tgindex
Boshqaruvchiga

Boshqaruvchiga

Статистика
@boshqaruvchigaузбекский

Abdulloh Shamsutdinov, Rahimov School asoschilaridan biri, kompaniya Operatsion direktori

Последний пост
9 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
7 650
−16 за 5 дн.
Сутки
−1
−0,01%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
6 756
20 постов
Вовлечённость
88,3%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
12
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
4 408
1/48двое суток
5 051
1/72трое суток
5 448

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 9 авг.3 05055

    G’ayrat, katta gapirma Bir ota maktab bilan tanishishga kelib: — Maktab ochishdan maqsadinglar nima? — deb so‘radi. Biznes. Pul topish. Tirikchilik, — dedim. — Iya, ta’limdan maqsad ham pul bo‘ladimi? — Boshqa katta maqsadlarimizni aytsam, hozir sizga quruq gap bo‘lib eshitiladi. Hali bizni tanimaysiz. Shuning uchun aniq narsani aytganim ikkimizga ham yaxshi, — dedim. Katta niyating bo‘lsin. Millatga foydang tegishini xohlarsan. Bir sohani o‘zgartirmoqchidirsan, Odamlar uchun katta ish qilish niyating bordir. Lekin bularni hammaga aytib yurma. O‘ta yaqinlaring bilsa, yetadi. Katta da’voni erta aytishning o‘zingga ham zarari bor. Hali ish qilmay turib, gapirib rohatini olib qo‘yasan. Odamlarda katta kutish uyg‘otasan. Keyin ish qilishdan ko‘ra, o‘zing haqingda yaratgan obrazga mos ko‘rinish bilan ovora bo‘lib qolasan. Endi ish boshlagan yosh tadbirkorlarda shu narsa ko‘payib qolyapti: Amal kichkina, da’vo katta. Har ikki gapda “Inshaalloh”, “millat”, “ummat”, “kelajakni o‘zgartiramiz”. Bu so‘zlarda muammo yo‘q. Muammo — ular bilan o‘zingni amalingdan kattaroq ko‘rsatishda. Katta niyat qil. Kam gapir. Ko‘p ish qil. Da’vong amalingdan oldinga o‘tmasin. Ba’zi katta maqsadlaringni esa amalga oshirmaguningcha o‘zingda saqlaganing yaxshi. @boshqaruvchiga | Boshqaruv kursi

  • 8 авг.1 88010из azizrakhimov_blog

    Yana bir o‘quv yili tugadi. Maktabimiz natijalari bilan bo‘lishamiz. Hozircha bitiruvchilarimizning 94 foizi talaba bo‘ldi. Lekin, faqatgina talaba bo‘lish bilan hozir kimni hayron qoldira olasiz? 104 ta bitiruvchimizdan: 28 tasi 100 foizlik 44 tasi 50+ foizlik 10 tasi qisman grant bilan talaba bo‘lishdi. Qolganlari shartnomaga kirdi yoki javobini kutyapmiz. 104 ta bitiruvchimizning 99 tasida kamida bitta fan yoki til sertifikati bor. Bu yilning o‘zida o‘quvchilarimiz: 113 ta IELTS, 34ta SAT, 91ta CEFR, 10 ta AP Calculus & Statistics va 49 ta Milliy matematika sertifikati olishdi. 4100 ta kitob o‘qib topshirishdi. O‘nlab olimpiadalardan sovg‘a bilan qaytishdi. Boshlang‘ich sinflarimizda kumon matematika tizimi joriy qildik. 50% o‘quvchilarimiz mavzudan bir yil oldinga o‘tib ketishdi. Ota-onalar roziligini 87% ga olib chiqa oldik. Ustozlarimizda yildan-yilga qolish 90.2% ga chiqdi. O‘quvchilarimizning 87 foizi kelasi yil uchun shartnoma tuzib bo‘lishdi. (Eng birinchi kampusimizda 91%) O‘zimizda ishlab, o‘zimizda farzandini o‘qitayotganlar soni 61 taga yetdi. Endi biz ham ayta olamiz: Maktabni o‘zimiz uchun yurityapmiz, sizlarga ham ilindik.

  • 4 авг.4 57675

    G‘ayrat, o‘zingni burchakka tiqib qo‘yma Oylikka ishlaydigan ukalarimizdan biri bo‘lib to‘lashga qimmat mashina olibdi. Har oy mashinasiga $1 000 to‘laydi. Ro‘zg‘origa esa $500 atrofida pul qoladi. Ijara, oziq-ovqat, benzin va kiyim-kechakdan keyin deyarli hech narsa qolmaydi. Rivojlanish to‘xtagan. Ehson to‘xtagan. Zaxira yo‘q. Mashina olgan-u, evaziga erkinligini bergan. Shunda unga oddiy qoidani tushuntirdim. Senga ham kerak bo‘lishi mumkin. Oylik daromading — $1 500, deb olamiz: Naqdga mashina olsang, narxi yarim yillik daromading atrofida bo‘lgani yaxshi — $9 000 (Nexia 3) Bo‘lib to‘lashga olsang, mashina to‘lovi oylik daromadingning 1/3 qismidan oshmasin — $500 Boshqa qarz va nasiyalaring ham bo‘lsa, hammasini qo‘shganda oyligingni yarmidan oshmasin — $750 Nasiyaga berishlari — sen uni bemalol ko‘tara olishingni anglatmaydi. Sotuvchi qarzni qaytarishingni o‘ylaydi. Sen esa qarzni qaytarib, qanday yashashingni ham o‘yla. Faqat bitta istisno bor. Agar mashina sening pul topish vositang bo‘lsa, hisob boshqacha. Taksi qilsang, yuk tashisang yoki savdo bilan yursang, mashina xarajat emas — ish quroli. Bunda savol oylik to‘lovi qancha ekanida emas. Savol: Benzin, servis, ta’mir va to‘lovlardan keyin qancha sof pul topyapsan? Agar arzonroq mashina ham shu daromadni keltirsa, qimmatrog‘ini “ish uchun oldim” deb o‘zingni aldama. Oradagi farq investitsiya emas. Havas xarajati. Xullas, mashinang hayotingni yengillashtirsin, og‘irlashtirmasin. Avval ham aytganman: Boshqaruv o‘zingni boshqarishdan boshlanadi. Havasni boshqarmasang, bir kun kelib to‘lovlaring seni boshqaradi. @boshqaruvchiga | Boshqaruv kursi

  • 2 авг.4 43044

    G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o’zi yetmaydi Bir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi. Qisman qo‘shilmayman. Yaxshi inson bo‘lish — rahbar bo‘lish uchun albatta kerak. Boshqaruvni bilish esa rahbarlikni eplash uchun kerak. Biri uyning fundamenti bo’lsa, ikkinchisi bino. Fundamentsiz uy pishiq bo’lmaydi, binosiz fundamentda esa yashab bo’lmaydi. Ikkisi bo’lsagina, haqiqiy ma’nodagi ergashish bo’ladi. Mediada ham, hayotda ham o‘ta samimiy ko‘rinadigan yaqin tanish tadbirkorimiz bor. Bizneslari katta. Lekin moliyaviy ahvoli ham, ish sifati ham yaxshi emas. Bu bizneslarni yelkasida ko‘taradigan tayinli jamoasi ham yo‘q. Vaqti-vaqti bilan kuchli mutaxassislar, shogirdlari kelib jamoasiga qo‘shiladi. Ammo ko‘p o‘tmay ishni topshirib ketishadi. Shulardan biridan so‘radim: — Nega ishlayvermaysizlar? U kishi yaxshi odam-ku? — Aka, u kishi ustozimiz. Xizmatlari bo‘lsa, kelib qilib ketganimiz yaxshi ekan. Birga ishlasak, boshqaruvni bilmaganlari sabab ko‘p xafa bo‘lib qolamiz. Oldimizdagi hurmatlari ham tushib ketyapti. Masalaning og‘riqli joyi ham shu. Odam yaxshi bo‘lishi mumkin. Lekin bu uning atrofida kuchli jamoa o‘z-o‘zidan shakllanadi degani emas. Kimni ishga olish, kimga qanday vazifa berish, nazorat qilish, to‘g‘ri fidbek berish, qaror qilish, majlis o‘tkazish va kerak bo‘lsa odam bilan xayrlashish — bularning hammasi alohida ilm. Bularni bilmagan yoki bilib ham amal qilmaydigan rahbar yomon odam bo‘lmasligi mumkin. Lekin yaxshi niyat bilan ham jamoani hafsalasini pir qilaveradi. Shuning uchun rahbarlikda ikki sifat birga bo‘lishi kerak: Ishonch va layoqat. Ishonchli, lekin layoqatsiz rahbar natija chiqara olmaydi. Natija faqat pul emas. Kuchli jamoa qurish ham, tizim yaratish ham, ish sifatini ushlash ham natija. Layoqatli, lekin ishonchsiz rahbar esa kuchini jamoa uchun emas, o‘z foydasi uchun ishlatadi. Shuning uchun kuchli va vijdonli xodim rahbariga qarab ichida ikki savol beradi: 1. Bu odamga ishonsa bo‘ladimi? 2. Bu odam ishni yurita oladimi, muammo chiqsa adolat bilan hal qiloladimi? Faqat bittasiga «ha» javobi yetmaydi. “Ishni ahliga topshir” degan hikmatni ham eslashimiz mumkin. Shuning uchun, G‘ayrat, yaxshi odam bo‘l. Lekin shu bilan kifoyalanma. Boshqarishni ham o‘rgan. Chunki odamlar yaxshiligingni ko‘rib yoningga keladi. Qanday boshqarishingga qarab esa qoladi yoki ketadi. @boshqaruvchiga | Boshqaruv kursi

  • 26 июл.4 97017

    G‘ayrat, ishdan toza ketgin Bir necha yil avval fan ustozlarimizdan biri boshqaruvdagi yangi lavozimga hujjat topshirdi. HR suhbatidan keyin kamina bilan gaplashdi. Kamchiliklarini ochiq aytib, bu lavozimga hali tayyor emasligini bildirdim. Ikki kun o‘tib…

  • 25 июл.5 02444

    G‘ayrat, ishdan toza ketgin Bir necha yil avval fan ustozlarimizdan biri boshqaruvdagi yangi lavozimga hujjat topshirdi. HR suhbatidan keyin kamina bilan gaplashdi. Kamchiliklarini ochiq aytib, bu lavozimga hali tayyor emasligini bildirdim. Ikki kun o‘tib, ustozlikdan ketish haqida ariza yozibdi. O‘quv yilining tugashiga bir oy qolgan edi. Hech bo‘lmasa o‘quvchilarini yil oxirigacha olib borishini so‘radik. Ko‘nmadi. Uch kun ichida ishini ham, o‘quvchilarini ham yarim yo‘lda tashlab ketdi. Ishdan ketishga haqqi bor edi. Xafa bo‘lishga ham. Lekin mas’uliyatini yarim yo‘lda tashlab ketishga haqqi yo‘q edi. Ustoz jamoadan ketdi. Ammo yillar davomida yig‘gan obro‘sini uch kunda bir pul qildi Ertaga boshqa ishxona u haqida fikr so‘rasa, aytadigan gapimiz: — Ishladi. Lekin oxirigacha turmadi, ketib qoldi. Maqtashga esa sabab qoldirmadi. ——— Ishga qanday kirganing muhim. Lekin qanday ketganing undan ham muhim. To‘g‘ri ketmoqchimisan? Ishingni tugatib, keyin topshir. Ortingdan muammo qoldirma. Senga ishonganlarni yarim yo‘lda tashlama. Bunga ba’zan bir oy, ba’zan uch oy ketadi. Lavoziming qanchalik muhim bo‘lsa, ishni topshirishga shunchalik ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Xullas, eshikni yopib ket. Tepib emas. Chunki odamning asl saviyasi lavozim olganida emas, rad javobini olganida bilinadi. @boshqaruvchiga | Boshqaruv kursi | @taskoappbot

  • 24 июл.5 14741

    G‘ayrat, layoqatni ko‘tarasan, sadoqatni emas Bir xodimga asosiy ishidan tashqari qo‘shimcha vazifalar berildi. Alohida haq ham to‘landi. Bir yil o‘rgatdik, yordam berdik. Baribir eplay olmadi. Shuning uchun qo‘shimcha vazifalar ham, ularning haqi ham olindi. Asosiy oyligi esa odatdagi tartibda 10–15 foizga oshirildi. Xodim norozi bo‘libdi: — Sadoqatimning evazi shumi? Boshqa joylardan taklif bo‘lsa ham, sizlarni tanlagandim-ku. Buni eshitgan ikki rahbar mendan so‘radi: — Bu adolatlimi? Ertaga biz bilan ham shunday bo‘ladimi? — Ha, — dedim. — Men ham yetarli vaqt va yordamdan keyin rahbarlikni eplay olmasam, vakolatimni topshirishim kerak. Siz ham. Bu adolatsizlik emas. Aksincha, o‘sha mas’uliyatni ko‘tara oladigan odamga nisbatan adolat, deb yondashuvni to’liq tushuntirdim. Tushunishdi. —— Sadoqatli odamni qadrlaysan. Birinchi qiyinchilikda tashlab yubormaysan. O‘rgatasan, imkon berasan, layoqatiga mos joy topasan. Lekin eplay olmaydigan lavozimda ushlab turmaysan. Chunki lavozim — uzoq ishlagani uchun beriladigan medal emas. Mas’uliyatni ko‘tara oladigan odamga beriladigan vakolat. Sadoqatli, lekin layoqati yetmagan odamni ko‘tarsang, uch tomonni qiynaysan: uning o‘zini; uning jamoasini; o‘sishga loyiq xodimlarni. Shuni aniq bilib ol: Sadoqat — layoqatingga mos joyda qolishingga sabab. Layoqat — yuqoriga ko‘tarilishingga. @boshqaruvchiga | Boshqaruv kursi

  • 23 июл.5 55367

    G‘ayrat, yaxshi odam bilan ishonchli odamni adashtirma Bir xodim haqida gaplashib: — Yaxshi bola, ishonaman unga, debsan. Yaxshi odam bo‘lish — boshqa. Ishda unga suyanish mumkinligi — boshqa. Odam xushmuomala, samimiy, niyati toza bo‘lishi mumkin. Ammo shu fazilatlarning o‘zi uni ishonchli qilib qo‘ymaydi. Va’da beradi — bajarmaydi. Ulgurmaydi — oldindan aytmaydi. Muammo chiqsa — oxirigacha yashiradi. Bunday odam yomon emas. Lekin ishda unga suyanib bo‘lmaydi. Ishonchli odamni gapidan emas, odatidan taniysan: aytdimi — qiladi; qilolmasa — oldindan aytadi; xato qilsa — tan oladi; muammo ko‘rsa — yashirmaydi; har xil vaziyatda qanday yo‘l tutishini taxmin qila olasan. Rahbarlikda ishonch — odamni yaxshi ko‘rish emas. Unga ish topshirib, ortidan yugurib yurmaslik. Yaxshi odamni hurmat qil. Ammo katta mas’uliyatni suyanish mumkin bo‘lgan odamga topshir. @boshqaruvchiga | Boshqaruv kursi

  • 22 июл.5 27752

    G‘ayrat, soxta lavozimlarga qiziqma Bir ukamiz maslahatga keldi. Startup boshlashibdi. — Jamoada kimlar bor? — deb so‘radim. — Men CEO’man, sherigim COO, yana bir xodimimiz loyiha menejeri. — Boshqa-chi? — Shu uchchalamiz, xolos. Dakki berdim: — Hali biznesning o‘zi yo‘q. Mahsulot yo‘q, mijoz yo‘q, pul yo‘q. — Undan ko’ra “Bollar bilan yangi ish boshladik”, deb qo’yavering, uka. Odamni lavozimi emas, natijasi muhim ko’rsatadi. Startupning boshida sen CEO ham, sotuvchi ham, operator ham, kerak bo‘lsa kuryer ham bo‘lasan. Bundan uyalma. Uyat — qiladigan ish yo‘q bo‘lsa ham, chiroyli nom ortidan quvishing. CEO degani vizitkaga yoziladigan uchta harf emas. Bu kompaniyaning puli, jamoasi va natijasi uchun javobgarlik degani. Avval jamoa qur. Mijoz top. Muammo yech. Pul ishlab top. Haqiqiy lavozim keyin keladi. Ko‘pchilik muhim bo‘lishni emas, muhim ko‘rinishni xohlaydi. Sen esa o‘zingni muhim ko‘rsatishga urinma. Muhim ish qil. Muhim bo’lasan. Odamlar seni unvoning uchun emas, hal qilgan muammolaring va chiqargan natijang uchun hurmat qiladi. Lavozimni yozib qo‘yish oson. Unga loyiq bo‘lish esa qiyin. @boshqaruvchiga Amaliy boshqaruv kursi @Taskoappbot

  • 11 июл.6 64043

    G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayver Maktablarimizda o‘quv yili yakunlandi. 200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz. Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo’l ostidagi bir ustoz bilan xayrlashishga ikkilanib, maslahat so‘radi. Savol berdim: — Ustoz o‘quvchilarga fanni sevdira oldilarmi? — Yo‘q. Hech kim qo’shimcha to’garak ochishni ham so’ramadi. — O‘quvchilar ustozni yaxshi ko‘radimi? — Yo‘q. Raqamlari past, mana. — Natija chiqara oldilarmi? — Yo‘q. — Unda javob aniq ekan-ku. Nega ikkilanayapsiz? — Ustoz ayol kishi. Intizomi ham yaxshi. Xafa bo‘lmasmikinlar, qanday his qilarkinlar, deb o‘ylayapman. — Shu ustozga o‘z farzandingizni berarmidingiz? — Yo‘q, bermasdim. — Unda qanday qilib yuzlab ota-onaning farzandini shu ustozga ishonib topshirishga rozi bo‘lamiz? — Rozi bo‘lolmaymiz. — Unda bir kishining xafa bo‘lishini emas, ko‘pchilikning haqqini o‘ylang. Suhbat shu yerda tugadi. Xodimning ayol yoki erkakligi qaroringga ta’sir qilmasligi kerak. Layoqatga qara. Intizom muhim. Lekin uning o‘zi yetmaydi. Natijaga qara. Bizni sohada ustoz fanni sevdira olishi, o‘quvchi bilan aloqa qura olishi va natija chiqara olishi muhim. Albatta, xayrlashish birinchi ishing emas. Avval talab aniq aytiladi. Muammo ko‘rsatiladi. Yordam, imkoniyat va muddat beriladi. Lekin shundan keyin ham natija bo‘lmasa, qarorni cho‘zish — mehribonlik emas. Bu yuzlab o‘quvchi va ota-onaning haqqini bir kishining ko‘ngliga almashtirish bo‘ladi. Rahbarning vazifasi hech kimni xafa qilmaslik emas. Rahbarning vazifasi — insoniylikni saqlagan holda adolatli qaror qilish. Ba’zida jamoa va kompaniya manfaatini himoya qilganingda, xodiming sendan xafa bo‘ladi. Ba’zan rahbaring ham. Mayli. Vaqt o‘tib tushunishadi. Yoki, hafa qilmasdan tushuntirishni o’rganasan. Yoki xatoyingni tushunasan. @boshqaruvchiga Amaliy boshqaruv kursi @Taskoappbot

  • 8 июл.7 08359

    G‘ayrat, avval jamoa qur. Tizim keyin keladi. Bir tadbirkor tanishim ish jarayonlarini tartibga solish uchun tashqaridan “tizimlashtiruvchi” olib kelibdi. Mutaxassis ishni CRM, ERP o‘rnatishdan boshlabdi. Eshitib u uchun xafa bo‘ldim: “O‘rtoq, CRM o‘rnatganing bilan uni ishlatadigan, yuritadigan, rivojlantiradigan odaming bo‘lmasa, bu senga foyda bermaydi. Bu shunchaki qimmat o‘yinchoq.” Ikki oy o‘tmay, “mutaxassis” ishdan ketdi. Sabab oddiy: xodimlar dasturni ishlatolmadi, tizim esa ishlamadi. —— Tizimni dastur emas, odamlar ishlatadi. Eng zo‘r avtomatlashgan kompaniyada ham robotlarni yakunda odam boshqaradi. CRM, ERP, bot, dashboard — hammasi vosita. Asosiy tizim — jamoa. Jamoa qurish. Shuning uchun ko‘r-ko‘rona dastur o‘rnatish bilan ovora bo‘lma. Avval qadriyati senga mos, kallasi ishlaydigan, talant bolalarni topishni yo’lga qo’y. Ularga sharoit yarat. O‘rgat. Qo‘lla. Talab qil. Shunda jamoang kerakli tizimni o‘zi qurib oladi. Tadbirkorning eng muhim ishi — to‘g‘ri odamlarni ishga olish. Chunki jamoa bo‘lmasa, tizim ishlamaydi. Jamoa bo‘lsa, tizim o‘zi quriladi. @boshqaruvchiga Amaliy boshqaruvni o’rganishga — Boshqaruv kursi Vazifalarni telegramda boshqarishga — @TaskoAppBot

  • 5 июл.7 34838

    G’ayrat, ortiqcha rahmdillik biznesga zarar Yaqinda tajribali jamoadoshimiz sohaga nisbatan yangi hamkasbi bilan bir masalada kelisholmay qolibdi. Yechim xato ekanini bilgan. Lekin “yangi bola rahbardan gap eshitmasin” deb, bahsni davom ettirmagan. Shunchaki: “Mayli”, deb qo‘ya qolgan. Oradan 3 kun o‘tib, 1x1 suhbatda menga xavotirini aytyapti: “O‘sha yechim xato edi. Lekin allaqachon ijroga kirib ketdi.” Javobim qisqa bo‘ldi: “Xato senda.” Nega? Birinchidan, odamni ayab yuziga “mayli” dedingmi, orqasidan menga kelib shikoyat qilma. Chunki tashqaridan bu rozilik bo‘lib ko‘rinadi. Ikkinchidan, sen hamkasbingning ko‘nglini o‘ylabsan, lekin biznesga yetadigan zararni o‘ylamabsan. Ishda rahmdillik kerak. Lekin xato yechimga “mayli” deyish — rahmdillik emas. Bu mas’uliyatdan qochish. Odamni bir marta ayayman deb, muammoni butun jamoaga yuklab qo‘yish mumkin. Kelisha olmayapsanmi? Rahbarni muhokamaga qo‘shgin. Ichingda rozi bo‘lmay turib, tashqarida “mayli” dema. Tamom. @boshqaruvchiga Amaliy boshqaruvni o’rganishga — Boshqaruv kursi Vazifalarni telegramda boshqarishga — @TaskoAppBot

  • 30 мая11,4 тыс58

    G’ayrat, avval ogohlantir, keyin sanch Hamshira ukol qilishdan oldin: “Biroz og’riydi, bo’sh qo’ying”, deydi. Keyin ukol qiladi. Ko’pincha bemor: “Bo’ldimi? Og’rimadi-ku”, deb qoladi. Lekin shu hamshira indamay kelib, to’satdan igna sanchsa, odam og’riqni qattiqroq sezadi. Igna o’sha igna. Dori o’sha dori. Farqi bitta: birida odam tayyor edi, ikkinchisida yo’q. Boshqaruvda ham shunaqa. Yomon gapni odamga to’satdan aytma. Avval o’zini tayyorlab olsin. Masalan, xodimning oyligi kutganicha oshmaydi. So’ragan ruxsati berilmaydi. Qilgan ishini qayta qiladi. Yoki intizom bo’yicha gap eshitadi. Buni aylantirib, oxirida aytma. Boshidan ayt: “Hozir senga yoqmaydigan gap aytaman. Lekin aytishim kerak.” Yoki: “Gapim senga og’ir botishi mumkin. Shuni bilib turib aytyapman.” Shundan keyin odam ichidan tayyor turadi. Keyin asosiy gapni aytasan: “Bu safar oylik kamroq oshadi.” “Bu ish bo’lmaydi, qayta qilasan.” “Bu holat yana takrorlansa, chora ko’ramiz.” Gaping baribir yoqmaydi, tabiiy. Lekin to’satdan kaltaklangandek his qilmaydi. Natijada: Odam birdan qizishib ketmaydi. O’zini oqlashga, bahslashishga, hujumga o’tishga kamroq harakat qiladi. Odatda, gapni yumshatdim deb o’ylaysan. Aslida odamni oxirigacha xavotirda ushlab turasan. Avval ogohlantir. Keyin ayt. Keyin yechimga o’t. Shunda og’riq ham kamayadi, osonroq ham qabul qiladi. @boshqaruvchiga | Boshqaruv kursi

  • 25 мая9 31038

    G’ayrat, faqat o’zinikini ayt Bir jamoadoshimiz kichik yig’inda boshqa hamkasbining xatosini aytib qoldi. O’ziga ham aytgan ekan. Yolg’iz gaplashishga kelishib, mavzuni tez yopdim. Vaziyatni avval “xato qilgan” tomondan eshitdim. Gap tugadi deganda, narigi tomonning xatolarini sanashni boshladi. To’xtatdim. — Hozir uning emas, sizning xatolaringizni gaplashamiz. Odam boshqaning xatosini gapirganda, o’smaydi. O’zining xatosini gapirganda esa, o’sadi. Tushuntirdim. Xatolarini ham tushundi. Keyin ikkinchi tomon bilan ham xuddi shu suhbat bo’ldi. Unda ham faqat o’zining xatosini gaplashdik. Boshqacha aytganda, ikkala odam bilan ham narigi tomonning birorta xatosi muhokama qilinmadi. Natija yomon bo’lmadi. Har biri o’z xatosini tushundi. Ertasi kuni yana odatdagidek ishlab ketishdi. Ko’p rahbarlar shu yerda xato qiladi. Ikki odamni o’tqazib olib: “Kim boshladi?” “Kim haq?” “Kim aybdor?” deb kovlaydi. Keyin esa ikkala tomonda ham himoyalanish boshlanadi. Rahbar sudya emas. Rahbarning vazifasi kim haq ekanini topish ham emas. Har kimni o’z xatosi va mas’uliyati bilan yuzlashtirish. Shunda o’sish bo’ladi. Rahbar sifatida vazifang shu. ——- @boshqaruvchiga

  • 24 мая6 80437

    G’ayrat, qo’rqsang boshqarolmaysan Ikki yil avval tajribasizlik sabab avvalroq o’zimiz ishdan chetlatgan xodimni qayta ishga oldik. Kelishuv bir o’quv yiliga tuzildi. Oylik va boshqa shartlar yil davomida o’zgarmasligi bo’yicha kelishdik. Adashmasam, 10-oktabr kuni xodim katta rahbarga oyligini oshirish talabi bilan yozdi. Birga safarda edik. Maslahatlashdik. Unga HR bog’lanishi aytildi. HR esa safardan qaytgach gaplashishini bildirdi. Shunda HR’ga ham, bevosita rahbariga ham bitta narsani tushuntirdim: Kelishuvni buzish — boshqaruv qarzi bo’ladi. Bugun bitta istisno qilsang, ertaga u tizimga aylanadi. “Ketib qolsa nima qilamiz?” deyishdi. O’rniga odam topilguncha ishini o’zim bajarishimni aytdim. Safardan qaytdik. Ikki rahbaridan ham bir xil, qat’iy javob eshitdi. Keyin katta rahbarga yana chiqqan ekan. U kishi ham aralashmasliklarini aytibdilar. Oldindan kelishgandik. Yakunda, ishda qolishga qaror qildi. Yilni yakunladi. Keyingi yil esa shartnoma yangilanmadi. Bu yerda gap pulda emas. Gap — kelishuvning ishlashida. “Ehtiyoji bordir, oshirsangiz bo’lardi-ku” deyishing mumkin. Lekin 2 oy oldin bir yilga rozi-rizolik bilan kelishilgan edi. Oradan oz vaqt o’tib, uni buzishga urinish boshlandi. Rozi bo’lganimizda, bu holat odatga aylanardi. Bitta odam uchun qilingan istisno, ertaga 300+ kishilik jamoada qoida bo’lib tarqaladi . Yana bir tomoni: yillik byudjet bor. Tushum o’zgarmagan holda xarajatni oshirish — ochiq ziyon. Eng muhimi esa adolat masalasi. Tasavvur qiling: kimdir bosim qilib oyligini oshirdi. Qolgan 299 nafar xodimchi? Ularning aybi nima? Kelishuvga amal qilganimi? Katta jamoada hissiyot bilan emas, qoida bilan boshqariladi. Shuning uchun tartib, qoida va kelishuvlarni ishlatishga jiddiy qarash kerak. Rahm boshqa narsa. Boshqaruv boshqa. Aytgancha, o’sha o’quv yilida birorta jamoadoshimiz o’z xohishi bilan ishdan ketmadi. Faqat biz shartnomani yangilamaganlar ketishlariga to’g’ri keldi. @boshqaruvchiga | Boshqaruv kursi

  • 23 мая5 97760

    G’ayrat, o’zi yaxshirog’ini topoladi Bir ukamiz xodimi onasining salomatligi sabab ishga bir chiqib, bir chiqmay qolayotgani haqida aytib, yechim so’radi. — Necha yoshda? — 40. Oilada asosiy boquvchi. — Ishlamasa ro’zg’or nima bo’ladi? — Shu sabab baribir ishga qaytishga majbur. — Yaxshi oylik oladimi? — Ha, bozordan ko’p topadi. — Ko’chadan shunaqa ish topoladimi? — Yo’q. — Necha marta takrorlandi? — 4-5 marta. Har safar tushunishga harakat qilaman. — Jamoaga ta’siri-chi? — Yomon. Boshqalarning ham ish grafigi buziladi. — Biror marta jiddiy ogohlantirdizmi? — Yo’q. Onasi kasal-ku. — Xato sizda ekan. — Nima xato? — Xodimni o’zingiz buzgansiz. O’yin qoidasini aniq qo’ymagansiz. Takrorlansa nima bo’lishini ko’rsatmagansiz. Yana bir xato — uning muammosiga yechimni o’zingiz topishga urinyapsiz. Vaholanki, muammo uniki bo’lsa, eng yaxshi yechimni ham o’zi topadi. Siz endi faqat aniq ogohlantirib, muddat bering. Yetarlicha yordam berib bo’libsiz o’zi. 3-4 kundan keyin ukamiz yana bog’landi. Xodim onasiga qaraydigan odam topibdi. Ishga qaytibdi. Natijada o’ziga ham, oilasiga ham, ishxonaga ham zarar bermaydigan yechim chiqibdi. Ba’zan xodimlarni ortiqcha ayab yuboramiz. Muammo uniki bo’lsa ham, yechimni faqat biz qidiramiz. Aslida esa odam orqaga yo’l yo’qligini bilsa, o’z muammosiga eng to’g’ri yechimni ko’pincha o’zi topadi. Tavsiya beramiz, albatta. Rahbarning vazifasi rahm qilib qoidani buzish, va natijada boshqa jamoadoshlarni qiynash emas. Chunki aniq qoida faqat kompaniyani emas, xodimning o’zini ham asraydi. Ba’zan eng katta yaxshilik — vaqtida qat’iy bo’lish. @boshqaruvchiga | Boshqaruv darsi

  • 22 мая6 38159

    G’ayrat, “tizim” degani hali yechim degani emas Bir tanishimiz bor, bir nechta do’koni bor. Xaridlarni tartibga solaman deb ta’minot bo’limi ochibdi, yangi odam ham olibdi. Rejasi yomon emas: Endi filial menejerlari o’zi yugurmaydi, kerakli narsani ta’minotchi olib beradi. Qog’ozda hammasi chiroyli: jarayon yozilgan, ba’zi joylari avtomatlashtirilgan. Lekin amalda ko’p o’tmay filialdagilar norozi bo’lib, yangi odamni chiqishtirmay qo’yishibdi. Keyin so’radim: — Shu qarorni kim qabul qildi? — O’zim, — dedi. — Ungacha bu ishni kim qilardi? — Filial menejerlarining o’zi. — Nega o’zgartirdingiz? — Ishlarni tizimlashtirmoqchi, o’g’rilikni kamaytirmoqchi edim. Keyin bitta savol berdim: — Shu ishni har kuni qiladigan odamlarning fikrini oldingizmi? — Yo’q. “Muammo shu yerda”, deb batafsil tushuntirdim. Ko’p rahbarlar tizimni tepada o’tirib o’ylab topadi. Keyin pastdagilarni majburlab ishlatmoqchi bo’ladi. Lekin odam o’zi qatnashmagan qarorni ichidan qabul qilmaydi. Natijada eng zo’r yechim ham ishlamasligi mumkin. Har doim ham eng yaxshi yechim sen o’ylagan narsa bo’lavermaydi. Ba’zan omborda yuradigan bola vaziyatni sendan yaxshiroq tushunadi. Rahbarning vazifasi hamma narsani o’zi o’ylab topish emas. To’g’ri odamlarni eshitib, to’g’ri qaror chiqarish. Avval qaror qabul qilish usulingni to’g’rilasang, keyin tizim qurish ancha oson bo’ladi. Bo’lmasa, eng zo’r CRM ham, avtomatizatsiya ham foyda bermaydi. Qog’ozdagi tizim bilan hayotdagi tizim — boshqa-boshqa narsalar. @boshqaruvchiga | Boshqaruv kursi

  • 13 мая10,6 тыс126

    G’ayrat, muammo ishda emas Bir xodimimiz ish ko’pligi va stress haqida bir necha marta gapirdi. Vaqt boshqaruvi haqida tavsiyalar berdim. Stressni kamaytirish haqida gaplashdik. Yechimlar aytdik. Bir muddat o’tib, yana shu holat. Keyin boshqa tomondan qarab ko’rdim. Bilsam, yarim kechasigacha uxlamas ekan. Instagram reels. Youtube. Serial. Ba’zan shunchaki ko’chada yurish. Ertasi kuni esa: “Stress bo’lyapti” “Ish ko’payib ketdi” “Energiyam yo’q” Shunda bir narsani tushundim. Ba’zan muammo ishda emas. Insonning hayot tarzida bo’ladi. Uyqusi buzilgan odam fokus qilolmaydi. Miyasi dam olmagan odamga oddiy vazifa ham bosim bo’lib tuyuladi. “Kechasini to’g’rilamagan odam, kunduzini ham to’g’rilolmaydi.” Shundan keyin ayrim jamoadoshlarimiz telefonida 20:00’dan keyin Youtube, Telegram va boshqa chalg’ituvchi ilovalarni cheklab qo’ydik. Ba’zilari o’zi so’radi. Ba’zilariga o’zimiz majbur qildik. Ha, biroz shaxsiy hayotiga aralashiladi. Lekin ba’zan odamni o’stirish uchun shu ham kerak bo’lar ekan. @boshqaruvchiga | Boshqaruv kursi

  • 23 апр.12,5 тыс153

    G’ayrat, ishlash kerak Maktablarimiz ERP tizimini claude orqali o’zim noldan qilishni boshladim. Shu kungacha ham AppSheet kodsiz dasturlash platformasida qurilgan edi. Bugun 7-kun, 50 dan ortiq sahifa to’liq ham mobil ham desktop versiyada ishga tushdi. Jamoa ishlatishga ham o’tib ketdi. Avvallari shu ishlarni qilishga 4-5 kishilik jamoaning eng kami 5-6 oy vaqti ketardi. Biznes egasining esa $20 000 + puli. O’xshash ehtimoli 50 / 50, chunki o’zgartirish kiritish sekin edi. AI hisobiga dizayn va kodlash deyarli tekin va o’ta tez bo’lib bo’ldi. Qolgan narsa faqat fikrlash va joriy qilish. Kim odamlarning real og’riqlarini bilsa va unga yechimni tez ishlab chiqsa, buyog’iga unga yetib bo’lmay qolsa kerak. Xullas, bosish kerak davrga keldik. Claude 4.7 ishlatyapmiz, oyiga $200 to’laymiz, jamoadan 3-4 kishi. Aytgancha, rahbarman, operatsionkadan chiqishim kerak deydiganlar biznesdan chiqib ketish ehtimoli oshsa kerak. Turib ishlash kerak. Bo’ldi. Rasmda o’zim yasagan ERP’ning bir qismidan namuna. Nomlari bor hamma qismlari to’liq ishlayapti. @boshqaruvchiga | Boshqaruv kursi

  • 13 апр.11,1 тыс61

    G’ayrat, kamroq aralash Xodim xato qildi — tushuntirib berding. Yana xato qildi — yana tushuntirib berding. Keyin o’zing qilib qo’yding. U o’rganmadi. Sen charchading. Shu odating sabab, xodim endi sensiz qaror qilolmaydi. Qilolmasa — har narsani senga olib keladi. Olib kelsa — sen yana o’zing hal qilasan. Doira yopildi. Doim shunday bo’laveradi. Bir kuni “O’zinglar ham qilsalaring bo’lmaydimi?” deb qolasan. O’sha paytda esla — kim o’rgatdi ularga shunday qilishni? Shuning uchun sendan kuchli odam ham yoningda ko’p ishlamaydi. Chunki u o’sishga joy topolmaydi — sen hamma narsani o’zing qilasan. Tajribali rahbar kam aralashadi. Ko’p aralashayotgan bo’lsang — hali o’sish kerak. @boshqaruvchiga | Boshqaruv kursi