Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaev
СтатистикаЎзбекистон маҳаллалари уюшмаси раиси Қуронбоев Қаҳрамон Қўчқоровичнинг расмий саҳифаси • Instagram: instagram.com/kuranbayev_k • Facebook: facebook.com/kuranbaev.k • Twitter: x.com/kuranbayev_k
- Последний пост
- 23:07
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 10
- Всего постов
- 246
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 805 668
- 1/48двое суток
- 923 295
- 1/72трое суток
- 995 805
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇿Davlatimiz rahbari Xiva shahrida yirik anjumanlar o‘tkazishga mo‘ljallangan yangi inshootlar bilan tanishdi. 💬 @Kuranbayev_K 📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
🇺🇿Davlatimiz rahbari yangi temir yo‘l liniyasi orqali Urganchdan Xivaga keldi. 💬 @Kuranbayev_K 📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
🇺🇿Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari hududda sanoat, ta’lim, transport, turizm va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar hamda yaratilgan infratuzilma bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan. Tashrif doirasida ertaga, 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. 💬 @Kuranbayev_K 📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
без подписи
без подписи
без подписи
🇺🇿Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezidentimiz tadbirkorlar bilan oltinchi ochiq muloqotga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. Energetikadagi “Yangiyo‘l tajribasi” respublika tumanlari bo‘ylab yoyiladi. Davlatimiz rahbari sudlarni xalqqa yanada yaqinlashtirishni ko‘zlagan “Odil sudlov – 2030” strategiyasini ma’qulladi. 💬 @Kuranbayev_K 📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. 💬 @Kuranbayev_K 📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
✈️ “Siyosiy ma’rifat soati” 💬 @Kuranbayev_K 📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
📢 Eshitdingizmi? - Taom va shirinlikdan kuniga 3,5 million so‘m - Hunarmandchilikdan oyiga 40 million so‘m - Tikuvchilikdan kuniga 500 ming so‘m - Biogumusdan yiliga 60 million so‘m daromad Bu raqamlar ertak emas. “Oqmasjid” mahallasidagi mehnatkash insonlar hayotidan olingan hikoyalar. 🗓14-avgust soat 11.20da "Eshitdingizmi?" dasturida! 📍Manzil: Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, “Oqmasjid” mahallasi 💬 @Kuranbayev_K 📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
✈️ “Siyosiy ma’rifat soati” 💬 @Kuranbayev_K 📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
🇺🇿Davlat rahbarlari Issiqkoʻl sohilidagi “Boku” mehmonxonasining ochilish marosimida ishtirok etdilar. 💬 @Kuranbayev_K 📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Aholi foydalanishi uchun ajratilgan shahar hududlari ofis yoki turar joy binolarini qurishga mo‘ljallanmagan, ular o‘z vazifasiga ko‘ra xizmat qilishi zarur. Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi “Lolazor” mahallasiga kelganimizda, mahalla ahli ekkan daraxtlar shafqatsizlarcha kesib, qo‘porib tashlanganiga guvoh bo‘ldik. Bolalar maydonchasi o‘rniga esa biznes markazi qurish rejalashtirilibdi. Odamlar dod deganicha bor – qurilishlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyapti. Bosh prokuratura butun Toshkent shahri bo‘yicha bunday obyektlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazadi. Qurilish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik me’yorlari va aholi huquqlariga qay darajada rioya qilinganini tekshirish shart. Agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan murosasiz jazo choralari ko‘riladi, aybdorlar, kerak bo‘lsa, hatto ozodlikdan mahrum etiladi. — Городские пространства, отведённые под нужды людей, должны служить только своему назначению, а не использоваться под строительство офисов или жилых домов. К примеру, мы посетили махаллю «Лолазор» в Мирабадском районе столицы. Здесь варварски были уничтожены деревья, посаженные жителями, а на месте детской площадки планировалось построить бизнес-центр. Ташкентцы справедливо возмущаются строительными работами, которые уничтожают их родные дворы, игровые и спортивные площадки. Генеральная прокуратура проведёт инвентаризацию подобных объектов по всему Ташкенту. Важно проверить законность выданных разрешений на строительство, соблюдение градостроительных норм и прав жителей. И если выявятся нарушения, ответственные должны понести наказание, вплоть до лишения свободы.
✈️ “Siyosiy ma’rifat soati” 💬 @Kuranbayev_K 📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
✅ Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari Qirgʻizistondagi ilk xalqaro toifadagi golf klubiga tashrif buyurdilar. 💬 @Kuranbayev_K 📹 Instagram.com/Kuranbayev_K