XosDars
СтатистикаMarhamat, tolibi ilm va oxirat g'amidagilar uchun foydali ilm. Manbani ko‘rsatib oling!
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 11
- Всего постов
- 191
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 125
- 1/48двое суток
- 143
- 1/72трое суток
- 154
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#dolzarb "Aniq-muhaqqaq - fazilat mavhum martabadan afzal" ekani Oriflardan biri aytadi: "Agar menga hovlining darvozasi oldida shahodat, xonamning eshigini oldida tavhidda o‘lish taklif qilinsa, xonamning eshigi oldida tavhidda o‘lishni ixtiyor qilar edim. Chunki men darvozaga etgunimga qadar qalbimga uni tavhiddan buruvchi qanday o‘zgarishlar kelishini bilmayman "(Ihyou-ulumuddin) Saboq:⤵️ "Muhaqqaq fazilat mavhum darojatdan avlo" Ya’ni, "kelajakda buyuk ishlar qilaman" deb mavhum-dargumon martabani xayol qilishni o‘rniga, hozirgi muhaqqaq holatdagi odatiy mavjud fazilatni ushlab qolish afzalroq. Biz Allohni ibodatida bardavom yakkalab oʻtishga buyurilganmiz. Ba’zida kishi hissiyotga berilib, orzu-havaslar qiladi. (Orzu-havas deganda odamlar qatori uy-joyli bo‘lish, uvali-juvali bo‘lish kabi dunyoviy orzu havaslar emas balki, din yo‘lidagi va ummat rivoji uchun hissa qo‘shish kabi orzu-havaslar maqsad qilingan). Aslida rizqi boʻlsa, bular albatta keladi. Hayol surishga hojat yoʻq, balki biz ne'matlarni eslab, qay tarzda shukr qilishni gʻam qilaylik! Lekin, o‘sha orzularidagi darajotga etgan kimni ko‘rsam, muhaqqaq fazilatlarini boy berish evaziga etganini ko‘rdim.. Ayniqsa bugungi istilohda aytganda o‘zini "Motivator" deb nomlab olgan shaxslarni eshitish, kino filmlar ko‘rish ortidan kishi o‘zini dunyoni o‘zgartirib yuboruvchi deb o‘ylay boshlaydi. Natijada "kelajak darajotlari" xayoli og‘ushida "xozirning fazilatlari"ni boy beradi. Agar unga "g‘alaba nash'asi" va "mansab obrusi" kabi "dorilar" qo‘shilsa, kishini tamom bo‘ldi deyaver! (Alloh rahim qilganlar bundan mustasno) Shuning uchun ham sahobalar Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyin qolib, ko‘plab xizmatlar qilishgan bo‘lishsa-da Rosululloh davrida o‘tib ketgan sahobalarga havas qilishgan. Chunki u davrda ular muhaqqaq fazilatga ega edilar. Keyingi darajotlar esa mavhum edi. Abu Dardo roziyallohu anhu Salmonga aytadilar: "Siz Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobaridan ekaningiz sizni aldab qo‘ymasin. Chunki biz u zotdan keyin ko‘p yashab qo‘ydik. U zotdan keyin nimalar qilganimizni Alloh biladi" (Abu Nuaym rivoyati) Shu bois Yusuf alayhissalom ota-onalari, aka-ukalari bilan jamlanib "orzudagi darajot" ga etganlarida, "muhaqqaq fazilat" (tavhidda o‘lish) ni Allohdan so‘raganlar. Alloh taolo aytadi: "So‘ng Yusuf Rоbbigа duо qilib dedi: “Ey Rоbbim, mengа Misr mulkini аtо etding, tush tа’birini vа bоshqа ilmlаrni bildirding. Ey yeru оsmоnlаrni yaratgаn, ulаrni yo‘qdаn bоr qilgаn Zоt, mening dunyoyu охirаtdаgi bаrchа аhvоlimni O‘zing bоshqаruvchisаn. Meni musulmоn hоlimdа vаfоt ettirgin, ulug‘ pаyg‘аmbаrlаr vа tаnlаngаn bаndаlаring bo‘lmish sоlihlаr qаtоrigа qo‘shgin”. 📖(Yusuf.101) Xulosa: Faqat koʻnglimiz tusagan va odatlanib qolgan amallarimiz bilan kifoyalanmasdan ilm olib, Payg'ambarlar merosxo'rlaridan boʻlaylik. Oʻtmishdagi halokatga uchragan qavmlar sifatini oʻzimizda koʻrsatmaylik! @XosDars ulashing
#dolzarb ULAMOLAR XUSHU' VOJIB YOKI SUNNAT⁉️ EKANIDA TORTISHISHDI Shayx Ibn Usaymin rahimahulloh aytadilar: "Toʻgrirogʻi, u ta'kidlangan sunnat ekani; chunki haqiqatdan ham u namozning ruhi. Shubhasiz, qalb unda hozir boʻlmagan NAMOZ - magʻzi yoʻq yongʻoq poʻchogʻidan boshqa narsa emas. Xushu' kamayishiga qarab, oʻqilgan namozning savobi noqis boʻladi. Ibn Taymiyya rahimahulloh "Qovaid an Nuroniyya"da - NAMOZDA XUSHU' VOJIB deb, koʻp dalillar keltiradilar. Ammo ularni ranjitadigan dalillar bor. "Shayton Odam bolasi namozga turganda uning oldiga kelib: "Falon narsani esla, Falonchi narsani esla", deydi. Hatto u necha rakat namoz oʻqiganini ham bilmay qoladi." [Buxoriy va Muslim rivoyati] Biroq bu bilan: "Agar kishini vasvasalar toʻliq qamrab olsa, uning namozi botil boʻladi", deyishimizga monelik qiladi. Chunki Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam: "Kim shunday qilsa, namozini qayta oʻqisin", demaganlar. Vaholanki, U zot qurbonlik soʻyish haqida gapirganlarida, qurbonlik faqat hayit namozidan keyin boʻlishini aytib: "Kim undan oldin soʻysa, uning oʻrniga boshqasini soʻysin" dedilar. [Buxoriy va Muslim rivoyati] Shuning uchun ham, inson namozda xushuʻga hamda qalb hozirligiga haris boʻlishi lozim❗️ Chunki agar namozda uning qalbi hozir boʻlsa, namozidan ulkan foyda oladi va namozni tugatgach, uning ta'siri juda chuqur boʻladi. Lekin agar kishi namozga kirishdan oldin ham unga gʻofil boʻlib kirsa va xayoliga hech narsa kelmagan boʻlsa, u holda kirgan zahotiyoq unga vasvasa eshiklari ochiladi. Oqibatda u namozdan qalbi zarracha ta'sirlanmay chiqadi va har doim shu holatda qolaveradi. ✔️Ammo agar u oʻz nafsini muolaja qilib kurashsa, har safar vasvasa kelganda uni qaytarishga harakat qilsa, soʻng namozda aytayotgan va qilayotgan amallarining ma'nosini anglashga intilsa hamda nafsini bunga bir necha bor oʻrgatsa — gohida namozning yarmini anglar, gohida kamroq, gohida esa koʻproq anglaydigan boʻladi. Nafsini shunga odatlantirsa, bu unga osonlashadi. 🚫 Lekin agar kishi shunday davom etib, bundan gʻofil boʻlib yursa, u holda bunday namozdan faqatgina zimmasidagi farz (boʻynidan) soqit boʻladi, boshqa koʻp ajrini koʻrmaydi. 📝 Xulosa: Namozdagi xushuʻ juda ta'kidlangan sunnatdir. Kimning namozida vasvasa koʻproq gʻolib kelsa, u ulkan xatar ostidadir." [Bulugʻul Marom sharhi] @XosDars tarqating
#namozda_xushú Abu Dardo raziyallohu anhudan: Rasululloh ﷺ dedilar: "Bu ummatdan ko'tariladigan birinchi narsa — xushu' dir. Hatto unda birorta xushu' qiluvchini ko'rмаysan." [📘Sahihul Jome - Isnodi hasan] Moʻmin(a) namozda turib, dunyo va ahlidan umidlarini uzadilari, soʻng hokisor va sakinatda boʻladi. @xosdars ulashing
«Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamning hukmlari tenglikda dinni asli va kamoli jihatidan eʼtibor qilishlaridir. Muslima kofirga berilmaydi, afifa fojirga berilmaydi. Qurʼon va Sunnat tenglikda bundan boshqa narsani eʼtiborga olmadi. U muslimani iflos zinokorga nikohlanishini harom qildi. Nasabni (arab yoki ajamlikni), hunarni, boylikni, hurriyatni tenglikda eʼtiborga olmadi. Agar qul afif musulmon boʻlsa, Islom unga ozod, nasabli, moldor ayolga uylanishga ruxsat berdi. Qurayshlik boʻlmaganlarga qurayshlik ayollarga uylanishga, hoshimiy boʻlmaganlarga hoshimiyya ayollarga uylanishga, faqirlar uchun badavlat ayollarga uylanishga ruxsat berdi (Zodul Maod: 5/160). @XosDars ulashing
видео или голосовое, без подписи
#dolzarb NIKOHDAGI KAFOAT (TENGLIK) Bu kelishmovchilik va janjal ildizidan biri. Ammo istixora qilasiz. Alloh koʻngilingizga solsa, ma'siyat boʻlmagan oʻrinda ma'ruf-yaxshilik ustida yashayverasiz, vallohu a'lam. Kafoat yoki kufʼlik lugʻatda tenglik, barobarlik maʼnosini bildiradi. Bu yerdagi kafoatdan murod — er-xotinning besh narsada teng, bir xil boʻlishidir: 1) Dinda. Fojir va fosiq kimsa afifa ayolga teng boʻlmaydi. Chunki uning guvohligi va qilgan rivoyati oʻtmaydi, bu esa insoniyligidagi nuqsonidir. 2) Nasabda. Ajamiy (yaʼni, arab boʻlmagan kishi) arabiyaga kufʼ boʻlmaydi. 3) Ozodlikda. Qul va qisman ozod boʻlgan qul ozod ayolga kufʼ boʻlmaydi, chunki qullik tufayli nuqsonlidir. 4) Kasb-hunarda. Hajjom (qon oluvchi), toʻquvchi kabi past kasb egasi tojir kabi yuqori kasb egasining qiziga kufʼ emas. 5) Erkak Vojib mahr va nafaqa miqdorida molga ega boʻlish. Qashshoq odam badavlat ayolga kufʼ boʻlmaydi. Chunki uning qashshoqligi tufayli nafaqa bermasligida u ayolga zarar bordir. Agar er-xotindan biri ushbu beshta ishdan birida bir-biridan farqli boʻlsa, kafoat boʻlmagan boʻladi. Lekin, bu nikohning sahihligiga taʼsir qilmaydi. Chunki nikoh sahih boʻlishi uchun kafoat shart emas. Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam Fotima bint Qays roziyallohu anhoni Usoma ibn Zayd roziyallohu anhuga nikohlanishga buyurganlar, u zotning buyruqlari bilan u Usomaga nikohlangan. Biroq, kafoat nikohning lozim boʻlishi uchun shartdir. Ayol yoki uning valiysi agar rozi boʻlmasa, nikohni buzishga haqli boʻladilar. Chunki bir kishi oʻzining past darajasini shu bilan koʻtarib olish uchun qizini birodarining oʻgʻliga berganida Nabiy sollallohu alayhi va sallam ixtiyorni qizga berganlar. Shayxulislom Ibn Taymiya rahimahulloh aytadi: «Imom Ahmad aytgan gapning taqozosiga koʻra, kishining kufʼ emasligi maʼlum boʻlsa, ular oʻrtasi ajratib yuboriladi. Valiy ayol kishini kufʼ boʻlmaganga uzatishi mumkin emas. Erkak kishi ham oʻziga kufʼ boʻlmaganga uylanmaydi. Kafoat ayolning mahriga oʻxshagan moliyaviy ishlardan emaski, ayol va uning valiylari istasalar talab qilib, istasalar tark qilsalar. Kafoat eʼtibor qilinishi loyiq boʻlgan ishdir». [Mulaxxos Fiqhiyya(2)/198-bet] Davomi bor. @XosDars ulashing
#dolzarb YOSHLARGA ESLATMA Alloh taologa qaytmoqchi boʻlganlar uchun yoʻl xaritasi (Allohni yaxshi koʻrib, U zotdan qoʻrqqan banda - barcha sinovlarga tayyor boʻladi. Chunki Alloh u bilan gunohiga kafforat va darajasi koʻtarishini biladi) ❝Mana shu yashayotgan dunyomiz-da qiyinchiliksiz yashayotgan biror inson boʻlmasa kerak. Hamma ham oʻz muammolaridan qutulguncha unga koʻnikib yashashga harakat qilmoqda. Yaʼni, biz Allohga qullik qilish uchun qiynalganimizdek, dunyoni, pul-dirhamni, kiyim-kechak va texnologiyalarni qullari ham xuddi bizdek qiynalishmoqda. Ammo oʻrtada birgina farq bor: ❝Agar qiynalayotgan boʻlsangiz, ular ham sizlardek qiynalishmoqda. Ammo sizlar, ular umid uzgan (Allohning rizosi, savob va jannat) narsalarni Allohdan umid qilmoqdasiz. Alloh (har narsani biluvchi) Aliym, (hukm va hikmat sohibi) Hakimdir❞ Niso-104. 🔸Demak bemalol ayta olamizki: biz chekayotgan qiyinchiliklar - maqtovga loyiq, sharafli qiyinchiliklardir. Qiyomat kunida ajr, dunyoda esa iymon lazzati oʻlaroq bizlarga foyda beradi. Yoshlik qiyin davrdir... Ustiga ustak uni Alloh uchun sarflash yanada mashaqqatli. Nega deb soʻrasangiz, shunday izohlash mumkin: nafsning istaklari bor. Ayniqsa yoshlarda bu judayam kuchli boʻladi. Bir yondan Allohning istak/buyruqlari bor. Bu ikkisi qachon qaramang, bir biriga zid keladi. Bundan tashqari Alloh yoʻliga chiqishni sevgan kishiga va yosh boʻlishiga qaramasdan boʻyniga masʼuliyat yuklangan kishiga juda qattiq "qiyinchilik" koʻrishadi. Bu qiyinchilikni yengib oʻtishni esa ikki yoʻli bor: Biri sabrli boʻlish, ikkinchisi esa metin iroda va azm-qarorli boʻlishdir. Yaʼni nafs istaklariga sabr qilish, Allohning "istaklari"ni bajarishda esa irodali boʻlish bu yoʻldagi mashaqqatlarni osonlashtiradi. Endi esa bosqichma bosqich sabr va iroda haqida gaplashamiz: Keling, sabrning taʼrifi va uni nima ekani haqida gaplashib vaqtni choʻzmaylik. Siz ham, men ham sabrni nima ekanini juda yaxshi bilamiz. Undan koʻra keling sabr borasida biz uchun foydali boʻlgan ikki nuqtaga diqqatimizni qarataylik. 💡Bulardan birinchisi sabrni qoʻlga kiritish yoʻli, ikkinchisi esa uni muhofaza qilish, ziyoda qilish va toʻgʻri qoʻllashdir. Sabrni qoʻlga kiritishning yoʻli > sabrli boʻlish uchun kurashish, nafsni bu goʻzal va Allohga qullikning har soniyasida ehtiyoj seziladigan xislatlar bilan tarbiya qilishdir. Allohning Rasuli ﷺ dedilar: «Kimki soʻrashdan tiyilib, iffatli boʻlsa, Alloh uning iffatini ziyoda qiladi. Kim koʻzi toʻq boʻlishni xohlasa, Alloh uni boshqalarga muhtoj boʻlishdan qutqaradi. Kim sabr qilishda gʻayratli boʻlsa, Alloh unga sabr beradi. Hech kimga sabrdan koʻra xayrliroq va buyuk bir lutf yoʻqdir!» [Buxoriy-1469, Muslim-1053.] Sabrni qoʻlga kiritishning boshi - sabrli boʻlish uchun qattiq harakat qilmoqdir. Nafsning istaklari qiynaganda "Yoʻq! Men Robbimning rizosi uchun sabr qilaman" degan holda nafsning ham sohibi boʻlgan Allohga hol tili bilan duo qila olishdir, madad soʻray olishdir. Bu yoʻlda sabrli boʻlishga qattiq tirishib harakat qilish insonda sabr axloqini shakllanishini/takomillashishini/rivojlanishini taʼminlaydi. Har bir hodisa, qizigan temirga toʻkilgan suvdek sabrni mustahkamlaydi. Siz sabrli boʻlish uchun harakat qilaverar ekansiz, sabr sizning bir parchangizga aylanib boraveradi. 🔻Undan soʻng, sabrni muhofaza qilish va ziyoda qilish lozim. Chunki shayton insonga berilgan eng xayrli ozuqani sabr ekanini juda yaxshi biladi. Shu sabab bizni sabr bilan boʻlgan aloqamizni uzish uchun shoshmashoshar jizzakilik yoʻliga tortmoqchi boʻladi. Agar u bunday qilmasa sabrdan notoʻgʻri foydalanishimiz uchun harakat qiladi yoki uni ziyoda boʻlishiga toʻsqinlik qilmoqchi boʻladi. 📚«Gençlerle Hasbihal» Xulosa chiqarib yaqinlarga ulashing ━━━۩ ❀ ❅ ❀ ۩━━━ @XOSDARS sahifasi
видео или голосовое, без подписи
#fikr_yuriting 63 #dolzarb Qur’on va hadisda qalbni buzadigan — ya’ni iymon, ixlos va ruhiy poklikka zarar beradigan — ko‘plab qalb kasalliklari zikr qilingan. Ular bitta joyda “shuncha” deb sanalmagan, lekin ulamolar oyat va hadislarni jamlab, tuzishgan. Masalan, Ig'osat al‑Lahfan muallifi Ibn Qayyim al‑Javziyya va Ihya Ulum ad‑Din muallifi Abu Hamid al‑G'azzoliy qalb illatlarini keng sharhlagan. Ulardan: 1. Kufr, shirk — haq (din)ni inkor qilish 2. Nifoq — ikkiyuzlamachilik 3. Riyo — amallarni "odamlar koʻrsin" deb qilish 4. Kibr — o‘zini katta sanash 5. Ujub — o‘zidan mag‘rurlanish 6. Hasad — boshqaning ne’matini ko‘rolmaslik, birovning muvaffaqiyatidan ranjish, noshukr doimiy norozilik. 7. G‘azabni boshqara olmaslik 8. Gina-kudrat saqlash 9. Bug‘d — yomon ko‘rib naflatlanish 10. Dunyo muhabbatiga haddan ortiq berilish 11. Hirs — ochko‘zlik 12. Baxillik 13. Tam'a — odamlar qo‘lidagiga umid bogʻlash 14. Shahvat ishtaha ochar narsaga qul bo‘lish 15. G‘aflat — Allohni unutish 16. Bagʻritosh qalb qattiqligi 17. Shubha — haqqa gumon 18. Yolg‘onchilik 19. G‘iybat 20. Tuhmat-bo‘hton 21. Kibr bilan bahslashish 22. Xiyonat 23. Va’daga xilof qilish 24. O‘zini oqlab, boshqani ayblash 25. Umidsizlik (Alloh rahmatidan noumid bo‘lish) 26. Haddan ortiq xotirjamlik (azobdan beparvolik) 27. Manmanlik 28. Zulmga moyillik 29. Yomon gumon 30. Bekor behuda gapga berilish 31. Amal qilishda sustlashlik 32. Tavbani kechiktirish 33. Nasihatni yoqtirmaslik 34. Haqni bilib turib rad etish 35. Niyatning buzilishi 36. Shuhratparastlik — mashhur bo‘lishni sevish, xoh ijtimoiy tarmoqlarda 37. Maqtovga o‘chlik 38. Tanqidni ko‘tara olmaslik 39. Boshqalardan ustun ko‘rinishga intilish 40. (Faqirdagi) Yashirin kibr 41. Amal bilan faxrlanish 42. Odamlarni mensimaslik 43. Haqni og‘ir ko‘rish 44. Nasihatdan qochish 45. Boshqalarning aybini qidirish 46. Dilni qoralovchi ortiqcha kulgi 47. Dindagi musibatga beparvolik 48. Vaqtni qadrlamaslik 49. Amalni faqat natija uchun qilish 50. Qalbda dushmanlikni saqlash 51. Ruhiy dangasalik, yaxshilikni kechiktirish @XosDars
#fikr_yuriting 61 #tàsirli BIROR NARSANI UNUTMADIKMI⁉️ Yoʻlga chiqqan ahli karvon sahroda adashib qoldi. Bir necha kunga yetadigan suvlarigina qoldi(Bu Islomda Namoz va Roʻza kabi amallargina bor ekanini bilish). Boshqa chora topa olmay, bir qarorga kelishdi;…
#manfaatli Allohni yaxshi koʻrishimizni har kuni izhor qilyapmizmi?! Onlayn boʻlsa ham Qur'on va shar'iy darslarga qatnashish fazli Muslim rivoyat qilgan Abu Hurayra roziyallohu anhudan Nabiy ﷺ aytdilar: 《Alloh taboraka va taoloning sayyor (aylanib yuruvchi), fazilatli farishtalari bor. Ular zikr majlislarini qidirib yuradilar. Qachonki zikr qilinayotgan bir majlisni topsalar, ular bilan birga oʻtiradilar. Bir-birlarini qanotlari bilan oʻrab oladilar, hatto ular bilan osmonning eng past qatlami orasi toʻlib ketadi. Qachonki ular tarqalsalar, farishtalar osmonga koʻtarilib chiqadilar. Shunda Alloh azza va jalla — holbuki U ularni yaxshi biluvchidir — soʻraydi: — Qayerdan keldingiz? Ular aytadilar: — Yerdagi bandalaring oldidan keldik. Ular Seni tasbeh aytadilar, takbir aytadilar, tahlil (la ilaha illalloh) aytadilar, hamd aytadilar va Sendan soʻraydilar. Alloh aytadi: — Ular Mendan nimani soʻrayaptilar? Farishtalar aytadilar: — Sendan jannatingni soʻraydilar. Alloh aytadi: — Ular jannatimni koʻrganlarmi? Farishtalar: — Yoʻq, ey Robbimiz, — deydilar. Alloh aytadi: — Agar uni koʻrsalar nima boʻlardi?! Farishtalar aytadilar: — Ular Sendan panoh tilaydilar. Alloh aytadi: — Nimadan panoh tilaydilar? Ular: — Sening doʻzaxingdan, ey Robbimiz, — deydilar. Alloh aytadi: — Ular doʻzaximni koʻrganlarmi? Ular: Yoʻq, — deydilar. Alloh aytadi: — Agar uni koʻrsalar nima boʻlardi?! Farishtalar aytadilar: — Ular Sendan magʻfirat soʻraydilar. Shunda Alloh aytadi: Men ularni magʻfirat qildim, soʻraganlarini berdim va panoh soʻragan narsalaridan asradim. Farishtalar aytadilar: — Ey Robbimiz! Ular orasida falonchi bir banda bor, u gunohkor. U faqat oʻtib ketayotib, ular bilan oʻtirib qoldi. Alloh aytadi: Uni ham magʻfirat qildim. Ular shunday qavmki, ular bilan oʻtirgan kishi baxtsiz boʻlmaydi». @Xosdars Xulosa chiqarib ulashing
видео или голосовое, без подписи
#fikr_yuriting 61 #tàsirli BIROR NARSANI UNUTMADIKMI⁉️ Yoʻlga chiqqan ahli karvon sahroda adashib qoldi. Bir necha kunga yetadigan suvlarigina qoldi(Bu Islomda Namoz va Roʻza kabi amallargina bor ekanini bilish). Boshqa chora topa olmay, bir qarorga kelishdi; "Oramizdan bir kishiga yarim ozuqamizni beraylik, soʻng u ortga qaytib, xalqni yordamga chaqirib kelsin". U kishi qiynalib shaharga boradida, NIMA UCHUN KELGANINI UNUTADI. #Xulosa: Alloh taolo bizga koʻp ne'matlarni nima sababdan berganini, va bu bilan qanday imtihonlanayotganimizni, soʻng oqibatda bizna zaif mazlumlarning soʻrovidan qattiqroq soʻrov kutayotnini unutmadikmi⁉️ @XOSDARS Xulosa chiqarib ulashing
#fikr_yuriting 59 ZILZILA ALLOHNING OYATIDIR Qori(ya)lar aytsin, bu soʻz Qur'onda necha marta kelgan⁉️ Ba‘zi tebranish(zilzila)lar bor odamni uxlatadi, ba‘zi tebranishlar bor odamni gʻaflat uyqusidan uyg‘otadi. "Ey оdаmlаr, Аllоhning buyruqlаrigа bo‘ysunib…
видео или голосовое, без подписи
#dolzarb #manfaatli XALOYIQQA OID OʻZGARMAS QOIDALAR ➖Bir vazifani sidqidildan bajargan odam boshqa jabhalardagi vazifasiga ham sidqidildan yondashadi. ➖Bir ishni oxiriga yetkazmaydigan odam hech qaysi ishni oxiriga yetkazmaydi. ➖Tashqi sabablarni bahona qiladigan kishi mas'uliyatdan qochib, uni boshqaga yuklamoqchi bo'ladi. ➖Cho'zilib gapiradigan odam cho'zilib ish qiladi. ➖Shoshib yuradigan odam qarorlari ham shoshqaloq bo'ladi. ➖Soʻrovi aniqmas kishi nima xohlashini o'zi ham bilmaydi. ➖Bitta suhbatda tinglashni bilgan, boshqa o'rinlarda ham yaxshi tinglovchi, o'rganuvchi bo'ladi. ➖Kunini tartiblagan odam boshqa ishlarini ham tartibli qiladi. Uzoq muddatli targʻibot-tashviqot ishlaridan soʻng, ushbu illatlarni koʻplar egalladi. Bu kabu o'zimizdagi kuzatib, islohga kirishaylik. @XosDars ulashing
видео или голосовое, без подписи
#fikr_yuriting 58 SHARIATDAGI RASHK VA KIBR 1-qism Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu rivoyat qiladi: Rasululloh ﷺ dedilar: "Rashkning shunday turi borki, uni Alloh azza va jalla yaxshi ko‘radi. Shuningdek, g‘ayurlikning shunday turi ham borki, uni Alloh…