OʻzDSMI | RASMIY🇺🇿
СтатистикаО‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining rasmiy telegram sahifasi. Rasmiy sayt: dsmi.uz Murojaat uchun: (71) 230-28-02, 230-28-15
- Последний пост
- 05:21
- Последнее чтение
- 08:39
- Постов за неделю
- 83
- Всего постов
- 501
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 786
- 1/48двое суток
- 900
- 1/72трое суток
- 971
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
YUKSAK MARRALAR SARI ILK QADAM: TALABALIK MUBORAK! Aziz yoshlar! ✅ Sizlarni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga talabalikka tavsiya etilganingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! ✅ Ma’lumki, institutimiz yurtimizda aktyorlik, rejissyorlik, kinoteleoperatorlik, san’atshunoslik, folklor ijrochiligi, milliy qo‘shiqchilik, cholg‘u ijrochiligi, xoreografiya jamoalari rahbarligi, kutubxonashunoslik hamda madaniyat va san’at menejmenti ta’lim yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan hisoblanadi. ✅ Endilikda siz ana shunday boy ijodiy va ta’lim an’analariga ega oliygoh talabasi sifatida hayotingizning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqdasiz. Bu davr sizga o‘z iste’dod va salohiyatingizni ro‘yobga chiqarish, zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni egallash, ustozlar tajribasidan bahramand bo‘lish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. ✅ Ishonamizki, har biringiz ta’lim va ijoddagi izlanishlaringiz, tashabbuskorligingiz hamda fidoyiligingiz bilan kelajakda Yangi O‘zbekiston madaniyati va san’ati taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis va ijodkor bo‘lib yetishasiz. Barchangizga talabalik sharafli maqomi muborak bo‘lsin! Yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, ijodiy parvoz va yuksak marralar tilayman! Sobir Madiyev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
#Respublika_kengashi 🎓 Poytaxtda madaniy ta’lim ziyolilarini bir nuqtada jamlaydigan Respublika kengashi bo‘lib o‘tadi Joriy yilning 19-avgust kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi bo‘lib o‘tadi. Mazkur Respublika kengashi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari, oliy maktablar, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari direktorlarini bir maydonda jamlaydi. Kengash doirasida madaniyat va san’at ta’limida erishilgan natijalar sarhisob qilinib, istiqboldagi maqsadlar, sohani yanada rivojlantirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda tizimni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama etiladi. Bu — ilg‘or g‘oyalar tutashadigan, boy tajribalar almashinadigan, yangi tashabbuslar shakllanadigan va kelajak taraqqiyoti sari muhim qadamlar belgilanadigan nufuzli muloqot maydonidir. Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at ta’limining yangi sahifasini birgalikda ochamiz. Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank
⚡️ Qoraqalpog‘istonda madaniyat va san’at sohasidagi ishlar o‘rganildi 👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/206676 Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank
#vazir_tabrigi Aziz yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi. Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Bugun sizlar hayotingizdagi eng muhim va unutilmas kunlardan birini boshdan kechirmoqdasiz. Sizning bu natijangiz ortida yillar davomidagi izlanish, mehnat, ustozlaringizning sabog‘i va ota-onangizning ishonchi turibdi. Bu yutuq — nafaqat sizning, balki sizni qo‘llab-quvvatlagan oilangiz va ustozlaringizning ham quvonchidir. Endi oldingizda yangi, yanada mas’uliyatli bosqich — talabalik davri turibdi. Oliy ta’lim dargohida sizlarni yangi bilimlar, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar kutmoqda. Tanlagan yo‘nalishingizni chuqur egallab, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishingiz, kelajakda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishingizga ishonaman. Shu bilan birga, talabalikka tavsiya etilmagan yoshlarimiz uchun ham imkoniyatlar eshigi ochiq. Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan texnikumlarda ta’lim olish va zamonaviy kasb egallash imkoniyati mavjud. Barcha yangi talabalarni yana bir bor samimiy muborakbod etaman! Sizlarga mustahkam sog‘liq, katta marralar, ilm yo‘lida muvaffaqiyat va yorqin kelajak tilayman! Talabalik baxti muborak bo‘lsin! Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“MUZEY HAFTALIGI” — TARIX VA MEROSGA SAYOHAT O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish, milliy tariximiz va madaniy merosimizga bo‘lgan hurmatini yanada yuksaltirish maqsadida “Muzey haftaligi” loyihasi doirasida navbatdagi madaniy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi. Institut xodimlari O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining filiali Toshkent muzeyiga tashrif buyurib, xalqimizning qadimiy va boy tarixini o‘zida mujassam etgan noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida muzey ekspozitsiyalarida namoyish etilayotgan tarixiy ashyolar, arxeologik topilmalar, qadimiy madaniyat namunalari, san’at asarlari va xalqimizning turli davrlarga oid moddiy-madaniy merosi haqida qimmatli ma’lumotlar olindi. Muzey fondlarida saqlanayotgan ana shunday noyob manbalar yurtimiz hududida kechgan tarixiy jarayonlarni yanada teran anglash, ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va san’at rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini his etish imkonini beradi. Bunday tashriflar xodimlarning madaniy hordiq chiqarishi bilan bir qatorda, tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmatni oshirish hamda muzeylar faoliyatining jamiyat ma’naviy hayotidagi ahamiyatini chuqurroq anglashga xizmat qiladi. 🎭 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi uchun “Muzey haftaligi” doirasidagi ushbu tashrif tarix, san’at va madaniyatni birlashtirgan mazmunli hamda taassurotlarga boy kun bo‘ldi.
💻Masofaviy ta’lim talabalari uchun onlayn darslar tayyorlanmoqda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida masofaviy ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar uchun o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida onlayn darslarni yozib olish ishlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonda professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlarning o‘quv dasturlari asosida videodarslar tayyorlanib, mavzularning mazmun-mohiyatini talabalarga tushunarli va izchil yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tayyorlanayotgan onlayn darslar masofaviy ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘quv materiallarini qulay shaklda o‘zlashtirish, mavzularni mustaqil ravishda takrorlash hamda ta’lim jarayonida zarur bilim va ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi. Ushbu materiallar yangi 2026/2027-o‘quv yilida masofaviy ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va talabalarga sifatli ta’lim resurslarini taqdim etishga xizmat qiladi.
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija DIQQAT, E'LON! YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#natija #14_avgust O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2026-yil 14-avgust kuni 2026/2027-o‘quv yili uchun 60320400 — Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalari e’lon qilindi. Quyidagi havola orqali natijalar bilan tanishing: https://dsmi.uz/wp-content/uploads/2026/08/t-b-s-14_08_2026.pdf
✅Amaliyot ofisi: 5-mavsum ❗️Davlat idorasida ishlashni xohlaysizmi? Tajriba orttirish bilan birga stipendiya olish imkoniyatini ham istaysizmi? Unda Amaliyot ofisi aynan siz uchun! 🔰Amaliyot ofisi orqali Yoshlar ishlari agentligida real ish jarayonida qatnashib, amaliy tajriba orttirasiz va eng yaxshi amaliyotchilar uchun oyiga 1 mln so‘mgacha stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Sizni nimalar kutmoqda? • Yoshlar ishlari agentligida real amaliyot. • Stipendiya olish imkoniyati. • Trening, seminar va uchrashuvlar. • Kasbiy va shaxsiy rivojlanish. • Kuchli jamoa va professional aloqalar. • Biznes, startap va ijtimoiy loyihalar bilan ishlash. Amaliyot vaqti: Dushanba–juma. Kuniga 6 soat. 📌 Ariza topshirish bosqichlari: 1️⃣ yoshlar.gov.uz saytiga kiring. 2️⃣ So‘rovnomani to‘ldiring. 3️⃣ CV'ingizni yuklang. 4️⃣ IQ testdan o‘ting. 5️⃣ Arizani yuboring. ☝️Muhim: Tegishli yo‘nalish bo‘yicha loyihangiz bo‘lishi zarur. ⏳Ariza topshirishning so‘nggi kuni 20-avgust! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Qo‘shimcha savollar uchun: @amaliyot_ofisi_menejer Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
📚 TEXNIKUM BITIRUVCHILARI UCHUN SUHBAT JARAYONLARI YAKUNLANDI Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari davom ettirildi. Suhbat jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablari asosida tashkil etildi. Unda talabgorlarning tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, sohaga qiziqishi hamda kasbiy tayyorgarligi belgilangan mezonlar asosida baholandi. Jarayonlarning ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida suhbatlar to‘liq videokuzatuv ostida olib borildi. Shu tariqa, texnikum bitiruvchilari uchun belgilangan suhbat jarayonlari to‘liq yakunlandi. Suhbat natijalari bugun institutning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи