نحن...
СтатистикаJaholatning yagona qórquvi ayoldir.Chunki ayol órgansa, farzandlariga ham órgatadi. Ikki talabaning ilm safaridagi suhbatlari… Manba bilan olinsin
- Последний пост
- 24 апр. 2025 г.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Sevdim seni ya Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)…🍂
без подписи
без подписи
без подписи
So‘zlarning eng go‘zali duodir! Muhabbatdan, nurdan, yurakdandandir harflari...🌼🌼🌼
без подписи
Majnundan nega Laylini olib qochib ketmaysan deb so’radilar.. Majnun: “Onasini qalbi sinadi, men ichida Laylo bo’lgan qalbni sindirolmayman” dedi…🍃 Bu bir doston bo’lsada, ishqqa bir misol o’laroq olib qarasak; Biz ichida Alloh bo’lgan qancha qalblarni sindirdik..?
https://t.me/HilolNashr/24417 Avvalgi darsdan: “Durlar doim daryoning tubida bo’ladi. Xas-cho’plar esa uning yuzasida,ustki qismida… Dur, gavharga aylanmoq uchun daryoga cho’k va “men”likdan voz kech. Unutma, xas-cho’plar qanchalar yuqorilikka intilsalar ham doim ahamiyatsiz, keraksizligicha qolaveradi. Dur, gavharlar esa chuqurlikka (ya’ni, menligidan voz kechgani qadar) podshohlarning toji ustida e’zozlanadi. Bugungi darsdan: Ilmga ilk kirishganda va unda davomli bo’lgan vaqtda qalbda paydo bo’ladigan kibr, manmanlikning da’vosi “Baqara” surasining, 32-oyatidadir: "لا علم لنا إلا ما علمتنا" Bu so’zlarni bo’yningizga tumor qilib osib oling takrorlashdan g’aflatda qolmaslik uchun… 3.12.2024 🌼🌼🌼
Hamiyat «Oʻtkan kunlar»ni oʻqish davomida xayolga kelgan mulohazalarni yozib borayotgan edim. Navbatdagisi oʻzbek xalqining asl qadriyati, madaniyatiga yorqin misol haqida edi. Otabek oʻziga qilingan tuhmatlar, soxta taloq xatining egasi Homid ekanini bilib qolib, kechqurun ularni yer tishlatadi. Ertasi kuni bor gapni usta Alimga aytib, oʻzi Toshkentga ketishi haqida aytadi. Ketishi oldidan ikki xat yozib, ustaga topshiradi va qutidornikiga olib borishini iltimos qiladi. Xatni uzatarkan shunday deydi: «Xatlarning birisi qayin otamgʻa, birisi unga». Oʻzbek erkaklari oʻz ahli oilasi haqida birovlarga, ayniqsa begona erkaklarga aytishi azaldan yomon ish sanalib kelgan. Chunki bunga ulardagi hamiyat yoʻl qoʻymagan. Bu goʻzal urf yaqingacha ham bor edi. Hozir ham bor-u, ammo ancha kamayib ketgan. Qodiriy mana shu urfni kitobda eslab oʻtadi. Otabek oʻzining ayoliga yozgan xatini yetkazib berish uchun bir begona erkakka uzatar ekan, ismini aytib emas, u deb ataydi. Ayolining hatto ismini begonalardan qizgʻonadi, begonalar bilishini istamaydi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqdagi holatlarni kuzatib, yoqa ushlaysiz. Baʼzi erkaklar ayolining ismi tugul… Mayli. «Oʻtkan kunlar», koʻpchilik oʻylaydigandek, oʻzida faqat sevgini emas, koʻp jabhalarni qamrab olgan. Ulardan biri biz aytayotgan oʻzbek xalqining asl madaniyatidir. Kitobda keltirilgan misoldan tashqari koʻplab shu kabi nuktalar bor. Otabekdan Margʻilonlik savdogarlar Hasanalining kim ekanligini soʻragan holati: Hasanalining chiqib ketishini kutib, keyin qulim deb javob beradi. Balki shu kabi sabablar tufayli roman bugungi kungacha oʻz dovrugʻini, dolzarbligini yoʻqotmagan, eng koʻp soʻraluvchi, muhokama, mulohaza qilinadigan asar boʻlib kelmoqda. * Aslida Kumushning ismini Otabek emas, Qodiriy qizgʻongan. Chunki Otabekdan koʻra Qodiriy Kumushni koʻproq yaxshi koʻrar edi… abdullohozod
Qaynota va kelin Oldingi xabarda «Oʻtkan kunlar» romanidagi oʻzbek madaniyati aks etgan bir nukta haqida aytilgan edi. Bu xabarda ham shuning qisman davomi haqida yana bir holatni aytmoqchi edim. Qutidor, Oftoboyim va Kumush Margʻilondan Toshkentga kelishadi. Hamma, hatto Kumushni yov sanagan Oʻzbek oyim, Zaynab, uning onasi, opalari ham quchoq ochib kutib olishadi. Soʻng Yusufbek hoji mehmonlar bilan soʻrashish uchun keladi. «Bizning Margʻilonda ham shunday kelinimiz bor ekan-ku, bilmay yurgʻan ekanmiz-da» deydi va qoʻlini Kumushning manglayiga – peshonasining tepa qismiga qoʻyib, oʻzining qoʻli ustidan oʻpadi. Duo qiladi va kitobda kelganidek, mehmonlarni ichkariga taklif qilib, oʻzi tashqariga yoʻl oladi. Holatni koʻz oldingizga keltiring. Qaynota oʻgʻlini uylantirdi, kelini bilan birinchi marta koʻrishyapti. Yuzidan, boshidan, peshonasidan emas, yuksak odob bilan kelinining boshiga qoʻlini qoʻyib, oʻzining qoʻli ustidan oʻpyapti. Baʼzida ijtimoiy tarmoqlarda, baʼzida hayotimizda qaynota va kelin oʻrtasidagi har xil nojoʻya harakatlarni koʻrib, eshitib qolamiz. Biz uchun unday hatti-harakatlar yoqimsiz koʻrinsa-da, baʼzilar uchun bu oddiy hol sanaladi. «Oʻtkan kunlar» romanida esa oʻzbek xalqining haqiqiy madaniyati har tomonlama goʻzal ekanligi koʻrsatiladi. Qalbida ozgina boʻlsa-da insoniylik sifati, asl fitrati qolgan odam Yusufbek hojining bu harakatini faqat olqishlaydi. Romanni oʻzbek xalqinig haqiqiy urf-odatlarini oʻrganish uchun ham bir marta oʻqib koʻrish kerak. Va yana, buni koʻpchilik aytadi, Yusufbek hoji kelini bilan koʻrishganda «…Margʻilonda ham…» deb aytadi. Bu bilan Zaynabning obroʻsini saqlab, Kumush bilan teng koʻrishini bildiradi. Ammo kitobning filmida aynan «ham» soʻzi tushirib qoldirilgan. Bu bilan esa juda katta xatoga yoʻl qoʻyilgan, Kumushni Zaynabdan ustun qilib koʻrsatib qoʻyilgan. Hasanxon ustoz: «Oʻzbek adabiyotida 3 ta eng zoʻr kitob boʻlsa, bittasi «Oʻtkan kunlar»dir», deb aytgandilar. Alouddin Mansur: «Bir yilda hech boʻlmasa bir marta «Oʻtkan kunlar» romanini oʻqiyman», degandilar. Shunday ulugʻ ustozlar roman haqida bejiz bunday taʼrif berishmaganini har safar uni qayta oʻqiganimda anglagandek boʻlaman. abdullohozod
#Tarjima #Sabr_haqida🌸 #Mutolaa_vaqti 🔤🔤🔤🔤 ⭕️🔤🔤🔤🔤🔤🔤 ⭕️Barcha ishlar Alloh taoloning taqdiri bilan ekanligini va barcha bitilgan taqdirlarda Alloh taolo sen uchun faqatgina yaxshliklarni iroda qilishini bilishliging- seni butunlay chulgʻab olgan mashaqqat va sinovlarni oson qabul qilishingga yordam beradi... Alloh taolodan qatʼiyat bilan bir narsani soʻraysan, senga berilmagan vaqtida mahzun bo'lasan. ⭕️Xuddiki, turli rangdagi tabletkalarni koʻrgan vaqtida,olishni istab yigʻlayotgan kichik boladek. Bola dorining chiroyliligini koʻrib, olishni istaydi.Lekin onasi undan man qiladi. Nega? Nega, bolasini yigʻlab, ozorlanganini koʻrgan ona dorilarni berib qoʻya qolmaydi? Chunki, farzandi oʻzini halok qiladigan narsani istayotganini biladi... 🌿Unutma, baʼzan Alloh taoloning man qilgani asli berishidir...! ⭕️Sen uchun qadrli bo'lgan narsangni yoʻqotgan vaqting mahzun boʻlasan... Balki bilmassan- baʼzan berish uchun olganini... Xizr alayhissalom bolani oʻldirgani kabi (Kahf surasi, 80-oyat). Bir qarashda Muso alayhissalom oʻylaganlari kabi katta jinoyatdek koʻrinadi. Ota-onaning farzandi uchun qalbi ezildi.. Soʻngra gʻayb oshkor boʻldi. Asli, eng katta rahmati bolaning oʻldirilishida ekanligi maʼlum boʻldi.. 🌿Unutma,baʼzan Alloh taolo diningni saqlash uchun dunyoyingni oladi..! ⭕️Alloh taolo barcha ishlarni sening hayolingga ham kelmaydigan rahmat va hikmat bilan tadbir qiladi. Bizning qarashlarimiz cheklangan, fikrlashimiz chegaralangandir. Butun bir olamga boqib ham faqatgina kichik bir joylarnigina koʻra olamiz xolos. Lekin, Alloh taolo butun bir koinotni koʻradi.. Ehtimol, teshilgan kemadagi miskinlar bilan bo'lsang (Kahf surasi, 79-oyat) "Oʻzi faqirlik bizga yetmasmidi. Yagona tirikchilik manbayimizni ham tortib oldi-ya..?",-dersan. Biroz vaqt o'tmay zolim podshoh butun kemalarni tortib olayotganini koʻrasan va o'sha lahzada Alloh taoloning goʻzal tadbiri va sen uchun bitilgan rahmatiga guvoh bo'lasan. Albatta, kemadagi kichik bir teshik uni butunlay tortib olinishidan yaxshiroq edi. 🌿Unutma,baʼzan Alloh taolo katta musibatlarda senga najot berishlik uchun kichik narsalar bilan sinaydi..! ⭕️Shunday ekan, barcha ishlar Alloh taologa bogʻliqligini anglagan holingda doimo odob saqla. Hali dunyoga kelmagan holingda sening rizqingni yetkazib turuvchi, onangning qalbini senga nisbatan yumshoq qilib qoʻyguvchi Zot kim edi?! ⭕️Xuddi, joriya podshohiga xizmat qilgani kabi kechalari onangni hech bir noroziliksiz kim sen uchun qoyim qildirib qoʻydi?! Seni taomlantirishga oʻzligidan kechib hayotning qoyatoshlaridan obinon keltirish uchun kim seni otangning qalbini bir parchasiga aylantirdi?! Albatta, Alloh taolo.. ⭕️U zot sendan behojatdir, lekin bir lahza ham sen tashlab qo'ymadi. Sen shularni barchasini unutgan holda oʻzing yoqtirmagan biror narsa yetganda yana zorlanib, norozilik holatingni izhor qilmoqchimisan... ⭕️Kun kelib U zotning olishi senga berishlik uchun ekanligini va senga yetgan narsa asli seni tuzatish, oʻziga qaytarish uchun ekanligini anglab yetgan vaqtingda U zotga goʻzal bir taslimiyat bilan yuzlana olish uchun ham rozilik ila sabr qil... 🌿Sen faqat unutma, Alloh taoloning baʼzan bergani -olganidir, baʼzan olgani esa - asli berganidir... و السلام لقلبك🍀 📝Tayyorladi: 3-kurs talabasi: Madina Akramnazarova🌱 🔗 t.me/xadichauz - diniy-ma'rifiy kanal! Telegram 🕊| Instagram📱 Facebook📱| Youtube 📺
Yusuf surasi juda go'zal sura; Bizga eng yaqin bo'lganlar xiyonat qilishlari mumkinligini, singan qalblarni sevgi ila davolash mumkinligini, har qanday qiyinchilikdan keyin albatta yengillik kelishini va sabrli insonlarning go'zal nihoyasi borligini o'rgatadi...🍃
لا تنسى،ولولا سوادُ اللَّيل ما طَلع الفجر...اصبر🫧
Руҳ йўлдошини топган киши, бир умр мусофирликда яшаса ҳам ғариб саналмайди. Юлдошини топа олмаган инсон еса аксинча…🍂
#... Ҳамма нарса сени устингга келиб, сени чидолмайдиган нуқтагача олиб келса ҳам сен бўш келма... Чунки, тақдирнинг ўзгарадиган нуқтаси шу жойда бўлади...🍃 Жалолиддин Румий
#Sogʻinch... Dadam: "Insonning oʻrtoq,sheriklari koʻp boʻlishi,yuzlab,minglab sanashi mumkin.Lekin,doʻsti barmoq bilan sanoqlik boʻladi... Mening yaqin doʻstlarim,borligim sizlarsiz.Inson uchun oiladan boshqa yaqinroq doʻst boʻlmaydi,hech unutmanglar..."-,derdilar.
Avvallari Mavlona Rumiyni Allohga oshiq tasavvuf ahlidan deb bilardim-u,lekin yozmishlari xuddi insonga atalgandek tuyular,orasini jamlay olmasdim... Alloh taolo kitoblar orqali bildirdiki, Mavlano avvallari olim boʻlganlar.Soʻngra, ustozlari Shams Tabriziy orqali oshiqlik darajasiga koʻtarilganlar. Ilk muhabbat debochalari ham ustozlariga nisbatan boʻlgan. Ustozlari shogirdning ishqini koʻrib bir muddatga uni tark qilganlar...Sogʻinch otashini asarlari bilan soʻndirishga harakat qilganlar... Balki,shu uchun Xoliqga muhabbat maxluqotlar(yaratilmishlar) orqali boʻladi deyilgan...🍃 7.09.2024
"قرأت في تسعين موضعاً من القرآن أن الله قدر الأرزاق و ضمنها لخلقه ، وقرأت في موضع واحد : الشيطان يعدكم الفقر . فشككنا في قول الصادق في تسعين موضعا و صدقنا قول الكاذب في موضع واحد. " الحسن البصري رحمه الله 🍃
Insonlarga, xususan dunyo ahliga holingdan shikoyat qilma... Agar shikoyat qilsang, Alloh taolo seni ularga topshirib qo'yadi, Ado bo'lasan. Imom G'azzoliy
Iymon qalbda bo'ladi ,ammo amalda namoyon bo'ladi...🍃