tgindex
Dilara Kamil
@dilarakamileduузбекский

Ushbu blog ta’lim me’mori sifatida Xalqaro Ta’lim Loyihalarini yaratish va boshqarish bo'yicha mutaxassis Dilara Kamilning shaxsiy blogi hisoblanib,bunda ta’limga oid fikr-mulohazalari berib boriladi. Savol va konsultatsiyalar uchun @dilarakamil ga ✍️

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
547
−2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
606
22 постов
Вовлечённость
110,8%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 24
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
131
1/48двое суток
150
1/72трое суток
161

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🇹🇷 EGE UNIVERSITETIDA TURK TILI KURSI | Izmir, Turkiya Turkiyada Bakalavr, Magistratura yoki PhD bosqichida ta’lim olmoqchimisiz? Nufuzli Ege Universitetida akademik turk tili kurslariga qabul boshlandi! 🏛 Ege Universiteti haqida: 1955-yilda tashkil etilgan ushbu davlat universiteti Turkiyaning eng kuchli TOP tadqiqot universitetlaridan biri bo‘lib, Izmir shahrida joylashgan va Yevropa standartlariga mos ta’lim beradi. ✨ Dasturda: 📑 Rasmiy Taklifnoma: Viza uchun universitetdan rasmiy Invitation Letter. )Oturma izni ya’ni yashash ruxsatnomasi uchun asos böladi) 🎓 Akademik Tayyorgarlik: Izmirda, bevosita universitet kampusi va muhitida ta’lim. 🚀 Oliy Ta’limga Yo‘l: Bakalavr va magistraturaga sifatli poydevor. 📍 Joylashuv: Izmir, Ege Universiteti 📩 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun: 👉 @ldhubadmin

  • без подписи

  • без подписи

  • 5 авг.241261из Ustoz_kundaligi

    Bugun xalqaro ta‘lim eksperti Dilara Kamil bilan suhbatlashdik. Ancha fikrlashim o‘zgardi. O‘zi ta‘lim haqida suhbat bo‘lsa maza qilamanda.. Role Model Ustoz kitoblarini hadya qildilar. O‘qib chiqib fikrlarimni ulashaymi? @Ustoz_kundaligi

  • 24 июл.560234из TAT_jurnal

    #video Daraxt ildizidan kuch olgani kabi, o‘quvchi ham ustoz namunasidan shakllanadi. “Til va adabiyot ta’limi” nashriyotida xalqaro taְ’lim mutaxassisi Dilara Kamilning "Ta’lim 5.0. Rol model ustoz” kitobi nashrga tayyorlanmoqda. Kuting! 🌐 Sayt  ✈️  Telegram ✅Murojaat  ♾Muhokama 🌐Instagram

  • 21 июл.514207из mingkitobuz

    Qadrli kitobxonlar! Bizda yangi rukn – “Havola”. Ushbu ruknda mutaxassislar muayyan kitob yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib boradi. Ilk mehmonimiz – Marmara universiteti tadqiqotchisi, ta'lim bo‘yicha xalqaro ekspert, loyihamiz doirasida chop etilgan “O‘rganish yo‘llari” (Alan Pritchard) asari ilmiy muharriri Dilovar Rajabova. Ekspertimizning kitob haqidagi fikrlari bilan tanishing👇 https://youtu.be/tznLPyTDmWQ?si=R4wm63K9xPRYL6uv Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 21 июл.439111из jalilovqaydlar

    "1000 kitob" loyihasi doirasida oʻzbek tiliga tarjima qilinib, "Zabarjad media" nashriyotida chop etilgan "Oʻrganish yoʻllari" kitobi ilmiy muharriri, Marmara universiteti tadqiqotchisi Dilovar Rajabova (Dilara Kamil) kitob va uning ahamiyati haqida gapirar ekan, boshida nega shu kitob tanlangani boʻyicha unda savollar boʻlgani, keyinchalik esa pedagogika (taʼlim) yoʻnalishi uchun boshqa kitoblar qatorida shu kitob ham tanlangani toʻgʻri tanlov boʻlgani haqida eslaydi. Bu kitobni loyihaga men taklif qilgandim va keyinchalik kitobning oʻzbek tilidagi nashrini tayyorlash ustida Dilovar Rajabova bilan yaqindan ishladik. Bu kitobni taklif qilganim sababi - bu haqida Dilovar Rajabova ham aytib oʻtgan - bizda koʻp hollarda pedagoglar konkret metodikalarga eʼtibor berishadi, lekin fanni oʻqitish uchun yoki boring-ki, biron bir konkret dars uchun metodika tanlashda "nima uchun?" degan savolga javob berishda qiynalishadi. Nima uchun bu metodika aynan shu fan / dars / mavzu uchun samarali deb oʻylaymiz? Yoki aksincha, nima uchun tanlangan metodika kutilgan samara bermadi? Bu savollarga javob berish uchun pedagog "inson qanday oʻrganadi, oʻrganish jarayonida uning miyasida qanday jarayonlar kechadi?" degan savollarga javob bera olishi kerak. Yaʼni, biron bir metod yoki yondashuvning samarasi (yoki aksincha, samarasizligi) sabablarini tushunish uchun oʻrganish nazariyalarini va ularning sinfda / darsda qoʻllanilishini tushunish kerak. Bizda pedagoglarni tayyorlash yoki ularning malakasini oshirishda aksar hollarda bu nazariyalar oʻtilmaydi yoki shunchaki nomiga oʻtib ketiladi. Biheviorizm nima, kognitivizm nima, konstruktivizm nima, Dyui yoki Piajelar bolaning kognitiv rivojlanishi haqida nimalar degan, Gardner har xil qobiliyatli bolalarni oʻqitish haqida nima deydi - va eng asosiysi, bu nazariyalar darsga, oʻqitish va oʻrganish jarayoniga qanday tadbiq etiladi - bularni bilmasdan turib konkret metodika haqida gapirish - xuddi, deylik, inson tanasi qanday ishlashi haqida tasavvurga ega boʻlmasdan turib uni davolashga urinish bilan barobardir. Va oʻzbek tilida shu paytgacha oʻrganish qanday sodir boʻlishing ilmiy asoslari batafsil va tushunarli ochib berilgan adabiyot yoʻq edi. Shunday ekan, oʻylaymanki, bu kitob loyiha doirasida tarjima va chop qilinishi kerak boʻlgan dastlabki kitoblar qatoriga kiritilishi toʻgʻri qaror boʻlgan va uning oʻzbek pedagoglari qoʻliga oʻzbek tilida yetib borishiga hissa qoʻshgan mutaxassis va tarjimon sifatida faxrlanaman. Va Dilovar Rajabovaga kitobning ilmiy muharriri sifatida uning oʻzbek tilida chiqishiga qoʻshgan hissasi, kitobni sinchiklab oʻqib, undagi fikrlar, terminlarning toʻgʻri berilishiga eʼtibor qaratgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, kitob va undagi nazariyalar, gʻoyalar, fikrlar koʻproq pedagoglarga yetib boradi.

  • 17 июл.49325из odilkhonorifjonov

    Hozirgina Dilara Kamil ning "Ta'lim 5.0" kitobini öqib tugattim va shunchaki qoyil qoldim. O'zbek tilida bunday jonli, mazmunli, qiziqarli, ma'noga boy ilmiy-ommabop asar o'qimaganimga ancha bo'libdi. Dilara opa rostdan ham bu kitobga yaxshigina mehr beribdilar. Ta'lim mavzusida bo'sh bo'lib turgan bozorni, yetishmay turgan ma'lumotlarni ajoyib unikal uslubda yetkazganlar. Opaga bunday ajoyib qo'llanmani fikr yuritib, mehnat qilib, sabr bilan yozganlariga tashakkur aytmasak bo'lmas. Muborak bo'lsin!

  • 15 июл.48018из mingkitobuz

    Yangi rukn: havola. Tez kunda... Dilovar Rajabova, “O‘rganish yo‘llari” kitobi eksperti: “Metatushunish ko‘nikmasiga ega ustozlarimiz bo‘lmasa, bolalarimiz yolg‘on bilan rostni ajrata olmaydi...” Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • Azizlarim! Rol model ustozlarimiz uchun maxsus kichik taqdimoti bölib ötdi. Sizlar uchun tez kunda katta taqdimot va masterclass bölib ötadi. Kuting ♥️🙏

  • 28 июн.7317из ibrohimhaqqul1

    без подписи

  • Assalomu alaykum, azizlarim! Va niyohat Toshkentdaman va mentorlik uchrashuvlarimiz qizğin davom etmoqda. “Ta’lim 5.0. Rol model ustoz” nomli kitobimizning taqdimoti 26.06.26 da Toshkentda bölib ötadi. Qatnashish istagidagilar batafsil ma’lumot uchun @ldhubadmin ga murojaat qiling.

  • 3 июн.880153

    без подписи

  • Dilara Kamil pinned «Hazrat Ali (r.a.) ko‘ksiga ishora qilaturib, aytganlar: «Albatta, mana bu yerda juda ko‘p ilm bor, koshkiydi unga munosib tolib topolsam». Naqadar to‘g‘ri so‘zlaganlar. Chunki yaxshilarning qalbi sirlarning qabridir. Imom Ğazzoliy Ösha paytda ham shunaqa…»

  • 2 июн.796181

    Hazrat Ali (r.a.) ko‘ksiga ishora qilaturib, aytganlar: «Albatta, mana bu yerda juda ko‘p ilm bor, koshkiydi unga munosib tolib topolsam». Naqadar to‘g‘ri so‘zlaganlar. Chunki yaxshilarning qalbi sirlarning qabridir. Imom Ğazzoliy Ösha paytda ham shunaqa ekan-da…

  • Bitiruvchilar bormi bu yerda? Ularning ustozlari-chi?

  • 22 мая999154

    Kalila va Dimnadan. Eng sevimli asarim😊

  • 16 мая783371

    İstanbul Buxoroga öxshab ketdi… İstanbulda Buxoroni, Buxoroda Istanbulni soğingan bir menmi…

  • David Pearce 1995-yilda « The Hedonistic Imperative» nomli (Lazzat zarurati) manifest yozdi. O'sha paytda uni hech kim jiddiy qabul qilmadi. Hozir esa uning g'oyalari bioetika va neyrotibbiyot doiralarida tobora ko'proq muhokama qilinmoqda. Uning asosiy tezisi oddiy va ayni paytda dahshatli: azob — insonning ajralmas qismi emas. U faqat evolyutsiyaning yashab qolish uchun ishlab chiqqan vaqtinchalik mexanizmi. Genetik muhandislik va nanotexnologiya orqali esa bu mexanizmni miyadan butunlay o'chirib tashlash mumkin. Etingiz jimirlab ketdimi ? Pearce'ning argumenti shu— og'riq yo'llari miyaning limbik tizimida joylashgan, ular muayyan neyrokimyoviy jarayonlar. Boshqa biologik jarayonlarni o'zgartirganimiz kabi, bularni ham o'zgartirish texnik jihatdan imkonsiz emas. U loyihani uch bosqichga bo'ladi. Qisqa muddatda — xavfsizroq farmakologik vositalar. O'rta muddatda — epigenetik intervensiyalar. Uzoq muddatda esa — barcha umurtqali mavjudotlar genomini azobsiz tana arxitekturasiga o'tkazish, barcha jonzotlarni, jumladan yirtqich hayvonlarni ham. Falsafiy asosi salbiy utilitarizm: baxtni ko'paytirib bölmasa , azobni kamaytirish birinchi axloqiy zarurat. Tanqidchilar — azob ba'zan zaruriy axborot ekanlgini aytadi. Og'riq xavfdan ogohlantiradi, qayg'u yo'qotishni his qilishga imkon beradi. Bularni o'chirsak, insondan nima qoladi? Uni İNSON deya olamizmi? Siz nima deb öylaysiz ? Pearce'ning da’vosi shu: biz azobni «tabiiy» deb qabul qilamiz, holbuki u shunchaki biologik meros bo'lishi mumkin. Manba: Pearce D. «The Hedonistic Imperative» (1995) Bu kitob ancha oldin chiqqan bu boradagi ishlar jadal davom etyapti.. Fikringiz qiziq- siz xohlarmidingiz butun oğriq, azob dard ğam alamdan butkul foriğ bölishni ?

  • 13 мая796711

    Azizlarim, salomatmisiz? Rasmga nima deb sarlavha qöygan bölardingiz🌝🧐