مع فدرية
Статистика• Fadriyya Farhodning shaxsiy kanali • Savol, taklif va mulohazalar uchun: @fadriyyaacademy_manager
- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- арабский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 236
- 1/48двое суток
- 2 562
- 1/72трое суток
- 2 763
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
“Alive” treningi ko’pchiligingizga tanish. Shu kungacha eng ko’p o’quvchi bitirgan (800+) rekordli loyihamiz bo’lgan ekan, o’zim ham yaqinda bildim 😌 Va u bilan vidolashish onlari yaqin. Umuman loyihalarimni uzoq muddat va doimiy sotmasligim muhim qadriyatlarimdan, bu haqda bir kun aytib berarman.. Hozir muhimroq xabar bor, shu yuzlab ijobiy o’zgarishlarga sababchi bo’lgan, agressiya haqidagi qilganimiz eng kuchli treningga hozirdan boshlab so’nggi 24 soat qabul. Yana eslataman: boshqa bu treningga sotuv bo’lmaydi ⬆️ suratlarda u qanday muammolarga yechim bera olishi mumkinligini illyustratsiya qildik Programma va sharhlar bilan menejerlar orqali tanishingiz mumkin, agar qaror bersangiz, eng barakali treningimizga marhamat: @fadriyyaacademy_manager @fadriyyaacademy_manager *yoki + belgisini muhokmalarda qoldiring, Sizga aloqaga chiqishadi
“Fadriyya, shuncha o’qidim lekin hech narsa o’zgarmagandek, eski hammom eski tos, charchadim, huddi hech qaysi kitob, kurs menga yordam bermaydigandek..”, kabi hafsalasi pir bo’lgan, og’riq va alamga to’lgan xabarlar olib turaman Tushunaman. Qiyin. O’qib, izlanishga resurslaringni sarflab-sarflab yana kutilmagan muammolar bilan yuzlashish, ulardan qanday chiqib ketishni bilmay qolaverish qiyin.. Biroq bir narsani aniq ayta olaman — o’qiganingiz, izlanganingiz, rivojlanganingiz havoga ketmagan, ketmaydi ham. Har bir harakatingizning hisobi bor. Tirmashib, izlanib, ilm o’rganib muammolarga duch kelish, ularni hal qilish, bunday qilmagandan afzal bo’lib qolaveradi Ilm/ shaxsiy rivoj mashaqqatlarni inkor qilmaydi , ammo hayotingiz sifatini oshiraveradi, bifazlillah Sport bilan misol keltiraman: ilmiy tasdiqlanib bo’lgan fakt — mushaklar inson uchun juda ahamiyatli, ayniqsa qariganingiz sari salomatligingiz va hatto miyangiz faoliyati uchun ular muhim. Paradoks shunda-ki, keksalik bilan mushaklaringiz tezroq kamayadi va ularni tiklab olish qiyinroq bo’lib boradi. Lekin yoshlikdan (deylik 25-35 yoshdan) muntazam sport bilan shug’illanib yurgan bo’lsangiz, 50-60 yoshda sport boshlagandan ruhiy, jismoniy va moliyaviy bosqichlarda ham yengilroq bo’ladi Ilm, shaxsiyatni o’stirish ham shunday. Siz hozir mashaqqat bilan, noumidliklar-u hafsalasizliklar, turli xil bahonalarni yengib qilayotganingiz tanlov albatta samarasini beradi Yanada ko’proq xursand qiladigani, ruhlantiradigani bilasizmi nima? Bu harakatlaringiz bu dunyo uchungina sarmoya emas, balki abadiyatingiz uchun qutqaruvchi jamg’arma bo’la oladi Miyamiz pozitivdan ko’ra negativni ko’rishga moyilroq, zero bu hayotimizni asrab qolishga, energiyani tejashga yordam beradi. Ammo shayton uchun bu yaxshi instrument ham, shu xoslik orqali u harakatlaringiz, rivojingizni ma’nosiz, arzimas, foydasizdek ko’rsatishni xush ko’radi. Bu depressiya tomon tekin chipta olishdek gap Ammo Robbimiz shu miyamizning o’zida bu mexanizmlarni boshqarish uchun qudrat va imkoniyatlar berdi, aql-idrok ato etdi. Biz Unga suyanib, natijani Ungagina topshirib, U beradigan oqibatlarga taslimiyat ila yondashib, qila oladiganimiz harakatlardan to’xtamay haqiqiy tavakkulga erishamiz. Bizga qolgani shu
🎉 9-10-11-sinflar uchun GRANT Rahimov School iqtidorli, bilimga chanqoq o‘quvchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun Ibn Sino va Lokomotiv filiallarida grant e'lon qildi. Imtihonni 4 bosqichda o'tkazamiz: • Matematika • Ingliz tili • Insho • Suhbat ⚡️Qachon? • 11-avgust, 9:00 📍Qayerda? • Ibn Sino maktabi binosi • Lokomotiv maktabi binosi 👉 Ro'yxatdan o'ting: forms.gle/Wo6DfzVGSHq1YvGQ7 @RahimovSchool
🎓 Farzandingiz dunyodagi TOP universitetlarda to'liq grantda o'qishini xohlaysizmi? Rahimov School sizning bu orzuyingizga yetishishda yordamlashmoqchi. 🏆 Dunyoning eng TOP universitetlari: • Harvard — TOP #5 • Rice University — Amerikada TOP #10 • Hong Kong University — TOP #11 da o'qiydigan o'quvchilar hamda maktab asoschisi Aziz Rahimov bilan seminar bo'lib o'tadi. 9-10-11-sinf farzandingiz bo'lsa: • Harvardgacha yo'l • TOP universitetlarni qanday portfoliolarni qabul qiladi? • Qaysi sohani tanlash kerak? • Universitetlar nomzodlarni nimaga qarab saralaydi? kabi bir qancha muhim mavzularni gaplashamiz. Quyidagi havola orqali maxsus kanalga qo'shiling va seminarga ro'yxatdan o'ting: 👉 @TopUniversitetlarSari_RS
Rosululloh alayhissalom: “Kishiga har bir eshitgan narsasini gapiraverishning o’zi gunoh uchun yetarli”, deganlar Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan So’nggi vaqtlar ij. tarmoqlarda ko’p ko’rishlar (просмотр) yeg’ish uchun qaysi mavzu qiziqroq bo’lsa, o’shanda hamma bilgan-bilmaganini gapirishi odat tusiga kirib ulgurganini payqadim. Ko’z yumish mumkin bo’lgan mavzular ko’p, ammo diniy masalalar ular qatoriga kirmaydi. Juda katta auditoriyasi, ta’sir kuchi bor, hatto ta’lim beradigan kishilar yo’q hadislarni Rosululloh alayhissalomdan deyishlari, shariat belgilamagan qoidalarni Islomdan, deb ta’kidlashlari ham o’zlari uchun, ham biz uchun jiddiy, qo’rqinchli masala Biz bularga qarshi qila oladigan ishlar: 1. Davomiy ilm olish va uni to’g’ri manbaalardan olish 2. Bilmaganimizni, amin bo’lmaganimizni, dalil ko’rmaganimizni dindan/ hadisdan, deb gapirmaslik 3. Bilganimizni yaxshilab o’ylab, kimga, qanday vaziyatda aytayotganimizni tahlil qilib, o’rni kelgandagina gapirish
“Real hayotga kelganda o’qiganlaring ishlamidi”, “kitobdagi narsalar amalda qo’llashga to’g’ri kelmidi”, “hali hayotinda bo’ganda ko’ramiz”, kabi gaplarni ta’kidlashni xush ko’radigan insonlar na arzigulik o’qigan, na asosli ilmi bor, na biror fanni yaxshi biladigan bo’lishmaydi odatda. Bunday bahonalar esa o’z joxilligi, mas’uliyatsizligini oqlash uchun eng qulay vositalardangina bo’ladi Ammo oqibatda ziyonda kim? Mana shu barcha nuqtalarni qo’yadigan savol Ilm olishingizga nisbatan zarracha bo’lsa ham ruhsizlantiradigan, rivojingizni qadrsizlaydiganlarning so’zlari bir qulog’inzgizdan kirib ikkinchisidan chiqishi — o’zingiz uchun qiladiganingiz katta yaxshilik bo’ladi
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Bu masalalarning barchasi “Oila: bugun” seminarida batafsil yoritilgan Qabul 21-iyunga qadar Yozilish uchun: @fadriyyaacademy_manager
без подписи