🇺🇿O‘zbekiston milliy metrologiya instituti |Rasmiy kanali
Статистика"O‘zbekiston milliy metrologiya instituti" davlat muassasasining telegram kanali Veb-sayt: http://nim.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/nim.uzb Instagram: Youtube: Korrupsiyaga qarshi bot: @UzNIM_korrupsiya_bot
- Последний пост
- 07:40
- Последнее чтение
- 08:14
- Постов за неделю
- 86
- Всего постов
- 233
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 230
- 1/48двое суток
- 263
- 1/72трое суток
- 284
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari hududda sanoat, ta’lim, transport, turizm va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar hamda yaratilgan infratuzilma bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan. Tashrif doirasida ertaga, 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Хорезмскую область. Глава нашего государства ознакомится с новыми проектами и созданной инфраструктурой в сферах промышленности, образования, транспорта, туризма и других. Планируется также введение в строй и запуск строительства ряда новых проектов. В рамках поездки завтра, 18 августа состоится очередной открытый диалог с предпринимателями. Facebook|Instagram|X
🟦🟦🟩🟩 📣Yakunlangan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim xabarlar ✅O‘zbekiston tarixida ilk bor Xalqaro elektrotexnika komissiyasi rahbari mamlakatimizga tashrif buyurdi ✅O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti va Xitoyning POWERCHINA korxonasi vakillari o‘rtasida o‘lchash vositalarini sertifikatlashtirish masalalari muhokama qilindi ✅Ilm-fan va amaliyot uyg‘unligi: hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi ✅“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Andijon viloyatida yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. ✅СOOMET TK 1.5 “Uzunlik va burchak” texnik qo‘mitasining 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi ✅Tadbirkorlar muammolari o'rganilmoqda Namangan Qo'qon Navoiy Qashqadaryo Farg'ona ✅Jahon banki grant loyihasi doirasida standartlashtirish sohasida trening-seminar o‘tkazildi ✅WILLFAR INFORMATION TECHNOLOGY CO., LTD kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi ✅O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xalqaro solishtirishda ishtirok etmoqda ✅“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi Andijon filialida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 😃O'zMMI Axborot xizmati 🕸nim.uz📱Facebook📱Instagram 📱Youtube🖥LinkedIn
«Soxta axborotlarga qarshi immunitet» — bugungi kunning muhim talabi ✅ Bugungi tezkor axborot makonida rost va yolg‘on ma’lumotni ajratish, tekshirilmagan xabarlar ta’siriga tushmaslik hamda axborotni tanqidiy baholash muhim ahamiyat kasb etmoqda. ✅ Shu maqsadda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarining Andijon viloyatidagi filiallari xodimlari ishtirokida «Jaholatga qarshi ma’rifat» loyihasi doirasida «Soxta axborotlarga qarshi immunitet» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. ✅ Tadbirga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi a’zosi, «Gumbaz» jome masjidi imom-xatibi Botirjon Tojiboyev taklif etildi. Uchrashuv davomida soxta axborotning inson tafakkuri va jamiyatga ta’siri, tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatishning salbiy oqibatlari hamda axborotga mas’uliyat bilan yondashish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda Agentlik direktorining maslahatchisi N. Mamadaliyeva so‘zga chiqib, soxta axborotga qarshi eng kuchli himoya — bilim, tanqidiy fikrlash va axborotni tekshirish madaniyati ekanini ta’kidladi. ✅ Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Jaholatga qarshi — ma’rifat. Soxta axborotga qarshi — bilim va tafakkur! 🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎 Instagram | 😎 YouTube
#ochiq_muloqot Xalqaro sertifikat — Farg‘ona mahsulotlariga yangi bozorlar eshigini ochadi Bugun viloyat hokimligida tadbirkorlar va eksportyorlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov, tegishli viloyat tashkilotlar rahbarlari, tuman va shahar hokimlarining mas’ul o‘rinbosarlari, tadbirkorlar hamda eksportyorlar ishtirok etdi. Muloqotda Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan katta e’tibor, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash borasidagi amaliy ishlar alohida qayd etildi. 🕸nim.uz📱Facebook📱Instagram 📱Youtube🖥LinkedIn
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xalqaro solishtirishda ishtirok etmoqda “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasining Akustika, ultratovush va tebranish laboratoriyasi tebranish yo‘nalishi bo‘yicha EURAMET.AUV.V-K5.1 xalqaro asosiy solishtirishida ishtirok etmoqda. Ayni paytda Institutda solishtirish artefaktlari yordamida zarur o‘lchash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur xalqaro solishtirishda O‘zbekistonning ishtiroki Institut mutaxassislarining EURAMET “Akustika, ultratovush va tebranish” texnik qo‘mitasi doirasidagi xalqaro hamkorligi natijasida ta’minlanmoqda. Xalqaro solishtirishlarda faol ishtirok etish — milliy o‘lchashlar tizimining xalqaro darajadagi ishonchliligi va tan olinishini ta’minlashning muhim omilidir. #UzNIM #Metrology #EURAMET #International_Comparison #Vibration_Metrology #Acoustics 😃O'zMMI Axborot xizmati 🕸nim.uz 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube 🖥LinkedIn
без подписи
без подписи
G‘ALABA!!! 🥇Janubiy Koreya Respublikasida bo’lib o’tgan XXI Xalqaro standartlar olimpiadasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan o‘quvchilarimiz oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston standartlar instituti matbuot xizmati 🌐 uzsti.uz|Facebook|Telegram|Instagram|Youtube
без подписи
без подписи
без подписи
#20_avgust_Tadbirkorlar_kuni #Qashqadaryo_filiali Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Samatovning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida tadbirkorlik subyektlari ishtirokida “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi Qashqadaryo filiali bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi. Tadbirda tadbirkorlik subyektlariga texnik jihatdan tartibga solish sohasida yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar, amaldagi tartib-taomillar hamda sohadagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, uchrashuv davomida tadbirkorlarning faoliyatida uchrayotgan muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Murojaatlarning ayrimlari bo‘yicha joyida amaliy tushuntirish va yechimlar taqdim etildi. Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda faoliyatini samarali tashkil etishga amaliy ko‘mak ko‘rsatishda muhim аҳamiyat kasb etmoqda. Hamkorlik, ochiqlik va amaliy ko‘mak — tadbirkorlik rivojining muhim omilidir. 😃O'zMMI Axborot xizmati 🕸nim.uz 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube 🖥LinkedIn
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
без подписи
без подписи
без подписи