Daniya kundaligi🇩🇰
СтатистикаAssalomu aleykum kanal a’zolari. Bu kanalda Daniyadagi hayot, o’qish, ishlash, sayohat va bazi sohadagi muhim deb o’ylagan (o’ta shaxsiy) fikrlarimni berib boraman.
- Последний пост
- 24 мая
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Технологии (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
2025 May, masofa 10 km- vaqt 54min - yurak urishi o’rtacha minutiga 162, yoqilgan kaloriya 800, havo 18 gradus bulutli 2026 May, masofa 10km- vaqt 53 min- yurak urishi o’rtacha minutiga 127, yoqilgan kaloriya 664, havo 18 gradus quyoshli. Bu 1 yil oldingi fitnes darajam bilan hozrgi xolatimdagi o’zgarish. Sodda aytganda bir yil avval 10 km ni yugurishim uchun yaxshigina mehnat qilganman, va yugurishdan keyin qattiq charchoq his qilganman. Hozrgi kunda bu juda oson va deyarli sezilarsiz charchoq bilan kechyapti. 2024-yil may oyiga solishtira olmayman chunki u vaqti umuman yugurmasdim. Demak u vaqti yanayam yomon xolatda bo’lganman. ChatGptdan bu haqida fikr so’rasam juda maqtavordi. Bir yil oldin kimdir kelib shunaqa xolatga chiqa olasan desa ishona olmasdim, chunki o’sha 10km men uchun azob edi. Odam tanasi juda moslashuvchan: unga yengillik berilsa semiradi, noziklashadi, shug’ullantirsa chiniqib boradi. Nasib qilsa 2027-yilda yana ham yaxshiroq xolatda bo’lamiz. 2026.05.24 Daniya kundaligi
видео или голосовое, без подписи
Qachonki odamlar to’q bo’lsa, boshqalar haqida o’ylay oladi. Daniya dunyodagi eng baxtli va boy davlatlar sirasida turadi. Deyarli har bir mahallada ishlatilgan narsalarni tashlab ketadigan joy bor. Bu axlatxona emas. Xoxlaganlar olib ishlatadi. O’zim ham olganman chunki aksari juda yaxshi xolatdagi stol-stul, o’yinchoq, ish qurollari yoki shunga o’xshagan buyumlar. Bu uyat sanalmaydi. Aksincha kimdir siz orqali biror hojatini chiqarsa xursand bo’lasiz. Izlanishlarda ham bu ma’lum bo’lgan ya’ni beruvchi odamlar o’zlarini aqliy kuchli his qilishadi ekan, stress pasayadi, umr uzayadi, va jamiyatdagi ishonch mustahkamlanadi. Buyumlar orasida kitoblarni ham topsa bo’ladi, bugun o’zimga yoqqan 10 tacha kitobni oldim va tugatib yana o’sha yerga qo’yaman. 2026.05.23 Daniya kundaligi
Shukrlar bo’lsin uddaladim! 3 soat 21 min 42 sek Daniya kundaligi 2026.05.10
Juda tez sotilib ketgani uchun Kopengagen marafoniga yozila olmagandim lekin kimdir fikridan qaytib qolar deb ismimni kutish listiga berib qo’ygandim. 1-aprel kuni bitta joy ochilgani haqida xabar keldi, o’ylab o’tirmay ovordim. Xullas, 10-may Kopengagen marafonida yuguradigan bo’ldim. O’tgan yilgi natijam 4 soat 4 minut edi. Bu yil 3 yarim soatdan kam (niyat 3s 20m) vaqtda tugatish. Ancha katta sakrash. Bu har bir km ni tahminan 4 min 44 sekunda bosib o’tish yoki soatiga o’rtacha 12.5 km tezlikda yugurish degani. Bu hafta 65.5 km yugurdim, kelasi hafta 70 km va oy oxirigacha 80 km chiqish. Qiziq xolat, 42 km ni yugurib tugatishni o’zi 2 yil oldin men uchun hom-hayol, qilib bo’lmas ish edi. Lekin eng muhimi men tashqariga chiqib yugurib boshladim. Boshlagandayam og’ir qishki krasovkada yugurgandim birinchi marta. Issiq sovuq yomg’ir qor bo’lsayam to’xtamadim. Natija bo’ldi. Farq 2 yil oldingi men tartibsiz, va o’ziga ishonchi oz edi. Sport faqat sog’liqqa emas shaxsiyatga ham katta ta’sir qilarkan.
Ma’lumot uchun.. Bizga qarama qarshi yashaydigan o’rta yoshdagi qo’shnimiz bilan yaxshi kelishib salom alik qilib turamiz. Ba’zida o’g’lim uni farzandlari bilan o’ynaydi. Yaxshi insonlar. Boshqalardan farqli 5 ta farzandi bor, kattasi 17-18 yosh eng kichigi 6-7 atrofida. Er-xotin ikkisi ham ishlamaydi. Ammo kichik bo’lsayam mashinasi bor, xovlisida sport uskunalari, bolalari uchun turli o’yin anjomlari o’rnatilgan. Uyimiz yonidagi supermarketda kun ora ko’rishib qolamiz. Ya’ni ishlamasa ham savdo-sotiq qilishga qurbi yetarli. Eng qizig’i er xotinning tahminan har soatda sigaret chekish uchun tashqariga chiqqanini ko’raman. Bu qo’shnimiz shu paytgacha men ko’rgan ishlamay yashaydiganlardan bittasi xolos, buyerda ular anchagina. Nafaqat bizni yurtlarda balki dunyoning aksar davlatlarida oilada kamida bir kishi ishlamasa yashash qiyin yoki imkonsiz. Ammo skandinaviyada bunday emas. Qisqa aytganda katta qozondan hamma ovqatlanadi ya’ni ishchilar ishlaydi, soliq to’laydi, va jamiyatning katta qismi o’sha soliq hisobidan yashaydi. Undan tashqari ko’p farzandlilar (bir oiladan ikkita bola bo’lsa) uchun bog’cha, maktab pullari qisqaradi, davlat bolalar puli to’laydi 18 yoshgacha. Jamoat transportlari tekin yoki juda arzon bo’ladi. Vaqtincha ishsizlar, sog’lig’i bilan muommosi borlar ham davlatdan yordam olib yashaydi. Yaqinda daniyada parlament saylovi bo’ldi va ijtimoiy yordamni qo’llovchi partiya(lar) ko’proq ovoz yig’ishdi. Bu chet elliklar uchun nimani anglatadi? Shaxsiy fikrimcha, aholining katta qismi davlatdan yordam olib yashashni davom ettirsa, g’ayrati va kuchi bor chet elliklar boshqacha aytganda soliq to’lovchilar hali ancha vaqt bu jamiyat uchun kerakli bo’ladi. 2026.04.06 Daniya kundaligi
Bir o’zbek yigit linkedindan maslahat so’rab yozib qoldi. Postlarimni 2 yildan beri kuzatar ekan. O’zi Polshada ishlarkan, oyligi ham chakki emas. Ishi ofisda o’tirib, turli davlatlarga kasalxona uchun jixozlar yetkazib beradigan kattagina kompaniyada. Nemis, ingliz tillarini biladi. Mendan Daniyaga kelish haqida savollar so’radi. Maqsadi Daniyaga kelib magistr o’qish va keyin ishlash. Men nega tayyor ishni tashlab buyoqqa kelasiz desam, komfort zonamga tushib qolganman deydi. Ya’ni o’zgarish qilishni xoxlayman, bir xillikdan zerikdim degan ma’noda javob berdi. Savollariga javob berdim va o’zim Koreyadan chiqishdan oldingi xolatimni esladim. Menda unaqa imkoniyat bo’lmagan va buyerdagi haqiqiy xolatni bilmay kelaverganman. Albatta shu orqali yaxshigina tajriba olganman lekin endi menda tajriba bor ekan boshqalarni o’zimni xolatimga tushishini xoxlamayman. Men ishonamanki u bola Daniyaga kelish maqsadiga erishadi va keyinchalik ham katta natijalar ko’rsata oladi. Sababi: Unga falon vaqti telefon qiling degandim, xattoki minut ham kech qolmay aloqaga chiqibdi (tartibli va birovni vaqtini hurmat qiladigani bilindi). Undan tashqari savollari aniq va shunchaki umumiy gaplar emas (bu degani niyati jiddiy, hom hayollar bilanmas maqsad bilan reja qilgan). Eng muhimi, tayyor ishdan voz kechib yangidan hayot boshlash uchun boshqa davlatga borishning o’zi katta jasorat. Tan olish kerak bu hammaning ham qo’lidan kelmaydi. Mana shunday tartibli va puxta o’ylab tavakkal qilish ortidan yaxshi natijaga erishiladi. Bu argumentni har qanday xolatga qo’yish mumkin. Sog’lom bo’laman degan odam uyda chips yeb kino ko’rib yotmaydi. Haftalik/kunlik reja qiladi, uyquga vaqtida yotadi, yomg’ir qor demay zaliga boradi. Sayohat qilaman degan odam pulini yig’adi, bozorda ko’ziga ko’ringan har narsani olavermaydi, qo’shimcha ishlaydi va hk. 2026.02.08 Kopengagen, Daniya Daniya kundaligi
видео или голосовое, без подписи
Bugun ishdan odatdagidan kech ya’ni 18:00 keldim. Tartib bo’yicha yugurishim kerak edi. Lekin xoxishim yo’q. Miya har xil uzurlar izlash bilan ovvora. Oila bilan bo’lib vaqt o’tib ketdi. Ertaga boshqa rejalar bor. Yakshanbaga qoldirsam haftalik masofa va tartib buziladi. Xullas, yugurishga qaror qildim. Soat kechki 21:15. Havo shamol bilan -11. Odamlar sekin uyquga ketyapti. Kiyinib uydan chiqdim. Bu sovuqda yugurishmas yurishga erinasan. Aksar yo’llar sirpanchiq, qor va muz. Yugurib keldim, charchoq yo’q, o’zimni zo’r his qilyapman. Bor yo’g’i 6km, 27 minut vaqtim ketdi. Lekin hozr mendagi hislarni tariflashim qiyin, chunki endi vijdonim qiynalmay uxlayman, ertaga bemalol rejalarimni bajaraman, o’zbeklar bilan gapga boraman va hk. P.S: Hammada shunaqa xolat bo’lsa kerak, bir narsani qilishimiz kerakligini bilib turib ortga suramiz, ertaga qilaman deb tashlab qo’yamiz. Uzurlar topamiz. Bir haftadan keyin qarabsizki “ertaga”lar yig’ilib ketadi. Tartib bizni tarbiya qiladi. 2026.01.30 Daniya kundaligi
Bu taraflarda jamoaviy ishlaydigan muhitda menejerlar qo’l ostidagilari bilan birga-bir ochiq suhbat qilishadi. Asosiy maqsad ishchida professional o’sish bormi, ishchiga nima yetishmayapti, ish oilaviy hayotga ta’sir qilmayaptimi, uni nimalar bezovta qilyapti, nima takliflari bor, va hk ni bilish. (Bu haqida batafsil yozaman). Men hozrgi jamoamga qo’shilganimdan bir qancha hafta o’tib hamkasblarim bilan 1:1 qilish taklifini bergandim. Maqsadim mendan tajribalilardan maslahat va tavsiya olish. Odatda bunday suhbatni har 6 oyda qilishga harakat qilaman. Jamoada 7 kishimiz. Odam o’zidagi kamchiliklar va kuchli taraflarni ko’ra olmasligi mumkin shu sabab tashqaridan berilgan xolis fikr juda muhim deb o’ylayman. 2026-yilda ishdagi o’sishim uchun kerakli ko’nikmalarni hamkasblarimdan bilgim keldi. O’tgan haftada qilgan 1:1 suhbatlarimdagi hamkasblarimning bir fikri juda o’xshash keldi. Ya’ni har xil harakterli va turlicha ishlaydigan insonlardan deyarli o’xshash fikrlar oldim. Bular: 1. Sen qiziquvchansan (ijobiy) 2. Yordam berishda biroz oshirib yuborasan (salbiy) 3. Fokusni bir ishga ko’proq qaratganing yaxshi (salbiy). Men ulardan fikrlarini ochiqlashini so’radim va javoblar bunday bo’ldi. 1-qiziquvchanlik o’rganishning eng muhim jihatlaridan biri, sen tez o’rganasan, har qanday ishni qilib keta olasan chunki mayda detallarni yaxshi ilib olasan, odamlar bilan suhbat qilishdan qochmaysan, tez do’stlashasan, doim kulib turasan va hk. 2- sen yordam berishni yaxshi ko’rasan lekin ba’zida bu o’zingning asosiy ishing qolib boshqalarga ko’p etibor berishinga olib keladi. Yo’q deyishni o’rgan va buni boshqalarga g’alati tuyuladi deb o’ylama deyishdi. 3- qiziquvchan bo’lganing uchun har xil vazifalarda o’zingni sinaging keladi, ammo bu fokusni buzadi va bir ishda yaxshi bilimga ega bo’lishga to’siq bo’ladi deyishdi. Fikrlari to’g’ri va ochiqlash misollar bilan bo’lgani uchun yaxshi qabul qildim. Demak 2026 yildagi karyeramdagi maqsadim yuqoridagi kamchiliklarimni to’g’irlash bo’ladi. Bu suhbatlarga jami 4 soat ketishi mumkin. Ammo vaqt o’tib o’zim topib olaman, yoki men mukammalman deb yursam balki bir necha oy yoki yil vaqtimni yo’qotishim mumkin edi. Xulosa, tashqaridan o’zimizga qarashimiz va xatolardan dars chiqarish kerak. Vaqt va energiya tejaladi. 2026.01.24 Lund, Shvetsiya Daniya kundaligi
видео или голосовое, без подписи
Skandinaviyacha uyqu! O’g’lim Daniyada tug’ilib katta bo’lyapti. Albatta buyerning havosi unga yoqadi. Uncha muncha sovuq ham u uchun normal bo’lib qolgan. Yanvarda tug’ilgan, chaqaloq vaqtida rosa qor yoqqan, sovuq edi, biz uni tashqariga aylantirardik. Ya’ni tug’ilganidan beri sovuq havoga moslashib kelyapti. Bugun bizda 10sm qor bor, havo shamol hisobiga -7 daraja sovuq, har doimgiday tashqarida uxlatish ancha osonroq va foydali deb uni ostonada uxlatdik. Bu skandinaviya davlatlari uchun odatiy xolga aylangan. Bolasini tashqarida uxlatib o’zi kofe ichib o’tirgan ota-onalarni ko’p uchratasiz. Bola toza havoda tiniqib chuqur va uzoq uxlaydi. Asosiysi bolani yaxshilab kiyintirish. Bu yerlarda bir maqol bor - yomon havo yo’q, yomon kiyinish bor. Bizning madaniyatda ota-onalar bola kasal bo’ladi deb havfsirashadi. Aslida sovuq havo kasallik keltirishiga ilmiy asos yo’q. Har qanday havoda yashay oladigan viruslar bor. Mavsum kelsa baribr kasallik tarqaladi. Kopengagen, Daniya 2026.01.04
2025 dan xulosalar va 2026 uchun rejalar O'tgan yili davomida kelgan xulosalarim: 1- Ishlarni shoshmasdan, siyqasini chiqarib bajarish. Koreyada 4 yil yashash/ishlash menga ancha ta'sir qilgan ekan. Buni ayniqsa ikki madaniyatlar ishlash tezligida his qildim. Daniyaliklar bilan ishlagan odamda birinchi bular chumoliday sekin ishlarkan, qachon bitiradi ishini degan fikr keladi va kareyslar bilan ishlash aksincha taasurot uyg'otadi. Ammo biz cheklangan mavjudotmiz, tez va tartibsiz ishlash oqibatida charchashimiz ehtimoli oshadi. Bu uzoq muddatda ishimizdan bezdiradi. Daniyada bir maqol bor: "Frihed under ansvar" ya'ni erkinlikka asoslangan javobgarlik. Bu ishchiga mustaqillik berish, unga ishonish, tenglik asosida ishlashni anglatadi. Men ishimdagi vazifalarim uchun vaqtni o'zimga qulay qilib tanlayman, kasal bo'lishim mumkinligi, oiladagi har xil xolatlar va kutilmagan vaziyatlarni hisobga olib uzoq deadline olinadi. Menejerlarning o'zi bunga davat qiladi kerak bo'lsa. Xullas, buni yaxshiroq o'rganishim kerak kelasi yillarda. 2- O'tgan yili 30 ta kitob o'qidim ammo tushundimki son emas sifat va amaliyot muhim ekan. Sodda aytganda o'qiyotgan kitobning ma'nosini chaqish kerak va uni amalda sinash kerak. 3- Sport bilan shug'ullanishda davomiylik super muhim. Ya'ni haftada 3 kun 7 km dan yugurish dam olish kuni jamlab 21 km yugurib qo'yaman deyishdan afzalroq. Chunki masofa birdan kattalashadi va dangasalik qo'zib qolib umuman yugurmaslikka olib kelishi mumkin. 4- Sayohat qilishda davom etish kerak. O'tgan yili bir nechta davlatlarga sayohat qildim lekin har safar yangi madaniyat, til, muhitga borsam vaqt sekinlashganday tuyuladi. Sayohat odamni shukr qilishga va kamtarlikka o'rgatadi deb o'ylayman. Chunki odamlarning ehtiyojlari o'xshash: yaxshi yeyish, kiyinish, dam olish va hk. Ammo makon turli xil va imkoniyatlar notekis taqsimlangan. Sizdagi kundalik imkoniyatlar millionlagan odamlar uchun orzu ekanligini ko'rib pastga tushishni o'rganasiz. Bu yil yuqorida sanalgan nuqtalar ustida shoshmasdan ishlash yili bo'ladi. Diqqatni jamlab ishlay/o'qiy olish vaqtini uzaytirish, sport uchun ko'proq vaqt sarflash, qisqa lekin ko'proq sayohatlar qilish. Yana bir narsa, men kanalda ko'p post yozmayapman sababi: a) yozganlarimga o'zim amal qilishim kerak. Masalan marafon vaqtimni 10 minutga kamaytirish 2 balki 3 oy tinimsiz shug'ullanish talab qiladi. Kamroq gapirib ko'proq ishlash men uchun va o'qiyotgan odam uchun ham foydali deb o'ylayman. b) o'qigan odamni ma'lumot bilan band qilib tashamaslik. Shundoq ham ko'pchilik ekranga bog'lanib borayotgan bir vaqtda telefonga kelgan xabarnomalar (agar o'chirib qo'yilmagan bo'lsa tavsiya qilaman) kishilarni chalg'itadi, va domino kabi birisi orqasidan ikkinchisiga ulanib ketadi. Miyamiz bir ma'lumot ustida yaxshiroq ishlaydi. Kopengagen, Daniya 01.01.2026 Daniya kundaligi
Hop, marafon tugadi, Daniyaga qaytapman. Belgiyada 2 soat 45 minut tranzit bor. Aqlimga ikkita fikr keldi. Birinchisi, ayroportda kutish, keyingisi shahar tashqarisiga chiqish va tezda qaytish. Belgiyaning shkalad va vaflilari mashxur uyga olaman va shaharni biroz ko’raman deb o’ylagandim. Juda ko’p o’ylamay chiqishga qaror qildim. Ayroport ancha katta ekan va boshini topib chiqaman degunimcha kech bo’lishi mumkin deb fikrimdan qaytdim. Lekin kech edi chunki tranzit zonadan chiqqandim. Endi qaytadan sumkani tekshiruvdan o’tkazish kerak. Sumkamda sovg’a deb olgan gretsiya asali bor edi, grami og’ir bo’lgani uchun olib qo’yishdi. Eng qizig’i Gretsiyada indamagan edi. Ozgina jahlim chiqdi, avval ayroport xodimini va keyin o’zimni aybladim, tinch o’tirishing kerak edi dedim. Agar qolganimda shu gaplar yo’q edi. Chunki tranzitda tekshiruv bo’lmaydi qaytadan. Buyerda xulosa muhim, xato qildingmi oqibatiga chida. Nimadir qilishga shoshib ketma, o’ylab qaror qil. Brusel, Belgiya 2025.11.11
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Sportda puxta reja, tayyorgarlik va davomiylik o’zini rivojlantiraman degan odamga eng kerakli hislatlar ekan. Kecha dunyoda eng qiyin deyiladigan Gretsiya marafonini yugurdim. Natija o’zim kutganday bo’ldi (shaxsiy yangi rekord) lekin bazi yerlarda homligim bilinib qoldi. Masalan tepalikka yugurishni mashq qilmagan ekanman. Qiyin bo’ldi. Ikkinchidan, uzoq masofalarni ko’proq mashq qilishim kerak ekan (25-30km) ya’ni tanaga uzoq masofani tamini berib turilmasa 42 km juda ko’p tuyuladi ekan yugurish kuni. Haftalik mashqlarni qoldirmaslikning muhimligini angladim. Ish, oila, ob-havo vhk sababli ba’zan yugurishim qolib ketgandi. Bu o’sha hafta uchun tasir qilmasligi mumkin, lekin umumiy kartinada yaxshigina ahamiyati bor. Nima bo’lgandayam, UDDALADIM. Nafs bilan qattiq kurash ketdi. Yomg’irli nam havo, jami 336 metr balandlik, kechasi 2 soatlik uyqu bilan 30mingta qatnashchi ichida 2744 va erkaklar orasida 722-o’rinlar menimcha yomon emas. Lekin albatta rivojlansa bo’ladi yana. Afina, Gretsiya 2025.11.10
Daniyaning Novo Nordisk dunyodagi juda mashxur va Daniya iqtisodining katta qismiga ta'sir qiluvchi dori ishlab chiqaradigan kompaniya hisoblanadi. Hozrgi kundagi kompaniyaning bozor kapitali 240 milliard dollar. 2024-yilning o'zida 42 mlrd foyda qilgan. Xullas, kompaniya haqida googleda izlasangiz to'la ma'lumot, bu post Novo Nordiskka yaqinda tayinlangan CEO, bizni tilda "boshliq" haqida. Yaqinda asli eronlik bo'lgan odam CEO etib tayinlandi. LinkedIn dan akani profiliga kirib ko'rsangiz ajablanasiz. Chunki, 33 yildan beri bir xil yerda ishlagan, eng pastdagi pog'onadan ya'ni oddiy sekretar (qog'oz tashib yuradigan) bo'lib ish boshlab hozr CEO bo'ldi. Men uchun ham bir paytlar hozr qilib turgan ishim orzu bo'lgan, hozr maqsadlar ancha katta. Xulosa: Puxta reja + davomiylik = yaxshi natija Aytgancha, Nokia ishlatib boshladim vaqtni maksimal tejash va e'tiborni chalg'itmaslik uchun. Natijasini biror haftadan keyin yozaman. Daniya kundaligi 2025.08.20
Maktab vaqtimda qachon katta bo’laman ishga kirib pul topib sayohatlar qilaman deb rosa o’ylardim. Vaqt o’tmasdi. Darslar uzundan uzun tuyulardi. Uzoqroq joyga qidirishga borsak yo’lni oxiri yo’qday his qilardim. Vaqt o’tgani sari bu ayni teskariga qarab ketarkan. Kunlar ortidan oylar, yillar o’tib ketyapti. Yuqoridagi o’ylaganlarimga yetishdim. Lekin endi vaqt tez o’tyapti. O’ylab ko’rsam yoshlik vaqtimda telefonim yo’q edi, juda hashamatlar yo’q edi. Kuni bilan ko’chada yurish, mol boqish, futbol o’ynash bilan o’tgan vaqtim. Hozr ham sayohatga borsam, o’rmonda aylansam, uzoq masofaga yugursam yoki velik haydasam vaqtni uzayganini his qilaman. Bu postni bir o’rmonda hech kim yo’q yerda yozyapman. keganimga bor yo’g’i 30 min bo’ldi ammo o’zimni xuddi kuni bilan shuyerda turganday his qilyapman. Men uchun qiziq savol: kuni bilan telefon oldida vaqt o’tkazib katta bo’layotganlar bu hisni qachondir his qilarkanmi? Storskov, Denmark. Daniya kundaligi 22.06.2025