Kun.uz | Rasmiy kanal
Статистика🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 80
- Всего постов
- 80
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 10 028
- 1/48двое суток
- 11 492
- 1/72трое суток
- 12 394
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
2026–2027 o‘quv yili uchun mandat chiqdi 2026-2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari - mandat e’lon qilindi. Abituriyentlar natijalarni uch xil usul orqali tekshirishi mumkin. Abituriyentlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIRni kiritgan holda bilishi mumkin. 👉 https://kun.uz/uz/99721833 Kun.uz rasmiy kanali
«Odil sudlov – 2030»: Sud tizimini isloh qilish bo‘yicha farmon qabul qilindi Prezident farmoni bilan «Odil sudlov – 2030» strategiyasi va uni 2026–2028-yillarda amalga oshirish bo‘yicha harakatlar dasturi tasdiqlandi. Farmonga ko‘ra, 2027-yil 1-iyuldan umumyurisdiksiya va ma’muriy sud yo‘nalishlarida ishlarni qayta ko‘rib chiqish vakolatiga ega, yurisdiksiya hududi bir nechta ma’muriy-hududiy birliklarni qamrab oladigan hududlararo sudlar tashkil etiladi. Ular uchun jami 319 ta boshqaruv xodimi shtat birligi ajratiladi. 👉 https://kun.uz/uz/79230456 Kun.uz rasmiy kanali
Qozog‘iston yirik blekautni Qirg‘izistondagi GES muammosi bilan izohladi Qirg‘izistondagi To‘xtag‘ul GESda ikkita gidrogeneratorning o‘chirilishi Markaziy Osiyo energetika tizimida uzilishlarga sabab bo‘ldi. Oqibatda Qozog‘istonning bir qator viloyatlarida iste’molchilar elektr energiyasiz qoldi. 👉 https://kun.uz/uz/80352239 Kun.uz rasmiy kanali
NYT: Putin 2026-yilda NATO va Yevroittifoqni parchalashni maqsad qilgandi U bunga Moldova orqali erishmoqchi bo‘lgan. Manbalar 2025-yil sentyabridagi saylovlar arafasida moldovalik yoshlar Serbiya va Bosniyadagi lagerlarda qurol ishlatishga va namoyishlar uyushtirishga o‘rgatilgani haqida aytib berishgan. Ammo saylovdan oldin bunday lagerlarda bo‘lib qaytganlar aniqlanib, qo‘lga olingan. Saylovda esa G‘arb bilan yaqinlashish tarafdori bo‘lgan Mayya Sanduning partiyasi ustunlikni saqlab qolgan. 👉 https://kun.uz/uz/01685864 Kun.uz rasmiy kanali
“Kuniga 40 ga yaqin chaqiruv bo‘ladi” – qulf ochishni kasbga aylantirgan yigit Toshkent shahrida keksa ayolning uyda ustidan qulflangan holda qarovsiz qoldirilish voqeasi jamoatchilikda turli bahs va fikrlarni keltirib chiqardi. Kun.uz ushbu holatda manzilga borib, uy eshigini ochgan Ismoil Bahodirovning faoliyati bilan qiziqdi. Ismoil Bahodirov qulflanib qolgan eshiklarni ochish xizmati bilan shug‘ullanadi. Jamoasida 10 nafarga yaqin ishchi bor. Uning aytishicha, mashina yoki uy qulflanib qolganlik holati bo‘yicha kuniga 40 ga yaqin chaqiruv bo‘ladi. Shundan kamida 5 tasi bolalar xavfsizligi bilan bog‘liq. 📹 BATAFSIL YOUTUBE‘DA KO‘RING
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishiga rozilik olish uchun Putinning oldiga borganman» – Japarov Sadir Japarov 2020 yilda hokimiyatga kelgach darhol Xitoy elchisini chaqirib, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasini boshlashni taklif qilganini aytdi. Ammo, Xitoy tomoni agar Rossiya rozi bo‘lmasa, «bu yo‘l qurilishini boshlay olmasligi»ni bildirgan. «Men hayron qoldim. Shundan so‘ng, men Vladimir Vladimirovich bilan amaliy uchrashuv tashkil qilib berishlarini so‘radim. Ertasigayoq u bilan bir-birimizga qarab, taxminan 35-40 daqiqa davomida aynan shu mavzuni juda jiddiy muhokama qildik», deydi Japarov. 👉 https://kun.uz/uz/65285108 Kun.uz rasmiy kanali
Afg‘onistonga elektr eksporti ichki talab qondirilganidan keyin amalga oshiriladi - energetika vaziri O‘zbekiston kompaniyalarining Afg‘onistonda elektr tarmoqlari va podstansiyalarni qurish hamda modernizatsiya qilish loyihalarida ishtirok etishi muhokama qilinyapti. Shuningdek, Surxondaryoda qo‘shimcha 2-3 ta elektr stansiya qurish rejalashtirilgan. Energetika vaziri Sherzod Xo‘jayevga ko‘ra, Afg‘onistonga elektr eksport qilish ichki talab to‘liq qondirilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin. 👉 https://kun.uz/uz/89729022 Kun.uz rasmiy kanali
Tadbirkorlikni boshlashda yengillik va ekstremizm uchun jazoning qayta ko‘rib chiqilishi — mahalliy dayjest ▪️Prezident Administratsiyasi to‘g‘risidagi qonun imzolandi. ▪️Tadbirkorlikni litsenziyasiz boshlashga vaqtinchalik ruxsat beriladigan bo‘ldi. ▪️Bolaga familiya berish tartibi o‘zgardi. ▪️Ekstremizm taʼrifiga aniqlik kiritiladi va jazo qayta ko‘rib chiqiladi. ▪️Toshkentda uy-joy boshqaruvi bilan bog‘liq yirik firibgarlik fosh etildi. 🗓 Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz. 👉 https://kun.uz/uz/91480588 Kun.uz rasmiy kanali
Toshkentda 70 dan ortiq obyektda 173 ta ko‘p qavatli uy noqonuniy qurilgan Toshkent shahrida o‘tkazilgan so‘nggi inventarizatsiya natijasida 70 dan ortiq ob’yektda 173 ta ko‘p qavatli uyda qurilish bilan bog‘liq qonunbuzilishlar aniqlangan. Bu haqda poytaxt hokimligi qurilish masalalari bo‘yicha kotibiyat mudiri Jasur Karimov Kun.uz’ga ma’lum qildi. 👉 https://kun.uz/uz/37839947 Kun.uz rasmiy kanali
видео или голосовое, без подписи
“Majburiy mehnat va odam savdosi” – Koreyada o‘zbekistonlik muhojirlar huquqi jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lyapti Janubiy Koreyada O‘zbekistondan E-9 vizasi asosida yuborilgan mehnat migrantlari bilan tuzilgan shartnomalar katta muhokamalarga sabab bo‘lyapti. Ishchilardan yozdirib olingan kafolat tilxatiga ko‘ra, ular ish joyini o‘zgartirgan taqdirda har oy 2000 dollar jarima to‘lashga majbur bo‘ladi. Faollar bunday talabni iqtisodiy va ruhiy jihatdan bosim o‘tkazish deb baholamoqda. 👉 https://kun.uz/uz/35396072 Kun.uz rasmiy kanali
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Sud-huquq tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish yuzasidan sud tizimi rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 👉 https://kun.uz/uz/16737999 Kun.uz rasmiy kanali
Ko‘rfazda blokada qoladi, AQSH narkokartellarni bombalamoqchi – kun dayjesti • Sadir Japarov ittifoqchisi Qamchibek Tashiyev keyingi muddatda prezident bo‘lishini xohlaganini aytdi; • AQSH urush vaziri Eronning dengiz qamalini “cheksiz muddat ushlab turishga“ qodirligini aytdi; • Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy harakatlar davom etmoqda: Odessada Rossiya droni yo‘lovchi poyezdiga urildi; • Ruminiyadagi yagona AES Dunay daryosida suv sathi tushib ketgani sababli o‘chirilmoqda; • AQSH harbiylari Kolumbiya kuchlari bilan birgalikda narkokartellarga zarba berishi mumkin. 👉 https://kun.uz/uz/05461821 Kun.uz rasmiy kanali
Markaziy Osiyo energetika tizimida o‘zaro bog‘liq uzilishlar kuzatildi Qo‘shni mamlakat energetika tizimida yuz bergan avariya Markaziy Osiyo energetika tizimiga ta’sir ko‘rsatdi, natijada Surxondaryo va boshqa ayrim viloyatlarning elektr ta’minotida uzilish kuzatildi, deya xabar berdi O‘zbekiston Energetika vazirligi. Xabarlarga ko‘ra, Bishkek, Olmaota va Dushanbe shaharlarida ham elektr ta’minotida ommaviy uzilishlar kuzatilmoqda. “Milliy elektr tarmoqlari” AJga ko‘ra, yagona energetika tizimida bir necha pog‘onali avariyaga qarshi avtomatika tizimi ishlagan. Tarmoqlarga navbatma-navbat kuchlanish berish ishlari amalga oshirilmoqda. 👉 https://kun.uz/uz/36320263 Kun.uz rasmiy kanali
Rim yaqinidagi harbiy zavodda portlash ro‘y berdi Rim tashqarisidagi Kolleferro shaharchasida o‘q-dori ishlab chiqariladigan zavodda yong‘in chiqib, portlash ro‘y berdi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q: hodisa vaqtida korxona hududida bo‘lganlar xavfsizlikda ekani ma’lum qilingan. Portlash sababi ma’lum emas. 👉 https://kun.uz/uz/62669524 Kun.uz rasmiy kanali
“Harakat qilsangiz, yiliga 100 ming dollardan ham ko’p maosh olasiz” - AQSHdagi hamshira Kun.uz bilan suhbatlashgan Amerikadagi o’zbek hamshirasiga ko’ra, tibbiyot xodimlarining bu davlatda eng katta yutug’i - juda yaxshi maosh olishi. Lekin tibbiyot xodimi…
Uchtepada 574 mln so‘mlik firibgarlik fosh etildi Toshkentning Uchtepa tumanida o‘zlarini ko‘p qavatli uy boshqaruv organi rahbari sifatida ko‘rsatib, xonadon egalarining 574,6 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlikda gumonlanayotgan ikki shaxs aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 👉 https://kun.uz/uz/68659959 Kun.uz rasmiy kanali