tgindex
Shokhakbar Toirov

Shokhakbar Toirov

Статистика
@shokhakbartoirovКнигиузбекский

Bilish yetarli emas, his qilib yashamoq kerak.

Последний пост
22 мая
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
199
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 356
20 постов
Вовлечённость
1183,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 22 мая2644из uzbekreader

    36 yosh. Orzuyidagi ish. Baxtli oila. Va birgina gap bilan hammasi o‘zgaradi: “Sizda saraton.” Eng qo‘rqinchlisi esa bu emas… Uning o‘zi shifokor edi. Har kuni odamlarga o‘lim haqida gapirgan inson, bir kuni o‘zi o‘lim bilan yuzma-yuz qoladi. Lekin u taslim bo‘lmadi. Va o‘lim oldidan shunday kitob yozdiki, uni o‘qib hayotga boshqacha qaray boshlaysiz. Agar shu yil bitta kitob o‘qishingiz kerak bo‘lsa, mana shu kitobni o‘qing. ⛓Havola: https://youtu.be/nIplxpmOSYY?si=nTsz2Snefvukg87u

  • YouTube’da kitob haqida videolar joylashni boshladim. Obuna bo‘lib, kamchiliklarni komment aytib keting.

  • Assalomu alaykum, mani eng sodiq auditoriyam)

  • 29 окт.1 2219

    Qachonlardir kitob haqida videolar olishim haqida gapirib yurardim, esingizdami? Allaqachon boshlab ham yubordim. Kitobdan tashqari mana shu kanaldagi postlarni video variantini ham joylab bormoqchiman, inshaalloh. Obuna bo‘lib qo‘ying

  • Menga turmushga chiqasanmi? Ha, ha, adashmading, rost aytyapman. Menga turmushga chiqasanmi? Men bilan halol munosabatlar ila hayotingni eng esda qolarli damlarini, yoshligingni, ilmingni, haloling uchun hammadan yashirgan go‘zalligingni, butun dunyo ayollari…

  • Menga turmushga chiqasanmi? Ha, ha, adashmading, rost aytyapman. Menga turmushga chiqasanmi? Men bilan halol munosabatlar ila hayotingni eng esda qolarli damlarini, yoshligingni, ilmingni, haloling uchun hammadan yashirgan go‘zalligingni, butun dunyo ayollari bir bo‘lsalar ham seningdek bo‘lolmaydigan iffatingni menga ravo ko‘ra olasanmi? Deyarli har kuni bir xil jim-jitlikda o‘tayotgan kunlarimni o‘z beg‘uborliging bilan quvonchlarga to‘ldira olasanmi, menga go‘zalliklarni ko‘rsata olasanmi? Qiyinchilik va sinovlar to‘la bu dunyoda qo‘limdan tutishingni va bu dunyoning o‘tkinchiligini eslatib turishingni xohlardim. Ayt, menga turmushga chiqasanmi? Allohning jamolini ko‘rishlik uchun bir-birimizni jannat tomon yetaklashga rozimisan? Kel, ularga — baxtni harom aloqalardan qidirayotganlarga asl baxtni islom shariatiga muvofiq yashashda ekanligini ko‘rsatib beramiz! Faqat bir narsaga kelishib olaylik, o‘g‘illarimizning ismini sen qo‘yasan, qizlarimizga esa men qo‘yaman. Bir gap aytsam ishonmaysan, bilasanmi, hozirdan ularning ismlarini o‘ylab qo‘yganman. Ularning Qur’onda ustozlari sen bo‘lasan, din ahkomlarida esa men. Kelishdikmi? Senda onamni ko‘rishni istayman, garchi bu qiyin bo‘lsa ham ularga oz bo‘lsada o‘xshashingni xohlardim. Chunki bu dunyodagi mendan kamchilik qidirmaydigan, so‘zlarimdan xafa bo‘lmaydigan, har qanday holatda ham meni yaxshi ko‘radigan yagona inson — onamdir! Doim kitoblar olgani sen bilan birga borsam, men senga birma-bir kitoblarni ko‘rsatsamu sen har safar u kitobni o‘qiganingni aytaversang. Men Oiz Qarniyning kitoblarini olamiz desam, sen esa: “Shayx Muhammad Sodiqning kitoblarini olamiz”, deb «talashsang». Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning aytganlaridek, tahajjudga uyg‘otish uchun yuzimga suv sepib uyg‘otsang deyman. Garchi uyg‘oq bo‘la turib, tahajjudga uyg‘otishlikning ajri senga bo‘lsin, deya o‘zimni uxlaganga solib yotgan bo‘lsam ham. Faqat unutma, suvning juda muzdek bo‘lmasligiga ham e’tibor bergin :) Bir-birini Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rganlar Qiyomat kuni, Mahshar maydonida, buyuk Arshning soyasida yonma-yon turadigan insonlarimdan biri bo‘lishingni Allohdan so‘rayman. Ayt! Allohning taqdiri ila bir kun eshigingni qoqsam, Allohning amri, Rasulullohning sunnati ila qo‘lingni so‘rasam, rozi bo‘larmiding?! @shokhakbartoirov

  • Shunchaki yashang Judayam qiziq-a? Hech narsasiz ketishimizni bilamiz-u, ammo hamma narsaga erishishni xohlaymiz. Baxtiyor damlar bilan birga bizga tunlari uyqu bermagan yuragimizdagi bu dardlar ham mana shu dunyoda qolib ketadi. Hammasiga qo‘l siltang-u, shunchaki yashang. Ibodat qiling, kitoblar o‘qing, yolg‘iz bog‘larni sayr qiling, kechalari yulduzlarga uzoq termiling, yomg‘irda xo‘l bo‘ling. Mayli qalbingiz qirilsin, ammo odamlarning qalblariga ozor bermang. O‘zingiz baxtsiz bo‘lsangiz ham, boshqalarga baxt ulashing. Balki hech qancha umidingiz qolmagandir, lekin insonlarga umid berishdan to‘xtamang. Dard va qayg‘ularingizni yuragingizda ko‘tarib yashamang, qo‘yib yuboring. Xafa bo‘libmi yoki xursand bo‘lib yashaysizmi, baribir ketamiz bu yerlardan. Qayg‘urmang, shunchaki yashang. @shokhakbartoirov

  • Qara, Ramazon keldi! Unut endi yomon kunlarni, qo‘yib yubor o‘sha tinchlik bermayotgan o‘ylarni. Qara, axir ramazon keldi! Sen uchun o‘zi bilan bahorni ham olib keldi. Alloh bu kunlarni hammaga ham nasib qilmadi, xursand bo‘l, sen omadlilardansan. U seni gunohlardan poklanib olishingni xohlabdi. Tarovihlarda huzurida turishingni, kunduzlari U uchun ro‘za tutishingni xohlabdi. Ramazon ila qalbingga sakinat, xotirjamlik va huzur olib kirmoqchi ekan. Esingdami, ramazon kelsa o‘zgaraman, derding. Namoz o‘qiyman, ro‘za tutaman, yomon odatlarimdan qutulaman, derding. Robbingga qaytmoqchi eding, qara, keldi o‘sha sen kutgan ramazon. Senga iltimosim bor, mana shu oyda Qur’on o‘qishni o‘rganib ol, oz-ozdan bo‘lsa ham yodlab bor, so‘ngra hecham uni qo‘yib yuborma. Bir kun kelib qimmatli vaqtingni sarflaganing uchun achinmaydigan narsalaringdan biri bu Qur’on yodlagan kunlaring bo‘ladi. Shaytonlar kishanlangan ushbu oyda o‘z nafsing bilan bo‘ladigan qiyin kurashda senga omad tilayman. Ramazon oying muborak bo‘lsin, birodarim! @shokhakbartoirov

  • «Qizalog‘im, Osiyo» #maktublar Sen avval do‘st bo‘l “Bir ko‘rishda sevgiga ishonasizmi?” “Sizni bir ko‘rishda sevib qoldim” kabi yolg‘onlar to‘la bu dunyoda, avval jufti haloling uchun do‘st bo‘la olgin, Osiyom. Hamma narsa haqida gapira olmasa, dardlarini aytolmasa ham sen do‘st bo‘lki, u haqidagi bilishni istaganlaringni barini ko‘zlari aytsin senga. Sen u uchun qanoti bo‘l, samolarda parvoz etsin. Shunda u daraxt bo‘ladi, sen soyasida rohatlanishing uchun. Aytishadiku, buyuk insonlarning ortida buyuk ayollar turadi, deb. Sen uning eng yaqin do‘sti bo‘lishga tayyor bo‘lgan kuning, u ham buyuklikka tayyor bo‘ladi. Unutsa eslatadigan, qoqilsa tirgak, sirlarining egasi bo‘l. Eng og‘ir damlarda ham birgina dunyo tashvishlaridan yiroqda bo‘lgan, beg‘ubor ammo tog‘lardek kuch bag‘ishlaydigan tabassumingni har tong hadiya qil jufting uchun. Hech qachon ustun jihatlaringni ko‘rsatishga urinma. U bularni biladi, ammo o‘zingni undan ustun qo‘ymaganing uchun ham seni osmonlarcha sevadi. Ishqning avvali do‘stlikdir. Sen avval do‘st bo‘l, go‘zal qizim! Bugun 12-fevral, biroz yomg‘irli kun bo‘ldi. Bahor kelayotgani shundoqqina bilinyapti, Osiyom. @shokhakbartoirov

  • без подписи

  • Mohiyat Agar yosh bolaga shokolad bilan olmosni ko‘rsatsangiz, u albatta, shokoladni tanlagan bo‘lardi. U olmosning puliga umrining oxirigacha yetadigan shokolad olish mumkinligini bilmaydi. Biz ham mana shu vaqtinchalik dunyoni deb bekor ketkazayotgan umrimizni dinimiz uchun sarflab, abadiy Jannatni qo‘lga kiritishimiz mumikin edi. Universitetga kirish imtihonida sizga berilgan uch soat ichida hech qorningiz ochganini sezganmisiz? Imtihon vaqtida ko‘radigan serialingizning kechagi qismida bo‘lgan voqeallarni eslab xayol surib o‘tirganmisiz? O‘shanda hozir sevgan qizingiz nima qilyapti ekan, deb o‘ylaganmisiz? Yoki kechki payt bo‘ladigan futbolda kim yutishi mumkinligi haqidachi? Yo‘q, bor e’tiboringiz uch soatlik imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib olishda edi. Chalg‘imaysiz, chunki mana shu uch soat qolgan hayotingizni belgilab berishini bilasiz. Dunyo hayotini ham uch soatlik imtihon deb biling. Mana shu uch soatlik hayotingiz oxiratdagi joyingizni belgilab beradi. Shokolad ortidan quvmang, olmosning mohiyatini anglang. @shokhakbartoirov

  • Seni Alloh uchun sevaman Agar mendan bir kun kelib “Nega meni sevasiz?” deb so‘rasang, shunday deyman: bu hayotda meni tushuna olgan kam sonli insonlardan biri bo‘lganing uchun sevib qolganman. To‘g‘ri, bu dunyoda sendan chiroyliroq, sendan aqlliroqlarini ham uchratdim. Ammo men faqatgina senga oshiq bo‘ldim. Ularning hech biri sendek tabassum qilolmaydilar. Sendek javob kutmasdan, hech narsa talab qilmasdan sevolmaydilar. Haq bo‘la turib ham, buni hech qachon men bilan talashib, isbotlashga harakat qimaganing uchun sevaman. O‘zingni mendan va boshqalardan aqlliroq, taqvodorroq tutmaganing uchun, fazilatlaring haqida so‘z ochmaganing uchun sevaman. Men hayronman, nega shu paytgacha “Meni ham sevasizmi?” “Meni nima uchun sevib qolgansiz?” deb so‘ramading? Agar so‘rasang, shunday derdim: Mendan ko‘proq Robbing bilan birga vaqt o‘tkazganing uchun, Qur’on bilan birga o‘tkazgan onlar uchun, kitoblarga bo‘lgan muhabbating uchun seni sevib qolganman. Hayotim davomida eng yaqin do‘st bo‘la olganing uchun, onamning o‘z qizlari va Osiyoning onasi bo‘lganing uchun sevganman seni) Xursand bo‘lsam, mendan ham ko‘proq sen quvonarding. Xafa bo‘lganimni ko‘rsang, mendan ko‘proq tushkunlikka tusharding. Adashsam, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatding, unutsam, eslatding. Seni bular uchun sevdim. Seni sen bo‘lganing uchun sevdim. Bilasanmi, barcha narsadan umidlarimni yo‘qotayotgan kunlarimning birida menga seni uchratishlik baxti berildi. Sen sevgan narsalarni sevaman. Sen yurgan yo‘llarni, sen ulg‘aygan ko‘chalarni sevaman. Ichida sen bo‘lgan bu hayotni sevaman. Men seni sevaman. @shokhakbartoirov

  • Nihoyat biz Jannatdamiz Bir kun kelib o‘zingni barcha sevganlaring orasida ko‘rasan. Yuraging hech siqilmay qo‘yadi. Hech narsani o‘ylamaysan. Hammayoq yorug‘ va nurli bo‘ladi. Ko‘z yoshlaringa guvoh bo‘lgan tun endi hech qachon kelmaydi. Insonlar boshqa o‘lmaydi. Yaqinlaringni shifoxona eshigi oldida kutishga xojat qolmaydi. Sog‘inchni his qilmaysan, u yerda faqat visol bor. Va asta pichirlab shunday deysan: “Nihoyat biz jannatdamiz”. @shokhakbartoirov

  • Dunyoning faqat yaxshi taraflarini ko‘rib, yomon taraflaridan xabari bo‘lmagan noshukur insonlarmiz. Videoda yerdagi jahannam, ya’ni Suriyadagi o‘sha daxshatli Sednaya qamoqxonasi👇🏻 https://youtu.be/SAU-RtU82r8?si=gJxIwgErWrIz4a6j

  • 🏡 Bir-birimizni yanada yaqinroqdan his qilishimiz uchun - @burasishokhakbar

  • O‘lim nima ekanligini o‘sha kuni angladim Olti yil avval, xuddi shu kuni dunyodagi eng katta suyanchig‘i otasi bo‘lgan 17 yoshli bolakay edim. Va o‘sha kuni tunda u bolakaydan asar ham qolmadi. Adam vafot etdilar. Xuddi hayot yo‘q deyishlarimga qarab o‘tirmay, majburlab katta qilib qo‘ygandek edi meni. O‘lim nima ekanligini o‘sha kuni angladim. O‘sha kunni hech qachon unutmadim, unutolmasam ham kerak. Ba’zilar tunni yaxshi ko‘radi, ammo men har tunda qaysidir yaqinimni yo‘qotmasmikinman deya qo‘rqaman. Tongni yaxshi ko‘raman. Quyoshni, kamalakni, oppoq bulutlarni yaxshi ko‘raman. Oradan yillar o‘tgan bo‘lishiga qaramay, hali ham yarim qolgan qalbim bilan yashashda davom etyapman. Dunyodagi barcha otalarga aytmoqchiman, farzandlaringizni tashlab qo‘ymang, otasiz bo‘lmas ekan ishlar. Iltimos, o‘lib qolmang… @shokhakbartoirov

  • Sevgi Sen bilan ekan, Robbim! Allohim, men keldim! Yana Senga keldim... Sendan ketib yana Senga qaytib keldim, Allohim. Men sevgini odamlardan, sadoqatni do‘stlarimdan, mehrni atrofimdagilardan kutibman. Bari Sen bilan ekan, Robbim. Sen bilan birga bo‘lsam bo‘ldi ekan. Singan qalbim bilan keldim Senga, Allohim. Yuragimda og‘riq bilan keldim. Yuzimdagi nurni so‘ldirgan gunohlarim bilan, zarra yorug‘lik bo‘lmagan qorong‘ulikka sho‘ng‘ib ketgan o‘zligim bilan keldim. Barcha g‘amginliklarimni olib Senga keldim. Sendan hech narsa so‘ramayman, menga Sen keraksan, Allohim! Sen keraksan. Men bandalaringni sevish bilan baxtli bo‘la olaman, deb o‘ylabman. Aslida, sevgi oyoqlarim ostiga solingan joynamoz ustida ekan, unga boshimni qo‘yib ko‘z yoshlar to‘kkan sajdada ekan. Tilim qiroat, aqlim tadabbur qilayotgan Qur’on oyatlarida ekan sevgi. Rasuling sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘rishda, sahobalar yo‘lidan yurishda ekan sevgi. Sevgi Sen bilan ekan, Robbim. Sen bilan birga bo‘lsam bo‘ldi ekan. Yonimda hech kim yo‘qligini ko‘rib o‘zimni yolg‘iz his qilibman. Lekin bildimki, yolg‘izlik Senga yaqinlik ekan. Sen suyanadigani yo‘qlarga suyanchiqsan, Robbim. Bilaman, men kechqurun gunohlarga botgancha uyquga yotardim, Sen esa har tong rahmating ila uyg‘otarding. Har yangi kunni yangi bir imkon qilding, men bularni zoye qildim. Kechir, ey mehribon Allohim! Qalbimdagi eng buyuk taskinim Senga anglatolmaganlarimnida bilishingdir. Qalbimning to‘lmagan bir qismi bor, u yerga Sendan boshqa barchani qo‘yib ko‘ribman. To‘lmadi. Endi tushundim, u yer Sening joying ekan, Sendan qolgan bo‘shliqni Sening qullaring bilan to‘ldirishga urinibman. Sen bo‘lsang bo‘ldi ekan. Faqatgina Sen. Men bugunga qadar go‘yo tush ichra yashabman. Aldanibman. Qizig‘i, aldagan ham o‘zim, aldangan ham o‘zim ekanman. Bilaman deb o‘ylaganlarimni hech qachon bilmagan ekanman, Allohim! Bu hayotda bilish yetarli emas, his qilib yashamoq kerak ekan. Xayollarim bilan yashabman bu hayotni. Tushlarni o‘ng deb sevinibman... Ey Allohim! Aslida, sevgi qanday tuyg‘u, insonlarni qanday sevish kerak? Men sevishni bilmadimmikin?.. Men kino qahramonlaridekmas, kitoblarda yozilganidek ham emas, men shunchaki o‘zligim bilan sevdim, hech narsa kutmay sevdim, jimgina sevdim, xolos. Yo men adashdimmi?.. Koshki butun shaharni shalabbo qilayotgan yomg‘ir yuragimga yog‘sayu, barcha og‘riqlarni yuvib ketsa. Allohim, Sen har narsaga qodirsan. Sen istasang, kelmaydigan keladi, bo‘lmaydi deyilganlar amalga oshadi, sevolmaydiganlar sevadi. Menga rahm qil! Yuragimni olib Senga keldim. Unda Sendan o‘zganing sevgisi bo‘lmasin deya keldim. Meni qabul qil, Robbim. Ey Allohim! Menga bir gul berishsa, xursand bo‘libman. Bilsam, Sen men uchun butun yer yuziga gullarni to‘shab qo‘yibsan. Birgina shirin so‘z eshitsam, sevinibman. Sen esa so‘zlarning ko‘shkini Qur’onga jo qilibsan. Sevib qolsam, dunyolarga sig‘may ketibman, xayol surgancha yulduzli osmonga qarab tunlarni bedor o‘tkazibman. Sevgini Sen yaratibsan axir. Sevgini yaratganni sevishlik qandayin tuyg‘u ekanini qalbimda his qilib ko‘rmabman. Ey, son-sanog‘i faqat O‘ziga ayon, turli-tuman yaratmishlarining go‘zalligi bilan mendek bandasining qalbini xushnud qilgan Zot. Allohim, har doim menga bir ne’mat berganingda shukrim oz bo‘ldi. Menga har doim bir musibat berganingda sabrim oz bo‘ldi. Ey ne’matlariga shukri, musibatiga sabri oz bo‘lganni yolg‘iz qoldirmagan! Ey xatolarini ko‘rsa ham uni rasvoyi raddi qilmagan Zot! Gunohlarimni afv qil va menga shifo ber! @shokhakbartoirov

  • Qur’on o‘qi, do‘sim! Har safar kitoblar haqida sen bilan suhbatlashar ekanman, shuni ham bilgin, men sen o‘ylaganchalik “kitobxo‘r”, yiliga yuzlab kitoblar o‘qiydigan odam emasman. Ammo, ozgina kitob o‘qigan inson sifatida shuni ayta olamanki, hech qaysi kitob Qur’on bergan lazzatni berolmaydi. Bu lazzatni juda ko‘p kitoblardan qidirdim, topolmadim. Balki hozir nima deyotganimni tushunmayotgandirsan, bir kun albatta ushbu so‘zlarimni anglaysan. Agar mendan so‘rasang, men hech qanday bookbloger’larni kuzatmayman, tanimayman ham. Negaligini bilasanmi? Chunki, ularda Qur’onni ko‘rmayman. Alloh zikr qilinmagan, Rasululloh eslanmagan, Qur’on haqida gaplashilmagan davralar tez zeriktiradi. Qur’ondan bitta oyatni tajvid bilan o‘qib berolmagan odamning kuniga bittadan kitobni o‘qib tugata olishi meni hech qachon hayratga solmaydi. Bu bilan senga kitob o‘qima, demoqchi emasman. Shunchaki, o‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblaring avvaliga Qur’onni qo‘y, vaqtingni eng ko‘p qismini Qur’on o‘qish va yodlashga sarfla, demoqchiman. 30 pora Qur’onni yod olgan qori bilan, bir oyda 30 ta kitob o‘qiy oladigan insondan qaysi biriga o‘xshashni xohlarding? Takrorlayman, kitob o‘qishingga, umuman, kitob o‘qishni yaxshi ko‘rishingga qarshi emasman. Shunchaki, yaxshisidan yaxshirog‘ini ajrata olgin. @shokhakbartoirov

  • Siz motivatsiyani qayerdan olasiz? Bir kuni Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdan “Qanday qilib shunday darajaga yetdingiz”, deb so‘rashgan edi. Shayx: “Ilm olish yo‘liga kirganimdan beri bomdoddan keyin uxlamadim”, deb javob bergan edilar. Man motivatsiyani mana shunday insonlardan olaman. Sizchi? Robin Sharmami yoki Brayn Treysi? Bilasizmi, siz ergashib yurgan g‘ayridin motivatorlar, so‘zlariga ishonib yurgan psixologlar “ilm” deya ichirayotgan stakandagi suvni “Islom” deb nomlangan dengizdan olishgan. @shokhakbartoirov

  • Allohni taniysizmi? Esingizdami, yoshligingizda onangiz shirinlik yeganingiz, sovuq suv ichganingiz uchun urishar edilar. Hozir o‘ylab ko‘rsangiz, bularning barchasi sizni o‘ylaganliklaridan ekanini tushundingiz. Xafa bo‘lmaysiz. Endi aytingchi, axir onaning qalbiga sizga bo‘lgan mehrni joylagan zot Alloh emasmidi? Uning ham qo‘limizdan olib qo‘yganlari bizga qilayotgan yaxshiligidan bo‘lishi mumkin emasmi? Qaniydi Robbimizni ham onamizni taniganchalik taniganimizda edi. @shokhakbartoirov