ADTexI Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi
СтатистикаTaklif va mulohazalar uchun quyidagi botga murojaat qiling @andmi_antikorrbot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 36
- Всего постов
- 74
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 21
- 1/48двое суток
- 24
- 1/72трое суток
- 25
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⚖️ Коррупцияга қарши ички назорат тизимида муҳим ўзгариш Республика даражасидаги давлат органлари ва ташкилотлари раҳбарларининг комплаенс ва коррупцияга қарши ички назорат бўйича ўринбосарлари (маслаҳатчилари) энди Администрация Раҳбари томонидан лавозимга тайинланади ва лавозимидан озод этилади. Мазкур мансабдор шахслар ўз фаолияти давомида Администрациянинг вакили мақомига эга бўлади. Бу нима дегани? 🔹 Коррупцияга қарши ички назорат бўлинмаларининг мустақиллиги кучайтирилади; 🔹 Уларнинг раҳбариятга нисбатан хизмат мавқеи ва институционал мақоми мустаҳкамланади; 🔹 Коррупция хавфларини аниқлаш, уларнинг олдини олиш ва манфаатлар тўқнашувини бартараф этишда таъсирчан механизмлар яратилади; 🔹 Ички назорат тизимида «раҳбарга бўйсунувчи оддий ходим» эмас, балки марказий даражадаги коррупцияга қарши сиёсатнинг вакили сифатидаги ёндашув кучаяди. 📌 Амалиётда бу ўзгаришнинг ҳақиқий самараси битта саволга боғлиқ: комплаенс ходими коррупция хавфи ҳақида раҳбариятга ноқулай маълумот берганда, унинг мустақил позицияси қанчалик ҳимоя қилинади? @mehnat_qonunchiligi — каналга обуна бўлинг
без подписи
#Қонунчиликдаги_янгиликлар ❗️ Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси фаолияти тартибга солинди “Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси тўғрисида”ги Конституциявий Қонун (ЎРҚ–1166-сон, 14.08.2026 й.) қабул қилинди. 🔰 Ушбу Конституциявий Қонуннинг мақсади Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрациясининг (Администрация) фаолиятини тартибга солишдан иборат. 🏛 Администрация Президентнинг давлат бошлиғи сифатида давлат ҳокимияти органларининг келишилган ҳолда фаолият юритиши ва ҳамкорлигини таъминлашига кўмаклашадиган, Президент ваколатларини амалга оширишни ташкилий, ҳуқуқий ва таҳлилий жиҳатдан таъминлайдиган давлат органидир. 🔘 Администрация Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан шакллантирилади. ✅ Администрацияга Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан лавозимга тайинланадиган ва лавозимидан озод этиладиган Администрация Раҳбари бошчилик қилади. 📜 Администрация қуйидаги асосий ваколатларга эга: ➖ Администрацияга белгиланган тартибда киритилган қонунчилик ҳужжатларини, Президент ва Вазирлар Маҳкамасининг фармойишлари лойиҳаларини якуний ишлаб чиқишни ташкил этиш; ➖ Президент фармонлари, қарорлари ва фармойишлари, Администрация Раҳбарининг фармойишлари ҳамда Вазирлар Маҳкамасининг қарорлари ва фармойишлари лойиҳаларини мустақил равишда ишлаб чиқиш; ➖ давлат органлари ва ташкилотлари раҳбарларига бажарилиши мажбурий бўлган кўрсатмалар ҳамда топшириқлар бериш, уларнинг бажарилиши ва натижалари тўғрисида батафсил маълумот талаб қилиш ва бошқалар. 📑 Администрация Раҳбари Ўзбекистон Республикасининг бутун ҳудудида барча давлат органлари, корхоналар, муассасалар, ташкилотлар, мансабдор шахслар томонидан бажарилиши мажбурий бўлган фармойишлар ёки топшириқлар чиқаради. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Qabul_2026 #Texnikum_bitiruvchilari 🎓 Andijon davlat texnika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlab, institutda tahsil olish istagini bildirgan bitiruvchilar uchun suhbat jarayonlari davom etmoqda. 🚜 Bugun Elektr muhandisligi, Energetika muhandisligi ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazildi. 🤔 Suhbat jarayonida abituriyentlarning tanlagan sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, shuningdek, umumiy bilim darajasi komissiya a’zolari tomonidan sinovdan o‘tkazildi. ✅ Jarayonlar xolis, shaffof va ochiq tarzda tashkil etilib, abituriyentlarning ota-onalari hamda yaqinlari tomonidan kuzatib borildi. 🛡 Suhbat jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi institut komplayens bo‘limi vakillari tomonidan ham kuzatuv olib borildi. 📊 Suhbat natijalari kanalimiz orqali e’lon qilinadi. 🏫Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ! 🎓 ADTexI Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yo‘lida faoliyat olib boradi. 💬 Sizda taklif, mulohaza, murojaat yoki korrupsiyaga oid holatlar haqida ma’lumot bormi? 📲 O‘z murojaatingizni bizga quyidagi Telegram bot orqali yuboring: 👉 @andmi_antikorrbot 🔗 Telegram kanalimiz: @andmi_antikorr 🤝 Halollik — taraqqiyot garovi! Korrupsiyaga befarq bo‘lmaylik, adolat va shaffoflikni birgalikda ta’minlaylik! 🏫Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи