Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
Статистика© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali. Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60 Ishonch telefoni: 73 241 70 61 Veb-sayt: https://soliq.uz/; Facebook: facebook.com/ferganasoliq; Instagram: instagram.com/ferganasoliq
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 23
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 427
- 1/48двое суток
- 489
- 1/72трое суток
- 527
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
#sunʻiy_intellekt AI Hisobot - korxonaning soliq hisobotlari bo'yicha majburiyatlarini o'rganadi 👉AI Korxona 👉AI EHF 👉AI Reyting 👉AI Avtokameral 👉AI Imtiyoz Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
#soliq_oliy_maktabi Har qanday islohotning muvaffaqiyati, avvalo, uni amalga oshiradigan insonlarning bilimi, salohiyati va dunyoqarashiga bogʻliq. Shu maʼnoda davlatimiz rahbarining PF-95-son Farmoniga asosan tashkil etilgan Soliq oliy maktabi mamlakat soliq tizimi uchun yangi davr talablari asosida zamonaviy kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan strategik muassasadir. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#islohotlar_samarasi Soliq maʼmuriyatchiligi: sunʼiy intellekt va raqamlashtirish asosida yangi bosqich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-95-son Farmoniga asosan soliq organlari faoliyati institutsional jihatdan takomillashtirilmoqda. Tizimda inson omili o‘rniga raqamli yechimlar va sunʼiy intellekt imkoniyatlari keng joriy etilmoqda. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
35 YILLIK BUYUK YO‘L: ISHONCH, ISLOHOT VA YANGI BOSQICH Mustaqilligimizning 35 yilligi — bu shunchaki tarixiy sana emas. Bu o‘z taqdirini o‘zi belgilash, taraqqiyot va yangilanish sari dadil qadam tashlagan xalqimizning bosib o‘tgan buyuk yo‘liga nazar solish, bugungi yutuqlarimizni anglash va ertangi maqsadlarimizni belgilash fursati. O‘ttiz besh yil avval boshlangan mustaqillik yo‘li bugun Yangi O‘zbekistonning yangi qiyofasi, yangi tafakkuri va yangi taraqqiyot bosqichi bilan uyg‘unlashib bormoqda. Bu jarayonda har bir sohada, jumladan, soliq tizimida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, so‘nggi 5–6 yil davomida soliq tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi. Soliq munosabatlarida ochiqlik va adolat, inson manfaati va tadbirkorlik erkinligi, raqamlashtirish va shaffoflik kabi tamoyillar tobora mustahkam qaror topdi. Soliq organlari va soliq to‘lovchi o‘rtasidagi munosabatlar ham yangi mazmun kasb etdi. Bu islohotlarning zamirida, avvalo, davlat boshqaruviga yangicha yondashuv, inson qadrini ulug‘lash va iqtisodiy taraqqiyot uchun qulay muhit yaratish g‘oyasi mujassam. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar soliq tizimini ham zamon talablariga mos ravishda yangilash va uni xalqqa yanada yaqinlashtirishda muhim omil bo‘ldi. Zero, zamonaviy soliq tizimi — bu faqat soliqlarni hisoblash va undirish mexanizmi emas. U davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchning iqtisodiy ifodasidir. Fuqaro soliq to‘layotganda uning mablag‘i mamlakat taraqqiyotiga, farzandlar kelajagiga, obod mahallalar va farovon hayotga xizmat qilayotganiga ishonsa — soliq madaniyati ham, jamiyat mas’uliyati ham yuksaladi. Bugun biz ana shu ishonch muhitini shakllantirish yo‘lidamiz. Har birimiz — soliq tizimining bir bo‘lagimiz. Kimdir soliq to‘lovchi sifatida, kimdir shu tizimda mehnat qilayotgan xodim sifatida, yana kimdir mamlakat taraqqiyotiga o‘z mehnati bilan hissa qo‘shayotgan fuqaro sifatida bu jarayonning ishtirokchisidir. 35 yillik mustaqillik tarixi bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: taraqqiyot tayyor holda berilmaydi — u xalqning mehnati, ishonchi, mas’uliyati va ezgu maqsadlari bilan barpo etiladi. Bugun soliq tizimidagi har bir islohot ham ana shu katta maqsad — Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy qudrati, xalq farovonligi va barqaror kelajagiga xizmat qilmoqda. Ishonchimiz komilki, xalq ishonchi bilan kuchga kirib, zamonaviy tamoyillar asosida rivojlanayotgan soliq tizimi bundan keyin ham O‘zbekiston taraqqiyotining muhim tayanchlaridan biri bo‘lib qoladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
12-avgust — Davlat soliq xizmati organlari tashkil etilgan kun Viloyatimizdagi barcha soha xodimlarini kasb bayrami — Davlat soliq xizmati organlari tashkil etilganligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz! Yurtimizda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, qonuniylik va adolat tamoyillarini mustahkamlash, davlat budjeti daromadlarini shakllantirish, soliq to‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish borasidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda sizlarga muvaffaqiyat tilaymiz. Xalqimiz farovonligi va mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu ishlaringizda kuch-g‘ayrat, oilaviy xotirjamlik, sihat-salomatlik va ulkan zafarlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin! Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
#imtiyozlar Qishloq xo‘jaligi sohasidagi soliq imtiyozlari QQS Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxatiga kiritilgan tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan aylanmaga 0% stavkada QQS solinadi. 👉 Soliq kodeksi 264-modda Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga (paxta va g‘alladan tashqari) QQS tezlashtirilgan tartibda – 3 kun ichida qaytariladi. 👉 Soliq kodeksi 274-modda Foyda solig‘i Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari hamda baliqchilik xo‘jaligi korxonalari foyda solig‘ini 0% stavkada to‘laydi. 👉 Soliq kodeksi 337-modda 👉 Soliq kodeksida belgilangan mezonlar JShODS Quyidagi daromadlar soliqqa tortilmaydi: 🔹paxta xomashyosini yig‘ib-terib olish bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etilgan soliq to‘lovchilarning ushbu ishlarni bajarishdan olgan daromadlari; 🔹uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramollarni, parrandalarni, moʻynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar va hokazolarni) tirik holda hamda ularni soʻyib mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda sotishdan (bundan sanoatda qayta ishlash mustasno) chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar, bundan manzarali bogʻdorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno. 👉 Soliq kodeksi 378-modda Ijtimoiy soliq Paxta terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etilgan jismoniy shaxslarga ushbu ishlarni bajargani uchun mehnatga haq to‘lash xarajatlariga ijtimoiy soliq solinmaydi. 👉 Soliq kodeksi 403-modda Mol-mulk solig‘i Qishloq xo‘jaligi korxonalarining balansida bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash, shuningdek, ipak qurti yetishtirishda foydalaniladigan mol-mulkka mol-mulk solig‘i solinmaydi. 👉 Soliq kodeksi 414-modda Yer solig‘i Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida yangidan o‘zlashtirilayotgan yerlar vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq ularni o‘zlashtirish ishlari olib borilayotgan davrda hamda o‘zlashtirilganidan keyin 5 yil davomida yer solig‘idan ozod qilinadi. Yangi bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun (qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishda qator oralaridan foydalanilishdan qat’i nazar) soliq 5 yil muddatga 50 foizga kamaytirilgan stavkalarda to‘lanadi. 👉 Soliq kodeksi 428-modda Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onkm #chek Soliq qoʻmitasi xarid cheklarini soddalashtirilgan shaklda koʻrish imkoniyatini yaratdi 🛒Maʼlumki, savdo nuqtalarida nazorat-kassa mashinalari orqali xaridorlarga beriladigan cheklarda mahsulot va xizmatlarga oid koʻplab maʼlumotlar, jumladan, MXIK kodlari, oʻlchov birliklari, QQS summasi, chegirmalar, soliq stavkalari va boshqa rekvizitlar aks ettiriladi. 🧮Mazkur maʼlumotlar hisob-kitoblarning shaffofligi va nazoratini taʼminlash uchun muhim boʻlsa-da, ularning koʻpligi ayrim hollarda fuqarolar uchun chekni oʻqish va xarid summasini tezda anglashda noqulaylik tugʻdirishi, hatto hisob-kitoblarda adashish holatlariga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan Soliq qoʻmitasi tomonidan cheklarni fuqarolar uchun yanada tushunarli va qulay shaklda koʻrish imkoniyati joriy etildi. Endi elektron chekni toʻliq yoki soddalashtirilgan shaklda koʻrish mumkin. ✔️Soddalashtirilgan koʻrinishda chekda fuqaro uchun eng zarur boʻlgan asosiy maʼlumotlar — xarid qilingan mahsulot (xizmat) nomi va uning summasi, shuningdek, chekning yakuniy summasi ixcham shaklda aks ettiriladi. Bu xaridorga chekdagi asosiy maʼlumotlarni ortiqcha rekvizitlar orasida adashmasdan tez va oson koʻrish imkonini beradi. ⚠️Bunda chekning toʻliq koʻrinishidagi maʼlumotlar ham saqlanib qoladi. Foydalanuvchi oʻziga qulay boʻlgan formatni mustaqil tanlashi va istalgan vaqtda toʻliq hamda soddalashtirilgan koʻrinishlarni oʻzgartirgan holda koʻrish mumkin. Shuningdek, elektron chek nusxasini saqlash va boshqa foydalanuvchilar bilan ulashish imkoniyati ham mavjud. 📎Chekni qanday tekshirish mumkin? Elektron fiskal chek haqidagi maʼlumotlarni ikki usulda tekshirish mumkin: 🔗 smartfon kamerasi orqali chekdagi QR-kodni skanerlash; 📱 Soliq mobil ilovasi orqali tekshirish. 🎮 Soliq qoʻmitasi fuqarolarga xaridlar boʻyicha hisob-kitoblarni tekshirishda rasmiy elektron xizmatlardan foydalanishni tavsiya etadi. Bu ortiqcha hisob-kitoblarni amalga oshirish zaruratini kamaytiradi, shuningdek, chegirmalar, soliqlar va boshqa hisob-kitob elementlari inobatga olinmagan holda mustaqil qayta hisoblash natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatolarning oldini olishga xizmat qiladi. Soliq qoʻmitasi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun soliq xizmatlarini yanada qulay, tushunarli va shaffof qilish, raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
#mahallabay Mahallalarda soliq organlari faoliyati 2026-yil iyul oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 63,6 ballni tashkil etdi. Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlar: 📍Farg'ona viloyati – 87,3%; 📍Xorazm viloyati – 80,4%; 📍Buxoro viloyati – 79,7%. Mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning iyul oyi reytingi koʻrsatkichlari: 90 dan yuqori ball jamg‘argan 72 nafar xodim oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi. Reyting koʻrsatkichi: ▫️55 dan 90 ballgacha boʻlgan inspektorlar – 1 252 nafar; ▫️55 balldan past boʻlgan inspektorlar – 369 nafarni tashkil etdi. Maʻlumot uchun. “Mahallabay” tizimida respublika boʻyicha 9 009 ta mahallada 1 693 nafar soliq inspektori faoliyat olib bormoqda. ____________ #махаллабай Деятельность налоговых органов в махаллях В июле 2026 года в информационной системе "Деятельность налоговых органов в махаллях" показатель эффективности (KPI) налоговых инспекторов составил 63,6 баллов. Регионы, в которых налоговые инспекторы внесли наибольший вклад в общий рейтинг: 📍Ферганская область – 87,3%; 📍Хорезмская область – 80,4%; 📍Бухарская область – 79,7%. Показатели рейтинга закрепленных за махаллями инспекторов за июль: выше 90 баллов – 72 сотрудника были рекомендованы к вознаграждению по итогам месяца. Рейтинговые показатели: ▫️у 1 252 сотрудников составляют от 55 до 90 баллов; ▫️у 369 сотрудников - менее 55 баллов. Для информации. В системе «махаллабай» в 9 009 махаллях страны осуществляет деятельность 1 693 налоговых инспектора. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#JShODS O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘i stavkalari 👉Soliq kodeksi 382-modda Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
#barqarorlik_reyting Barqarorlik reytingi – tadbirkor uchun imkoniyat Bu qonuniylikni rag‘batlantirish, mas'uliyatli biznesni qo‘llab-quvvatlash, yuksak ishonch – keng imkoniyat tamoyilining amaldagi ifodasidir. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#sunʻiy_intellekt AI Soliq — tezkor, aniq va doimo yordamga tayyor raqamli yordamchi Soliq xizmatlarida yangi bosqich: soliq to‘lovchilar uchun sunʼiy intellekt asosida yanada keng imkoniyatlar yaratildi! Endi kerakli maʼlumotlarni izlash, murakkab savollarga tezkor va batafsil javob topish juda oson. Barcha zamonaviy elektron xizmatlar yagona platformada. Bularning barchasi soliq toʻlovchilar manfaati uchun. Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#yutuqli_oyin Xivada 🚘 avtomobil g'olibi aniqlandi! Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи