochilish marosimidan lavhalar. O‘zbekiston standartlar instituti matbuot xizmati 🌐 uzsti.uz|Facebook|Telegram|Instagram|Youtube
без подписи
без подписи