tgindex
IMRS Research

🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti 🟥 Институт макроэкономических и региональных исследований Kanalga ulanish: https://t.me/ifmr_public Aloqa uchun: press@imrs.uz Sayt: https://imrs.uz/

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
16
Всего постов
40
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 618
−3 за 3 дн.
Сутки
−1
−0,04%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
601
39 постов
Вовлечённость
23,0%
к подписчикам
Постов в день
2,3
всего 40
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
413
1/48двое суток
473
1/72трое суток
510

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Jizzax viloyatida hududiy rivojlanishning yangi modeli: ilmiy tadqiqotdan amaliy natijaga 🇺🇿 Davlat rahbari tomonidan 25-iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan Jizzax viloyatida mavjud iqtisodiy salohiyat va ichki zaxiralarni ishga solishga qaratilgan ilmiy-amaliy yechimlar ishlab chiqildi. 📚 Mazkur jarayonda “Aql markazi – hokimlik – Xalq deputatlari Kengashi” hamkorligi ilmiy tadqiqot natijalarini hududiy boshqaruv qarorlariga tatbiq etish va ular asosida amaliy choralarni belgilash mexanizmi sifatida qo‘llanildi. ✅ MHTI mutaxassislari tomonidan viloyatning 13 ta shahar va tumanlari joyiga chiqqan holda kompleks o‘rganilib, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ixtisoslashuv va ishga solinmagan imkoniyatlar tahlili hamda mahalliy tashabbuslar asosida 128 ta manzilli chora-tadbirdan iborat dastlabki “Yo‘l xarita”lari loyihalari shakllantirildi. 👨‍👩‍👦 Ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita”lar joriy yilning 14-avgust kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 7-chaqiriq 33-sessiyasida muhokama qilinib, ularni amalga oshirish va natijadorligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. 🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

  • 🌍 O‘zbekiston global barqaror rivojlanish xaritasida yangi bosqichga chiqdi! BMTning Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i, SDSN, O‘zbekistonda SDSN Uzbekistan milliy tarmog‘i tashkil etilganini rasman e’lon qildi. Batafsil

  • 🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) da Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) oyligi doirasida BRM da ko'zda tutilgan maqsad hamda vazifalarning hududlarda amalga oshirilishi va ixtiyoriy mahalliy sharhlarni tayyorlashga bag'ishlangan seminar o'tkazildi. 🔰 Seminarda 14 ta hududdagi 41 ta oliy ta’lim muassasasining 100 nafardan ortiq olim va tadqiqotchilari ishtirok etdi. Tadbir davomida BRMni hududiy darajada amalga oshirish, xalqaro tajribadan foydalanish hamda ixtiyoriy mahalliy sharhlarni (VLR) tayyorlashning O‘zbekiston uchun ahamiyati muhokama qilindi. 🔎 Shuningdek, hududlarda BRM ko‘rsatkichlarini monitoring qilish, ilmiy-tadqiqotlarning natijalaridan samarali foydalanish va hududlarni rivojlantirishni Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. 🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • #seminar Sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish va samaradorlikni yuksaltirish masalalari muhokama qilindi Olmaliq davlat texnika instituti binosida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati hamkorligida Integration xalqaro konsalting kompaniyasi eksperti Atanas Kochov hamda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda hududdagi sanoat korxonalarining vakillari uchun amaliy bilim va tavsiyalar taqdim etildi. Seminar davomida korxonalarda foydalanilmayotgan resurslardan samarali foydalanish va toza ishlab chiqarish (RECP), Lean Management, Six Sigma metodologiyalari, shuningdek, ISO sertifikatlash tizimi bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar va amaliy yondashuvlar muhokama qilindi. Tadbirda sanoat korxonalari, viloyat hokimligi, tuman va shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, oliy ta’lim muassasalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Seminar yakunida viloyat hokimi o‘rinbosari R. Kunarov va Integration xalqaro konsalting kompaniyasi eksperti Atanas Kochov o‘rtasida ilg‘or xalqaro tajribalarni Toshkent viloyatidagi mahalliy sanoat korxonalari faoliyatiga amaliyotga yo‘naltirilgan tarzda joriy etish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. Mazkur tashabbuslar viloyat sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, ortiqcha xarajat va yo‘qotishlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish hamda raqobatbardoshlikni yuksaltirishga xizmat qiladi. ✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram

  • 🟥 Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) oyligi doirasida MHTIda yosh tadqiqotchilar uchun seminar tashkil etildi. 🔰 Mazkur tadbir "BRM bo‘yicha tadqiqotlar va reytinglar: SDG Index metodologiyasini qo‘llash amaliyoti" masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda ilmiy muassasa va oliygohlar yosh tadqiqotchilari qatnashdi. ❗️6-avgust kuni Oliy Majlis Senatida "Barqaror rivojlanish maqsadlari: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi" konferensiyasida BRM oyligiga rasman start berildi. Oylik doirasida respublika bo'ylab bir necha tadbirlar – parlament tinglovlari, mahalliy Kengash sessiyalari, forumlar, davra suhbatlari va mahallalardagi uchrashuvlar, shuningdek, maxsus media-loyihalar tashkil etiladi. MHTI mamlakatda BRM amalga oshirilishi monitoringi uchun mas’ul yetakchi ilmiy tashkilot sifatida milliy ma’ruza va sharhlar asosini tashkil etuvchi tahliliy ishlarni muntazam olib bormoqda. Hozirda Institut O'zbekistonning uchinchi Ixtiyoriy milliy sharhi ishlab chiqilishiga faol tayyorgarlik ko'rmoqda.

  • 12 авг.1 4591361

    📢 E’LON: KICHIK VA O‘RTA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI ISHLAB CHIQARISH UNUMDORLIGI VA RESURS SAMARADORLIGI DIAGNOSTIKASIGA TAKLIF ETAMIZ! Pilot loyiha doirasida korxonangizda unumdorlik diagnostikasi bepul o‘tkaziladi. ➡️ Bu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. ⏳ Arizalar 2026-yil 1-sentyabrgacha qabul qilinadi. ☎️ Bog‘lanish uchun: +998 90 997 87 53

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.6811118

    🟥Buxoro viloyatida sanoat korxonalarida unumdorlikni oshirish bo‘yicha tadbirkorlar ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi. 🏫Joriy yilning 10-avgust kuni Buxoro davlat texnika universiteti binosida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida Integration xalqaro konsalting kompaniyasi eksperti Atanas Kochov hamda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan o'quv-seminari tashkil etildi. 🏭Seminarda korxonalarda ishlatilmayotgan resurslardan samarali foydalanish va toza ishlab chiqarish (RECP), Lean Management, Six Sigma metodologiyalari hamda ISO sertifikatlash tizimi bo‘yicha eng dolzarb amaliy bilimlar taqdim etildi. 📈Seminarda sanoat korxonlari, viloyat hokimligi, tuman va shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, oliy ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. ✍️Seminar yakunida ilg'or tajribalarni mahalliy korxonalar faoliyatiga real vaqt rejimida joriy etishga kelishib olindi.

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

IMRS Research — tgindex