RealSoft
СтатистикаO‘zbekistondagi yetakchi IT kompaniyalardan biri RealSoft kompaniyasining rasmiy telegram kanali. Website: https://realsoft.uz Instagram: https://urls.uz/Mh3yMYY YouTube: https://urls.uz/eVbYmMt Koll-markaz: 71 205 84 84
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 70
- 1/48двое суток
- 80
- 1/72трое суток
- 86
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🎙 RS Podcastning yangi soni yana efirda! Bugun soat 19:00 da premyera! Bu galgi mehmonlarimiz: ▪️ Mukhammadkarim Tukhtaboev — CTO ▪️ Xondamir Abduxoshimov — Engineering Manager Podcastda: 🔘 Sun'iy intellekt rivojlanayotgan paytda tabiiy intellekt inqirozga uchrayaptimi? 🔘 AI'ni ishlatmaganlar haqiqatan orqada qolyaptimi? 🔘 Talabalar diplom va PhD ishlarini GPT'da qilishi qanchalik to'g'ri? 🔘 Nega ba'zi kompaniyalar AI'ni to'laqonli cheklamoqda? 🔘 Startaplarda AI qurib bergan mahsulot nimani hal qiladi, nimani yo'q? 🔘 Hayplarning qurboni bo'lmaslik uchun nima qilish kerak? Shu kabi savollarga mutaxassislardan sodda va tushunarli javob oldik. ▶️ To'liq versiyani shu yerdan tomosha qiling: https://youtu.be/9Prlx-30xBQ Obuna bo'ling, fikr bildiring va like bosishni unutmang! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Web-sayt | Instagram | Telegram | Telegram Bot | YouTube
Keeping platformasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida taqdim etildi Keeping vakillari O'zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligida platforma taqdimotini o'tkazdi. Uchrashuvda buxgalteriya hisobini raqamlashtirish, sun'iy intellekt asosida hujjatlarni tahlil qilish hamda 2027-yildan boshlanadigan Moliyaviy hisob tizimini xalqaro standartlarga o'tkazish jarayoni muhokama qilindi. Vazirlik RealSoft kompaniyasini ushbu yo'nalishdagi IT hamkorlaridan biri sifatida jalb etishni taklif qildi. 🔗 Batafsil: https://keeping.uz/news/keeping-iqtisodiyot-va-moliya-vazirligida Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Web-sayt | Instagram | Telegram | Telegram Bot | YouTube
O'zbekistonda Easy Trip xalqaro turizm platformasi ishlab chiqildi RealSoft mamlakat turizm salohiyatini dunyoga tanitish maqsadida Easy Trip xalqaro platformasini ishlab chiqdi. Ilova orqali chipta va mehmonxona bron qilish, taksi chaqirish, gid xizmatidan foydalanish mumkin, shuningdek SafeTrip (SOS yordam) va EasyPay (QR-kod orqali to'lov) kabi qulaylik va xavfsizlik yechimlari mavjud. Platforma hozircha Buxoro shahrida sinov tariqasida ishlamoqda, keyingi bosqichda Samarqand va Xivaga ham kengayadi. Batafsil o'qish Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
🇺🇿 O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionati - 2026 musobaqasidagi ishtirokini Kolumbiya terma jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshladi! Ushbu tarixiy bahsni RealSoft jamoasi bilan ofisimizda birgalikda tomosha qildik. Futbolga bo‘lgan qiziqish, jamoaviy muhit va unutilmas hissiyotlar tongni yanada ko‘tarinki kayfiyatda boshlashimizga sabab bo‘ldi💙 Uchrashuvning eng qaynoq va unutilmas lahzalaridan bahra oling! 😎telegram 😎instagram
🌙 Qurbon Hayiti muborak bo‘lsin! Qadrli yurtdoshlar! Bu ulug‘ bayram mehr-oqibat, saxovat va insoniylik qadri yanada ortadigan kun bo‘lib, barchamizni ezgulikka chorlaydi. Alloh qilgan ibodat va duolaringizni qabul aylasin, niyatlaringiz amalga oshsin. Bugungi muborak kun qalblarimizni yanada yaqinlashtirib, hayotimizga mehr, baraka va xotirjamlik olib kelsin. Qurbon Hayiti barchamizga muborak bo‘lsin! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
RS Podcastning yangi soni yana efirda! Bu galgi mehmonimiz “Qanot Sharq” aviakompaniyasi moliya direktori Shahlo Umarova! Podcastda 🔘 Buxgalter matematikani yaxshi bilishi kerakmi? 🔘 Buxgalterlarning og’riqli nuqtalari 🔘 Sun’iy intelekt buxgalterlarning ishini olib qo’yadimi? 🔘 Avvalgi va hozirgi buxgalterlarning farqi nimada 🔗 Shu kabi savollarga mutaxassisdan sodda va tushunarli tarzda javob oldik. ❗️Premyera bugun soat 20:00 da RealSoft YouTube kanalida bo'lib o'tadi Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
RealSoft — O‘zbekiston Korporativ Sport Assotsiatsiyasining raqamli texnologiyalar (IT) bo‘yicha rasmiy hamkori! O‘zbekiston Korporativ Sport Assotsiatsiyasi hamda respublikamizning yirik IT kompaniyalaridan biri — RealSoft o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Endilikda RealSoft Assotsiatsiyaning rasmiy raqamli platformasini ishlab chiqish, shuningdek, O‘zbekiston korporativ futbol ligasi, O‘zbekiston korporativ mini futbol ligasi hamda boshqa korporativ sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha rasmiy hamkor sifatida faoliyat yuritadi. Mazkur hamkorlik doirasida musobaqalarni boshqarish, ro‘yxatdan o‘tish, natijalarni yuritish, statistik tahlil va boshqa jarayonlarni zamonaviy IT yechimlari asosida samarali tashkil etish ko‘zda tutilgan. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
Joriy yilning 4–5-may kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida mintaqadagi eng yirik texnologik tadbirlardan biri — GITEX AI Central Asia & Caucasus bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, kiberxavfsizlik hamda raqamli infratuzilmaning kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi muhim platforma sifatida e’tirof etildi. Ushbu nufuzli ko‘rgazmada RealSoft kompaniyasi ham o‘zining innovatsion loyihalari bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy raqamli yechimlarni xalqaro maydonda keng namoyish etdi. Mazkur ishtirok kompaniyamizning yuqori texnologik salohiyati, ilg‘or yondashuvi hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanadi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
🏃♂️ Bukhara Night Race 2026! Buxoroi Sharifda 3500 dan ortiq ishtirokchini birlashtirgan yugurish marafoni bo’lib o’tdi. ✨ RealSoft jamoasi ham marafonda faol qatnashib, 5, 10 va 21 km masofalarda o‘z kuchini sinovdan o‘tkazdi hamda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatladi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
🔥 RS Podcast qaytdi! Yangi studiya, yangi boshlovchi va yangicha yondashuv bilan siz kutgan podcast yana efirda! 🎙 Bu galgi sonimizda Keeping platformasi haqida batafsil suhbat olib boramiz: 🔘 Keeping qanday platforma? 🔘 Uning boshqa tizimlardan ustun jihatlari nimada? 🔘 Audit jarayonlarini qanday samarali yuritish mumkin? 🔘 Ichki funksional imkoniyatlari nimalardan iborat? 🔗 Shu kabi savollarga mutaxassislar sodda va tushunarli tarzda javob berishadi. ❗️Premyera bugun soat 20:00 da RealSoft YouTube kanalida bo'lib o'tadi Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
🌿 Navro‘z muborak! Navro‘z — bu tabiatning uyg‘onishi bilan birga inson qalbida yangi kuch, yangi ruh va yangi intilishlar paydo bo‘ladigan ayyomdir. Bu — kechagini ortda qoldirib, ertangi kunga ishonch bilan qarash, yangi sahifani ochish fursati. Ushbu qutlug‘ kunda Sizlarga yangilanish ruhi, tinimsiz ilhom va barqaror o‘sish tilaymiz. Har bir g‘oyangiz rivoj topsin, har bir qadamingiz ishonch ila olg‘a bosib, har bir natijangiz sizni yanada katta yutuqlarga yetaklasin. 😁RealSoft jamoasi siz bilan hamkorlikda barqaror rivojlanish sari intilishni doim qadrlab kelgan. 🌸 Navro‘z nafasi faoliyatingizga yengillik, qarorlaringizga aniqlik va ishlaringizga baraka olib kirsin! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
🌙 Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! ✨ Hurmatli yurtdoshlar! Qalblar poklanib, ezgu niyatlar yuksaladigan ushbu muborak ayyom — Ramazon hayiti bilan Sizlarni samimiy muborakbod etamiz. Bu bayram nafaqat shukr va sabrning, balki mehr-oqibat va birdamlikning ham yuksak timsolidir. Iymon va ixlos ila o‘tkazilgan Ramazon oyining barcha savobli amallari qabul bo‘lib, hayotingizga yangi nur, yangi baraka va yangi ilhom olib kirsin. Har bir xonadonda quvonch, har bir qalbda xotirjamlik va umid charog‘i porlasin. RealSoft jamoasi Sizlarga nafaqat bugungi bayram, balki har bir kuningizda muvaffaqiyat, barqarorlik va ilhom hamroh bo‘lishini tilaydi. Biz uchun Sizning ishonchingiz — eng katta qadriyat. Barchangizga tinchlik, baraka va ezguliklar yor bo‘lsin! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
✨ Hurmatli va aziz ayollar! ✨ Siz – hayotimizning eng nozik va yorqin bo‘lagi, mehr-muruvvat va latofat timsolisiz. Siz bor joyda iliqlik, quvonch va ilhom yashaydi, har bir kuningiz bahoriy gullar kabi musaffo va nafis bo‘ladi. 🌸 RealSoft jamoasi barcha opa-singillarimizni, hayotimizga rang va ma’no baxsh etuvchi mo‘tabar ayollarni 8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etadi! 💐 Sizga cheksiz baxt, sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik, har lahzangiz yorqin va ilhom baxsh etuvchi bo‘lishini tilaymiz. Doimo go‘zallik, baxt va o‘zingizga xos nafislik sizlarni hech qachon tark etmasin! 🌷✨ Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🎉💖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
19-fevral kuni RealSoft kompaniyasida UTAX tashkiloti rahbarlari Umidbek Safarov va Murod Muhammedjanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida RealSoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan "Keeping", "Kichik biznes" va "SmartOffice" tizimlarining imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berilib, mazkur tizimlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha aniq takliflar berildi hamda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, "Keeping" platformasida aylanma soliq to’lovchilar uchun tizimning mobil variantini ishlab chiqish, buxgalteriya hisobini soliq nuqtai nazaridan analiz qilish, risklarni aniqlash bo’yicha ma’lumotlarni shakllantirish bo’yicha takliflar ilgari surildi. Tomonlar kelgusida biznes jarayonlarini yanada takomillashtirish, raqamlashtirish darajasini oshirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashdilar. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
🎉 RealSoft — 25 yil. Bir g‘oya. Bir jamoa. Bir oila. Bugun kompaniyamiz tashkil topganiga 25 yil to‘ldi. 2001 yilda Buxorodagi kichik laboratoriyada katta orzular bilan boshlangan yo‘limiz bugun ulkan jamoa, mustahkam qadriyatlar va yuksak natijalarga aylandi. Bu yo‘l — shunchaki biznes tarixi emas. Bu — insonlar, ishonch, mehnat va birdamlik tarixi. RealSoft har doim kompaniyadan ko‘ra kengroq tushuncha bo‘lib kelgan. Bu yerda har bir g‘oya qadrlanadi. Har bir muvaffaqiyat birgalikda nishonlanadi. Qiyinchiliklar esa yelkadoshlik bilan yengib o‘tiladi. Biz platformalar, tizimlar va dasturiy mahsulotlar yaratdik. Biz raqamlashtirdik, avtomatlashtirdik, boshqaruvni yengillashtirdik. Lekin eng muhimi — biz insonlar o‘rtasida ishonch va qadriyat yaratdik. Platon, Smart Office, Hujjat.uz, Onlayn Mahalla, Eco Service, RealPay, Raqamli Bozor, Keeping.uz va boshqa yirik loyihalar — bu faqat mahsulotlar emas. Ular — jamoaviy mehnatimiz samarasi, tungi izlanishlar, ilhom va bir-birimizga bo‘lgan ishonch timsoli. 25 yil tarix mezonida katta muddat emas. Ammo aynan shu yillar davomida biz salmoqli yutuqlar va mustahkam poydevorga ega bo‘lgan tarixni barpo etdik. Biz birga katta bo‘ldik. Birga o‘rgandik. Birga rivojlandik. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
RealSoft kompaniyasi Yangi yil bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi Yana bir samarali va yutuqlarga boy yilni birga ortda qoldirmoqdamiz. Har bir yangi yil - bu mas'uliyat, rivojlanish va innovatsion yechimlar yaratish sari yana bir muhim qadamdir. 2026 yilda sizlarga sog‘lik, xotirjamlik, farovon hayot, barqaror rivoj va yangi marralarni zabt etishingizni tilab qolamiz. RealSoft kompaniyasi kelgusi yilda ham O‘zbekiston nomini xalqaro IT maydonida munosib namoyon etuvchi, turli sohalar uchun yuqori sifatli tizimlar ishlab chiqishda davom etadi. Yangi yil sizga yangi imkoniyatlar, katta maqsadlar va yorqin yutuqlar olib kelsin! Birgalikda yanada ko‘proq marralarni zabt etamiz! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
Tatariston Respublikasidan tashrif buyurgan startap loyihachilar delegatsiyasi RealSoft kompaniyasida mehmon bo‘ldi. Tatariston Respublikasidan tashrif buyurgan startap loyihachilar delegatsiyasi RealSoft kompaniyasida mehmon bo‘ldi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida innovatsion loyihalar bo‘yicha hamkorlik istiqbollari, shuningdek, tashqi va ichki bozorlarga kirish imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Muloqot jarayonida startaplarni rivojlantirish, texnologik yechimlarni joriy etish va tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tashrif doirasida mehmonlar RealSoft kompaniyasining ofisi bilan tanishib, ish jarayonlari, jamoaning faoliyati hamda ishlab chiqilayotgan raqamli mahsulotlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, kompaniya dasturchilari bilan bevosita suhbatlashib, texnik yechimlar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajriba almashildi. Mazkur tashrif xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish va yangi biznes yo‘nalishlarini shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
🇺🇿 21-oktyabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun! Til — millatning ruhi, xalqning yuragi. Bugungi kunda texnologiyalar dunyosida Python, Java yoki C++ kabi dasturlash tillari yaratuvchilik va rivojlanishning asosi bo‘lsa, ona tilimiz bizning milliy g‘oyamiz va yurtimiz taraqqiyotining asosi hisoblanadi. RealSoft kompaniyasi jamoasi ushbu muhim sana bilan barchani samimiy tabriklaydi! Keling, zamonaviy texnologiyalar bilan bir qatorda ona tilimiz bo’lgan o’zbek tilini ham sevib, asrab, rivojlantiraylik! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
Tojikiston Respublikasining “Sertifikatlash markazlari, davlat xizmatlari va raqamli dasturiy ta’minotni ishlab chiqish” OAJ va RealSoft kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi! 13-14 oktabr kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Digital Tajikistan 2025” xalqaro forumi doirasida O‘zbekistonning yetakchi IT-kompaniyalaridan biri hisoblangan RealSoft va Tojikiston Respublikasining “Sertifikatlash markazlari, davlat xizmatlari va raqamli dasturiy ta’minotni ishlab chiqish” OAJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Kelishuv doirasida RealSoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar va texnologik platformalarni Tojikiston hududida amaliy tatbiq etish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. 🔗 Batafsil Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
Hurmatli ustoz va murabbiylar! Bugun biz bilim va tajriba ulashib, kelajak avlodni tarbiyalayotgan barcha ustozlarimizni bayram bilan tabriklaymiz! Sizlarning mehnatingiz tufayli yangi g‘oyalar, innovatsiyalar va yutuqlar yuzaga kelmoqda. RealSoft jamoasi nomidan barcha o‘qituvchilar va murabbiylarga sog‘liq, baxt va kelgusi ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌱 Siz berayotgan bilimlar — ertangi kun taraqqiyotining asosi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn