tgindex
DXSH Rasmiy | Kanal

DXSH Rasmiy | Kanal

Статистика
Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
6
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
14 406
+50 за 5 дн.
Сутки
+50
+0,35%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
14,2 тыс
26 постов
Вовлечённость
98,3%
к подписчикам
Постов в день
0,9
всего 26
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
6 565
1/48двое суток
7 523
1/72трое суток
8 114

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.6 95682235

    без подписи

  • 14 авг.6 96367235

    без подписи

  • 14 авг.6 95753241

    без подписи

  • 14 авг.8 64417456

    без подписи

  • 12 авг.8 37631106

    🔴MUHIM E’LON! 📌DXSh bitimi bir tomonlama bekor qilingan yoki faoliyati to‘xtatilgan bog‘chalar diqqatiga! Bugun — yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaatlarni chiqarishdan oldingi ma’lumotlarni qabul qilishning so‘nggi kuni. Quyidagi holatlarga duch kelgan bog‘chalar murojaat qilishi mumkin: ⛔️Rasmdan yoki telefondan bola surati orqali davomat qilinib, tizim tomonidan RAD etilgan bo‘lsa-da, ushbu holat bo‘yicha AKT (dalolatnoma) tuzilgan bog‘chalar; ⛔️Davomat bilan bog‘liq holatda tizim tomonidan to‘lov yoki moliyaviy zarar yuzaga kelmagan bo‘lsa-da, asossiz ravishda AKT tuzilib, faoliyati to‘xtatilgan bog‘chalar; ⛔️Ketma-ket yoki takroran 2-marta AKT tuzilganligi sabab DXSh bitimi bir tomonlama bekor qilingan bog‘chalar; ⛔️DXSh shartnomasi sud qarorisiz, ichki dalolatnoma (AKT) asosida bir tomonlama bekor qilingan holatlar. ⚠️BUGUN murojaatlarni qabul qilishning so‘nggi kuni! Bugun kelib tushgan murojaatlar umumlashtirilib, yuqori turuvchi tashkilotlarga chiqariladi. 📩Agar sizning bog‘changizda ham yuqoridagi holatlardan biri kuzatilgan bo‘lsa, hujjat va ma’lumotlarni bugunning o‘zida yuboring. 🤝Murojaatlar umumlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etiladi. 📩Murojaat va hujjatlarni yuborish uchun: Telegram: @Feruzbek_571 Telegram: @Shoira4183 🔴Bugun — so‘nggi kun. Murojaatingizni kechiktirmang! DXSh Uyushmasi

  • 12 авг.7 8406193

    ❗️MUHIM XABAR 15-iyuldan keyingi davomatlar ilovada qabul qilinmayotgani yuzasidan masala jiddiy tus olmoqda. Mazkur holat bo‘yicha Biznes-ombudsman, Bosh prokuratura hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga rasmiy murojaatlar yuborildi. Murojaatlarda nafaqat davomat masalasi, balki offertadagi aniqlangan xatoliklar va amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar ham batafsil ko‘rsatib o‘tildi. Endilikda tegishli tashkilotlardan rasmiy munosabat va yechim kutamiz. ⚠️Tez orada natijasini ko‘ramiz. Bizning maqsadimiz — muammoni yashirish emas, balki uni qonuniy va adolatli yo‘l bilan hal qilish. 📌Yangiliklar va rasmiy javoblar haqida albatta xabar beramiz.

  • 7 авг.12,2 тыс1927

    без подписи

  • 7 авг.12 тыс6698

    без подписи

  • 7 авг.13,7 тыс31309

    📸 Maktabgacha ta’lim  ilovasida yo‘qlama qilishda muammo bo‘lyaptimi? Uni oson yechimi bor! Maktabgacha ta’lim ilovasida bolajonlarni yuzidan tanish aniqligini oshirish va davomatni tezroq bajarish uchun quyidagi oddiy sozlamani amalga oshiring: ⚙️ Nima qilish kerak? Ilovaga kiring va Menyu bo‘limini oching. Sozlamalar qismiga o‘ting. "Ushbu qurilmada yuzni tanish darajasi"ni yuqoriroq qilib belgilang. 💡 Muhim qoidalar: Cheklovlar yo‘q: Tanish darajasini o‘zingizga moslab, xohlagancha ko‘p marta o‘zgartirishingiz mumkin. Faqat shu telefonda: Kiritilgan o‘zgarishlar markaziy tizimga ta'sir qilmaydi, u faqat siz foydalanayotgan telefonda va sizning profilingizda ishlaydi. ✨ Kichik tavsiya: Yo‘qlama paytida bola yuziga yorug‘lik to‘g‘ri tushayotganiga va kamera tekis tutilganiga e'tibor bering. Bu aniqlikni yanada oshiradi! Hurmat bilan, DXSH Uyushmasi Telegram | Instagram

  • 5 авг.9 2671616

    ⏩⏩⏩⏩ HURMATLI TADBIRKORLAR! ⏳Chat boshlanishiga oz fursat qoldi O‘zingizni qiziqtirgan savol va takliflaringiz bilan faol ishtirok eting. 👇👇👇👇👇 https://t.me/+VrCV2q_BB2IxMDUy

  • 5 авг.10,5 тыс3435

    🗣DIQQAT, E’LON! 📣Hurmatli davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari! ⚠️So’nggi vaqtlarda subsidiya mablag’larining kechikishi, biometrik tizim bilan bog’liq muammolar, tekshiruvlar davomida qo’llanilayotgan yondashuvlar hamda sohada tadbirkorlarni tashvishga solayotgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ko’plab murojaatlar kelib tushmoqda. 🤝Mazkur masalalarni muhokama qilish, mavjud muammolarni umumlashtirish hamda ularni qonuniy yo’llar bilan hal etish bo’yicha takliflarni shakllantirish maqsadida Bugun soat 19:00 da onlayn muloqot (chat) tashkil etiladi. 📌Muhokama qilinadigan asosiy masalalar: 🔴Subsidiya mablag’larining kechiktirilishi; 🔴Biometrik identifikatsiya (BBIT) tizimi bilan bog’liq muammolar; 🔴Tekshiruvlar va amaliyotda uchrayotgan muammoli holatlar; 🔴Tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha takliflar; 🟥Ishtirokchilarni qiziqtirgan boshqa dolzarb masalalar. 📣Barcha MTT rahbarlarini faol ishtirok etishga taklif qilamiz. Sizning fikringiz, taklifingiz va amaliy tajribangiz umumiy pozitsiyani shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Sana: bugun ⏰Vaqt: 19:00 Chat qachon va qayerda boʻladi? ↪️Ulanish uchun bosing↖️ Hurmat bilan, DXSH Uyushmasi

  • 5 авг.11,9 тыс26310

    📲 Yangi mobil ilovaga kirish va undan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma 📱Endi yangi mobil ilovaga kirishda Telegram-botdan keladigan kodni kutish shart emas. Tizimga login va parol yordamida kirish imkoniyati yaratildi. 1. Ilovaga kirish tartibi: Ilovani oching va xodimning shaxsiy login hamda parolini kiriting. Bu usulda kirilganda, xodim uchun quyidagi imkoniyatlar avtomatik ravishda ochiladi: 🔵 Yo‘qlama o‘tkazish (davomad qilish); 🔵Rasmni tasdiqlash (foto-fiksatsiya). ⚠️Eslatma: MTTning barcha moliyaviy ma’lumotlari faqat Rahbar logini bilan kirilganda ko‘rinadi. 2. Login va parolni olish (agar mavjud bo‘lmasa): Agar xodimning login va paroli bo‘lmasa yoki yodidan chiqqan bo‘lsa, quyidagi bosqichlarni bajaring: 🔵Dasturga kirish: Asosiy dasturning "Davomad" menyusiga kiring. 🔵Xodimni tanlash: Kerakli xodimni topib, "Tahrirlash" tugmasini bosing. 🔵Parolni yangilash: Ma’lumotlar oynasidan "Parolni yangilash" tugmasini bosing. 🔵SMS xabar: Xodimning tizimda ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamiga login va parol SMS shaklida yuboriladi. 3. Telefon raqami xato bo‘lsa nima qilish kerak? Agar xodimning telefon raqami noto‘g‘ri bo‘lsa, SMS bormaydi. 👉Bunda: 🔵Avval to‘g‘ri telefon raqamini kiriting va "Saqlash" tugmasini bosing. 🔵So‘ng qaytadan "Tahrirlash" tugmasiga kirib, "Parol yangilash"ni bosing. DXSH Uyushmasi Telegram | Instagram

  • 4 авг.9 8354148

    🗣DIQQAT, E’LON! 📣Hurmatli davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari! ⚠️So’nggi vaqtlarda subsidiya mablag’larining kechikishi, biometrik tizim bilan bog’liq muammolar, tekshiruvlar davomida qo’llanilayotgan yondashuvlar hamda sohada tadbirkorlarni tashvishga solayotgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ko’plab murojaatlar kelib tushmoqda. 🤝Mazkur masalalarni muhokama qilish, mavjud muammolarni umumlashtirish hamda ularni qonuniy yo’llar bilan hal etish bo’yicha takliflarni shakllantirish maqsadida ERTAGA soat 19:00 da onlayn muloqot (chat) tashkil etiladi. 📌Muhokama qilinadigan asosiy masalalar: 🔴Subsidiya mablag’larining kechiktirilishi; 🔴Biometrik identifikatsiya (BBIT) tizimi bilan bog’liq muammolar; 🔴Tekshiruvlar va amaliyotda uchrayotgan muammoli holatlar; 🔴Tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha takliflar; 🟥Ishtirokchilarni qiziqtirgan boshqa dolzarb masalalar. 📣Barcha MTT rahbarlarini faol ishtirok etishga taklif qilamiz. Sizning fikringiz, taklifingiz va amaliy tajribangiz umumiy pozitsiyani shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Sana: ERTAGA ⏰Vaqt: 19:00 Chat qachon va qayerda boʻladi? ↪️Ulanish uchun bosing↖️ Hurmat bilan, DXSH Uyushmasi

  • 4 авг.2 1723151из dxsh_uyushma

    🗣DXSh bitimlarini bir tomonlama bekor qilish aamaliyotiga barham berildi! ⚡️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining maʼmuriy oʻzboshimchaligiga chek qoʻyildi va buzilgan huquqlarni qayta tiklash mexanizmi ishga tushirildi! 🏛Vazirlik va hududiy boshqarmalarning DXSh shartnomalarini sud qarorisiz, shunchaki ichki dalolatnomalar (aktlar) bilan bir tomonlama bekor qilishi quyidagi fundamental normativalarga tamomila zid edi: ⚖️ Konstitutsiya (53-modda): Davlat xususiy mulkdor faoliyatiga noqonuniy aralashishga yoʻl qoʻymaydi. Mulk daxlsizdir! 📜Fuqarolik Kodeksi (382, 384-moddalar): Shartnoma faqat taraflar kelishuvi yoki FAQAT SUD QARORI bilan bekor qilinishi mumkin. Ichki idoraviy akt sud o‘rnini bosa olmaydi! 🤝“DXSh to‘g‘risida”gi Qonun: Ijro etuvchi organ bir vaqtning o‘zida ham ayblovchi, ham sudya rolini o‘ynashga huquqsiz. 🛡“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun (34-modda): Mansabdor shaxslarning tadbirkor faoliyatiga noqonuniy aralashishi qat’iyan man etiladi. ✨ Biznes-ombudsman, Vazirlik va Uyushma oʻrtasidagi izchil muzokaralar natijasida, noqonuniy bekor qilingan bitimlar qayta koʻrib chiqiladigan va bosqichma-bosqich tiklanadigan boʻldi! 📥Qaysi murojaatlar qabul qilinadi? ⛔️ Davomat uchun rasmdan yoki telefondan asl bolani surati orqali davomat qilingan , lekin tizim tomonidan QABUL QILINMAGAN (ya’ni hech qanday noqonuniy toʻlov yoki moliyaviy zarar yuz bermagan) boʻlishiga qaramay, asossiz ravishda sud qarorisiz akt tuzilib, faoliyati toʻxtatilgan nodavlat bogʻchalar. ⛔️ Ketma-ket yoki takroran 2-marta AKT tuzilganligi bahonasida bitimi bir tomonlama bekor qilingan bogʻchalar; 📝Sizning DXSh shartnomangiz ham yuqoridagi noqonuniy usullar bilan bekor qilingan boʻlsa, zudlik bilan murojaat qiling. Uyushma va Biznes-ombudsman devoni tomonidan BEPUL huquqiy yordam koʻrsatiladi va shartnomangizni qayta tiklashga ko‘maklashiladi. 📩Murojaat va hujjatlarni topshirish uchun: Telegram: @Feruzbek_571 @Shoira4183 DXSH Uyushmasi Telegram | Instagram

  • 31 июл.20,1 тыс155411

    🗣DXSh bitimlarini bir tomonlama bekor qilish aamaliyotiga barham berildi! ⚡️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining maʼmuriy oʻzboshimchaligiga chek qoʻyildi va buzilgan huquqlarni qayta tiklash mexanizmi ishga tushirildi! 🏛Vazirlik va hududiy boshqarmalarning DXSh shartnomalarini sud qarorisiz, shunchaki ichki dalolatnomalar (aktlar) bilan bir tomonlama bekor qilishi quyidagi fundamental normativalarga tamomila zid edi: ⚖️ Konstitutsiya (53-modda): Davlat xususiy mulkdor faoliyatiga noqonuniy aralashishga yoʻl qoʻymaydi. Mulk daxlsizdir! 📜Fuqarolik Kodeksi (382, 384-moddalar): Shartnoma faqat taraflar kelishuvi yoki FAQAT SUD QARORI bilan bekor qilinishi mumkin. Ichki idoraviy akt sud o‘rnini bosa olmaydi! 🤝“DXSh to‘g‘risida”gi Qonun: Ijro etuvchi organ bir vaqtning o‘zida ham ayblovchi, ham sudya rolini o‘ynashga huquqsiz. 🛡“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun (34-modda): Mansabdor shaxslarning tadbirkor faoliyatiga noqonuniy aralashishi qat’iyan man etiladi. ✨ Biznes-ombudsman, Vazirlik va Uyushma oʻrtasidagi izchil muzokaralar natijasida, noqonuniy bekor qilingan bitimlar qayta koʻrib chiqiladigan va bosqichma-bosqich tiklanadigan boʻldi! 📥Qaysi murojaatlar qabul qilinadi? ⛔️ Davomat uchun rasmdan yoki telefondan asl bolani surati orqali davomat qilingan , lekin tizim tomonidan QABUL QILINMAGAN (ya’ni hech qanday noqonuniy toʻlov yoki moliyaviy zarar yuz bermagan) boʻlishiga qaramay, asossiz ravishda sud qarorisiz akt tuzilib, faoliyati toʻxtatilgan nodavlat bogʻchalar. ⛔️ Ketma-ket yoki takroran 2-marta AKT tuzilganligi bahonasida bitimi bir tomonlama bekor qilingan bogʻchalar; 📝Sizning DXSh shartnomangiz ham yuqoridagi noqonuniy usullar bilan bekor qilingan boʻlsa, zudlik bilan murojaat qiling. Uyushma va Biznes-ombudsman devoni tomonidan BEPUL huquqiy yordam koʻrsatiladi va shartnomangizni qayta tiklashga ko‘maklashiladi. 📩Murojaat va hujjatlarni topshirish uchun: Telegram: @Feruzbek_571 @Shoira4183 DXSH Uyushmasi Telegram | Instagram

  • 24 июл.25 тыс13674

    🇺🇿Tavallud ayyomingiz muborak Prezidentim! DXSH uyushmasi va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimidagi butun soha vakillari, nodavlat bog‘chalar muassislari hamda ped-jamoalari nomidan Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz! Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga, ayniqsa, maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va qamrovni oshirishga qaratayotgan yuksak e’tiboringiz uchun cheksiz minnatdorchilik bildiramiz. Tashabbusingiz bilan yo‘lga qo‘yilgan Davlat-xususiy sheriklik (DXSH) mexanizmi sababli bugun minglab zamonaviy nodavlat bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi, yuz minglab jajji farzandlarimiz sifatli ta’lim va tarbiya olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Xususiy sektorni harataraflama qo‘llab-quvvatlayotganingiz, tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar respublikamizda maktabgacha ta’lim sohasining yangi bosqichga ko‘tarilishiga va minglab yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda. Jonajon O‘zbekistonimiz ravnaqi yo‘lidagi barcha ezgu va olamshumul tashabbuslaringizda omad va zafarlar doimiy hamrohingiz bo‘lsin! Chuqur hurmat va ehtirom bilan, DXSH Uyushmasi Telegram | Instagram

  • 22 июл.63,5 тыс533 145

    📢DIQQAT, HURMATLI TADBIRKORLAR! 📲 BBIT.UZ dasturida bolani bog‘chaga qabul qilish tartibi o‘zgardi! ⚠️Endi bolani qabul qilishda quyidagi bosqichlarni to‘liq bajarganingizdan keyingina qabul jarayoni yakunlanadi: 🔵 Yo‘llanmani SMS kod orqali yuklab olish 🔵 Tibbiy ma’lumotnomaning elektron tizimda shakllanib turganini DMED.UZ orqali tekshirish 🔵 Ota-ona ariza-shartnomasining yuridik markaz tomonidan tasdiqlanganini tekshirish 🔵 «Yangilash» tugmasi orqali ma’lumotlarni avtomatik chaqirish 🔵 SMS orqali kelgan 5 xonali kod bilan buyruqni shakllantirish ❗️ Eslatma: Ushbu amallar bajarilmasdan turib, bola tizimda qabul qilingan hisoblanmaydi! DXSH Uyushmasi Telegram | Instagram

  • 22 июл.19,1 тыс119114

    ✨OILAVIY BOG‘CHALAR VA OYLIК SUBSIDIYASI: QANUN BAZASI VA AMALIYOTDAGI ZIDDIYAT O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, ayniqsa oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (NMTT) faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq, afsuski, joylardagi ijrochilarning normativ-huquqiy hujjatlarni noto‘g‘ri talqin qilishi oqibatida sohada mehnat qilayotgan tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarning haq-huquqlari buzilishi holatlari uchramoqda. Muammo nimada? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-sonli qarorida oilaviy NMTTlarga subsidiyalar ajratish tartibi aniq ko‘rsatib o‘tilgan: "Oilaviy MTTga ular tomonidan yollangan tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga ish haqini to‘lash uchun subsidiyalar basharti ushbu MTTning har bir guruhida tarbiyalanayotgan bolalarning o‘rtacha oylik soni kamida 12 nafarni tashkil qilganda to‘lanadi. Bunda subsidiyalar oilaviy MTTdagi guruhlar sonidan kelib chiqib, ko‘pi bilan 4,5 ta shtat birligida (...), shu jumladan, bir guruhda — 1,25 shtat birligida tarbiyachi va 1 shtat birligida tarbiyachi yordamchisi lavozimida band bo‘lgan xodimlarning ish haqini to‘lash uchun ajratiladi." Bugungi kunda ayrim oilaviy NMTTlarda tarbiyalanuvchilarning umumiy soni 37 nafardan ortiq bo‘lsa-da (ya’ni 2 ta guruh normativini to‘liq yopadi va oshib ortadi), mas’ullar tomonidan 2-guruh uchun ish haqi subsidiyasi to‘lanmayapti. Bunga keltirilayotgan vaj esa mutlaqo asosga ega emas: "Xodim biriktirilgan guruhda bola soni 12 tadan kam". Shtat va guruh hisobi: Hukumat qarorida ko‘rsatilgan ko‘rsatkich — bu bog‘chadagi guruhlar va bolalarning o‘rtacha oylik soni normatividir. Qarorda "xodimni alohida guruhga qat'iy biriktirish va aynan shu biriktirilgan guruhdagi bola soniga qarab ish haqi to‘lash" haqida hech qanday norma yo‘q! "Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida"gi Qonunning 43-moddasiga muvofiq, qonun hujjatlari matni so‘zma-so‘z va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanilishi shart. Hujjatda ko‘rsatilmagan talablarni o‘zboshimchalik bilan o‘ylab topish va amaliyotga tatbiq etish — bu qonun buzilishidir! Adolat va huquqni tiklash: Noto‘g‘ri va asossiz talqin sabab o‘z vaqtida berilmay qolgan, mehnat qilgan xodimlarning to‘lanmay qolgan ish haqi subsidiyalari qayta hisob-kitob qilinsin va to‘liq to‘lab berilsin! Tizimli xatolikni bartaraf etish: Joylardagi mas’ul idoralar va moliya bo‘limlariga Vazirlar Mahkamasining 426-son qarorini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma berilsin hamda kelgusida bunday asossiz cheklovlarga chek qo‘yilsin! Halol mehnat qilayotgan tarbiyachilarimizning haqqi tugal to‘lanishi va sohadagi islohotlar qog‘ozda emas, amalda adolatli ishlashi shart! DXSH Uyushmasi Telegram | Instagram

  • 20 июл.13,2 тыс1523

    🗣Yolg‘iz kurashmang. Biz tadbirkorlar bilan birgamiz doimo! 🤯To‘planib qolgan muammolar: subsidiya adolatsizligi, "soxta davomat" mashmashalari, cheksiz byurokratiya va huquqiy bo‘shliqlar charchatib qo‘ydimi? 🤝DXSH UYUSHMASI aynan sizning ovozingizni yuqori minbarlarga yetkazish uchun faoliyat olib bormoqda. Biz takliflarimizni shunchaki aytmaymiz, ularni rasmiy tarzda Vazirlik va yuqori tashkilotlar oldiga masala sifatida qo‘yamiz! ❓ Uyushma sizga nima beradi? 🔵 Huquqiy himoya: Sizni har oy qiynaydigan "17-ijara shartnomasi" va boshqa raqamli tekshiruvlardan qonuniy himoya qilamiz. Albatta siz ham qonuniy faoliyat olib borishingiz shart 🔵 Muammolar yechimi: Subsidiya tizimidagi nohaqliklar va davomat mexanizmlarini isloh qilish bo‘yicha yagona pozitsiya. 🔵 Vaqtni tejash: Muammolar yechimi uchun Vazirlikka borib yurishingizga hojat qolmaydi — biz siz uchun ishlaymiz. 👉Sizning kuchli ovozingiz va tajribangiz biz uchun muhim. Safimizga qo‘shilish uchun atigi 3 qadam: ➖Shartnoma tuzamiz: Shartnomani bizni hodimimiz bilan bog'lansangiz sizga taqdim etadi, "Mijoz" bo‘limini to‘ldirib, muhr bosgan holda bizga yuboring. ➖A’zolik badali: Dastlabki 3 oy (I-chorak) uchun jami 412 000 so‘m to‘lovni amalga oshiring va chekni yuboring. ➖ Eksklyuziv hamjamiyat: Uyushma a’zolari uchun maxsus yopiq guruhga qabul qilinasiz va muammolaringiz ustida mutaxassislarimiz ish boshlaydi. ✏️ Hoziroq bizga yozing, shartnoma namunasini oling va safimizga qo‘shiling! 📲 Mas'ul hodimimiz: https://t.me/shoira4183 Hurmat bilan, DXSH Uyushmasi Telegram | Instagram

  • 17 июл.15 тыс11046

    📣QONUN TOʻGʻRI TALQIN QILINMASA, TADBIRKOR ZARAR KOʻRADI! DXSH Uyushmasi tomonidan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatida yuzaga kelayotgan tizimli muammolar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga rasmiy murojaat yuborildi. ⚖️Murojaatda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori ijrosida yoʻl qoʻyilayotgan notoʻgʻri amaliyotlar asosli dalillar bilan bayon etildi. ❗Xususan, ayrim NMTTlarda 37 nafardan ortiq bola tarbiyalanayotgan boʻlsa ham, ikkinchi guruh uchun tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisi ish haqi subsidiyasi toʻlanmayotgani aniqlandi. Bunga sabab sifatida xodim biriktirilgan guruhdagi bolalar soni 12 nafardan kamligi koʻrsatilmoqda. ❓Ammo 426-son qarorning oʻzida xodimni muayyan guruhga biriktirish yoki subsidiyani shu mezon asosida hisoblash tartibi umuman nazarda tutilmagan. Demak, amaliyotda qaror talablari emas, turlicha talqinlar qoʻllanilmoqda. Buning oqibatida esa tadbirkorlarning qonuniy mablagʻlari toʻlanmayapti. Shu bilan birga, yana bir jiddiy muammo mavjud. 📌Qarorga koʻra, ijara shartnomasi amal qilgan muddat uchun subsidiya hisoblanishi va toʻlanishi belgilangan boʻlsa-da, amaliyotda ijara shartnomasi dasturga yuklanganidan keyin ham subsidiya avtomatik ajratilmayapti. Tadbirkor vazirlikka alohida murojaat qilganidan keyingina toʻlov amalga oshirilmoqda. Bu esa: ❌subsidiya mablagʻlarining asossiz kechikishiga; ❌❌tadbirkorlarning ortiqcha ovora boʻlishiga; qonunda nazarda tutilmagan byurokratik toʻsiqlarning yuzaga kelishiga sabab boʻlmoqda. 🤝Bizning maqsadimiz hech qachon qarama-qarshilik emas. Biz faqat qonun barcha uchun bir xil ishlashi, davlat organlari esa qonun talablarini ogʻishmay bajarishini istaymiz. Shu sababli Oliy Majlis Qonunchilik palatasidan ushbu masalalarni parlament nazoratiga olish, 426-son qarorning toʻgʻri va bir xil qoʻllanilishini taʼminlash hamda tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan amaliy choralar koʻrilishini soʻradik. Qonun qogʻozda emas, amalda ishlashi kerak. Tadbirkor esa oʻzining qonuniy haqini olish uchun eshikma-eshik yurishga majbur boʻlmasligi lozim. DXSH Uyushmasi Telegram | Instagram