tgindex
anSora|mutolaa

anSora|mutolaa

Статистика
@ansora_diКнигиузбекский

𝐇𝐚𝐫 𝐛𝐢𝐫 𝐪𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐡𝐚𝐫𝐚𝐤𝐚𝐭𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐪𝐚𝐧𝐝𝐚𝐲 𝐭𝐮𝐫𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐨𝐝𝐚𝐦 𝐛𝐨`𝐥𝐢𝐬𝐡𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐠𝐚 𝐛𝐞𝐫𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐨𝐯𝐨𝐳𝐝𝐢𝐫 . •Kitoblar📚 •Coffee🫰🏻 •Kasb va xobbi🛍️ •Iqtiboslar 📜 •Fikrlar 🖇️

Последний пост
7 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
73
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
174
+1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
160
40 постов
Вовлечённость
92,0%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 73
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Men “har bir ayol albatta o’qishi, ishlashi yoki karyera qilishi shart” degan qarashga qo’shilmayman. Hozir shunday muhit shakllanganki, go’yo ayol o’qimasa yoki ishlamasa, rivojlanmayotgandek taassurot beriladi. Aslida esa har kimning qobiliyati, mas’uliyati va tanlagan yo’li boshqacha. Kimdir zarur diniy va dunyoviy bilimni olib, oila bekasi bo’lib oilasini obod qiladi, farzand tarbiyasiga umrini bag’ishlaydi. Kimdir ilm bilan shug’ullanadi, dars beradi, kitob yozadi. Yana kimdir bizneswoman o’laroq kasb egallab, ishlab, jamiyatga o’z hissasini qo’shadi. Bu yo’llarning birortasi o’z-o’zidan ikkinchisidan ustun emas. Shuningdek, ulardan birini tanlagan ayolni “dangasa”, “orqada qolgan” yoki aksincha “oilasiga e’tibor bermaydi” deb hukm qilish ham to’g’ri emas. Har bir yo’lning o’z mas’uliyati bor. Bir yo’lni tanlagan insondan boshqa yo’lning natijalarini kutish adolat emas. Eng muhimi tanlangan yo’lni ixlos, mas’uliyat va taqvo bilan bosib o’tish. Solih farzand ham, jamiyatga foydali inson ham turli yo’llardan yetishib chiqishi mumkin. Aynan shu turdagisi farzand tarbiyalay oladi deb baholamaslik kerak. Muammo ayolning qaysi yo’lni tanlaganida emas, balki tanlagan yo’lini qanday o’tayotganidadir. @Havro_sahifasi dan olindi

  • •Intern (2015) Yaqinda shu filmni koʻrgandim. Film mavzusi menga juda yoqdi. Hozirgi innovatsiya, yangiliklarga toʻla yosh avlodning davrasiga kirib kelgan eski davr odami oʻzining tajribasi, sabri muloyimligi bilan etiborga tushadi. Mas'uliyat va samimiyat har qanday davrda muhimligini bosh qahramon obrazida koʻrish mumkin.

  • Eng muhimi, oʻzingizni ayblamang. Ertaga yana yaxshi kun boʻladi. Odamda har xil xolat va vaziyatlar boʻlishi tabiiy, boʻlibam ayollarda. Tashqi muhitni tasiri bir yon boʻlsa organizmning gormanal fonidagi tasir bir yon. Bunaqa vaqtda oʻzingizga ruhsat bering, hech narsa qilmaslikka, yaxshi boʻla olmaslikka, ideal kun oʻtkazmaslikka, hammasiga ulgura olmaslikka. Shunchaki oʻzingizga biroz vaqt bering, bu ham oʻtib ketadi. Yana bir muhim narsa: bunaqa paytda oʻzingizni boshqalar bilan solishtirmang. Kimdir bugun juda unumli ishlayotgandir, kimdir hamma ishiga ulgurayotgandir. Lekin sizning holatingiz ularnikidek boʻlishi shartmas. Eng muhimi, oʻzingizni ayblamang. Chunki oʻzingizni koyiganingiz bilan holat tezroq oʻtib qolmaydi. Ertaga yana yaxshi kun boʻladi. Muhimi, bugungi holatingiz uchun oʻzingizni yomon odam deb hisoblamang.

  • Adashgan fikrli odamlar o‘z qo‘lidagi narsaning asl qadrini bilmaydi, kimdir uni ulardan tortib olmaguncha. ©️Sophocles

  • #mulohaza Ba’zan boshqalarga qarayverib, o‘z yo‘limizni unutib qo‘yamiz. Kimdir tezroq muvaffaqiyatga erishgandek ko‘rinadi. Kimdir ko‘proq pul topayotgandek. Kimdir hayotini mukammal yashayotgandek. Shunda o‘zimizga nisbatan norozilik paydo bo‘ladi. Lekin bir narsani unutmang: Siz boshqalarning bugun turgan joyini ko‘ryapsiz. Ular bu yerga qanday qiyinchiliklar, xatolar va yillar orqali kelganini esa ko‘rmaysiz. Birovning 10-bosqichiga qarab, o‘zingizning 2-bosqichingizni mensimaslik xato. Har kimning yo‘li, sharoiti va vaqti har xil. Siz poygada emassiz. Siz yo‘ldasiz. Muhimi, kecha turgan joyingizdan bugun bir qadam oldinga siljidingizmi? Hayot boshqalarni quvib o‘tish emas. Hayot kechagi o‘zingizdan yaxshiroq bo‘lish.

  • #matn_ai Biz boylikni ko‘z bilan ko‘rish mumkin deb oʻylaymiz: Katta uy. Qimmat mashina. Tilla taqinchoqlar. Aslida esa eng qimmat narsani ko‘rib bo‘lmaydi. Bu — vaqt. Chunki pul topiladi. Yo‘qotilgan buyum o‘rniga yangisi olinadi. Ammo o‘tib ketgan vaqt hech qachon qaytmaydi. Shuning uchun ham ba’zi odamlar hamma narsaga ega bo‘lib ko‘rinadi, lekin yaqinlari bilan bemalol suhbatlashishga vaqti yo‘q. Boshqalarning esa boyligi kamroqdir, ammo ular bolalarining ulg‘ayishini ko‘rib ulguradi, ota-onasining yonida o‘tira oladi, o‘ziga vaqt ajrata oladi. Hayotning bir nuqtasida deyarli hamma bir savolga duch keladi: Men pul topish uchun yashayapmanmi yoki yashash uchun pul topyapmanmi? Qaysi biri meni baxtliroq qiladi?

  • #matn_ai Bolaligimizda tezroq katta bo‘lishni xohlardik. Katta bo‘lgach esa: “Qaniydi o‘sha beparvo kunlar qaytsa”, deymiz. Talabalikda ish topishni kutamiz. Ishga kirgach — ta’tilni. Yolg‘iz paytimizda oila qurishni. Oila qurgach — biroz yolg‘iz qolishni. Qiziq, nega inson doim keyingi bosqichda yashashni orzu qiladi? Balki baxt manzil emasdir. Balki u hozir yashayotgan kunimizni qadrlashni o‘rganishdadir🌿

  • Bu aka juda ajoyib gaplar yozadida...

  • #mulohaza Yosh o’tgani sayin bir narsani tushunib boryapman. Hammani rozi qilishning iloji yo’q ekan. Qancha harakat qilmang, kimlargadir yaxshi, kimlargadir yomon ko’rinasiz. Shuning uchun ham asta-sekin odamlarning bahosidan ko’ra, o’z vijdoningiz oldida to’g’ri bo’lish muhimroq ekanini anglaysiz. Chunki odamlarning fikri tez o’zgaradi. Lekin insonning o’zi bilan munosabati uzoq qoladi.

  • Hayotimizdagi muammolarning kattaligi aslida muammoning o‘zida emas. Unga biz qanday qarashimiz, uni qanday qabul qilishimiz va uni yengish uchun qanchalik harakat qilishimizga bog‘liq. Qiyinchiliklar tashqi voqelikdan ko‘ra, ularga bo‘lgan munosabatimiz sabab kattalashadi yoki kichrayadi. Ba’zan muammoni o‘zgartirishdan oldin, unga qarash usulimizni o‘zgartirish kerak.

  • без подписи

  • без подписи

  • Coffee🧋🧊

  • #matn_ai “Tinchlikning sadosi bo‘lmaydi.” Ba’zan eng qimmat narsalar shovqinsiz bo‘ladi. Haqiqiy xotirjamlik, ichki sokinlik, ruhiy barqarorlik baland ovoz bilan kelmaydi. Ular jim keladi. Jim turadi. Lekin insonni ichidan mustahkam qiladi. Biz ko‘pincha faqat shovqinni sezamiz: janjalni, bezovtalikni, ichki notinchlikni, tartibsizlikni. Tinchlik esa ko‘pincha sezilmaydi. Chunki u tabiiy holatga aylanadi. Uyda hamma narsa joyida bo‘lsa, buni alohida payqamaymiz. Lekin biror narsa buzilishi bilan darrov sezamiz. Hayotda ham shunday. Inson ko‘pincha tinchlikning qadrini uni yo‘qotgach anglaydi. Shovqin har doim kuch belgisi emas. Sokinlik esa zaiflik emas. Ba’zan eng katta qudrat — ichingdagi tinchlikni saqlab qolishdir.

  • #mulohaza "Inson axloqiy me’yorlar va cheklovlarsiz komillikka erisha olmaydi. Borliqdagi har bir narsaning o‘z o‘lchovi, chegarasi va intihosi bo‘lgani kabi, inson xulq-atvorining ham aniq tamoyillari hamda man etilgan jihatlari bo‘lishi tabiiy holatdir.…

  • #mulohaza "Inson axloqiy me’yorlar va cheklovlarsiz komillikka erisha olmaydi. Borliqdagi har bir narsaning o‘z o‘lchovi, chegarasi va intihosi bo‘lgani kabi, inson xulq-atvorining ham aniq tamoyillari hamda man etilgan jihatlari bo‘lishi tabiiy holatdir. Zero, mutloq erkinlik jilovlanmasa, u tartibsizlikka aylanadi; axloqiy chegaralar esa insonni aynan mana shu tartibsizlikdan asrovchi va uning ma’naviy qiyofasini belgilovchi tayanch nuqtasidir."

  • без подписи

  • Rasm olish ham osonmas🥲. 2-rasm tipa kadr orti desa ham boʻladi😄. Kecha yoʻlda olingan rasm. Samarqanddan qaytishda: yomgʻir+kofe+uzun yoʻl = estetikayammas, romantikayammas, 3kunlik safar charchogʻiga tengdur🤣

  • Yechimi nima? Hammasini bilishga, zoʻr qilishga urinish emas. Bittasini boshlash. – 10 ta kitob emas → 1 ta kitob – 5 ta reja emas → 1 ta oddiy reja – Mukammal metod emas → barqaror, doimiy harakat Chunki rivojlanishning eng katta dushmani: ❌ noto‘g‘ri boshlash emas ❌ sekin yurish emas 👉 umuman boshlamaslik. Ba’zida eng yaxshi qaror — mukammal variantni topish emas. Shunchaki boshlash✅

  • “Haddan tashqari ko‘p tanlov muammosi” (choice overload) — nima? Oddiy qilib aytganda: Variantlar ko‘paygani sari tanlash osonlashmaydi — aksincha, qiyinlashadi. Oddiy misol: 3 ta kitob bor → tez tanlaysan 30 ta kitob bor → uzoq o‘ylaysan 100 ta kitob bor…