FarDTU 2-son AL (TATU FF AKADEMIK LITSEYI) | Rasmiy kanali
СтатистикаFarDTU 2-son AL (TATU FF AKADEMIK LITSEYI) NING TELEGRAMDAGI KANALI. WEB SAYT | https://al.fbtuit.uz Manzil: Farg‘ona shahar, Al-Farg‘oniy ko‘chasi 82-uy.
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 9
- Всего постов
- 101
- Тип
- открытый
- Язык
- ht
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 374
- 1/48двое суток
- 428
- 1/72трое суток
- 462
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
📚 YANGI MONOGRAFIYA NASHRDAN CHIQDI! Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litsey olima ustozlaridan biri Polvonova Bashorat Mirobijonovnaning “Mumtoz poetikada ayollar nutqining sotsiopsixolingvistik tadqiqi” nomli monografiyasi 2026-yilda Farg‘onadagi «Classic» nashriyoti tomonidan nashr etildi. Mazkur ilmiy asar mumtoz poetika, xususan, Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonlaridagi ayollar nutqining sotsiopsixolingvistik tahliliga bag‘ishlangan. Unda genderologik nutqning o‘ziga xos xususiyatlari, mumtoz va zamonaviy ayol nutqining lingvistik jihatlari hamda nutqning ijtimoiy-psixologik omillari kabi muhim masalalar keng yoritilgan. Monografiya tilshunos olimlar, filologiya va lingvistika sohasi tadqiqotchilari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda talabalar uchun muhim ilmiy manba sifatida xizmat qiladi. 📌 Monografiya Farg‘ona davlat universiteti Kengashining 2026-yil 29-iyundagi 11-yig‘ilishida muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.
⏳⏳⏳⏳ Bugun 13-avgust, haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Xalqaro chapaqaylar kuni. 🌏Quruvchilar kuni. 🌏Uchrashuvlar kuni. #muhim_voqealar 🔹1899 – amerikalik ixtirochi Uilyam Grey avtomat telefonni patentladi. 🔹1907 – Nyu-Yorkda birinchi taksi yo‘lga qo‘yildi. 🔹1912 – fransuz shifokori G.Odin dunyoda birinchi bo‘lib saraton virusini ajratib olganini e’lon qildi. 🔹 1990 – Mixail Gorbachyov “1920-1950-yillardagi siyosiy qatag‘on qurbonlarining barcha huquqlarini tiklash to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi. 🔹1992 – O‘zbekiston Respublikasi va Portugaliya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. #tavalludlar 🔹1844 – Iogann Fridrix Misker – nuklein kislotalar – DNK va RNKni kashf etgan shveytsariyalik olim. 🔹1918 – Frederik Senger – ingliz biokimyogari, ikki karra Nobel mukofoti sohibi. 🔹1950 – Usmon Azim – O‘zbekiston xalq shoiri, dramaturg. 🔹1985 – Elchin Sangu – turkiyalik aktrisa. 🔹1992 – Lukas Moura – braziliyalik futbolchi. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
⏳⏳⏳⏳ Bugun 11-avgust, haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇦🇲Armaniston – Arman milliy o‘ziga xosligi kuni. 🇹🇲Turkmaniston – Chegarachilar kuni. 🇯🇵Yaponiya – Tog‘lar kuni. #muhim_voqealar 🔹1956 – “Paxtakor” stadioni ochildi. 🔹1959 – Moskvada Sheremetevo xalqaro aeroporti ochildi. 🔹1979 – Dneprodzerjinsk osmonidagi to‘qnashuv natijasida 178 kishi halok bo‘lgan, ulardan 17 nafari O‘zbekistonning “Paxtakor” jamoasi a’zolari edi. 🔹1999 – Yevropada to‘liq quyosh tutilishi kuzatilgan. #tavalludlar 🔹1902 – Norma Shearer – amerikalik kinoaktrisa. 🔹1916 – G‘ulom Ahmedov – huquqshunos olim, O‘zbekiston xizmat ko’rsatgan fan arbobi. 🔹1938 – Dilbar Ismoilova – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti. 🔹1948 – Rustam Akramov – futbolchi murabbiysi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi. 🔹1985 –Xurshid Nabiyev – o‘zbekistonlik dzyudochi, 90 kg vazn toifasida ishtirok etgan. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
🎓XALQARO UNIVERSITETLARDA GRANT ASOSIDA O'QISHNI ORZU QILASIZMI? Ko‘pchilik grant yutgan talabalar boshqalardan aqlliroq bo‘lgani uchun emas, balki to‘g‘ri strategiyani bilgani uchun muvaffaqiyatga erishgan. Endi siz ham bu strategiyalarni bevosita amaliy tajribaga ega spikerdan o‘rganishingiz mumkin! 🤔"Qanday qilib xalqaro universitetlarga grant yutish mumkin?" mavzusidagi seminarimizga taklif qilamiz. 🎙 Spiker: Asadbek Subxonaliyev ✅ 30+ xalqaro universitetlar grant sohibi ✅ NUS (National University of Singapore) bitiruvchisi ✅ O’zbekiston Respublikasining Singapur Respublikasidagi Elchixonasida Policy & Research Specialist Seminarda quyidagi mavzular yoritiladi: ✅ Grant va stipendiyalarni qayerdan topish ✅ Kuchli CV va Motivation Letter yozish sirlari ✅ Universitet tanlash strategiyasi ✅ Talabalar ko’p yo‘l qo‘yadigan xatolar ✅ Shaxsiy tajriba va foydali tavsiyalar 🗓 Sana: 12-avgust soat 11:00 📌Manzil: Farg‘ona shahar, viloyat axborot-kutubxona markazi Majlislar zali 📍Lokatsiyani xaritadan ko’rish 🇸🇬 Har bir qatnashchi Singapur davlatidan keltirilgan shirinliklardan bahramand bo’lishadi. 🏆Eng faol qatnashchi dunyoning 8-raqamli universiteti — National University of Singapore (NUS)ning original tumblerini (qiymati 30 dollar) qo‘lga kiritadi. 🎁Yana 2 nafar faol bo’lgan qatnashchiga ham NUS’dan maxsus sovg’alar beriladi 👀Seminar yakunida faqat qatnashchilar uchun eksklyuziv taklif bor ⚠️ Joylar soni cheklangan. 🖥Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola ustiga bosing Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📝Telegram | 💻Instagram
📌 Tugadi! Endi kamida 7 kun kutamiz... Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz! ✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
📌 8-avgustgacha yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar o'qishga qabul qilinmaydi❌ Abituriyentlar 8-avgustga qadar (shu kuni ham) oliy ta’lim muassasalari yo‘nalishlarini tanlashlari talab etiladi. 🖥 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. ❇️ Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. ✅ Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. ✅ Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. 📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. ❗️Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. 🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. ✔ @DTM_Mandat_Bot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin. 🤖 Qulaylik: O‘z natijangizga mos yo‘nalish tanlashda @DTM_Mandat_Bot sizga mukammal yordam beradi! ✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
без подписи
⏳⏳⏳⏳ Bugun 6-avgust, haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳BMT – Xalqaro “Shifokorlar tinchlik uchun” kuni. 🇰🇿Qozog‘iston – Transport xodimlari kuni. 🇷🇺Rossiya, 🇧🇾Belarus, 🇰🇬Qirg‘iziston – Temiryo‘lchilar kuni. #muhim_voqealar 🔹988 – Rossiyada xristianlik rasmiy din ekanligi eʼlon qilindi. 🔹1845 – Rus geografik jamiyati tuzildi. 🔹1945 – Yaponiyaning Xirosima shahriga “Bolakay” atom bombasi tashlandi. 🔹1991 – Dunyodagi birinchi internet-servis paydo bo‘ldi. #tavalludlar 🔹1881 – Aleksandr Fleming – birinchi antibiotik – penitsillinni kashf etgan Shotlandiya bakteriologi, Nobel mukofoti sohibi. 🔹1958 – Kavsar Turdiyeva – bolalar shoirasi, olima, murabbiy. 🔹1978 – Dildora Rustamova – oʻzbekistonlik taniqli jurnalist, suxandon, dublyaj aktrisasi, O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. 🔹1983 – Robin van Persi – gollandiyalik futbolchi, Jahon kubogi kumush medali sovrindori. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
без подписи
⏳⏳⏳⏳ Bugun 5-avgust, haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Xalqaro svetofor kuni. 🌏Ufqni kuzatish kuni. 🇺🇸AQSh – Blogerlar kuni. 🇱🇻Latviya – Temiryo‘lchilar kuni. #muhim_voqealar 🔹1864 – Jovanni Donati birinchi marta kometa spektrini kuzatdi. 🔹1884 – Nyu-York shahrida “Ozodlik haykali” qurilishi boshlandi. 🔹1914 – Klivlend (AQSh)da dunyodagi birinchi elektr svetofor o‘rnatildi. 🔹1994 – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston tarixi davlat muzeyini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 🔹2016 – Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari boshlandi. #tavalludlar 🔹1850 – Gi de Mopassan – fransuz yozuvchisi. 🔹1930 – Nil Armstrong – amerikalik astronavt, birinchi marta oyga qadam qo‘ygan odam. 🔹1941 – O‘tkir Hoshimov – O‘zbekiston xalq yozuvchisi. 🔹1943 – Abdulla Sher – shoir va tarjimon. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
#FarDTU_2_AL #Tanlovuchunraxmat ✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨ Trenddan qolmaymiz!😎
без подписи
#FarDTU_2_AL #Tabrik 🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸 Hurmatli Raxmonqulova Mohidil ustoz! Sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi jamoasi nomidan chin dildan muborakbod etamiz! Sizning rus tili va adabiyoti fanini yuksak mahorat, mas’uliyat va mehr bilan o‘qitishingiz, o‘quvchilarga bo‘lgan samimiy munosabatingiz tez fursatlarda e’tiborni tortdi. Astoydil mehnat qilishingiz orqali sizni o’qituvchilik faoliyatida yorqin kelajak kutmoqda. Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, cheksiz quvonch, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaymiz. Ezgu orzu-niyatlaringiz ro‘yobga chiqib, hayotingiz doimo baxt, fayz va barakaga to‘lsin! Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin! 🌹🎉