Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
СтатистикаFacebook: https://www.facebook.com/Surxondaryo-viloyati-davlat-soliq-boshqarmasi-348610182428392/ Telefon: (76) 228-03-38
- Последний пост
- 06:20
- Последнее чтение
- 08:49
- Постов за неделю
- 33
- Всего постов
- 33
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 15 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 156
- 1/48двое суток
- 178
- 1/72трое суток
- 192
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2026-yil 17-avgust iyul oyi uchun: - hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni 👉Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi 👉Soliq kodeksining407-moddasi 4- va 5-qismlari - aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni 👉Soliq kodeksining 470-moddasi 3- va 4-qismi ___________ #календарь_налогоплательщика 🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 17 августа 2026 года последний день за июль: - представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного налога на доходы физических лиц, а также представления отчетности и уплаты социального налога 👉ч.1 ст.389 Налогового кодекса 👉ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса - представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода 👉ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
📸 KUN FOTOSI Mahallada soliqchi — fuqaroga yaqin ko‘makchi. Soliq xodimlari mahallalarda fuqarolar bilan bevosita muloqot qilib, soliq qonunchiligidagi imtiyoz va imkoniyatlarni tushuntirmoqda. Xususan, nafaqadagi fuqarolarga 60 kvadrat metrgacha bo‘lgan mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz va undan foydalanish tartibi haqida ma’lumot berilmoqda. Bu — nazoratdan ko‘ra ko‘proq tushuntirish, ko‘mak va servisga yo‘naltirilgan yondashuv. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mahallabay Joriy yildan boshlab mamlakatimizda "Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla" nominatsiyasi joriy etildi. 👉 PQ-364 28.11.2025-yil. Ushbu qarorga ko‘ra, g‘olib deb topilgan mahallalar munosib e’tirof etilib, 2 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy rag‘batlantiriladi. Ayni paytda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi “To‘la” va “Zarbdor” mahallalari aholisi ham mazkur yuksak e'tirof va mukofot uchun astoydil harakat qilmoqda. Belgilangan 5 ta muhim mezondan biri, aholining mol-mulk va yer soliqlarini o‘z vaqtida to‘lashi bo‘yicha ushbu mahallalarda yuqori ijobiy natijaga erishildi. ✔️2026-yil uchun mazkur mahallalarda soliq to‘lamagan birorta ham xonadon qolmadi: mahalla fuqarolari joriy yil uchun hisoblangan soliqlarni muddatidan avval to‘liq ado etib, yuksak fuqarolik mas’uliyatini namoyon etdilar. Ayni vaqtda bu mahallalarda qolgan mezonlar bo‘yicha ham tizimli ishlar qizg‘in davom ettirilmoqda. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar 2026-yil 1-iyuldan boshlab: ✔️ bozorlar va savdo komplekslari, shuningdek, savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi korxonalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning soliq maʼmuriyatchiligi, soliq hisobini yuritish va nazorati tegishincha tumanlar (shaharlar) soliq inspeksiyalarida amalga oshirish; (bundan yirik soliq toʻlovchilar mustasno. 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha soliq toʻlovchilar) ✔️ yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlariga ularning ixtiyoriga koʻra dastlabki 6 oy davomida soliq va moliyaviy hisobotlarni yuborish xizmati «Soliq-servis» AJ tomonidan bepul amalga oshirish; ✔️ tuman fermerlari kengashlari huzuridagi Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari amaldagi moliyalashtirish tartibi va moddiy-texnika bazasini saqlab qolgan holda «Soliq-servis» AJ tasarrufiga oʻtkazish belgilangan. 👉 PF-95-son 19.05.2026-y. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ijtimoiy_soliq #YTT ❗️17-avgust – YTT tomonidan iyul oyi uchun ijtimoiy soliq to‘lashning oxirgi kuni Ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi: 🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) – oyiga 1 BHM (412 000 so‘m); 🔹YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 1 BHM (412 000 so'm); 🔹oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan): ▫️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – 1 BHM (412 000 so‘m); ▫️oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) – oyiga ½ BHM (206 000 so‘m). Ijtimoiy soliq to'lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: ▪️har oyda to'laydiganlar 15-sanadan kechiktirmay; ▪️yilda 1 marta to'laydiganlar 31-dekabrgacha. 👉 Soliq kodeksi 408-modda 2026-yil 1-sentabrdan 1 BHM = 440 000 so'm ____________ #социальный_налог #индивидуальный_предприниматель ❗️17 августа - последний день уплаты индивидуальными предпринимателями социального налога за июль Соцналог уплачивают: 🔹индивидуальные предприниматели - 1 БРВ в месяц (412 000 сумов); 🔹за наемных работников индивидуальных предпринимателей — 1 БРВ в год (412 000 сумов); 🔹семейные предприниматели без образования юрлица: ▫️член семьи, зарегистрированный в качестве индивидуального предпринимателя, — 1 БРВ в месяц (412 000 сумов); ▫️другие члены семьи (за исключением не достигших 18 лет) — ½ БРВ в месяц (206 000 сумов). Уплата соцналога производится в следующие сроки: ▪️теми, кто уплачивает ежемесячно, - не позднее 15 числа; ▪️теми, кто уплачивает раз в год, - до 31 декабря. 👉ст.408 НК ❗️С 1 сентября 2026 года 1 БРВ = 440 000 сумов. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi “Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida soliq tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim strategik maqsadlar ko‘zlangan. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Soliq_oliy_maktabi #Malaka_oshirish SOLIQ OLIY MAKTABIDA ILK MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI 📌 Soliq oliy maktabida soliq organlari xodimlari uchun tashkil etilgan ilk malaka oshirish kurslari yakunlandi. Dastlabki o‘quv dasturi tuman va shahar soliq inspeksiyalarining yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish sho‘balari xodimlari uchun “Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish” yo‘nalishida tashkil etildi. 📚 Ikki hafta davom etgan kurslarda tinglovchilar soliq ma’muriyatchiligi, soliq turlari, axborot tizimlari va raqamli xizmatlar, kasb etikasi, muomala madaniyati hamda korrupsiyaning oldini olish yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar. Mashg‘ulotlarning amaliy qismi keys usuli asosida olib borilib, ishtirokchilar real holatlar misolida soliq bazasini aniqlash, elektron hujjatlar bilan ishlash, QQS, foyda va boshqa soliqlar ma’murchiligiga oid amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar. 🟢 Darslar Soliq oliy maktabi professor-o‘qituvchilari, Soliq qo‘mitasi markaziy apparati hamda Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazining tajribali mutaxassislari tomonidan olib borildi. 🏆 Kurs yakunida tinglovchilar yakuniy nazorat sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdilar. Yuqori natija qayd etgan, mashg‘ulotlarda faol qatnashgan va amaliy topshiriqlarni bajarishda tashabbuskorlik ko‘rsatgan tinglovchilar alohida e’tirof etildi. ✔️ Soliq qo‘mitasi Raisi maslahatchisi, Soliq oliy maktabi rektori Yigitali Narziyev tinglovchilar bilan suhbat o‘tkazib, kurslarni muvaffaqiyatli yakunlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni topshirdi. Tadbir davomida xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirib borish, zamonaviy soliq ma’murchiligi tamoyillarini amaliy faoliyatga samarali tatbiq etish muhimligi ta’kidlandi. 🎓 Mazkur kurslar soliq organlari xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirish va uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
#дайджест ⏳ SOLIQ VAQTI 👉Теперь электронный чек можно просматривать в упрощенном формате 👉Инструкции по AI Soliq: ▫️AI Korxona ▫️AI EHF ▫️AI Reyting ▫️AI Avtokameral ▫️AI Imtiyoz ▫️AI Hisobot ▫️AI Keshbek 👉Ставки НДФЛ для нерезидентов 👉Налоговые льготы в сфере сельского хозяйства 👉В каком случае при реализации сельхозпродукции применяется ставка НДС 0%? 👉Возможность для предпринимателей сократить расходы на бухгалтерию 👉Открытые диалоги с предпринимателями: 📍Хива 📍Юкоричирчикский район 📍Кизирикский район 👉В Каракалпакстане и Хорезмской области за фискальные чеки разыграли автомобили Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#dayjest ⏳ SOLIQ VAQTI 👉 Elektron cheklarni endi soddalashtirilgan shaklda koʻrish mumkin 👉 AI SOLIQ boʻyicha yoʻriqnomalar: ▫️ AI Korxona ▫️ AI EHF ▫️ AI Reyting ▫️ AI Avtokameral ▫️ AI Imtiyoz ▫️ AI Hisobot ▫️ AI Keshbek 👉 Norezident shaxslar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari 👉 Qishloq xoʻjaligi sohasidagi soliq imtiyozlari 👉 Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishda QQSning 0 foizli stavkasi qaysi hollarda qoʻllaniladi? 👉 Tadbirkorlar uchun buxgalteriya xarajatlarini qisqartirish imkoniyati 👉 Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar: 📍 Xiva shahri 📍 Yuqori Chirchiq tumani 📍 Qiziriq tumani 👉Mahallada obodlik va mehr-saxovat 👉 Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida fiskal cheklar bo‘yicha yutuqli oʻyinda bosh sovrin – avtomobillar oʻynaldi Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Sport Sport – birdamlik va jamoaviy hamjihatlik garovi! Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan soliq organlari xodimlari o‘rtasida mini-futbol, ayol xodimalar oʻrtasida padel hamda stol tennisi sporti boʻyicha Respublika birinchiligi va “Rais kubogi” musobaqalari oʻtkazildi. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
#sunʻiy_intellekt AI Yechimlar - yanada qulay va samarali soliq xizmatlarini ko‘rsatishga qaratilgan zamonaviy sun’iy intellekt yechimlari, ularning vazifalari va ishlash tartibi bilan tanishish mumkin 👉AI Korxona 👉AI EHF 👉AI Reyting 👉AI Avtokameral 👉AI Imtiyoz 👉AI Hisobot 👉AI Keshbek Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
#soliq_oliy_maktabi DIQQAT, E'LON! YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. 👉Soliq oliy maktabi Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_hisoboti 17-avgust – iyul oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni 📃Hisobotni to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanmalar: 👉Yuridik shaxslar uchun 👉Yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun 👉Soliq agentlari uchun _________ #налоговая_отчетность 17 августа - последний день представления отчетности по налогу с оборота за июль 📃Видеоинструкции по заполнению отчетности: 👉для юридических лиц 👉для индивидуальных предпринимателей и самозанятых лиц 👉для налоговых агентов Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
FUQARO VA TADBIRKOR MUROJAATI — DOIM E’TIBORDA Fuqarolarning dardu tashvishini eshitish, ularni qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topish davlat idoralari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Shu bois, Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning dardu tashvishlari, tadbirkorning esa faoliyati bilan bog‘liq muhim masalalar yotadi. Murojaatlar og‘zaki, yozma va elektron shakllarda qabul qilinib, qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqilmoqda. Fuqarolar va tadbirkorlarning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida hududlarda sayyor qabullar va ochiq muloqotlar ham tashkil etilmoqda. 2026-yilning 7 oyi davomida viloyat soliq boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 5 ming 220 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 1 ming 333 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan, 3 ming 788 tasi qanoatlantirilgan, 99 ta murojaat esa hozirda o‘rganilmoqda. Kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi soliq masalalariga taalluqli. Jumladan, 702 tasi soliq to‘lovlariga oid tushuntirishlar berish, 459 tasi soliq imtiyozlaridan foydalanish, 4 ming 59 tasi esa soliq qarzdorligi, ortiqcha to‘lovlarni qaytarish va turli ma’lumotlarni taqdim etish bilan bog‘liq. Qayd etish joizki, murojaatlarni o‘z vaqtida, xolisona va qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash bilan birga, ularning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini ham mustahkamlashga xizmat qilmoqda. ✅Telegram ✅facebook 📹youtube 🌐instagram
ISHONCHDAN TARAQQIYOT SARI: 35 YILLIK TARIX VA YANGI O‘ZBEKISTON RUHI Soliq qo‘mitasida tashkil etilgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham ana shunday yuksak g‘oya — ishonchdan islohotga, islohotdan taraqqiyotga bo‘lgan uzviy va mazmunli yo‘lni tarannum etuvchi videorolik namoyishi bilan boshlandi. Videolavha zamirida 35 yillik tarixning o‘ziga xos falsafasi — o‘zgarishlarga bo‘lgan ishonch, yangilanishga intilish, islohotlarning inson qadri va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi kabi ezgu maqsadlar mujassam bo‘ldi. Zero, islohot — faqat raqamlar, qarorlar yoki yangi mexanizmlar majmui emas. Islohot, avvalo, inson tafakkuridagi o‘zgarishdir. Insonning ertangi kunga ishonchi ortgan sari jamiyatda yangilanishga, yuksalishga va bunyodkorlikka bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Ana shu ishonch esa taraqqiyotning eng mustahkam poydevoriga aylanadi. Tadbirning eng mazmunli, samimiy va qalblarda iliq taassurot qoldirgan qismi O‘zbekiston xalq artistlari Saida Rametova va Ra’no Yarasheva, shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Avazbek Olimov ishtirokidagi samimiy muloqot hamda dilga yaqin kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi. San’atkorlar bilan kechgan mazmunli suhbat davomida hayot tajribasi, san’atning inson ma’naviyatini yuksaltirishdagi beqiyos o‘rni, milliy qadriyatlar, Vatanga muhabbat va avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy rishtalarning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Ushbu samimiy muloqot tadbirga o‘zgacha ruh, fayz va mazmun bag‘ishladi. Zero, san’at — zamonlar o‘rtasidagi eng nozik va mustahkam ko‘prikdir. U inson qalbiga yo‘l topib, kechagi kunning ruhini bugungi avlodga, bugunning ezgu orzu-intilishlarini esa kelajak avlodlarga yetkazadi. Tadbir yakunida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi videorolikni tayyorlash jarayonida faol ishtirok etib, tashabbuskorlik va ijodiy mahorat namunasini ko‘rsatgan 8 nafar ijodiy jamoa a’zosiga Soliq qo‘mitasi Raisining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
без подписи
без подписи
без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish yuzasidan sud tizimi rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda “Odil sudlov – 2030” strategiyasi ko‘rib chiqildi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с руководителями судебной системы, посвященную результатам судебно-правовых реформ и приоритетным задачам в этой сфере. На ней была рассмотрена Стратегия «Правосудие – 2030». #Mirziyoyev #uchrashuv #sud #strategiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#НДС Если предприятие общепита перейдёт на упрощенный порядок НДС, cможет ли оно вернуть 40% уплаченного НДС? Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads