Abituriyent EDU
Статистика@Abituriyent_edu - Taʼlim haqidagi eng tezkor ma'lumotlar! Biz abituriyentlarga qanday yangilik muhim ekanini bilamiz va aynan shularni sizga ulashamiz. Reklama bo'yicha: @edu_targetbot Bizdan uzoqlashmang!
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 42
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 138
- 1/48двое суток
- 1 304
- 1/72трое суток
- 1 406
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Hozir abituriyentlarda shunaqa holat!
2025-yilda yakuniy mandat natijalari 13-avgust 23:59 da e'lon qilingan edi. Qoida bo'yicha mandat 15-avgustgacha e'lon qilinishi shart. ✅@Abituriyent_edu - Ta'lim xabarlari kanali
⚡️ O‘zbekistonda IELTS natijalari yaxshilanmoqda O‘zbekistonlik yoshlar IELTS imtihonidan yuqori natijalar ko‘rsatmoqda. 8.5-9.0 ball olganlar soni 2020-yildan beri 23,7 barobar oshdi. Batafsil ma’lumot maqolada. O‘zbekistonlik yoshlar orasida IELTS imtihonidan yuqori ball oluvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. 2024-yil natijalariga ko‘ra: ✅8.5 va 9.0 ballga ega bo‘lganlar soni 2020-yildagi 14 kishidan 332 kishiga yetdi. ✅Bu 2021-yilga nisbatan 23,7 barobar o‘sish degani. 2024-yil uchun umumiy ko‘rsatkichlar: ✅52 706 nafar o‘zbekistonlik yosh IELTS imtihonini topshirgan ✅Eng ko‘p ball olganlar soni 6.0 va 6.5 ball oralig‘ida ✅7.5 va undan yuqori ball olganlarning soni sezilarli darajada oshgan Bu o‘sish ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish va xalqaro ta’lim standartlariga moslashish jarayonining jadallashayotganini ko‘rsatadi. ✅@Abituriyent_edu - Ta'lim xabarlari kanali
📚 O‘qish mavsumi yaqin! Smartfoningizni yangilashning ayni vaqti. 1-avgustdan 15-sentyabrgacha HONOR “Foydali xaridlar mavsumi” aksiyasini o’tkazmoqda. Aksiyada ishtirok etayotgan HONOR smartfonlaridan birini xarid qilsangiz, yoqimli sovg‘aga ega bo‘lasiz — aqlli soat, simsiz quloqchin, ryukzak va boshqa aksessuarlar (tanlangan modelga qarab). Batafsil
#Qabul2026 #Grant #Nodavlat Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun 1 452 ta davlat granti tasdiqlandi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga 1 452 ta davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Eslatib o‘tamiz, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari iyun–sentyabr oylari davomida bo‘lib o‘tadi. Qabul to‘liq yakunlangach, muayyan xorijiy va nodavlat OTTga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun davlat granti ajratilgan ta’lim sohalari bo‘yicha tanlovda qatnashish imkoniyati yaratiladi. 📝 Tanlov tartibi: 🔹 To‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar grant o‘rinlari uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tadilar (PQ–4319-son qaroriga muvofiq belgilangan miqdorda to‘lov undiriladi); 🔹 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun alohida test sinovlari tashkil etiladi; 🔹 Test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballar ketma-ketligi bo‘yicha shakllantirilgan ro‘yxat tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi. Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida qatnashib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga ham to‘plagan ballari asosida mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ushbu grant tanlovida ishtirok etish huquqi beriladi. ℹ️ Test sinovlarini o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tishning aniq muddatlari qabul jarayonlari to‘liq yakunlangach qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi. ✅@Abituriyent_edu - Ta'lim xabarlari kanali
⚡️Oliygohda grant olishning tasdiqlangan tartibi 1) Oldingi imtihonlar natijasiga ko'ra stipendiyaga tavsiya etilgan bo'lish 2) Agar imtihonlarda ishtirok etmagan bo'lsangiz — oxirgi imkoniyatdan foydalanib, 31-iyulda o'tadigan yakuniy imtihonda uni qo'lga kiritish 3) 980 ming so'm miqdoridagi bron summasini to'lash 4) Grantni olish uchun 7-avgustdagi imtihonga kelish ✅ Zamonaviy universitetda stipendiya olib grant asosida o'qing! ❗️Davlat imtihonlarida 120 ball to'plagan abituriyentlar grant imtihonida to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etishlari mumkin. Grant o'rinlari cheklangan! Hoziroq ro'yxatdan o'ting!
❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? #abituriyent ✅ 3 yildan buyon testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo‘ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi. Xo‘sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? 1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin. 2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib. 3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi. ☝️Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. ❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-23-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Mandat o’tgan yili 13-avgustda chiqqan edi, joriy yilda ham shu atrofda chiqsa kerak. Oliygohlarning mandati chiqib bo‘lgach, o‘qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi. ✅@Abituriyent_edu - Ta'lim xabarlari kanali
#Tarqating 🔥 Videoni tarqating: Ko'rishingiz shart Agar oilada bitta bola o'qishga kirsa - bu qolgan qarindoshlarining ham hayotini butunlay o'zgartirib yuboradi. Ota-onasi-yu kelajak avlodlarini ham. Agar sizga yoqqan bo‘lsa, videoni barcha imtihonga kiradigan abituriyentlar tanishlaringizga yuboring. Ushbu videoni barcha ko‘rishi lozim. Barcha abituriyentlarimizni o'qishga kirib ketishlarini Allohdan so'rab qolamiz. ✅@Abituriyent_edu - Ta'lim xabarlari kanali
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #natija_2026 IKKINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI 📆 2026-yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. 📝 Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot ✅@Abituriyent_edu - Ta'lim xabarlari kanali
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ❔ SAVOL: Matematika va ba’zi fanlarda kerakli formulalar beriladimi? ✅ Ushbu savolga Bilimni baholash agentligining Test sinovlarini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Jamshidbek Odilov javob berildi: 💡 JAVOB: Joriy yilgi OTMlarga kirish test sinovlarida ham abituriyentlarga fanlar majmuasidan kelib chiqqan holda quyidagi jadvallarni berish rejalashtirilmoqda: 🔹 kimyo fanidan kimyoviy elementlar davriy jadvali; 🔹 fizika fanidan doimiy fizik kattaliklar va shartli belgilashlar jadvali; 🔹 kimyo, fizika va matematika fanlaridan asosiy formulalar jadvali. ✅@Abituriyent_edu - Ta'lim xabarlari kanali
14-15-iyul kuni testda tushgan savollarni ishlab koʻring❗️ Imtihondan avval necha ball olishingizni hoziroq bilib oling! 🇺🇿 Respublika miqyosida, 15-16-iyul, Vatan universiteti homiyligida Edu-talim.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL onlayn BLOK testga start berildi! 🏆Pul yutugʻi: 1.000.000 so'm! 🎓 Yo'nalish tanlang: 👉 Huquq + Ingliz tili 👉 Ingliz tili + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Matematika + Ona tili 👉 Matematika + Fizika 👉 Ona tili + Tarix 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Ingliz tili 👉 Tarix + Ona tili 👉 Biologiya + Ona tili 👉 Biologiya + Kimyo 👉 Kimyo + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH; 🏛 Vatan universiteti — 12 ta bakalavriat, 3 ta magistratura, 200 ta grant, Janubiy Koreya bilan qo‘shma dastur va 30+ xalqaro hamkor universitetlar; 👨🏻💻 Testga ro'yxatdan o'tish: 👉 Ro'yxatdan o'tish 👉 Ro'yxatdan o'tish 🔖Test yakunida sertifikat va test tahlili beriladi!
Abituriyent EDU pinned a photo
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🤲 Imtihon oldi o'qiladigan duolar! “Robbi zidni ‘ilman va fahman val-hiqni bis-solihin”. [To:Ha 114] Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir va meni solih bandalaring qatoriga qo‘sh. “Robbi yassir va la tu’assir. Robbi tammim bil-xoyri”. [duo] Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin. “Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul ’uqdatan min lisani yafqohu qovliy”. [To:Ha 25-28] Robbim! (Bu qiyin vazifaga) bag‘rimni keng qilgin va ishimni oson qilgin hamda tilimdan tugunni (duduqlikni) yechib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni (yaxshi) anglasinlar. Imtihonga kirishdan oldin uch, besh yoki yetti marta “Oyatal kursi” o‘qiladi. O'ylaymizki, siz uchun foydali bo'ladi. Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang! ✅@Abituriyent_edu - Ta'lim xabarlari kanali
❗️Imtihonga oid muddatlar: #abituriyent 14-23-iyul — test jarayonlari; 25-iyuldan 8-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni (taxminiy muddat, o’zgarishi ham mumkin); 8-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni (taxminiy muddat); 17-avgust — mandat kuni (taxminiy muddat); 18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni (taxminiy muddat). *** ℹ️ Ma’lumot uchun, o‘tgan yili mandat 13-avgust kuni chiqqan edi. Ya’ni qonunchilikda belgilangan 10 kunlik muddatning oxirigacha taqamasdan, 5 kundayoq mandatni chiqarishgan. Joriy yilda o‘tgan yilgidan ham kamroq abituriyentlar borligini hisobga olsak, mandat bu safar ham ko‘p kuttirmasa kerak. ✅@Abituriyent_edu - Talim xabarlari kanali
🔥 Videoni tarqating: Imtihondagi hayajondan endi umuman qo‘rqmang! Muhammadali Eshonqulovdan abituriyentlarga imtihonda umuman hayajonlanmaslik uchun ajoyib layfhak! ❗️100% sinalgan usul! Endi aslo hayajonlanmaysiz, Inshaalloh! Agar sizga yoqqan bo‘lsa, videoni barcha imtihonga kiradigan abituriyentlar tanishlaringizga yuboring. Ushbu videoni barcha ko‘rishi lozim. Hechkim hayajon sabab bilganlarini xato qilib qo‘ymasin! ✅@Abituriyent_edu - Talim xabarlari kanali