O'zMU XFF | TA'LIM OLING !!!
СтатистикаPerfluence O'zbekiston Milliy Universiteti hamda Xorijiy filologiya fakultetiga oid yangiliklar !!!
- Последний пост
- 27 авг. 2025 г.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 15 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
❓ Yangi o'quv yili qayerda qachon boshlanadi? ◾️ Umumta'lim maktablarida yangi – 2025/2026-o‘quv yili dars jarayonlari joriy yilning 2-sentabridan (seshanba kuni) boshlanadi. 🔸akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan; 🔹oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi. @UZMU_XFF
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi 📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 18-19-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. ✅ Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib: 1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. ⏳ Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi. 👨🏻💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin. ❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim. @UZMU_XFF
✅ Ikkinchi mutaxassislikka qabul davom etmoqda. Bungacha 15 ming 271 ta ariza kelib tushgan. Qabul 10-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi; @UZMU_XFF
Davlat granti kvotasi ulushining chegarasi (foizgacha) 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti (ilova). #Qabul2025 #Grant_chegarasi @UZMU_XFF
‼️Magistraturaga qanday hujjatlar talab qilinadi? ◾️ Magistraturaga qabul uchun: ✅ bakalavr diplomi; ✅ diplom ilova nusxa; ✅ chet tili sertifikati; ✅ imtiyozi bo'lsa, uning nusxasi. ➡ Magistratura kvotasi ❗ Eslatma: magistratura qabuli 30-iyulda tugaydi. @UZMU_XFF
#Qabul2025 #magistratura_kunduzgi ⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi 2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti. JAMI: 20 210 ta. Davlat granti: 9 922 ta; shundan, o‘zbek tili – 8 725 ta, rus tili – 1 197 ta, Kontrakt: 10 288 ta; shundan, o‘zbek tili – 8 538 ta, rus tili – 1 750 ta. @UZMU_XFF
❓ "Perevod" uchun qabul boshlandimi? ◾️ Bugundan, 15-iyuldan bir OTMdan boshqasiga o'qishni ko'chirish uchun qabul boshlanishi kerak edi. Lekin hozircha vazirlik qabul haqida rasmiy ma'lumot bermadi. Katta ehtimol bilan bu qabul ham magistraturanikiga o'xshab kechiksa kerak. Sababi hali vazirlik saytida mos yo'nalishlar tasdiqlanmagani ko'rinib turibdi. Eslatma: qabul boshlansa, transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga, my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga ko'chirish uchun mos platformalar hisoblanadi. @UZMU_XFF
Тест синови ўтказиладиган бинолар рўйхати тасдиқланди Билим ва малакаларни баҳолаш агентлигининг расмий сайтига 2025/2026 ўқув йилида олий ва профессионал таълим муассасаларига ўқишга кириш тест синови ўтказиладиган бинолар бўйича маълумотлар жойлаштирилди. Ҳавола: https://uzbmb.uz/page/test_2025 Унда қуйидаги маълумотлар акс этган: ⁃ тест синови ўтказиладиган ҳудуднинг расми; ⁃ ҳудудга кириш жойлари; ⁃ тест синови ўтказиладиган жой номи; ⁃ тест синови ўтказиладиган жой манзили; ⁃ бино рақами; ⁃ тест синови ўтказиладиган гуруҳлар; ⁃ жойларнинг Google харитадаги жойлашуви (геолокацияси). Абитуриентлар 12 июль куни соат 12:00 дан 15:00 гача барча абитуриентлар рухсатномаларида кўрсатилган манзилдаги, ўзлари тест синовида иштирок этадиган биносига келишлари ва тест синови ўтказиладиган жойлар билан танишиб кетишлари мумкин.
⚡️⚡️Magistraturaga qabul boshlandi Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi. 2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin. 📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma 👉Sertifikatlar ro‘yxati
❓ Xususiy universitetda o‘qiganlar magistraturaga davlat OTMiga topshira oladimi? Xususiy universitet bitiruvchilari ham davlat OTMlariga magistraturaga hujjat topshirishi mumkin. Bunda ular o‘zlari tugatgan yo‘nalishga mos va turdosh bo‘lgan yo‘nalishlardan birini tanlaydi. Turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatida bo‘lmagan yo‘nalishni tugatganlar esa faqat o‘zi tugatgan yo‘nalishga hujjat topshirishi mumkin. ➡️ Eslatma: hali bu yil uchun turdosh yo'nalishlar tasdiqlanmadi. @UZMU_XFF
Магистратурага ҳужжат топшириш бошланди 2025/2026-ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига ҳужжат топшириш 1 июлдан 30 июлгача (шу куни ҳам) my.edu.uz платформаси орқали амалга оширилади. Талаб этиладиган ҳужжатлар: 1. Бакалавр дипломи 2. Чет тилини билиш сертификати @UZMU_XFF
💲Эндиликда банклар топ-300 талик олийгоҳга кирган ёшларга 20 минг долларгача имтиёзли таълим кредити беради – Президент @UZMU_XFF
Yangi qo'shilganlar uchun: 1) Logistika qanday sohasi : LINK 2) USA shtat nomlari va qisqartmalari : LINK 3) Dispatch Department : LINK 4) Update Department : LINK 5) Safety Department : LINK 6) Fleet Department : LINK 7) Recruiting Department : LINK 8) ELD Department : LINK 9) Ish vaqtlari : LINK 10) AMAZON : LINK 11) DAT (ko'cha yuklari) : LINK 12) Amerika Logistikasi: Asosiy Jarayon Qanday Ishlaydi? : LINK 13) To'g'ri CV yuborish : LINK 14) Eng ko'p ishlatilinadigan terminlar : LINK 15) Semi Truck and Trailers turslari : LINK @AJ_logistics
⚡️1-iyulda magistraturaga qabul boshlanishi kerak ◾️ Qonunchilikka ko'ra, OTMlarning magistraturasiga qabul 1-iyuldan 30-iyulgacha bo'lib o'tadi. Quyidagi platfroma orqali hujjat topshirish mumkin: magistr.edu.uz Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin. ❗️Eslatma: hozircha vazirlik bu yilgi qabul qachondan boshlanishi haqida rasmiy xabar bermadi. @UZMU_XFF
ОТМларга ҳужжат топшириш бошланди Абитуриентлар my.uzbmb.uz сайти орқали 5 июндан 25 июнгача онлайн рўйхатдан ўтишлари мумкин. Бакалавриатга қабул икки босқичда — “аввал тест, сўнг танлов” тамойилида амалга оширилади. Имтиҳонлар июл-август ойларида ўтказилади. Абитуриентлар тестда тўплаган бали асосида дастлаб бакалавриат учун, сўнг коллеж ёки техникумга ўқишга кириш учун танловда иштирок этиши мумкин. @UZMU_XFF
AMERIKA LOGISTIKASINI BEPUL O‘RGANING! 🚚📦 Assalomu alaykum! Sizlar uchun ajoyib imkoniyat! 💡 Endilikda logistika asoslarini mutlaqo BEPUL o‘rganishingiz mumkin! Biz sizga bu sohaga kirish, qanday ishlashini tushunish va amaliy bilimlarni oson va tushunarli tarzda o‘rgatamiz. 📌 Nimalarni o‘rgatamiz? Logistika nima va qanday ishlaydi? Truck va trailer nima? Yuk tashish jarayonlari qanday amalga oshiriladi? Amerika logistika tizimi haqida asosiy tushunchalar Boshlang‘ich darajadagi real tajribaga asoslangan maslahatlar 🎯 Kimlar qatnasha oladi? – 18 yoshdan kattalar – Logistikaga qiziqqan va Speaking darajajasi at least B2 bo'lganlar 📌 Darslar maxsus Telegram kanal va alohida guruhlar orqali olib boriladi. Join : @AJ_logistics
Magistratura va doktoranturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining ro‘yxati. Bunda qaysi mutaxassislikka C1, B2 va B1 daraja talab etilishi belgilangan. @UZMU_XFF
⚡️O‘zbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun, juma kuni nishonlanadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazining ma’lum qilishicha, Zulhijja oyining birinchi kuni bugun — 28-may, chorshanbaga to‘g‘ri keldi. Hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi. Shunga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun, juma kuni nishonlanadi. @UZMU_XFF
Hammaga salom! Orelarda Amerika Logistikaga qiziquvchilar va shu sohada o'qib ishlamoqchi bo'lgan ammo nimadan boshlashni bilmaydigan bormi? O'zim shu sohada anchadan beri ishlab kelaman va sizlarga ham o'rgatishni xohladim Agarda kimda kim shu sohaga qiziqsa…
⚡️ 2025-yil 1-iyuldan talabalik guvohnomasini olib yurish shart emas ◾️ Shu sanadan boshlab guvohnamaoning elektron variantidan foydalanish mumkin va qog'oz nusxa talab etilmaydi. @UZMU_XFF