tgindex
byIhsaan
@byihsaanузбекский

byihsaan media sahifasi "Va eslating. Albatta, eslatish mo'minlarga manfaat berur" 51:55

Последний пост
29 нояб.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
220
мало замеров
Замеров пока мало
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
757
20 постов
Вовлечённость
344,1%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Kimni qalbi pok bo'lsa, u faqat go'zallikni ko'radi. Qalbida nopoklik bo'lgan inson faqat yomon narsalarni ko'radi. Kim nimani izlasa shuni topadi, dunyodagi barcha narsalar qalbning atrofida aylanadi. Aylanuvchi narsalar esa ikki toifaga bo'linadi: 1. Yaxshilik va 2. Yomonlik Qalbing qanday holatda bo'lsa shu narsalar sen tomon tortiladi. Shuning uchun donishmandlar: "Qalbini poklagan najot topadi" deb bejiz aytishmagan, shunday ekan qalbingizni gina, nafrat, hasrat, nadomat va hasaddan pok saqlang, najot topasiz! @byihsaan

  • Bu dunyodan ketishi aniq boʻlgan kishining dunyo bilan butunlay mashgʻul boʻlishi aqlsizlik. Chunki u gʻaflatda boʻlganida oʻlim kelib qolsa nima qiladi?! Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlar: "Bir kishi uy-joy qilib, ekin ekib yurgan boʻladi, bir qarasang oʻliklar orasida boʻladi". @byihsaan

  • Harom narsalarni muboh qilib ko‘rsatish iblisning adashtirish uslubidir. Iblis shu uslubini qo‘llab Odam alayhissalomni ham adashtirgan. Bu uslubni iblisning zurriyotlari shu kungacha qo‘llab keladi. ﴾Shayton Odamni vasvasa qilib: «Ey Odam, men senga abadiyat daraxtini va yo‘q bo‘lmas mulkni ko‘rsataymi?», dedi﴿¹. Toha surasi 120-oyat @byihsaan

  • 📌 Dunyo – imtihon maydoni «Dunyo balolar uchun yaratilgan; oqil kishi oʻzini sabrga tayyorlab qoʻyishi lozim». Chunki moʻmin doimo sinovda boʻladi. Agar kimki unga hech qanday balo yetmay, doim tinch-omon yashashini oʻylasa, u dunyoning haqiqatini bilmagan va unga aldangandir. @byihsaan

  • 💡Zararli odatlardan qutilish uchun “foydali” odatlarni ko’paytir. @byihsaan

  • Alloh bir bandani yaxshi koʻrgan boʻlsa, uni insonlarning hammasi ham yaxshi koʻravermaydi. Alloh taolo Muso alayhissalom haqida shunday dedi: ﴾Senga Oʻz muhabbatimni tushirdim (va seni yaxshi koʻrdim)﴿. Toha: 39 Shunga qaramay, Muso alayhissalom Firʼavn va uning askarlari uchun eng yomon odam edilar. @byihsaan

  • Banda Allohga toat-ibodat qilishni koʻpaytirsa, Alloh taolo uning ishlarini oʻnglashi ham ziyoda boʻladi. Hatto musibatlar ham yaxshilik boʻladi - musibat avvalda (mashaqqat boʻlmay) yengil keladi va oqibati neʼmat boʻladi. @byihsaan

  • Jobir Ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda Rosululloh ﷺ dedilar: “Iblis taxtini suv ustiga oʻrnatadi. Soʻng askarlarini har tarafga yuboradi. Ular ichida fitnasi eng katta boʻlgani Iblisga eng yaqini boʻladi. Ulardan bir kelib: “Unday qildim, bunday qildim”, deb aytsa, Iblis: “Hech narsa qilmabsan”, deydi. Soʻng boshqasi kelib: “Bir kishini xotini bilan ajrashtirib yubormagunimcha qoʻymadim”, deydi. Shunda (Iblis) uni oʻziga yaqin tutib: “Qanday ham yaxshi ish qilibsan”, deydi. Ushbu hadis taloq shayton yaxshi koʻradigan ishlardan ekaniga dalolat qiladi. Muslim rivoyati. @byihsaan

  • Jobir Ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda Rosululloh ﷺ dedilar: “Agar birortangiz safarda uzoq qolib ketsa, uyiga tunda kelmasin”. Ya’ni ayolini oʻziga oro bermagan holda koʻrib, undan koʻngli qolmasin deb shunday dedilar. Buxoriy rivoyati. @byihsaan

  • Uqba Ibn Omir roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: “Begona ayollar oldiga yolgʻiz kirishdan saqlaninglar”, dedilar. Ansorlardan bir kishi: “Ey Rosululloh, erning aka-ukalari haqida nima deysiz?” deb soʻradi. Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam:“Erning aka ukalari oʻlimdir”. dedilar. Muttafaqun alayh. Ya’ni ayolning qayn aka-ukalari oldida hijobga e’tiborsizligi ortidan keladigan noxush holatlar boshqa begona erkaklar xataridan koʻproqdir. Koʻpchilik bunga beparvo qaraganidan, erining aka-ukasi, jiyanlari yo amakisi kabilar bilan xiyonat qilish holatlari sodir boʻlib turishi yoʻq emas. Bunday qabih ishlarning oldini olish esa quron va sunnatga toʻla taslim boʻlish bilangina bartaraf boʻladi. @byihsaan

  • Hasan Basriy rohimahulloh: “Koshki, siz (ey odam bolasi) sonlardan iborat ekaningizni, har kun oʻtganda bir songa kamayib borishingizni bilsangiz edi”. @byihsaan

  • 🗣Najotni qayerdan izlaymiz? 🔗 @byIhsaan

  • “Imom Shofeiy rohimahullohdan: “Kishilarni qaysi narsa past darajaga olib tushadi?” deb soʻralganida, u zot: “Koʻp soʻzlash, sirni oshkor qilish va har bir odamga ishonib ketaverish”, dedilar. @byihsaan

  • Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: “Qadr kechasini (Ramazonda) oxirgi oʻn kunlikning toq (kecha)laridan izlanglar”, dedilar”. Buxoriy va Muslim rivoyati @byihsaan

  • #ramazon 📜 Ehtimol, ushbu yilingdan keyin yanagi Ramazonni qarshilamassan... Shunday ekan, vidolashuvchining namozi kabi namoz oʻqi, Vidolashuvchining roʻzasi kabi roʻza tut, Vidolashuvchining (tarovehdagi) qiyomi kabi qiyomda boʻl, Va vidolashuvchining tavbasi kabi tavba qil... ▫️Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Bu dunyo bilan) vidolashuvchining namozidek, xuddi Uni koʻrib turganingdek namoz oʻqi. Agar sen koʻrmayotgan boʻlsang, U seni koʻrib turibdi", dedilar. (Tabaroniy, Ibn Moja, Ahmad, Ibn Asokirlar rivoyati). @byihsaan

  • Erkakni ayoliga qiladigan eng katta yaxshiligi, Alloh taoloni tanitish va dinini oʻrgatishidir. Ayol kishini eriga qiladigan eng katta yaxshiligi itoat va solih farzand tarbiyalab berishidir. @byihsaan

  • Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rosululloh ﷺ : “Kim roʻzadorligini unutib yeb yoki ichib qoʻysa, roʻzasini oxiriga yetkazsin. Uni Alloh yedirib ichiribdi xolos”, dedilar. Muttafaqun alayhi. @byihsaan

  • Anas Ibn Molik roziyallohu anhu aytadilar: “Nabiy ﷺ : “saharlik qilinglar, chunki saharlikda baraka bor”, dedilar”. Muttafaqun alayhi. Hadisda saharlik qilish mustahab amal ekanligiga dalil bor. Saharlik bu shunchaki yeb ichish emas balki unda Rosululloh ﷺ ning soʻzlariga ijobat qilish va Alloh taologa itoat qilishlik korinadi. Bundan tashqari saharlik qilish insonga kuni boʻyi holdan toyishsiz hotirjam yurishlikga ham yordam beradi. @byihsaan

  • Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Ramazon oyiga yetganu gunohlari kechirilmagan kishining burni yerga ishqalsin!”. Gunohlar kechiriladigan shunday ulugʻ kunlarga yetib ham gunohi magʻfirat qilinmagan inson asli oʻzi Allohning magʻfiratiga noloyiq insondir. @byihsaan

  • Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Kimda kim yolgʻon soʻzni, va u bilan amal qilishni, va johillikni tashlamas ekan, yemoq-ichmoqni tashlashida Allohning hech qanday xojati yoʻq”. Sharh: agar inson roʻza tutib yemoq-ichmoqdan, va jimodan tiyilsayu lekin Alloh taolo xarom qilgan gunohlardan tiyilmasa bunday roʻzaga Allohning hech qanday xojati yoʻq. Hadisni Imom Buxoriy chiqargan. @byihsaan