tgindex
Boykot qildim - Isroilga baykot

Boykot qildim - Isroilga baykot

Статистика

Falastin xalqiga bo'layotgan qotiliklarga kimlar yordam berayotgani va ularning mahsulotlari - nima uchun boykot qilindi - dalil manbaasi bilan - oʻrniga mahsulot Qidirish boykotqildim.com Murojat uchun @boykotmurojaat_bot Rahmat

Последний пост
9 окт. 2025 г.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Технологии (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
2 546
−8 за 4 дн.
Сутки
−4
−0,16%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
23,7 тыс
20 постов
Вовлечённость
930,0%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Kecha sudga taxminan 50-70 odam keldi. Taxminan yarim qismi sudga qatnasha oldi. Sud adolatsiz va saviyasiz o'tdi. Shahar va Respublika sudlariga apellyatsiya topshirishligini Nurulloh Muhammad aytib o'tdilar. Meni mahzun qilgan narsadan biri: biz befarq bo'lib qoldik. Qatnashuvchilar juda kam. Dunyodan 2 soatimizni ajratolsak bo'ldi edi. Nega 1000 ta odam kelmadi?!. Yoki qo'rqyapmizmi. Ko'rdim, ayol-qizlar, qariyalar, yosh talabalar va bir ota yosh (4-6 yosh) farzandi bilan keldi. Kelganlarga hech kim: "Nega kelding?" deganini ko'rmadim. Tasavvur qiling. Sud binosi atrofida 1000 kishi to'planib kuzatmoqda. Bu sud qaroriga umuman ta'sir qilmaydimi? Hech narsa qilolmayapmizmi? Hech bo'lmasa oyoqlarni ishlatib turib beraylik *** Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Hali ustingizga xalqlar xuddi yemakxo‘rlar tovog‘iga tashlanganidek yopirilib keladi”, dedilar. Biz: “Yo Rasululloh, o‘sha kuni ozchilik bo‘lganimizdanmi?”, deb so‘radik. “Sizlar u kuni ko‘pchilik bo‘lasizlar, lekin xuddi selning ko‘pigi kabi ko‘pik bo‘lasizlar, dushmanlaringiz qalbidan mahobat (qo‘rquv) olib qo‘yiladi va qalblaringizga vahn (zaiflik) solib qo‘yiladi”, dedilar. “Vahn nima?”, dedik. “Dunyoga muhabbat va o‘limni yomon ko‘rish”, dedilar Абу Довуд - 4297 (1) (2)

  • Turib bering Ko'p eshitaman: "G'azoda shuncha zulm bo'lmoqda, nega musulmon davlatlar jim, nega Turkiya amaliy harakat qilmaydi?" Yaqinda aksar qismi musulmon bo'lmagan Global Sumud flotilyasi nomi ostida 400 dan oshiq inson G'azoga borishga, yordam qilishga harakat qilishdi. Kirisholmagan bo'lishsada bu ishlari yana minglab balki millionlab insonga turtki bo'ldi. Endi yana ham kattaroq jamoa bilan bu ish qaytalanadi Biz O'zbekistonda imkoni yo'q deyishimiz mumkin, borolmaymiz deyishimiz mumkin. Yurtimizda ham bir insonga adolatsizlik bo'lmoqda. Ustoz Mubashshir Ahmad. Bugun sud oxirgi qarorni aytishi kutilmoqda ‼️ Bunga borolamiz. Bugun da'volarimizni istoblash vaqti. Boshqalarni so'raqqa tutmaymiz. O'zimiz yonimizda turgan olim oldida turib beradigan kun Sud, bugun 16:00, Toshkent shahar, Uchtepa tuman sud binosida bo'lishi rejalashtirilgan. Ko'rishsin, qancha inson zulmga qarshi! Yon atrofingizdagilarni ham chaqiring. Hech bo'lmasa o'sha joyda turib bering

  • Video lavha yig'latdi Bu voqelarga befarq bo'lishlik - hissizlik Do'stimiz "Cola" ichyaptimi demak biz sustmiz. Necha marotaba uni qaytardik? Necha marotaba G'azoga moddiy yordam berdik? Bunga ishonchli fondlar talaygina (1, 2) Tongda g'am bilan turadigan zamondamiz Befarq bo'lmayman. Buni javobi bor! @boykot_qildim

  • 29 июл. 2025 г.15,3 тыс77194

    Sizchi, siz qachon va nima sababga ko’ra yig’ladingiz? Manbaa: @temurbek_adhamov *** Inson sifatida befarq bo'lmasligingizni so'rardim Men @boykot_qildim - boykotqildim.com

  • 17 мая 2025 г.18,8 тыс246218

    "Мана террорчи исроилнинг асл башараси. Кола, пепси, фанта, кфс ва бошка маҳсулотлардан нафсини тиёлмай "битта ман билан нима ҳам бўларди” дейдиган мусулмонлар! Мана нималар бўлади, нафсингизни тиймасангиз" ✍️ Murod (feyzbukdan olindi) — Faqat boykot bilan cheklanib qolmang. Bir qancha haqiqatda yordam berayotgan tashkilotlar mavjud. Topib moddiy yordam bering. Esdan chiqarmang. Shu chaqaloqlar o'rniga o'z farzandimni qo'yib o'ylab ko'raman. O'zingizni G'azoda deb tasavvur qiling. Siz qanday yordam qilishimizni hohlardingiz. Men @boykot_qildim

  • 15 нояб. 2024 г.48,8 тыс404305

    Boykot qilyapsizmi? boykotqildim.com saytini tashkil qilinganiga 1 yildan oshibdi Boykot qilish kerak bo'lgan narsalar juda ko'p. Eng ommaboplarini sizlarga taqdim qildik. Lekin ular biz o'ylagandan ko'proq. Men faqat ishonchli o'zimizni yoki Turkiya mahsulotlarini sotib olishga harakat qilaman doim. Kunlik hayotimda faqat kerakli narsalarni bilib olganman. Imkon boricha men uchun yangi narsalarni olmayman. Bu cho'ntakka ham foydali Iphone olmayman, KFC dan xarid qilmayman Sizlarga ham shu maslahatni beraman. Ozroq narsa xarid qilaylik. Muhimi buni to'xtatmaslik kerak. Nafs masalasi buyog'i G'azodagi, umuman butun dunyodagi musulmonlarga qilinayotgan zulmlarni ko'ryapsizmi? Biz kuchli bo'lishimiz kerak. Ilm oling, amal qiling. Bu qiyin lekin musulmonlar o'lyapti. Kuch topishimiz shart

  • 5 нояб. 2024 г.26,8 тыс223296

    ⚠️ Hamma narsa ko‘z o‘ngingizda sodir bo‘lgan edi! Faqat tomoshabin bo‘ldingizmi? O'z farzandimizni shu bolalar o'rniga qoyib tasavvur qilib ko'ring. Qotillik to'xtab qolmadi. Har kuni bolalar o'ldirilyapti. Qanday yordam qilsak bo'ladi. Izlanamiz. Eng kamida moddiy yordam qilamiz Tomoshabin bo‘lmaylik, iltimos! boykotqildim.com

  • 15 авг. 2024 г.31,2 тыс388236

    🔞 Faxsh targ'ibotchilariga boykot Faxsh - bu uyatsiz ish, zino holatlari (qisqa qilganda meni tushuncham) 📹 Bu videoni ko'rgandirsiz https://www.youtube.com/watch?v=hRQWc_47kgE Yo'q bo'lsa ko'ring. ✋ Keling faxshni va yomon odatlarni targ'ib qiluvchilarga baykot qilaylik 🤔 Vaynerlarni qanday qo'llaymiz -> ko'rishlar sonini ko'paytiramiz -> ko'rishlar soni reklama beruvchilarni jalb qiladi -> reklama beruvchilar pul bilan vaynerni ta'minlaydi -> vayner faxshni targ'ib qilishda davom etadi 🧔‍♂️ Men o'zim tahminan 2 haftalardan buyon harakat qilib ko'rdim. To'g'ri ba'zida vaynlarni ko'rib qo'ydim. Lekin bugundan qattiq turaman inshaalloh! Buni 2 ta foydasi - vaqtim ortib qoladi, bu vaynlar vaqtimni ko'p olib qo'yadi - vaynlar ko'rinish kamaysa reklama beruvchilar foydali video qiluvchilarga ham reklama berishi ko'payadi Faxsh targ'ib qiluvchi vaynerlarni kuzatmayman. Imkonim bo'lsa spam (blok, ban, report) qilaman inshaalloh Men faxsh targ'ibotchilariga @boykot_qildim ✋ 🔁 Imkon bo'lsa bu chorlovga chaqiring, ulashing

  • 26 июл. 2024 г.21,3 тыс20354

    🔺 AQSh iqtisodiyoti asosi 21-asrda AQSh ishtirok etgan muhim urushlar va nizolar ro'yxati, joy nomlari va yillar oralig'i bilan: 1. Afg'oniston (Afg'oniston urushi) - Yillar: 2001–2021 2. Iroq (Iroq urushi) - Yillar: 2003–2011 3. Pokiston (Dron hujumlari va harbiy operatsiyalar) - Yillar: 2004–hozirgi vaqtga qadar 4. Suriya (Suriya fuqarolar urushi ishtiroki) - Yillar: 2014–hozirgi vaqtga qadar 5. Liviya (Liviya fuqarolar urushiga aralashuv) - Yillar: 2011 6. Yaman (Dron hujumlari va Saudiya koalitsiyasiga yordam) - Yillar: 2002–hozirgi vaqtga qadar 7. Somali (Al-Shabaabga qarshi harbiy operatsiyalar) - Yillar: 2007–hozirgi vaqtga qadar 8. Filippin (Ozodlik uchun doimiy sa'y-harakatlar – Filippin) - Yillar: 2002–2015 Manbaa: Wikipedia Bular AQSh to'g'ridan-to'g'ri urushlari. G'azodagi genosidni Isroil orqali qilmoqda. Va shunga o'xshagan urushlari bu ro'yxatga kiritilmadi. Nega amerika odamlarni o'ldiradi? @boykot_qildim - men boykot qildim

  • 25 июн. 2024 г.59,9 тыс422839

    🍎 Boykot Apple Men nega Apple (iPhone) kompaniyasini boykot qildim? Sizga 3 ta ko'pchilik biladigan katta sabablarni aytaman ⚠️ Quyida yozganlarimga rasmiy va ishonchli manbaalardan havola keltirib o'tdim! 🔹️️ Birinchi sabab Apple xodimlari Isroil mudofaa kuchlari (Saxal - G'azoda genosid qilayotgan harbiy guruh) uchun hissa qo'shishsa (donate) huddi shuncha qo'shib Saxalga berayotgan ekan Masalan Apple xodimi Saxal uchun $100 beraman desa, Apple yonidan yana $100 qo'shadi va $200 dollarni Saxal rivoji uchun beradi. Apple to'g'ridan-to'g'ri genosidni qo'llab quvvatlayapti. Ba'zi xodim va aksiyonerlar bundan norozi bo'lib Tim Cook'ga ochiq xat yo'llagan. Ochiq xatga javob berilmagan. Bu ochiq oydin va rasmiy ko'rinishda bo'lmoqda. Bu haqida quyidagi havolada ko'proq bilib olishingiz mumkin ⚠️ O'ylaymanki aynan qotillik uchun yordam berayotgan kampaniya mahsulotini sotib olmaysiz! 🔹️️ Ikkinchi sabab Apple kompaniyasi Amerika uchun 2022 - yil $19.3 milliard soliq to'lagan. Oxirgi 3 yilda jami 50 milliard dollardan ko'proq soliq to'lab kelgan. Ko'p eshitgansiz Isroilni asosiy qo'llab keluvchisi bu Amerika. Amerika bu yordamlarni asosan soliqlardan qiladi. Apple to'lagan 50 milliard dollardan qanchasi Isroilga qurol berishga ketgan ekan? 🔹️️ Uchinchi sabab Apple LGBTQ+ jamiyatini doimiy qo'llab, himoyalab keladi. O'zining chiqishlarida va mahsultolarida ochiq oydin bu qo'llovini ko'rsatadi *** Balki siz buni Iphone telefonida o'qiyotgandirsiz. Boshqa Apple mahsulotini sotib olmang va shunga targ'ib qiling. Uni maqtamang. ✳️ Men umrim davomida Iphone sotib olmadim. Olmayman inshaalloh. Atrofimdagilarni ham shunga chaqiraman. Men yosh bolalarni, chaqaloqlarni och qoldirib o'ldirishga mutlaqo qarshiman! Men Apple'ni @boykot_qildim

  • 24 июн. 2024 г.17,2 тыс19618

    Shimoliy G'azodan yurakni vayron qiluvchi manzaralar: Bir paytlar og'irligi 18 kg bo'lgan sog'lom bola bo'lgan Muhammad, Isroilning davom etayotgan blokadasi tufayli og'ir to'yib ovqatlanmaslik va ocharchilik tufayli atigi 8 kg og'irlikda. Telegram: t.me/FaIastin

  • 24 июн. 2024 г.15,8 тыс21265из Falastin

    Shimoliy G'azodan yurakni vayron qiluvchi manzaralar: Bir paytlar og'irligi 18 kg bo'lgan sog'lom bola bo'lgan Muhammad, Isroilning davom etayotgan blokadasi tufayli og'ir to'yib ovqatlanmaslik va ocharchilik tufayli atigi 8 kg og'irlikda. Telegram: t.me/FaIastin

  • 24 июн. 2024 г.17,4 тыс12244

    🔴 Amerika orzusi Falastin genotsidida AQSh, Isroil uchun rasmiy holatda qanday yordamlar berdi? Harbiy moliyalashtirishlar — Urush boshlanganidan beri Isroilga kamida 12,5 milliard dollar harbiy yordam ko'rsatadigan qonunni qabul qildi — 2024-yil mart oyida Isroilga 3,8 milliard dollar harbiy yordam ko‘rsatuvchi qonun loyihasi qabul qilindi — 2024-yil aprel oyida Isroilga qo'shimcha 8,7 milliard dollarlik harbiy yordam ko'rsatadigan qo'shimcha mablag'lar to'g'risidagi qonun qabul qilindi Uskunalar va resurslar bilan yordamlar — harbiy kemalar va harbiy samolyotlar yubordi — "Temir gumbaz" himoyalovchisi, boshqariladigan raketalar va F-35 qiruvchi samolyotlari bilan ta'minladi — Qurollari va jihozlari, bomba va artilleriya snaryadlari yuborildi Ishonchli manbaalaridan keltirib o'tildi. Bular biz bilgan rasmiy ma'lumotlar. Aynan harbiy sohaning o'zida halos. Aslida bundan ancha ko'p ❓ Nima deb o'ylaysiz. Bu mablag'larni AQSh hukumati qayerdan olgan? @boykot_qildim - men boykot qildim

  • 31 мая 2024 г.21,4 тыс839125

    🚫 Men KFC Uzbekistan yopilish tarafdoriman 🔹️️Aytishingiz mumkin - Davlat foyda ko'ryapti. Milliardlab soliqlar to'lanmoqda. - Yuzlab ishchi o'rinlar bo'lyapti 🔹️️Men aytaman: - KFC Uzbekistan brendining yurtimizdagi rahbarlari yetarlicha foyda qildi. - Yuqoridagi soliq va ishchi o'rinlarni mahalliy brendlarimiz Loook, Evos, Les ailes, MaxWay bemalol qilib bera oladi. - Yoki KFC Uzbekistan rahbarlarining o'zi ham KFC brendidan voz kechib mustaqil mahalliy brend tashkil qilishlari mumkin. Hammasini birdan bo'lsin demayman, bosqichma bosqich bo'lsa ham qilish kerak. Eng asosiysi - KFC qotil davlat (Isroil) rivojlanishiga xizmat qilyapti. Siz ham KFC brendi yopilishini istasangiz avvalo o'zingiz va yaqinlaringizdan boshlang. ❓ Siz bu fikrga nima deysiz? ⚠️ Boykot qilmasangiz boshqalarning qarorini hurmat qiling, iltimos. Ozgina bo'lsa ham befarq bo'lmaslikka urunyapmiz boykotqildim.com

  • 31 мая 2024 г.55,4 тыс334520

    🚫 KFC Bu brend yurtimizda mashhur. Keling u haqida raqamlarni aytib o'taman 2022 - yil KFC Uzbekistan 34.5 mlrd so'm soliq to'lagan. 2023 - yil esa soliq hajmi 59.8 mlrd so'mga yetdi. Qancha daromad qilganini soliq to'laganidan tahmin qilishingiz mumkin Rasmiy veb sahifada aytilishicha hozirgi kunda 23 - ta KFC restoranlari yurtimizda ishlab kelmoqda. Yopilganini hali eshitmadik. 🚫 KFC - boykot qilingan brend hisoblanadi 🔹 Boykot qilish sababi KFC - Yum Brands tarkibiga kiruvchi biznes. Yum Brands kompaniyasi Isroil startaplariga sarmoyadorlardan. Bu esa Isroilni rivojlanishiga katta yordam bo'ladi. Manbaa: (1) Yuqorida aytilganidek Malaziyada 108 ta KFC ga tegishli taomxonalar yopilibdi. ❓ Siz KFC brendini baykot qildingizmi? Nechta odamni u yerga bormaslikka chaqirdingiz? *Boykot qilmasangiz boshqalarning qarorini hurmat qiling, iltimos. Ozgina bo'lsa ham befarq bo'lmaslikka urunyapmiz. boykotqildim.com - qidirish uchun

  • 31 мая 2024 г.14,4 тыс234103из MubashshirAhmad

    The strait times Singapore нашрининг хабар беришича, бойкот туфайли Малайзияда ҳамма KFC таомхоналари ёпилган. Бундай таомхоналар сони Малайзияда 108 тани ташкил қилар эди. Биродарларимиз Ғазога шу йўл билан ҳамдард бўлишмоқда. Зотан ҳаммамизнинг қўлимиздан келадиган иш ҳам шу - бойкот. Фақат зулм ила ўлдиралаётган ғазоликлар учун юрагимиз ачиса бўлгани, нафсимизга ура оламиз. @MubashshirAhmad

  • 16 мар. 2024 г.22,6 тыс52293из Falastin

    🇹🇷 Дин Ишлари Раиси Эрбаş: Мазлумларни қўлимиз, тилимиз ва бор воситаларимиз билан қўллаб-қувватлашда давом этайлик, золимлар ва уларнинг тарафдорларига бир тийин ҳам ҳисса қўшмайлик. «Келинг, бойкотни давом эттирайлик.» Telegram: t.me/FaIastin

  • 11 мар. 2024 г.23,6 тыс20649

    🌙 Ramazon muborak boʻlsin Ramazon rohmat oyi, gunohlardan poklanish oyi, Qurʼon oyi Ramazonni Alloh rozi boʻladigan holatda oʻtkazishlikni Uning oʻzi barchamizga nasib qilsin Farzandi bor birodarlar Ramazon oyini xursandchilik bilan oʻtkazaylik. Bolalarimiz Ramazonni sogʻinishsin, xuddi koʻp bolalar yangi yil xursandchilik qilgani kabi ✳️ Foydasi tegsa yaqinlarga xabar berishni unutmang @boykot_qildim

  • 7 мар. 2024 г.24,3 тыс27158

    🛑 Google Isroil tarafdori Videoda googleda ishlovchi muhandis qarshiligi koʻrsatilgan. Manbaa: kun.uz Google Gʻazoga boʻlayotgan qotillikda Isroilga yordam beruvchi texnologik loyiha qilmoqda. Google va Amazon hamkorligida yasalishi kelishilgan, 1.2 mlrd…

  • 7 мар. 2024 г.23,1 тыс192169

    🛑 Google Isroil tarafdori Videoda googleda ishlovchi muhandis qarshiligi koʻrsatilgan. Manbaa: kun.uz Google Gʻazoga boʻlayotgan qotillikda Isroilga yordam beruvchi texnologik loyiha qilmoqda. Google va Amazon hamkorligida yasalishi kelishilgan, 1.2 mlrd dollarga baholangan Nimbus loyihasi Isroil hukumati va armiyasiga yordam beradi. #boykot Google va Amazon - pullik xizmatlaridan imkon boricha foydalanmang - bu kompaniyalarda ishlamang Google boykot qilish Gmailni oʻchirib tashlash, Android telefonni tashlab yuborish, googleʼdan qidirmslik degani emas. Aql bilan ish qilamiz. Eng avvalda pullik xizmatlardan foydalanmaslik lozim. Keyin unga yordam beradigan ishlarda cheklov. Dalil: https://en.m.wikipedia.org/wiki/Project_Nimbus ✳️ Foydasi tegsa yaqinlarga xabar berishni unutmang @boykot_qildim