tgindex
Ezoza Umarova | MONTESSORI

Ezoza Umarova | MONTESSORI

Статистика
@ezoza_umarovaКнигиузбекский

@turonmontessori asoschisi

Последний пост
10 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
506
+2 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
731
20 постов
Вовлечённость
144,5%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
217
1/48двое суток
248
1/72трое суток
268

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 10 авг.2511614

    Bu kitoblar bolaning asl fitratini yuzaga chiqishiga yordam beradi

  • 9 авг.2951821

    Qanday kitoblar 6 yoshgacha bolalarga mumkin emas?

  • Mana shu podkastni tomosha qilishni maslahat beraman. Maktab tanlash borasida ham yaxshi maslahatlar berilgan

  • 8 авг.21678из muhammadrasul_blogi

    Assalomu alaykum! Podkast tayyor bo'ldi. Maktab mavzusini ham o'sha yerda aytib ketdik. https://youtu.be/h-DXqpIqhrY

  • Montessori bogʻchasini bitirgan bola, u yerda oʻrgangan koʻnikmalarini oddiy maktabga chiqqanida unutib qoʻyadimi?

  • 7 авг.239242

    Montessori maktablari qanday tizimlashgan?

  • 5 авг.283244

    Montessori metodi necha yoshgacha davom etadi?

  • 30 июл.6311921

    Bolaning miyasi tabiiy hayot jarayonida yaxshi rivojlanadi. Unga doimiy ravishda yangi o‘yinchoqlar yoki cheksiz ko‘ngilochar mashg‘ulotlar emas, balki erkin o‘ynash, harakat qilish, yaqinlari bilan muloqot qilish va o‘z tajribasini orttirish imkoniyati muhimroq. 🌿

  • без подписи

  • Ko’p ota-onalarda xavotir bor. “Mening bolam hali harf o’rganmadi. Hali yozmayapti. Hali matematikani boshlamadi…” Lekin bolaning miyasi biz o’ylagandek ishlamaydi. U har kuni bizga juda oddiy tuyuladigan ishlarni bajarsa, siz uni shoshirmang. U suv quyadi, tugma taqadi, rasm chizadi, kesadi, yopishtiradi, bir narsani qayta-qayta takrorlaydi. Tashqaridan qaraganda go’yo hech qanday katta natija yo’qdek. Aslida esa har bir mashq uning miyasida yangi neyron bog’lanishlarni qurmoqda. Diqqatini mustahkamlamoqda. Mantiqini shakllantirmoqda. Qo’l va miyani birgalikda ishlashga o’rgatmoqda. Shu sababli Montessorida bolalar shoshilishmaydi. Chunki maqsad bolaga bilimni ertaroq yuklash emas, balki bilimni qabul qila oladigan miyani tayyorlashdir. Va bir kun kelib kutilmagan narsa sodir bo’ladi. Go’yo bola “birdaniga” ochilgandek tuyuladi. Kechagina oddiy mashqlarni bajarayotgan bola endi murakkab matematik fikrlarni tushuna boshlaydi, yozishni tez o’zlashtiradi, sabab-oqibatni chuqur tahlil qiladi, mustaqil xulosalar chiqaradi. Bu mo’jiza emas! Bu yillar davomida to’g’ri qurilgan poydevorning tabiiy natijasidir. Montessorida biz mevasini shoshirib uzmaymiz. Avval ildizni mustahkamlaymiz. Ildizi kuchli daraxt esa bir kun kelib o’zi mo’l hosil beradi 🌿

  • 10 июл.4 1313649

    Bogʻchada bolalarni nega urishyapti?

  • 8 июл.639396

    Bogʻcha tanlashda bolaga kuchli bosim va zoʻriqishlarsiz muhit tanlashingizga e’tiborli boʻling!

  • 2 июн.785251

    Montessori kursi uchun tayyorlagandim. Barglar albomimni oʻquvchilarim bilan birga oʻrganamiz inshaallah🥰

  • 23 мая873154

    Ilm yo‘lida fidoyilik! Kuni kecha maktabimiz uchun juda esda qolarli va samarali kun bo‘ldi. Montessori sinfxonamizni xalqaro standartlar asosida, bolalar uchun eng qulay va rivojlantiruvchi tarzda shakllantirish maqsadida ustozimiz Muhammadrasul tashrif…

  • 23 мая625121из ilkmontessori

    Ilm yo‘lida fidoyilik! Kuni kecha maktabimiz uchun juda esda qolarli va samarali kun bo‘ldi. Montessori sinfxonamizni xalqaro standartlar asosida, bolalar uchun eng qulay va rivojlantiruvchi tarzda shakllantirish maqsadida ustozimiz Muhammadrasul tashrif buyurdilar. Ustozimiz maktabimizda 5 soat atrofida ishdan keyingi vaqtlarini ayamay, tik oyoqda turib, har bir burchakni, har bir detalni sinchiklab ko‘rib chiqdilar. Sinfxonamiz qayerdan boshlanib, qayerda tugashi, zonalarning joylashuvi va bolalarning erkin harakatlanishi uchun eng maqbul yechimlar bo‘yicha o‘zlarining bebaho maslahatlarini berdilar. Bu jarayon men uchun shunchaki texnik yordam emas, balki katta bir motivatsiya manbai bo‘ldi. Ustozimizning o‘z ishlariga bo‘lgan bunday yondashuvi, har bir detalga e’tiborlari menda kelajakdagi maqsadlarimga bo‘lgan ishonchimni yanada mustahkamladi. Samimiy yordamlari va vaqtlarini ayamaganlari uchun ustozimizdan juda minnatdorman! https://t.me/muhammadrasul_blogi

  • 17 мая568232из muhammadrasul_blogi

    Vaalaykum assalom! Qaysi o'qituvchi eng ko'p rasm tashlasa shuncha vaqt sizning bolangiz bilan ishlamagan degan fikrim bor.

  • 15 мая538175из muhammadrasul_blogi

    Bolalarni rasm/videoga olinishi haqida Meni tanigan bilgan odamlar bilishadiki, men bu ishga qarshiman. Maria Montessori yozgan: “ Maqtov, yordam yoki hatto bir qarashning o‘zi ham uni to‘xtatishga yoki faoliyatini buzishga yetarli bo‘lishi mumkin. Buni aytish g‘alati tuyuladi, ammo bola shunchaki kuzatilayotganini sezib qolsa ham shunday bo‘lishi mumkin. Axir, biz ham ba’zan kimdir nima qilayotganimizni ko‘rish uchun kelib qolsa, ishni davom ettira olmay qolamiz. O‘qituvchiga muvaffaqiyat olib keladigan buyuk tamoyil shudir: diqqat jamlanishi boshlanishi bilan, go‘yo bola mavjud emasdek harakat qiling. Albatta, uning nima qilayotganini tezgina bir nazar bilan ko‘rish mumkin, ammo u buni sezmagan holda.” Maria Montessori, Shimuvchi ong, 255-bet Endi tasavvur qiling siz telefonni chiqarib yaxshi rakurs bo'lishiga harakat qilib bolani rasmga oldingiz. Konsentratsiyadan asar ham qolmaydi. Bola rasmga tayyorlanadi, chiroyli turib oladi. Ota-ona ha haqiqatan shunday ekan deydi. Reallik esa boshqa. Shu ishlardan keyin bola ishning ustida uzoq o'tirmaydi, qiyin ko'nikmalar esa uzoq konsentratsiya talab qiladi. Konsentratsiya - ichki xotirjamlikning kaliti. Konsentratsiya "normalizatsiya" deb nomlangan bolaning tabiiy rivojlanishida eng muhim qism. Har rasmga olganimizda bola shu narsasiz qoladi. Montessori o'qituvchisi bolaning diqqatini juda qadrlaydi. U biladiki, konsentratsiya juda nozik, mo'rt holat. Rasmga olishdan oldin o'ylaydi: Uning pirovard maqsadi nima o'zi? Bolaning ota-onasini qondirishmi? Yoki bolaning rivojlanishimi? Ota-ona o'qituvchiga har xil yo'l bilan bosim qiladi, "bolamning nima qilayotgani qiziq" deydi. Boshqa tarafdan olingan "feedback" yetmayotganday. Qadrli farzandini Montessori bog'chalariga bergan ota-onalar, achchiq haqiqat shuki, rasm bilan aldash oson. O'qituvchi "Ushlab turing shu materialni. Qarang, oyingizga rasm jo'natamiz" - desa, bola siz xohlaganday turib beradi. Ko'p an'anaviy bog'chalarda shunday qilishadi ham. Shuning uchun uyga "ideal" chizilgan rasmlar boradi. Yoki "ideal holatdagi" fotolar ko'rasiz. Uni sahnalashtirsa bo'ladi. Shu rasmlarni olgan odam farzandingizning o'qituvchisidan ko'ra ko'proq sizning hotirjam bo'lishingiz uchun hisobot tashlab turgan xizmatchingiz. Yuqoridagi Montessori gidining yuragi tilka pora bo'layotganining sababi u farzandingizning rivojlanishini o'ylayapti. Birga bo'ling. O'ylang, konsentratsiyani qurbon qilishingiz psixologik holatingizni yaxshi bo'lishiga arziydimi? Men taklif qiladigan yechim: o'qituvchi bilan ko'proq gaplashing, ko'rishib farzandingiz haqida real feedback so'rang, majlis/individual konferensiyalar uyushtiring. Kuzatuvlarni ko'rishni so'rang, yoki farzandingizni chuqur kuzatuv qilishlarini iltimos qiling. P.S. Odatda havotirli ota-onalar rasm va video so'raydi. Qiziq tarafi shuki, necha yillik tajribam shuni ko'rsatadiki, hotirjam ota-onalarning bolalari yuksakroq natijalarga erishishadi. Biz kattalar havotirni boshqara olamiz, shunday ekan: hotirjam bo'ling bolangiz erkinroq/mustaqilroq/aqlliroq/baxtliroq o'sadi!

  • 15 мая512302

    Oʻgʻlimning bogʻchasida ota-onalar masterklass qilishadi. Bu safar oʻrtogʻining otalari oʻz kasbi bilan tanishtirish uchun davra suhbati tashkil qilishibdi. Montessori muhitidagi bola ustoz va ota onalarning birgalikdagi harakatidan rivojlanadi🌿 Namuna Montessori bogʻchasidan

  • 13 мая1 7882912

    Bugun bogʻchamizga ilmiy tadqiqotchi kelib kuzatdilar. PhD mavzusiga Montessori metodini tanlagan ekanlar. Bir ish siklini toʻliq kuzatib boʻlib, menga yozgan varraqlarini koʻrsatdilar. Koʻzimga birinchi tushgan joyi shu boʻldi: - Bolalar rasmga/videoga tushayotganini bilsa, boshqacha boʻlib tushib beradi… Kamera tagida ishlash bolaning konsentratsiyasiga qanchalik yomon ta’sir qilishini tashqaridan kelgan odam ham sezibdi…

  • 11 мая580211

    Montessori va an'anaviy bogʻchalardagi DIREKTORlarning farqini bilasizmi? Montessorida direktorlar ichkarida BOLA bilan birga yurishadi 💚