Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi
Статистика🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi rasmiy telegram kanali! • Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: https://taplink.cc/iscaduz
- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 126
- 1/48двое суток
- 144
- 1/72трое суток
- 155
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🌱 Ko‘p yillik mehnat — yuksak e’tirofga munosib 📆 Markazda uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib, o‘zining boy tajribasi, fidoyiligi va mas’uliyati bilan jamoamiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ikki nafar xodimimizning ulug‘ yoshga to‘lishi munosabati bilan samimiy tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 Tadbir davomida yubilyarlarga Markaz rahbariyati va jamoasi nomidan ezgu tilaklar bildirilib, ularning ko‘p yillik samarali mehnati hamda jamoa hayotidagi munosib o‘rni alohida e’tirof etildi. ✅ Aziz hamkasblarimizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va farovonlik tilaymiz. Ularning boy hayotiy va kasbiy tajribasi yosh avlod uchun hamisha ibrat bo‘lib xizmat qilsin. Ulug‘ yoshingiz muborak bo‘lsin! Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Veb-sayt | Bot
Davlatimiz rahbari odamlar biznes boshlab, eksportga chiqishi uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi. Hozir 51 ta vazirlik va idorada 322 ta yo‘nalishda moliyaviy jarima qo‘llash vakolati bor. 2024-2026-yillarda qariyb 3 trillion so‘mlik jarima qo‘llanilgan. Prezidentimiz jazo qo‘llaydigan tashkilotlar mas’ullarining ongi va dunyoqarashi o‘zgarishi zarurligini ta’kidladi. Ular tadbirkorni jazolashdan oldin unga imkoniyat berish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishni o‘rganishi kerak. Tashqi bozorda raqobat kuchayayotgan sharoitda ishlab chiqaruvchi va eksportchilar uchun to‘lov hamda yig‘imlarni kamaytirish masalasi ham ko‘tarildi. Misol sifatida bir fura gilosni eksport qilishda bojxona yig‘imi, fumigatsiya, sertifikat va deklarant xizmati uchun 5 million so‘mgacha qo‘shimcha xarajat qilinayotgani aytildi. Barcha vazir va tarmoq rahbarlariga bir haftada tizimidagi byurokratiya, jarima, to‘lov va yig‘imlarni keskin kamaytirish, biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflarni Prezident Administratsiyasiga kiritish topshirildi. Facebook|Instagram|X
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi. — Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по анализу темпов экономического роста в регионах и отраслях в первом полугодии и приоритетным задачам на период до конца года. Facebook|Instagram|X
🌾🌾🌾🌾🌾🌾 🌱O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov dunyoning oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan yetakchi olimlar, siyosatchilar va innovatorlarni birlashtirgan “2026-yilning eng ilg‘or agrosanoat pionerlari” (Top Agri-food Pioneers) xalqaro ro‘yxatidan o‘rin oldi. 🗣Har uch yilda bir marta e’lon qilinadigan ushbu nufuzli ro‘yxatga bu yil Avstraliyadan O‘zbekistongacha bo‘lgan 30 davlat va olti qit’adan 40 nafar yetakchi mutaxassis kiritildi. Ular qatoridan o‘rin olish mamlakatimiz agrar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va innovatsion yondashuvlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganidan dalolat beradi. 📰Mazkur yuksak e’tirof Ibrohim Abduraxmonovning qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda ilm-fan va innovatsiyalarni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish borasidagi sa’y-harakatlarining xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak baholanganini ko‘rsatadi. ✅Batafsil o‘qish uchun quyidagi havolani bosing: https://www.worldfoodprize.org/index.cfm/87428/49483/40_food_security_trailblazers_recognized_by_world_food_prize_foundation_in_top_agrifood_pioneers_list 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🌱 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning “Qishloq hayoti” gazetasining 2026-yil 4-iyundagi 23-sonida e’lon qilingan “Qishloq xo‘jaligidagi yangi davr xususida: Yaxshi urug‘ – aqlli kompyuter, ya’ni “hardware”, to‘g‘ri agrotexnika esa uni ishlatadigan “software” sarlavhali maqolasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. 📰 Yig‘ilish davomida maqolada ilgari surilgan qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarning roli, zamonaviy seleksiya yutuqlari, urug‘chilik tizimini takomillashtirish, hosildorlikni oshirishda agrotexnik tadbirlarning ahamiyati hamda epigenetik yondashuvlarning istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. 🌱Shuningdek, iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, resurslardan samarali foydalanish, yangi avlod navlarini yaratish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🗣Muhokamalar yakunida Markaz xodimlari tomonidan maqolada ko‘tarilgan ustuvor vazifalarni chuqur o‘rganish, ularni tahliliy faoliyat va amaliy loyihalar bilan uyg‘unlashtirish yuzasidan tegishli fikr va takliflar bildirildi. ✅Maqolaning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Veb-sayt | Bot
Ta’ziya O‘zbekiston Qahramoni, atoqli adabiyotshunos olim, tarjimon, publitsist va jamoat arbobi Ibrohim G‘afurov 89 yoshida vafot etdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi jamoasi O‘zbekiston Qahramoni, taniqli adabiyotshunos, mohir tarjimon, publitsist, ustoz va jamoat arbobi Ibrohim G‘afurovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari, yaqinlari, hamkasblari va ko‘p sonli shogirdlariga samimiy hamdardlik izhor etadi. Ibrohim G‘afurov mamlakatimiz ilm-fani va ma’naviy hayotida o‘chmas iz qoldirgan ulug‘ ziyolilardan biri edi. U o‘zining ko‘p yillik samarali faoliyati davomida adabiyotshunoslik, tarjimachilik, publitsistika hamda ma’rifat targ‘iboti yo‘nalishlarida salmoqli natijalarga erishib, xalqimizning yuksak hurmat va e’tiboriga sazovor bo‘ldi. Ustozning ilmiy izlanishlari, teran tahlillari va boy hayotiy tajribasi ko‘plab yosh olimlar, ijodkorlar va mutaxassislarning shakllanishida muhim o‘rin tutdi. Uning asarlari va ilmiy qarashlari bugungi kunda ham ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotga xizmat qilayotgan qimmatli manbalar sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa, Ibrohim G‘afurov agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga ham befarq emas edi. “Jadid” gazetasidagi faoliyati davomida u akademik Ibrohim Abdurahmonovning qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan maqolalari bilan yaqindan tanishib bordi. Shu bilan birga, agrar tarmoqda inson qadr-qimmati, yuksak axloq, mas’uliyat va ijodkorlik tamoyillarini mustahkamlash borasida o‘zining qimmatli fikr-mulohazalari hamda tavsiyalarini bildirib keldi. U insonparvarlik, axloqiy qadriyatlar, kreativ fikrlash va innovatsion yondashuvni o‘zida mujassam etgan HECI (Humanity, Ethics, Creativity, Innovation) g‘oyalarini agrar sohaga tatbiq etish, qishloq xo‘jaligi xodimlarining dunyoqarashi va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish yo‘lida ham munosib hissa qo‘shdi. Uning qishloq xo‘jaligi xodimlarining ma’naviy va kasbiy salohiyatini yuksaltirish, agrar sohaga insonparvarlik mezonlari asosida yondashishni targ‘ib etish yo‘lidagi sa’y-harakatlari alohida e’tirofga loyiqdir. Ibrohim G‘afurov jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek kitobxoniga yetkazish orqali milliy madaniyatimiz va ma’naviy merosimizning boyishiga ulkan hissa qo‘shdi. Uning boy ilmiy-ijodiy merosi, ma’rifatparvarlik faoliyati va ustozlik an’analari kelajak avlodlar uchun ham ilhom va saboq manbai bo‘lib qoladi. Marhumning yorqin xotirasi, Vatan ravnaqi, ilm-fan va ma’naviyat taraqqiyoti yo‘lidagi samarali mehnatlari xalqimiz qalbida hamisha yashaydi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи