tgindex
Bintu Shavkat
@al_islamiaКнигиузбекский

•Bu kanalda siz bilan o’z shaxsiy fikrlarimni va orttirgan bilimlarimni bo’lishaman💌 •Kanaldagi postlarni olishingiz mumkin, zero mulk Allohnikidir😊

Последний пост
25 июн.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
332
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
457
22 постов
Вовлечённость
137,7%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 22
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Bintu Shavkat pinned «حَسْبُنَا اللَّهُ وَنِعْمَ الْوَكِيلُ «Бизга Аллоҳнинг Ўзи кифоя, У нақадар гўзал вакил»»

  • حَسْبُنَا اللَّهُ وَنِعْمَ الْوَكِيلُ «Бизга Аллоҳнинг Ўзи кифоя, У нақадар гўзал вакил»

  • "Insonlarga shunday bir zamon keladiki, unda dinida sabr qiluvchi (dinga amal qiluvchi) xuddi qo'lida cho'g'ni ushlab turgan kishi kabi bo'ladi." (Imom Termiziy rivoyati) Bu hadis oxirzamonda iymonni saqlab qolish va dinga amal qilish qanchalik buyuk jasorat, sabr va matonat talab qilishini juda chiroyli va ta'sirli o'xshatish bilan tushuntirib beradi. Tushunmagan bo'lsangiz Payg'ambarimiz ‏صلى الله عليه وسلم ushbu hadisda kelajakda mo'minlar duch keladigan ruhiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni tasvirlaganlar. Nima uchun aynan "qo'lda cho'g' ushlash" o'xshatishi tanlangan? Tark etish qiyin, ushlab turish azob: Qo'liga yonib turgan cho'g'ni olgan odamni tasavvur qiling. Uni ushlab turish tanaga qattiq azob beradi, kuydiradi. Lekin uni tashlab yuborish - dinni va iymonni yo'qotish demakdir. Mo'min kishi har qancha qiyin bo'lmasin, iymonidan voz kecholmaydi. Atrof-muhitning bosimi: Oxirzamonda gunohlar oddiy holga aylanib, yaxshilik g'arib bo'lib qoladi. Atrofdagi odamlar, muhit va ijtimoiy qarashlar insonni dindan uzoqlashtirishga harakat qiladi. Bunday muhitda ibodatlarda mustahkam turish, halol va haromga diqgat qilish oqimga qarshi suzish bilan barobardir. Ulkan ajr va mukofot: Boshqa hadislarda aynan mana shunday qiyin zamonda dinga amal qilib, sabr qilganlarga juda katta ajrlar borligi bashorat qilingan. Cho'g' qanchalik kuydirmasin, oxiratdagi abadiy jannat va Allohning rizosi uchun unga sabr qilinadi.

  • Bugun bir hamkasbim bilan gaplashib oʻtirib, chiroyli bir haqiqatni yana bir bor angladim. Undan "Nechta farzandingiz bor?" deb soʻrasam, "Toʻrtta", deb javob berdi. Gap orasida esa: "Iloji boricha farzandlarimizga dinni, goʻzal xulqni oʻrgatishga harakat qilyapmiz", deb qoʻshib qoʻydi... Shu gap miyamda qolib ketdi va oʻylanib qoldim. Farzand qancha koʻp boʻlsa va ularga toʻgʻri ilm, chiroyli tarbiya berilsa, buning savobi ham dunyoga, ham oxiratga yetadi. Har bir oʻrgatilgan harf, har bir yaxshi amal ortidan ota-onaga tinimsiz savob oqib keladi. Bir-biriga yelkadosh boʻladigan, hayot qiyinchiliklarida jipslashadigan aka-uka, opa-singillar zanjiri shakllanadi. Allohim islomga, insonlarga foydasi tegadigan, iymonli va ilmga chanqoq farzandlarni koʻp-koʻp bersin ekan.

  • Ey nafsim! Birovning isloh qilinishini kutma. Birovlarni tinch qoʻy, oʻylama, muhokama qilma, qaygʻurma. Isloh qilinishi kerak boʻlgan yagona inson bu oʻzing! Kimdir uchun nimadirni isbotlama. Yashashdan maʼno qidirma, maʼno yarat. Bor, yaxshilik qil. Har kuni bir kichik boʻlsa ham yaxshiliklar qil, shunda hayotingga maʼno kiradi. Miyangda har xil narsalarni oʻylab, vaqtingni, asabingni ketkazma. Oʻylash kerak boʻlgan masalalar koʻp, hayotni qiyinlashtirma. Hech kim uchun yashama, oxirat uchun yasha. Dunyoga berilma, ilmga boringni ber dunyo ortingdan quvadi. «Kechikyapman» deb shoshilma, hamma narsa oʻz vaqtida keladi. Mahzun boʻlma, hammasi oʻtadi. Yana bir bor aytaman: oʻzingni isloh qilib ol! ©️Bintu Shavkat

  • Zamonamizda yuqori darajada muloqotsizlik muammosi bor sezyabsizmi? Hech kim hech kimni rostdan eshitmaydi, eshitgan noto’g’ri tushunadi, noto’g’ri tushungan esa uzr so’ramaydi, gapirgan odam qayta gapirgisi kelmaydi..) Bizni rostdan eshitadigan insonlarni topish, juda qiyinlashib bormoqda…)

  • Ayol kishining o‘ziga tegishli mulki bo‘lishi faqat moliyaviy erkinlik emas, qalb xotirjamligi hamdir ✨ Hayot turli sinovlardan iborat. Shuning uchun ayol eng avvalo Allohdan hayrlisini, eng go‘zalini, hatto detallarigacha so‘rashi kerak. Chin dildan, katta ishonch bilan. Uy, mashina, daromad yoki o‘ziga tegishli biror tayanchning bo‘lishi “yomon kun uchun” emas. Aksincha, yaxshi kunlarni yanada xotirjam yashash uchun. Ayol hech kimga og‘irlik tushirmaydigan, muhtojlik his qilmaydigan darajada o‘zini rivojlantirsa naqadar go‘zal… Lekin buning yonida qalbdagi qanoat, hayo va nafsni tiyish undan ham go‘zalroq Xadija onamiz ayollar uchun eng go‘zal misollardan biridir 🤍 U zot boy, aqlli, mulk egasi va savdogar ayol bo‘lganlar. Lekin mol-dunyo qalblarini o‘zgartirmagan. Barcha boyliklari bilan ham hayo, qanoat va iymonni mahkam ushlaganlar. Hayot har xil bo‘ladi. Shuning uchun ayol ham ilmli, ham sabrli, ham mustaqil bo‘lishi kerak. Lekin bularning barchasini Alloh rizosi uchun qilgan ayol undan ham go‘zalroq… ©️Bintu Shavkat

  • ʙᴀxᴛsɪᴢʟɪᴋɴɪɴɢ ᴇɴɢ ᴋᴀᴛᴛᴀ sᴀʙᴀʙɪ ʙᴇᴋᴏʀᴄʜɪʟɪᴋ! E’tibor berganmisiz, hayotimizdagi ko‘p muammolar, keraksiz o‘y-fikrlar va ichki siqilishlar aslida bitta narsadan “bo‘sh vaqt ko‘pligidan” kelib chiqadi. Inson bekor qoldimi, tamom: G‘iybat va birovlarni muhokama qilish boshlanadi. Asossiz depressiya, o‘tmishdan alam izlash va kelajakdan qo‘rqish uyg‘onadi. Energiya foydali narsaga emas, ich-etingni yeyishga sarflanadi. Miya band bo'lmasa, u albatta muammo o'ylab topadi. Xo‘sh, nima qilish kerak? Yechim bitta Maksimal darajada band bo‘lish! Erkak kishi bo‘lsangiz: To‘xtamang, ishlang! Oilangiz, yaqinlaringiz uchun yanada yaxshiroq sharoit yaratishga harakat qiling. Erkak kishining kuchi va xotirjamligi uning mehnatida, mas’uliyatida namoyon bo‘ladi. Ayol kishi bo‘lsangiz: O‘qing, ilm oling! Agar o‘qishni tamomlagan bo‘lsangiz, to‘xtab qolmay, o‘z ustingizda ishlang. Hunar o‘rganing, shaxsiyat sifatida o‘sing. "B nuqtangiz" qayerda? Hayotda doim maqsad bo‘lishi kerak. Hozirgi holatingiz A nuqta bo‘lsa, intilayotgan joyingizni B nuqtangizni aniqlab oling. 1. Unga erishish uchun reja tuzing va harakat qiling. 2. Erishdingizmi? To‘xtab qolmay, darhol yangi, kattaroq B nuqtani belgilang! Hayot mana shunday harakatlardan iborat bo‘lishi kerak. Hech bo‘lmasa atrofga, jamiyatga foydasi tegadigan kichik bo‘lsa ham ish bilan band bo‘ling. Chunki haqiqiy band insonning: ❌ Birovni muhokama qilishga vaqti bo‘lmaydi. ❌ Siqilishga va o‘zini ayblashga fursati yetmaydi. Uning bor fokusi o‘z maqsadida, o‘z kelajagida va o‘z ustida bo‘ladi. ©️Bintu Shavkat

  • Nima uchun Yusuf surasi "qissalarning eng go’zali" deb nomlangan? Chunki bu sura bizga qamoqdagi mahbus, albatta bir kun chiqishini; Bemor vaqti kelib shifo topishini; G’oyib bo’lgan kishi kuni kelib qaytishini; Mahzun kishi fursati yetib shod bo’lishini; G’am vaqt o’tib arishini; Mo’minning boshiga tushgan baloning barchasi xayr ekanini o’rgatadi. Alloh bor ekan umidni uzma, Unga ishon. Rahmon va Rahim bo’lgan Zotga yaxshi gumonda bo’l..!

  • 📝Ey, Bintu Shavkat… Hozirgi holatingni yomon deb o‘ylaysanmi? Moliyaviy jihatdan qarasak, sen o‘zingni harajatlaringni, oilangni harajatlarini qoplay olasan. Lekin kuniga 1 ta nonga pul topib ham kun kechirib, shukr qilib, qanoat bilan yashayotganlar bor. O‘zingni ilmsiz deb o‘ylaysanmi? Bu yaxshi. Lekin o‘z jinsini o‘zgartirayotganlar, o‘zini hayvondek tutayotganlar, dinsizlar ko‘paygan zamonda ham yashayapsan. Sog‘ligingdan shikoyat qilasanmi? Mayli, qayeringdir og‘riyotgandir. Lekin buyragiga kateter tiqib yotishga majbur bo‘lganlar bor… Divanidan turolmaydiganlar bor… Birovga zor bo‘lmasdan yashashni orzu qilayotganlar qancha… Sen esa har qanday holatingda nolish o‘rniga shukrni ko‘paytirganingda hayoting ancha go‘zallashgan va barokatli bo‘lar edi. 🤩Gaplarimni yana bir bor tafakkur qilib ko‘r…

  • Yaxshidur achchiq haqiqat, lek shirin yolg'on yomon, Bu shirin yolg'onga lekin aldanib qolg'on yomon. Husaynxon Buxoriy

  • Fikrimcha Yo tutiladigan darajada yaqin bo’lish Yo unutiladigan darajada uzoq bo’lish kerak Aslo arosatda emas..

  • 🌙Sen o‘zingni boshqara olmas ekansan… Unda sendan na olim chiqadi, na foydali inson. To‘xta. Bir oz tafakkur qil. O‘zingga kel. Shu ketishda davom etsang, yo‘lingni topolmay adashib qolasan. Umar ibn al-Xattob roziyallohu anhu aytadilar: “Kim ortiqcha so‘zlarni tark etsa — unga hikmat beriladi. Kim ortiqcha qarashni tark etsa — unga qalb xushu’i beriladi. Kim ortiqcha taomni tark etsa — unga ibodat lazzati beriladi. Kim ortiqcha kulishni tark etsa — unga haybat beriladi. Kim mazahni tark etsa — unga ko‘rkamlik beriladi. Kim dunyo muhabbatini tark qilsa — unga oxirat muhabbati beriladi. Kim boshqalar aybi bilan mashg‘ul bo‘lishni tark etsa — unga o‘z aybini isloh qilish beriladi. Kim Allohning kayfiyatini izlashni tark etsa — unga munofiqlikdan saqlanish beriladi.” ❤️Bintu Shavkat

  • 🤩Ey Bintu Shavkat, tafakkur qil… Qachon bir ibodatni bajarsang, bilginki uni o‘z qudrating, zo‘r matonating bilan ado etmading. Aksincha, Alloh taolo O‘ziga ibodat qilishingga izn berib, senga marhamat ko‘rsatdi. Ilm olishni o‘zimning xohishim bilan qilyapman deb o‘ylaysanmi? Shunday desang — qo‘rq… Bir kun ilmningni Alloh olib qo‘ymasın…🤩 Alloh marhamat qilmasa, bir dona harfni ham o‘rgana olmasding. Shuning uchun ko’proq istig’for ayt, shukur qil… Sen tanlamading… Seni Tanladi.

  • Gul kitob ichida go’zal.📚 Gul kitob oldida go’zal.🤩 “Gul” kitob o’qisa go’zal.🤩

  • без подписи

  • 9 апр.607142

    Gul kitob ichida go’zal.📚 Gul kitob oldida go’zal.🤩 “Gul” kitob o’qisa go’zal.🤩

  • без подписи

  • 9 апр.473121

    Odatda bunaqa postlar qoymas edim🔒 Shu yerda qolsin💕

  • без подписи