The Learner
СтатистикаHar xil mavzularda mayda-chuyda fikrlar Zerikkanda yozish uchun: @iamnazirov
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 125
- 1/48двое суток
- 143
- 1/72трое суток
- 154
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ishxonada hindistonlik sherigim bilan to'y haqida gaplashib qogandik, bizda to'yga qancha harajat ketishini so'rab, narxlarni eshitib sizlarda to'ylar ancha arzon dedi. Aytishicha ularda to'yni o'ziga 50 ming $ atrofida harajat ketarkan. Keyin shu bo'yicha izlanib ko'rdim. Hindistonda kambag'al oilalar: $3,500 dan $10,000 gacha. Oʻrta qatlam: $15,000 dan $150,000 gacha Yuqori tabaqa va badavlat oilalar: $360,000 va undan yuqori Milliarderlar va mashhurlar: $10 milliondan $600 million va undan ham yuqori pulni to'y uchun sarflasharkan. Bizdan battarlaram borakan)
Har qanday narsaning ortiqchasi zarar, lekin yaxshi viskining ortiqchasi zo'rg'a yetadi Mark Tven
без подписи
Qo'rg'oshin kinosini qayta ko'rdim. 4 yil oldingidan kuchliroq ta'sir qildi. O'shanda ko'p narsalarga e'tibor bermay ko'rganman yoki esimdan chiqibdi. Zulfiqor Musoqov filmlarim ichida eng yaxshisi degan, Bobur Yo'ldoshev ham podkastda o'zimdan eng qoniqqan rolim degandi
Manda g'oya bor
Opa bizib tashaganla
Kunduzi issiqqa chidabo'me turgandi, hozir do'l yog'di
Аргентинада "Человек Паук"ни кинотеатрда севгилиси билан кўраётган йигит воқеалар ривожини баланд овозда қизига айтиб берибди. Натижада орқада ўтирганлар бунақа спойлерларга чидолмай уни калтаклашибди. Агрессияни ҳар қандай турига тўлақонли қаршиман. Бу ҳолат — истисно.
Nega jin chiqarish seanslari bunchalik haqiqiy va ishonarli ko'rinadi? Ijtimoiy tarmoqlarda qaysidir sura ta'sirida inson tanasi g'ayritabiiy buralayotgani, ovozi o'zgarib, tutqanoq tutayotgani va ichidan boshqa odam gapirayotgani aks etgan videolarga ko'zimiz tushib qoladi. Tashqaridan qaraganda bu rostdan ham jin gapirishidek tuyuladi. Lekin psixiatriya va nevrologiya bu holatga mutlaqo aniq va isbotlangan ilmiy tushuntirishlarni beradi. Eng avvalo bemor aldamayapti yoki aktyorlik qilmayapti. U sodir bo'layotgan jarayonni rostdan ham boshidan kechirmoqda. Tibbiyotda bu holatlarning aniq nomlari bor: Trans va egallanganlik buzilishi (Possession Trance Disorder): Insonning o'zlikni anglash tuyg'usi vaqtincha yo'qolib, uning o'rnini shuur ostidagi obraz egallaydi. Konversion buzilish: Yillar davomida bosib kelingan og'ir ruhiy travma yoki stress miya orqali fizik simptomlarga (sudurgi, falajlik, ovoz o'zgarishi) aylanadi. Trans yoki kuchli emotsional shok holatida miyaning peshona oldi po'stlog'i (mantiq va nazorat markazi) tormozlanadi. Bemor o'z xatti-harakatlarini boshqara olmaydi va bu harakatlarni tashqi kuch ta'siri deb qabul qiladi. Eng qiziqarli va mani sevimli nuqtam — madaniy senariy (Cultural Schema): Miyada jamiyat va media orqali "jin kirgan odam o'zini qanday tutishi kerakligi" bo'yicha tayyor shablon bo'ladi. Transdagi miya ushbu ssenariyni avtomatik ravishda ijro etib beradi. Masalan, boshqa madaniy muhitda (Okeaniya yoki Lotin Amerikasida) odamlar "jin kirganda" umuman boshqacha harakatlar qiladi, chunki ularning madaniy senariysi boshqacha. Seans davomida tez va chuqur nafas olish qondagi CO2 darajasini tushirib yuboradi. Natijada barmoqlar va muskullar spontan buraladi, bosh aylanadi va gallyutsinatsiya chuqurlashadi. Seans tugagach bemorning qisqa muddatga o'zini yaxshi his qilishi katarsis (yillab ichga yutilgan emotsiyalarning portlab chiqishi), miyada endorfin (tabiiy og'riqsizlantiruvchi va tinchlantiruvchi gormon) quyilishi hamda platsebo ta'siri natijasida sodir bo'ladi
без подписи
Kattalar doim bolaligimizdan qulog'imizga quyishadi — hech qachon mototsikl minish kerakmasligi, uni ikki oyoqli tobutligi haqida. Lyuboy yoshi kattaroq odam bilan gaplashsang mototsiklda avariyaga uchrab o'lgan yoki nogiron bo'lib qolgan kamida 1 ta tanishi bo'ladi. Chekkadan jozibali ko'rinsayam statistika bo'yicha dunyodagi eng xavfli transport turi bu mototsikl ekan
1918-yilda rejissyor Lev Kuleshov bir tajriba o'tkazadi. U mashhur aktyor Ivan Mozjuxin yuzining mutlaqo emotsiyasiz, neytral kadrini oladi va uni uchta turli kadr bilan ketma-ket montaj qiladi: Aktyor yuzi + bir tarelka issiq sho'rva Aktyor yuzi + tobutdagi yosh bola Aktyor yuzi + divanda yotgan go'zal ayol Tomoshabinlarning reaksiyasi hayratlanarli edi. Birinchi holatda ular aktyorning ochlikdan qiynalayotganini, ikkinchisida uning cheksiz g'am-gussasini, uchinchisida esa ehtirosli qarashini olqishlashadi. Vaholanki aktyorning yuzi barcha kadrda bir xil — harakatsiz va his-tuyg'usiz edi. Psixologiyada va kinoda bu hodisa Kuleshov effekti deb ataladi. Uning mohiyati shundaki, insonga ma'noni obyektning o'zi bermaydi, uni obyektlar o'rtasidagi kontekst yaratadi. Bizning miyamiz uzuq-yuluq axborot parchalariga chiday olmaydi. U har doim ikkita ketma-ket tasvir o'rtasida bo'shliq ko'rsa uni mantiqiy bog'liqlik va emotsiya bilan to'ldirishga harakat qiladi. Kino — rejissorning tasvirni montaj qilishi bo'lsa, hayot — miyamizning voqelikni montaj qilishi. Birovni bizga sovuqroq qarashini xavotir kontekstiga qo'ysak uni nafrat deb talqin qilamiz. Xuddi shu qarashni charchoq kontekstiga qo'ysak u shunchaki toliqibdi deb o'ylaymiz. Xulosa shuki, biz ko'rayotgan va his qilayotgan obyektiv haqiqat aslida o'zimiz miyamizda amalga oshiradigan montaj mahsuli xolos. Aktyor yuzi neytral tursa ham unga ma'no va his-tuyg'u beruvchi narsa — biz uning yoniga ketma-ket joylashtirgan kadrlarimiz
Uni Avgustdayam sev
Bitta shahardan boshqasiga piyoda yuradiganlaram qo'ziqorindek ko'payib ketdi. Andijonlik bola 2 yil oldin andijondan qoraqalpog'istonga borganda o'zbek segmentida birinchi martaligiga sal qiziqarliroq bo'gandi. Undan keyin shuni kasb qivolib, istoriya qo'yberaman deb tekinga odamlardan nimadir kutadiganlar chiqib ketdi. Endi anavi birinchi boshlagan bola yana andijondan qoraqalpog'istonga yurishni boshlabdi. Kommentlarni ko'rib xursand bo'ldim, ko'pchilik ukam bo'ldida endi, foydaliroq ish qilsang bo'medimi deb yozishibdi
— Nega hayotda duduqlanib gapirasizu, sahnada unday emas? — Sahnada duduqlansam haydab yuborishadida (c) Yaratganga shukur
Yaqin odamim bilan bo'masa sherik bilan ovqatlanishni yoqtirmayman. Chunki ovqatni sekin yeganim uchun odatda sherigim mani kutib qoladi. O'rtog'im bo'sa farqi yo'q, lekin ishxonadagilar bilan obetga chiqsak yeb bo'lib manga qarab o'tirishadi. Xuddi tepamda kimdir turgandek diskomfort his qilaman. Hisob kitob qilib ko'rdim, qarasam ularam ovqatni man bilan bir xil tezlikda chaynashadi. Sanasam bir qoshiq to'la oshni 50-60 marta chaynab keyin yutarkanman, ular 15-20 marta. Hamma tishlarim va hazm sistemam sog'lom. Instadagi bitta foodbloger 5-10 marta chaynarkan. Qanaqibe, oshqozoni drabilka bo'p ketganmi ulani xz. Ovqatni yeganda odam faqat qorin to'ysingamas, ta'mini to'liq his qilib, mazza qib yeyishi keregu axir. Bekorchi odam it sug'orar degandek, kechki smenda mana shu narsalarni hisob kitob qilib o'tiribman
Sug'diyona kinosini ko'rdim. Ko'rib, obsessive love disorderni yaxshiroq tushunsa bo'larkan. Opa betakror bo'ganakan. Soundtracki alohida masala
💔💔💔
Ukamga kecha hazillashib aytodim, shuncha moshina minib biror marta urmaganman, qirmaganman, san 2 yilda 2 marta qirib, 1 marta urding deb. Bugun buvimikiga borgandim, darvozasi pastliqroqdedi, ruchnoy tortmay shoshib tushgandim moshinani oldi darvozaga borib tegdi. Pochin)
без подписи