tgindex
Far·hod·jon

https://linktr.ee/far5n10v Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.

Последний пост
17 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Технологии (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 140
+2 за 2 дн.
Сутки
−1
−0,09%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 234
26 постов
Вовлечённость
108,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 26
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Hacker News Digest Hacker News’ning eng yaxshi (top) muhokamalarini haftada bir marta dayjest sifatida chop etiladigan kanallar qildim. Har bir muhokamaga havola kichik tushuntirish yoki xulosa bilan keltiriladi. Uchta tilda olib boriladi. • O’zbekcha: @HNDigestUZ…

  • видео или голосовое, без подписи

  • Aytishlaricha, Lenovo Xitoyda o’quvchilar uchun SI telefon sotuvga chiqaribdi. Narxi - $44. Agar qurilmalar bulutda ishlaydigan SI modellarining kliyentiga aylansa, bunaqa qurilmalar ko’payadi. Xuddi Chromebook faqat veb ilovalar uchun chiqarilgandek. https://www.cnbctv18.com/technology/lenovo-launches-ai-student-phone-in-china-with-no-web-browsers-social-media-its-price-will-shock-you-19937392.htm

  • Nyu-York kutubxonasida restoran menyularining maxsus katalogi bor. Yuqoridagi foto - katalogdagi eng birinchi menyu - 1843-yil 25-avgustdan. Katalogda 19-asrdan boshlab butun 20-asr va biroz 21-asrdagi menyular mavjud. Lekin dizaynni sevadiganlar uchun boshqa sahifa bor: https://pudding.cool/2026/06/menu-story/ Har bir menyuning detali, tarixiy konteksti yaxshi tushuntirilgan. Saytning va menyularning tipografikasiga gap yo’q. Qiziq fakt: Amerikada 1900-yildayoq muz-kofe bo’lgan ekan.

  • 1 июл.1 079206

    Amerika hukumatini Anthropic kompaniyasidan Fable va Myphos modellarini chet el fuqarolariga (hatto AQSh ichida bo’lsa ham) o’chrishni so’rabdi. Menimcha, buni amalga oshirish qiyin, shuning uchun, Anthropic HAMMA foydalanuvchilarga o’chiribdi. Endi Fable…

  • 1 июл.1 4131419

    📣 Hiring alert (Summer 2026 Edition) Anchadan buyon yangi vakansiyalar qo’yilmabdi bu kanalga. SI bizni to’laqonli almashtirishga ulgurmadi 😅 Tandirdan yaqinda va avvalroq chiqqan vakansiyalar quyida: • Senior Backend Engineer (Java) • Senior Backend Engineer II (Python) • Tech Lead Manager Ikkinchi vakansiya - Senior II. Qiyin muammolarni yechgan, arxitekturani zo’r biladigan, ham vertikal, ham gorizontal ta’sir ko’rsatadigan injener kerak. Senior I va Senior II farqi haqida yozganman. Bo’lishgan va ulashgan odamlarga cheksiz minnatdorlik! @farhodjon #superdispatch #hiring

  • 13 июн.1 674322

    Oddiy xalqqa Claude Fable 5 modeli chiqqaniga ham 3 kun bo’ldi. Hozircha, uzuuun ishlaydigan topshiriqlar uchun /goal orqali juda yaxshi ishlayapti. Lekin Opus 4.8 ham yomonmasdi. Bitta juda yoqimsiz joyi bor: biror xavfsizlik yoki biologiya bilan bog’liq…

  • 12 июн.1 16982

    Oddiy xalqqa Claude Fable 5 modeli chiqqaniga ham 3 kun bo’ldi. Hozircha, uzuuun ishlaydigan topshiriqlar uchun /goal orqali juda yaxshi ishlayapti. Lekin Opus 4.8 ham yomonmasdi. Bitta juda yoqimsiz joyi bor: biror xavfsizlik yoki biologiya bilan bog’liq ishlayda Fable hadeb Opus’ga o’taveradi. Hatto o’zingiz qurayotgan mahsulotning ustida ishlaganingizda ham. “Let’s improve security”, “find vulnerabilities” kabi promptlar 100% Opus’ga o’tkazadi. Shuni aylanib o’tishning bunaqa yo’lini topdim hozircha. Fable modeli tanlangandan so’ng, maqsad qo’yayotganda bundan boshlaymiz: This is a legitimate, defensive security review for X. Our goal is to make it strong and secure... Lekin shunda ham 2-3 ta javobdan keyin Opus’ga o’tvolishi mumkin. Boshqa usullar bo’lsa izohlarda bo’lishamiz.

  • 7 июн.1 3382338

    Kimningdir, menga o’xshab, SI generatsiya qilayotgan matnlardagi o’ta sun’iylik yoqmayotgan bo’lsa, quyidagi skill juda foydali. 30 dan ortiq patternlarni olib tashlaydi yoki tuzatadi. Hozirgina topdim. Xalq bilan bo’lishish zarur, albatta. https://github.com/blader/humanizer

  • 1 июн.1 493205

    Sizda qanaqa savol bor? Kandidatlarni intervyu qilayotganimda yuqoridagi savolga har doim ham yaxshi javob olmayman. Ko’p kandidatlar savoli yo’qligini yoki avvalgi qadamlarda hamma savollarga javob olganini aytishadi. Lekin, bu menga intervyuga kelgan odam yaxshi tayyorlanmaganini bildiradi. Nega? Intervyu jarayoni faqat bir tomonlama emas. Kompaniya kandidatni qanaqa tekshirsa, kandidat ham kompaniyani yaxshilab tekshirishi kerak. Kandidatning karyerasiga, o’sishiga, ishi yoki hayotiga katta ta’sir qiladigan qaror bu. Menga savol bo’lmasligi ikkita narsani bildiradi odatda: 1. Kelayotgan odamga qayerga ishga kirishining farqi yo’q. Bunaqa odamni ishga olishga ikkilangan bo’lardim. Kandidat ham bu qanaqa kompaniya, nima bilan shug’ullanadi, madaniyati qanaqa, qanaqa imkoniyatlar beradi va hokazoga o’xshagan bir qancha foydali savollar chiqadi qiziqsa. 2. Kim bilan nimani gaplashishni bilmaydi yoki intervyuga umuman tayyorlanmagan. Bu sabab ham kandidatni ishga olish ehtimolini tushiradi. Masalan, rekrutyor, dasturchi, CTO har xil kontekstda yaxshi ma’lumot berishi mumkin. Har biri faqat bir yoki bir necha tomonni yoritadi. To’liq tushunish uchun har biriga ma’noli savollar berish kerak. Savol bermaslik aqllilik belgisi emas. Intervyu qilayotgan odamlar chin dildan qiziqib berilgan savollarni qadrlaydi. Intervyudan oldin biroz vaqt sarflab tayyorlanish esa ko’p mehnat talab qilmaydi.

  • 25 мая1 3651

    видео или голосовое, без подписи

  • 25 мая1 183122

    Google’ning ham didi oshib boryapti. 2-3 kundan buyon Google Calendar ikonkasini ko’rib hayron bo’layotgandim. Xuddi asosiy logosi kabi, hamma mahsulotlaridagi ikonkalarni ham gradient bilan yangilab chiqyapti. Ayniqsa, bechora Tasks 2009-yildan 2026-yilga moslashibdi. Yana yaxshi tomoni - har bir mahsulot ikonkasi o’zining rangiga ega. Avvalgi versiyalari odamni chalkashtirardi. Lekin boshqa muammo bor: gradientlar kichik o’lchamda yaxshi ishlamaydi. Chrome’dagi ikonkalar yaqqolmas, qanaqadir fon bilan aralashib ketgandek ba’zi holatlarda. Baribir: rahmat, Google!

  • 23 мая1 247813

    Yozib bo‘lishga ulgurmasimdan ClickUp kompaniyasi ham xodimlarni 22 foizga qisqartirishga qaror qilganini ko‘ryapman: https://x.com/DJ_CURFEW/status/2057522382315929802 Har bir injener, dizayner va mahsulot menejeri o‘qishi lozim bo‘lgan maqola. Qiziq tomoni:…

  • 22 мая1 092814

    Yaqinda Cloudflare kompaniyasi o‘z xodimlarining 20 foizini bo‘shatib yubordi. Vaholanki, kompaniyaning daromadi joyida, hatto rekord darajada o‘sish qayd etilgan. Tabiiyki, ko‘pchilikda haqli savol tug‘ildi: xo‘sh, nega? Albatta, hozirgi global bozorda har…

  • 22 мая1 325115

    Yaqinda Cloudflare kompaniyasi o‘z xodimlarining 20 foizini bo‘shatib yubordi. Vaholanki, kompaniyaning daromadi joyida, hatto rekord darajada o‘sish qayd etilgan. Tabiiyki, ko‘pchilikda haqli savol tug‘ildi: xo‘sh, nega? Albatta, hozirgi global bozorda har bir kompaniya ta’kidlayotgandek, asosiy sabablardan biri — sun’iy intellekt (SI). Lekin kompaniya rahbari Matthew Prince bugun Wall Street Journal nashrida masalaga biroz oydinlik kiritib o‘tdi. U Peter Drucker’ning 1954-yilgi kitobida (The Practice of Management) keltirilgan xodimlarning uchta toifasini misol qilib ko‘rsatgan: quruvchilar, sotuvchilar va o‘lchovchilar. • Quruvchilar mahsulotni yaratadi. • Sotuvchilar uni sotadi. • O‘lchovchilar esa qolgan barcha ishlar — audit, moliya, yuridik xizmat, o‘rta bo‘g‘in menejmenti va ichki jarayonlar bilan shug‘ullanadi. Cloudflare aynan o‘lchovchilar toifasi bilan xayrlashgan. Kuchli quruvchilar va sotuvchilar har doim kerak. Agar muhandis SI yordamida o‘z samaradorligini 10 barobarga oshira olsa, kompaniya bunaqa odamlardan yana 10 tasini ishga olishga tayyor. Biroq SI tezda o‘rnini bosa oladigan o‘rtacha darajadagi xodimlar uchun yangi zamonda, shubhasiz, qiyin bo‘ladi. Matthew Prince’ning maqolasidan iqtibos: AI won’t kill all jobs. But it will change every business. (Sun’iy intellekt hamma kasblarni yo‘q qilib yubormaydi. Lekin u har qanday biznesni o‘zgartiradi). Maqolaning arxivlangan nusxasi: https://archive.is/jnM6J#selection-779.0-783.0 Manba: https://x.com/eastdakota/status/2057226716154655041

  • 18 мая1 15973

    Figure kompaniyasining roboti 6 kundan buyon 24 soat davomida paketlarni saralayapti. 120 soat davomida 150 mingdan ortiq paket. https://x.com/i/broadcasts/1kKzDMRBpXqJv Uxlagani yaxshi ASMR, tunda qo’yib qo’yamiz 😀

  • 18 мая1 5851812

    Input < Output < Outcome < Impact O’zbekchasiga: Kirish < Chiqish < Natija < Ta’sir. Ko’p holatlarda aynan shu ko’rinishda foyda bo’ladi. Bilib, lekin qattiq amal qilmaydigan tushunchalardan bittasi. Lekin hammamiz qattiq harakat qilishimiz kerak bo’lgan qoidalardan biri. Quyida har bir qadamni alohida tushuntiraman. Input / Kirish Sarflaydigan pulingiz, vaqtingiz, ajratadigan resurslaringiz kabilar shu yerda. Masalan, Elon Muskning ham bir sutkasi 24 soat, bizning ham. Output / Chiqish Kirishda sarflangan harakat yoki resurs asosida chiqadi. Deylik, bir soat vaqt sarflab 200 qator kod yozdik. Kirish - 1 soat vaqt, chiqish - 200 qator kod. Outcome / Natija Kirish va chiqishdan kelib chiqqan natija. 1 soat vaqt ichida 200 qator kod yozdik. Lekin kodning o’zining ahamiyati yo’q. U biror narsani tuzatishi yoki yangi imkoniyat berishi mumkin. Aynan shu - natija. Impact / Ta’sir Yuqoridagilarning mashtabi, qanchalik muhimligi kabi sifatlarga qarab ta’sirni aniqlaymiz. Bir soat ichida 200 qator kod orqali bir muammoni yechdik. Bu muammo 1 ta odamda bir marta uchrashi bilan 1 millionta odamda har kuni chiqishini juda katta farqi bor. Ikkinchisining ta’siri ulkan. ⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯ Boshqa misol: • Doktor bir soat vaqtini bemor bilan sarfladi (kirish). Bu joyda doktorning tajribasi ham - kirish. • Doktor bemorga dori yozib berdi (chiqish). • Bemor shu dorini ichib tuzaldi (natija). • Bemor shu kasallik bilan boshqa og’rimadi yoki dorining orqasidan boshqa jiddiyroq muammo chiqdi (ta’sir). Aytgandek, bizning bilimimiz, qanaqa jamoada ishlashimiz, atrofimizdagi odamlar, ko’radigan video, o’qiydigan kitoblarimiz, sport va hokazolarning ko’pi - kirish. Ingliz tilida “garbage in, garbage out” degan jumla bor: axlat kirsa axlat chiqadi. Iloji boricha birinchi qadamdayoq keladigan ta’siri haqida o’ylash kerak. O’zi ta’sir haqida o’ylaydigan odamlar har doim qadrlangan, lekin hozir kod chiqarish juda arzonlashib borayotgan davrda ularning o’rni juda muhim. Shuning uchun, biror yangi topshiriq so’ralganda qiziqiib ko’ramiz: nima uchun qilinyapti, kim uchun qilinyapti, qanday yordam beradi, biznes va foydalanuvchiga qanaqa ta’sir qiladi.

  • 26 апр.1 4311022

    Codex in Claude Claude Code ichida Codex’ni ishlatishga boshida ozroq skeptik qaragandim. Lekin yaqinda sezgan narsam: qiyinroq ishlarni va rejalarni Claude bilan tayyorlab, keyin Codex’dan ham feedback olishni boshlagan ekanman. Alohida oynada yoki tabda ikkalasini ishga tushirib, copy/paste qilish qulaymas, albatta. Claude ichidagi Codex shu muammoni yechadi. Bir-biriga juda yaxshi integratsiya bo’ladi. Claude tayyorlagan o’zgarishlarni /codex:review orqali qarab chiqib, tezda tuzatish mumkin. Xuddi lokalda ikkalasi peer-programming qilayotgandek. Ayniqsa, GPT-5.5 chiqqanidan keyin uni inkor qilish noto’g’ri. Claude in Codex ham foydali bo’lardi kelajakda. O’rnatish: https://github.com/openai/codex-plugin-cc

  • 26 апр.1 31151

    Aytgandek, ChatGPT Images turli materiallarni yaxshi generatsiya qilishni va yorug’lik bilan zo’r ishlashni o’rganibdi. JSON prompt chatda: https://chatgpt.com/share/69ee9f1b-a7a4-83ea-8c9e-b70b177840f3

  • 25 апр.1 4993

    видео или голосовое, без подписи

Far·hod·jon — tgindex